Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat bojxona qoʻmitasining
Qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI VAZIRLAR MAHKAMASINING 1999 YIL 13-APRELDAGI 173-SON QARORIGA ILOVADA KOʻRSATILGAN “BOShQA NOOZIQ-OVQAT ISTEʼMOL TOVARLARI”GA KIRITILADIGAN TOVARLAR ROʻYXATINI OʻZ KUChINI YOʻQOTGAN DEB TOPISh TOʻGʻRISIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2009-yil 21-dekabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 714-1]
Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat bojxona xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-y., 9-son, 230-modda) 6 va 7-moddalari va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 16-maydagi 217-son “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar, qoʻshimchalar kiritish va ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida” (Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami, 2001-y., 5-son, 27-modda) qaroriga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Davlat bojxona qoʻmitasi qaror qiladilar:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat bojxona qoʻmitasi tomonidan tasdiqlangan, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 13-apreldagi 173-son qaroriga ilovada koʻrsatilgan “Boshqa nooziq-ovqat isteʼmol tovarlari”ga kiritiladigan tovarlar roʻyxati (roʻyxat raqami 714, 1999-yil 4-may) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2009-yil 1-dekabr,
111-son
Davlat bojxona qoʻmitasi raisi S. NOSIROV
Toshkent sh.,
2009-yil 1-dekabr,
01-02/8-26-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 52-son, 580-modda)