O‘zbekiston Respublikasining Qonuni
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING MEHNAT KODEKSIGA VA “BOLA HUQUQLARINING KAFOLATLARI TO‘G‘RISIDA”GI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNIGA O‘ZGARTISh VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh HAQIDA
Qonunchilik palatasi tomonidan 2009-yil 12-avgustda qabul qilingan
Senat tomonidan 2009-yil 4-dekabrda ma’qullangan
Senat tomonidan 2009-yil 4-dekabrda ma’qullangan
Oldingi tahrirga qarang.
(1-modda O‘zbekiston Respublikasining 2022-yil 28-oktabrdagi O‘RQ-798-sonli Qonuniga asosan 2023-yil 30-apreldan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.10.2022-y., 03/22/798/0972-son)
2-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2008-yil 7-yanvarda qabul qilingan “Bola huquqlarining kafolatlari to‘g‘risida”gi O‘RQ-139-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2008-yil, № 1, 1-modda) 20-moddasiga quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin:
uchinchi qism chiqarib tashlansin;
to‘rtinchi va beshinchi qismlar tegishincha uchinchi va to‘rtinchi qismlar deb hisoblansin;
uchinchi qism quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Bolalarni mehnatga tayyorlash uchun umumta’lim maktablari, o‘rta maxsus, kasb-hunar o‘quv yurtlarining o‘quvchilarini ularning sog‘lig‘iga hamda ma’naviy va axloqiy kamol topishiga ziyon yetkazmaydigan, ta’lim olish jarayonini buzmaydigan yengil ishni o‘qishdan bo‘sh vaqtida bajarishi uchun — ular o‘n besh yoshga to‘lganidan keyin ota-onasidan birining yoki ota-onasining o‘rnini bosuvchi shaxslardan birining yozma roziligi bilan ishga qabul qilishga yo‘l qo‘yiladi”.
3-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2009-yil 24-dekabr,
O‘RQ-239-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 52-son, 554-modda; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 29.10.2022-y., 03/22/798/0972-son)