OʻzbekiSton Respublikasining qonuni
Aloqa toʻgʻrisida
Mazkur Qonun Oʻzbekistan Respublikasining 2024-yil 27-dekabrdagi OʻRQ-1015-sonli “Telekommunikatsiyalar toʻgʻrisida”gi Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasining “Aloqa toʻgʻrisida”gi Qonuni aloqa tarmoqlarini tashkil qilishning umumiy huquqiy, iqtisodiy asoslarini, aloqa shoxobchalarini barpo etish va ulardan foydalanishda, aloqa xizmati koʻrsatishda mulkchilik shaklidan qatʼi nazar korxonalar, muassasalar, tashkilotlarning va fuqarolarning aloqa vositalariga egalik qilish, ulardan foydalanish, ularni tasarruf etish va boshqarish sohasidagi huquqlari va vazifalarini, shuningdek berilgan huquqlarni buzganlik va vazifalarini bajarmaganlik uchun javobgarlik choralarini belgilaydi.
1-modda. Aloqaning vazifalari
Aloqa Oʻzbekiston Respublikasi xoʻjalik va ijtimoiy infrastrukturasining tarkibiy qismi boʻlib, aholining, xoʻjalik subyektlarining, davlat idoralarining pochta, telefon, telegraf, radio va axborotning oʻzga turlarini uzatish va qabul qilish hamda aloqa tarmogʻi orqali joʻnatilayotgan ashyolarni yetkazib berishga boʻlgan ehtiyojlari qondirilishini taʼminlaydi.
2-modda. Aloqa sohasidagi munosabatlarning obyektlari va subyektlari
Oldingi tahrirga qarang.
Aloqa sohasidagi munosabatlarning obyektlari pochta joʻnatmalarini qabul qilib olish, tashish va koʻrsatilgan joyga yetkazib berish vositalarining yigʻindisi boʻlgan pochta aloqasi tarmoqlaridan hamda bir yoki bir nechta uzatish turlarini: telefon, telegraf, faksimil uzatishlarni, hujjatli xabarlarning boshqa turlari maʼlumotlarini uzatishni, televideniye va radioeshittirish dasturlarini translyatsiya qilishni taʼminlovchi telekommunikatsiyalar vositalari yigʻindisi boʻlgan telekommunikatsiyalar tarmoqlaridan iborat.
(2-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 26-maydagi 82-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2000-y., 5-6-son, 153-modda)
Oʻzbekiston Respublikasining yuridik va jismoniy shaxslari, ajnabiy yuridik shaxslar va fuqarolar aloqa sohasidagi munosabatlarning subyektlaridir.
3-modda. Aloqa toʻgʻrisidagi qonunlar
Keyingi tahrirga qarang.
Aloqa sohasidagi munosabatlar ushbu Qonun, Oʻzbekiston Respublikasining boshqa qonun hujjatlari bilan tartibga solib boriladi.
Oldingi tahrirga qarang.
4-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining aloqa sohasidagi vakolatlari
Aloqa sohasida Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining ixtiyoriga:
aloqa sohasidagi qonunlar;
Keyingi tahrirga qarang.
aloqa sohasidagi davlat siyosatining asosiy qoidalarini belgilash;
xalqaro shartnomalarni ratifikatsiyalash;
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasidan kelib chiqadigan boshqa vakolatlarni amalga oshirish kiradi.
(4-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 26-maydagi 82-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2000-y., 5-6-son, 153-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
5-modda. Aloqa sohasida davlat boshqaruvi
Oldingi tahrirga qarang.
Aloqa sohasidagi davlat boshqaruvi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan, shuningdek u vakolat bergan idora (Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi) tomonidan amalga oshiriladi.
(5-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 26-maydagi 82-II-son Qonuni tahririda —Oliy Majlis Axborotnomasi, 2000-y., 5-6-son, 153-modda)
Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi oʻziga boʻysunadigan aloqa vositalariga rahbarlik qiladi, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va jismoniy shaxslarga tegishli boʻlgan aloqa vositalari faoliyatini muvofiqlashtirib boradi, aloqa vositalari ustidan davlat texnikaviy nazoratini amalga oshiradi, mulkchilik shaklidan, kimning tasarrufida ekanligidan qatʼi nazar aloqa korxonalari, tashkilotlari va muassasalari koʻrsatayotgan xizmat sifatini tekshirib boradi.
Pochta toʻlovi belgilarini nashr etish mutlaq huquqi Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligiga tegishlidir.
(5-modda Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrdagi 549-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 3-son, 38-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
6-modda. Aloqa tarmoqlari va vositalariga egalik
Oldingi tahrirga qarang.
Oʻzbekiston Respublikasi hududida mulkchilikning xususiy va ommaviy shakllariga asoslangan, shuningdek xorijiy yuridik shaxslar va fuqarolar egaligida boʻlgan aholiga aloqa xizmati koʻrsatuvchi korxonalar faoliyat koʻrsatishi mumkin.
(6-modda matni Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 26-maydagi 82-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2000-y., 5-6-son, 153-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(7-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 26-maydagi 82-II-son Qonuni bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2000-y., 5-6-son, 153-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
8-modda. Aloqa vositalarini rivojlantirish
Davlat aloqa vositalarini rivojlantirish va qayta qurish davlat idoralarining mablagʻlari, oʻz mablagʻlari, banklarning kreditlari, jalb qilingan mablagʻlar va Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarida man etilmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Boshqa aloqa vositalarini rivojlantirish, qayta qurish ularning egalari tomonidan oʻz mablagʻlari va Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarida man etilmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Yer uchastkalari, koʻpriklar, tonnellar orqali, koʻchalardan, inshootlardan, kollektorlardan, man etilgan hududlardan, oʻrmonlardan telekommunikatsiyalar liniyalari oʻtkazishda bunday liniyalarni oʻtkazish shartlari yer egalari va yerdan foydalanuvchilar hamda yuqorida qayd etilgan obyektlarning egalari bilan kelishiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Inshootlar, yoʻllar, koʻpriklar va boshqa obyektlar barpo etilayotganda yoki qayta qurilayotganda aloqa tarmoqlarini qayta joylashtirish va koʻchirish ishlari qurilish buyurtmachilari tomonidan oʻz mablagʻi hisobidan va pochta va telekommunikatsiyalar tarmoqlarining egalari taqdim etgan texnik shartlarga muvofiq bajariladi.
Daha ichkarisidagi telekommunikatsiyalar tarmoqlari va inshootlari qurilish buyurtmachilari tomonidan loyihalanadi va barpo etiladi.
(8-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 26-maydagi 82-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2000-y., 5-6-son, 153-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(9-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 26-maydagi 82-II-son Qonuni bilan oʻz kuchini yoʻqotgan — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2000-y., 5-6-son, 153-modda)
10-modda. Yozishma, telefon soʻzlashuvlari va telegraf xabarlarini sir saqlash
Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga muvofiq yozishma, telefon soʻzlashuvlari, telegraf xabarlarining sir saqlanishi qonun bilan muhofaza etiladi.
Yozishmalarni ochib oʻqishga va ushbu moddaning birinchi qismida qayd etilgan qoidalar boshqacha tarzda buzilishiga yoʻl qoʻygan aloqa xodimlari maʼmuriy va jinoiy javobgarlikka tortiladilar, Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarida koʻzda tutilgan hollar bundan mustasno.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
11-modda. Aloqa xizmatlariga haq toʻlash
Pochta va telekommunikatsiyalar koʻrsatadigan universal xizmatlarning tariflari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda pochta va telekommunikatsiyalar sohasidagi maxsus vakolatli organ tomonidan tartibga solinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Pochta va telekommunikatsiyalar koʻrsatadigan xizmatlarning qolgan turlari tariflari qonun hujjatlariga muvofiq shartnoma asosida belgilanadi.
(11-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 26-maydagi 82-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2000-y., 5-6-son, 153-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
12-modda. Radiochastotalarni taqsimlash va ruxsatnomalar berish
Radiochastotalarni korxonalar, muassasalar, tashkilotlar va fuqarolar oʻrtasida taqsimlash Oʻzbekiston pochta va telekommunikatsiyalar agentligi tomonidan xalqaro bitimlar asosida amalga oshiriladi va elektromagnit toʻlqinlarini tarqatuvchi inshootlar va vositalarni sotib olish, qurish va foydalanish uchun ruxsatnomalar beriladi, shuningdek ushbu inshootlar va vositalar ishi nazorat qilinadi.
(12-modda Oʻzbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrdagi 549-I-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 1998-y., 3-son, 38-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
13-modda. Aloqada xizmatga oid muomala tili, yozishmalarni joʻnatish tili hamda hisobga olish va hisobotga doir vaqt
Oʻzbekiston Respublikasi hududida tezkor boshqaruv va dispetcherlik aloqa tizimida xizmatga oid muomala, shuningdek pochta va telegraf yozishmalarini yoʻllash “Oʻzbekiston Respublikasining davlat tili haqida”gi Qonunning qoidalariga muvofiq amalga oshiriladi.
Xalqaro axborot va joʻnatmalar pochta va elektr aloqa orqali ikki tomonlama bitimlarda, shuningdek xalqaro kelishuv va bitimlarning qoidalarida belgilangan tillarda joʻnatiladi.
Maʼlumotlarni uzatishning texnologik jarayonlarida Oʻzbekiston Respublikasi hududida hisobga olish va hisobotga oid yagona vaqt — mahalliy vaqt belgilanadi.
Maʼlumotlarni uzatishning xalqaro texnologik jarayonlarida axborotlar uzatish va pochta joʻnatmalarini yuborishda hisobga olish va hisobotga oid vaqt xalqaro kelishuv va bitimlarga muvofiq belgilanadi.
14-modda. Aloqaga doir qonunlarga rioya etmaganlik uchun javobgarlik
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Aloqa korxonalari koʻrsatilayotgan xizmatlar sifati uchun Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlari, xalqaro konvensiyalar va shartnomalarga muvofiq javobgar boʻladilar.
(14-moddaning birinchi qismi Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 26-maydagi 82-II-son Qonuni tahririda — Oliy Majlis Axborotnomasi, 2000-y., 5-6-son, 153-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Ushbu Qonunning talablarini buzishda aybdor boʻlgan shaxslar Oʻzbekiston Respublikasi qonunlariga muvofiq maʼmuriy yoki jinoiy javobgar boʻladilar.
Keyingi tahrirga qarang.
15-modda. Aloqa sohasidagi xalqaro hamkorlik
Oʻzbekiston Respublikasi aloqa jabhasida faoliyat koʻrsatayotgan davlatlararo va xalqaro tashkilotlar bilan xalqaro shartnomalar va bitimlarga muvofiq huquqiy, texnologik hamda moliyaviy munosabatlar oʻrnatadi.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1992-yil 13-yanvar,
512-XII-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-y., 3-son, 159-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-y., 3-son, 38-modda; 2000-y., 5-6-son, 153-modda; 2003-y., 5-son, 67-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2014-y., 20-son, 222-modda; 2017-y., 16-son, 265-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 21.04.2021-y., 03/21/683/0375-son; 25.10.2023-y., 03/23/871/0797-son)