25.12.2009 yildagi O‘RQ-240-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Qonuni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
QISHLOQ VA SUV XO‘JALIGIDA IQTISODIY ISLOHOTLAR CHUQURLASHTIRILGANLIGI MUNOSABATI BILAN O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING AYRIM QONUN HUJJATLARIGA O‘ZGARTISH VA QO‘SHIMCHALAR KIRITISH TO‘G‘RISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonunchilik palatasi tomonidan 2009-yil 24-noyabrda qabul qilingan
Senat tomonidan 2009-yil 4-dekabrda ma’qullangan
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
(O‘zbekiston Respublikasining 2025-yil 30-iyuldagi O‘RQ-1076-sonli Qonuniga asosan 1-moddaning o‘z kuchini yo‘qotish sanasi — 2025-yil 31-oktabr — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 30.07.2025-y., 03/25/1076/0672-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 3-sentabrda qabul qilingan “Veterinariya to‘g‘risida”gi 935-XII-sonli Qonuni (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 9, 335-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 6, 118-modda; 1997-yil, № 4-5, 126-modda) 8-moddasining ikkinchi xatboshisidagi “jamoa xo‘jaliklari, davlat xo‘jaliklari” degan so‘zlar “fermer va dehqon xo‘jaliklari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2015-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 3, 6-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 9, 193-modda, № 12, 269-modda; 1996-yil, № 5-6, 69-modda, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 4-5, 126-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 3, 38-modda, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 1-2, 23-modda, № 9-10, 165, 182-moddalar; 2002-yil, № 1, 20-modda, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 1, 8-modda, № 5, 67-modda, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 5, 90-modda, № 9, 171-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 9, 312-modda, № 12, 413, 417, 418-moddalar; 2006-yil, № 6, 261-modda, № 9, 498-modda, № 10, 536-modda, № 12, 656, 659-moddalar; 2007-yil, № 4, 158, 159, 164, 165-moddalar, № 9, 416, 421-moddalar, № 12, 596, 604, 607-moddalar; 2008-yil, № 4, 181, 189,192-moddalar, № 9, 486, 488-moddalar, № 12, 640, 641-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 9, 334, 335, 337-moddalar, № 10, 380-modda) 74-moddasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“74-modda. Suvdan foydalanish va suv iste’moli qoidalarini buzish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tabiiy suv oqimlari (jilg‘alar, soylar, daryolar va boshqalar), suv havzalari (ko‘llar, dengizlar, yer osti suvli qatlamlari) va boshqa tabiiy suv obyektlaridan olinadigan suvdan foydalanish va suv iste’moli qoidalarini, suv olish limitlarini buzish, shuningdek loyihada nazarda tutilgan baliqlarni muhofaza qilish inshootlari va qurilmalari bo‘lmagan holda ulardan suv olishni amalga oshirish —
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolarga eng kam ish haqining bir baravaridan ikki baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — ikki baravaridan olti baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sun’iy suv oqimlari (ochiq va yopiq kanallar, kollektor-drenaj tarmoqlari), suv havzalari (suv omborlari, sel suvlari to‘planadigan joylar, hovuzlar va boshqalar) hamda boshqa sun’iy suv obyektlaridan olinadigan suvdan foydalanish va suv iste’moli qoidalarini buzish, ya’ni suvdan xo‘jasizlarcha foydalanish, suvlarning va suv obyektlarining holatiga ta’sir etuvchi gidrotexnika ishlarini va boshqa ishlarni o‘zboshimchalik bilan bajarish, suv obyektlaridan belgilangan suv olish limitlari, suvdan foydalanish va suv iste’moli rejalarini buzish —
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolarga eng kam ish haqining uchdan ikki qismidan bir baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — bir baravaridan to‘rt baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu moddaning birinchi va ikkinchi qismlarida nazarda tutilgan huquqbuzarliklar ma’muriy jazo chorasi qo‘llanilganidan keyin bir yil davomida takror sodir etilgan bo‘lsa, —
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
fuqarolarga eng kam ish haqining ikki baravaridan olti baravarigacha, mansabdor shaxslarga esa — olti baravaridan o‘n to‘rt baravarigacha miqdorda jarima solishga sabab bo‘ladi”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1995-yil 31-avgustda qabul qilingan “O‘simliklar karantini to‘g‘risida”gi 113-I-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 9, 188-modda; 1996-yil, № 9, 144-modda; 1997-yil, № 4-5, 126-modda) quyidagi o‘zgartishlar kiritilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) 6-moddaning yettinchi xatboshisidagi “jamoa xo‘jaliklari, dehqon (fermer) xo‘jaliklariga va boshqa” degan so‘zlar “fermer va dehqon xo‘jaliklariga, boshqa” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) 8-moddaning beshinchi qismi ikkinchi xatboshisidagi “jamoa xo‘jaliklari, dehqon (fermer) xo‘jaliklari” degan so‘zlar “fermer va dehqon xo‘jaliklari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3) 10-moddaning birinchi qismidagi “jamoa xo‘jaliklari, dehqon (fermer) xo‘jaliklari” degan so‘zlar “fermer va dehqon xo‘jaliklari” degan so‘zlar bilan almashtirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1997-yil 26-dekabrda qabul qilingan “Hayvonot dunyosini muhofaza qilish va undan foydalanish to‘g‘risida”gi 545-I-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, № 1, 14-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda) 32-moddasining matni “suvdan” degan so‘zdan keyin “foydalanuvchilarning, suv iste’molchilarining” degan so‘zlar bilan to‘ldirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1998-yil 30-aprelda qabul qilingan 598-I-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Yer kodeksiga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, № 5-6, 82-modda; 2003-yil, № 9-10, 149-modda; 2004-yil, № 5, 90-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 12, 608-modda; 2009-yil, № 1, 1-modda) quyidagi o‘zgartishlar va qo‘shimcha kiritilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) 34-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Yer uchastkalarini egalik qilishga, foydalanishga, ijaraga berish va mulk qilib berish (realizatsiya qilish) masalalarini ko‘rib chiqish uchun O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi, mahalliy davlat hokimiyati organlari huzurida yer uchastkalarini berish (realizatsiya qilish) masalalarini ko‘rib chiquvchi komissiyalar tuziladi. Komissiyalar tarkibiga yer resurslari va davlat kadastri (komissiya kotibi), qishloq va suv xo‘jaligi, tabiatni muhofaza qilish, arxitektura va qurilish, geologiya va mineral resurslar, davlat mulkini boshqarish, sanitariya-epidemiologiya xizmati organlari, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarining vakillari va boshqa shaxslar kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yer uchastkalarini berish (realizatsiya qilish) masalalarini ko‘rib chiquvchi komissiyalar o‘z faoliyatini qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshiradi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) 43-moddaning beshinchi qismidagi “va suvdan foydalanish” degan so‘zlar “suvdan foydalanish va suv iste’moli” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3) 53-moddaning to‘rtinchi qismi “ijaraga” degan so‘zdan keyin “ochiq” degan so‘z bilan to‘ldirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4) 55-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“55-modda. Dehqon xo‘jaligi yuritish uchun fuqarolarga yer uchastkalari berish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oilali va qishloq joylarda kamida uch yil mobaynida yashab turgan fuqarolarga dehqon xo‘jaligi yuritish uchun meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilishga tomorqa yer uchastkasi sug‘oriladigan yerlarda 0,35 gektargacha va sug‘orilmaydigan (lalmikor) yerlarda 0,5 gektargacha o‘lchamda, cho‘l va sahro mintaqasida esa sug‘orilmaydigan yaylovlardan 1 gektargacha o‘lchamda beriladi. Qishloq joylarda kamida uch yil yashab turganlik to‘g‘risidagi talab yangi sug‘oriladigan yer massivlari uchun qo‘llanilmaydi. Bunda dehqon xo‘jaligi yuritish uchun beriladigan yer uchastkasining o‘lchami yakka tartibda uy-joy qurish uchun meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilishga ilgari berilgan yoki beriladigan yer uchastkasini hisobga olgan holda aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dehqon xo‘jaligi yuritish uchun yer uchastkalari imoratlar va inshootlar qurish huquqisiz beriladi. Mazkur qoida yakka tartibda uy-joy qurish uchun meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilishga ilgari berilgan yoki beriladigan yer uchastkalariga tatbiq etilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dehqon xo‘jaligi yuritish uchun beriladigan yer uchastkalarining aniq o‘lchamlari yer resurslarining mavjudligi, aholining zichligiga qarab belgilanadi. Dehqon xo‘jaligi yuritish uchun yer uchastkasi berish to‘g‘risidagi qaror tuman (shahar) hokimi tomonidan yer uchastkalarini berish (realizatsiya qilish) masalalarini ko‘rib chiquvchi komissiyaning ijobiy xulosasi asosida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fuqarolarga dehqon xo‘jaligi yuritish uchun 0,06 gektar doirasida tomorqa yer uchastkalariga meros qilib qoldiriladigan umrbod egalik qilish huquqi kimoshdi savdosi asosida realizatsiya qilinishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dehqon xo‘jaligini yuritish uchun yer uchastkasini olishga muhtoj bo‘lgan fuqarolar yashash joyidagi tuman (shahar) hokimiga oilasining tarkibini va yer uchastkasining mo‘ljallangan joyini ko‘rsatgan holda ariza beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tuman (shahar) hokimi yer uchastkalarini berish (realizatsiya qilish) masalalarini ko‘rib chiquvchi komissiyaning xulosasi asosida dehqon xo‘jaligini yuritish uchun fuqarolarga yer uchastkalari berish to‘g‘risida qaror qabul qiladi yoki arizachiga yer uchastkasi berish bo‘yicha asoslantirilgan rad javobini yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qishloq joylarda yashovchi va o‘z mulkida chorva mollari bo‘lgan fuqarolarga pichan o‘rish va chorva mollarini o‘tlatish uchun vaqtincha foydalanishga yer uchastkalari berilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Dehqon xo‘jaligi yuritish uchun fuqarolarga yer uchastkalarini berish tartibi qonun hujjatlari bilan belgilanadi”.
Oldingi tahrirga qarang.
(O‘zbekiston Respublikasining 2024-yil 8-noyabrdagi O‘RQ-995-sonli Qonuniga asosan 7-moddaning o‘z kuchini yo‘qotish sanasi — 2025-yil 12-fevral — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.11.2024-y., 03/24/995/0908-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1998-yil 30-aprelda qabul qilingan “Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida”gi 602-I-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasining 2004-yil 26-avgustda qabul qilingan 662-II-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan tahririda) (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2004-yil, № 9, 162-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 3, 119-modda; 2007-yil, № 12, 608-modda; 2008-yil, № 12, 640-modda) quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) 3-modda quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan to‘ldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Fermer xo‘jaligi O‘zbekiston Respublikasida qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishining asosiy subyektidir”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchi qismidagi “shaxs” degan so‘z “O‘zbekiston Respublikasining fuqarosi” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikkinchi qismi quyidagi mazmundagi jumla bilan to‘ldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Fermer xo‘jaligi boshlig‘ining huquq va majburiyatlarini boshqa shaxsga o‘tkazish taqiqlanadi, qonunda nazarda tutilgan hollar bundan mustasno”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Fermer xo‘jaligi qishloq xo‘jaligiga mo‘ljallangan yerlarda va zaxira yerlarda tashkil etiladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uchinchi qismidagi “10” va “1” raqamlari tegishincha “30” va “5” raqamlari bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4) III bo‘limning nomi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“III. FERMER XO‘JALIKLARI YURITISH UCHUN YER UCHASTKALARI BERISH. YERDAN FOYDALANISH VA SUV ISTE’MOLI”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
birinchi qismi “uchastkalari” degan so‘zdan keyin “ochiq” degan so‘z bilan to‘ldirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
to‘rtinchi qismidagi “Qayta tashkil etilayotgan” degan so‘zlar “Faoliyat ko‘rsatayotgan, qayta tashkil etilayotgan” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
beshinchi—o‘n birinchi qismlari quyidagi mazmundagi beshinchi — o‘ninchi qismlar bilan almashtirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Tuman hokimining fermer xo‘jaligi yuritish uchun yer uchastkasi berish to‘g‘risidagi qarori viloyat hokimi boshchilik qiladigan yer uchastkalarini berish (realizatsiya qilish) masalalarini ko‘rib chiquvchi viloyat komissiyasi tomonidan tasdiqlanganidan keyin kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qishloq xo‘jaligi kooperativining (shirkat xo‘jaligining) umumiy yig‘ilishi hamda boshqa qishloq xo‘jaligi korxonasi, muassasasi va tashkilotining vakolatli organi fermer xo‘jaliklariga berilishi lozim bo‘lgan yer uchastkalarini ijarachini aniqlamagan holda belgilashi mumkin. Bunday holda fermer xo‘jaligiga yer uchastkasi ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan tartibda beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yer uchastkasini ijaraga olish shartnomasi fermer xo‘jaligining boshlig‘i va tuman hokimi tomonidan imzolanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tuman hokimining fermer xo‘jaligi yuritish uchun yer uchastkasi berishni rad etish to‘g‘risidagi qarori ustidan, shuningdek yer uchastkalarini berish (realizatsiya qilish) masalalarini ko‘rib chiquvchi viloyat komissiyasining tuman hokimining qarorini tasdiqlashni rad etish to‘g‘risidagi qarori ustidan sudga yoki bo‘ysunuv tartibida yuqori turuvchi organga, mansabdor shaxsga shikoyat qilinishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fermer xo‘jaligi yuritish uchun yer uchastkalari olgan va qishloq aholi punktida turarjoyi bo‘lgan shaxslarning tomorqa yer uchastkasi saqlanib qoladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fermer xo‘jaligining yer uchastkasi chegaralari naturada (joyning o‘zida) yer tuzish xizmati organlari tomonidan mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan belgilanadi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6) 12-moddaning matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Qishloq xo‘jaligi kooperativlarining (shirkat xo‘jaliklarining) tarkibidan chiqish va fermer xo‘jaligini mustaqil yuritish istagini bildirgan a’zolari ushbu Qonunning 11-moddasiga muvofiq yer uchastkasini ijaraga olish huquqiga ega”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi yettinchi qism bilan to‘ldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Fermer xo‘jaligi boshlig‘i pensiya yoshiga to‘lganda yoki mehnat qobiliyatini yo‘qotganda yer uchastkasini ijaraga olish huquqini ushbu Qonunning 4-moddasi birinchi qismi talablariga javob beradigan o‘z oila a’zolaridan biriga qonun hujjatlariga muvofiq ijara shartnomasi amal qiladigan muddatga berishi mumkin”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yettinchi, sakkizinchi va to‘qqizinchi qismlari tegishincha sakkizinchi, to‘qqizinchi va o‘ninchi qismlar deb hisoblansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8) 15-modda quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“15-modda. Suv iste’moli
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fermer xo‘jaliklarining suv iste’moli ularga xizmat ko‘rsatuvchi suv iste’molchilari uyushmalari tomonidan belgilanadigan suv obyektlaridan suv olish limitlari asosida belgilangan tartibda amalga oshiriladi”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9) 16-modda birinchi qismining yettinchi xatboshisi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“elektr energiyasi, yoqilg‘i-moylash materiallari, mineral o‘g‘itlarning, o‘simliklarni himoya qilishning kimyoviy va biologik vositalari yetkazib berilishi, suv xo‘jaligi xizmatlari, texnik va boshqa xizmatlar ko‘rsatilishi uchun shartnomalar tuzish”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10) 17-modda birinchi qismining sakkizinchi—o‘n to‘rtinchi xatboshilari quyidagi mazmundagi sakkizinchi — o‘n beshinchi xatboshilar bilan almashtirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“suv resurslaridan suv iste’moli to‘g‘risidagi shartnomaga muvofiq foydalanishi, suvni tejash, suv resurslaridan maqsadli va oqilona foydalanish chora-tadbirlarini ko‘rishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mazkur fermer xo‘jaligi a’zo bo‘lgan suv iste’molchilari uyushmasi balansida turgan sug‘orish va kollektor-drenaj tarmoqlarini tozalash va ta’mirlashda belgilangan tartibda ishtirok etishi, shuningdek ularni texnik jihatdan soz holatda saqlashi, ulardan foydalanishning belgilangan qoidalariga rioya etishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
suv obyektlarining suvni muhofaza qilish zonalari, sohil bo‘yi mintaqalari, sanitariya muhofazasi zonalarini muhofaza qilish va ulardan foydalanish tartibi va shartlariga rioya etishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yer uchastkasini saqlash shartlariga va servitutlarga rioya etishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mehnat to‘g‘risidagi qonun hujjatlari talablariga rioya etilishini, o‘z xodimlari uchun xavfsiz mehnat sharoitlarini ta’minlashi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni, shuningdek ko‘rsatilgan xizmatlar uchun to‘lovlarni belgilangan tartibda o‘z vaqtida to‘lashi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xo‘jaligi mahsuloti yetishtirishda agrotexnika talablariga rioya etishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xo‘jaligi o‘simliklarining zararkunandalar, kasalliklar va begona o‘tlardan muhofaza qilinishini ta’minlashi shart”;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
to‘rtinchi qismidagi “olish, ijaraga yoki vaqtincha foydalanishga olish” degan so‘zlar “olish, sotish, ijaraga yoki vaqtincha foydalanishga olish” degan so‘zlar bilan almashtirilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
quyidagi mazmundagi beshinchi qism bilan to‘ldirilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Fermer xo‘jaligi tugatilayotganda faoliyatni amalga oshirish davrida o‘z mablag‘lari hisobiga yaratilgan mol-mulkni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda erkin tasarruf etishi mumkin”.
Oldingi tahrirga qarang.
(9-modda O‘zbekiston Respublikasining 2021-yil 1-apreldagi O‘RQ-680-sonli Qonuniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan – Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 02.04.2021-y., 03/21/680/0263-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(10-modda O‘zbekiston Respublikasining 2023-yil 13-sentabrdagi O‘RQ-868-sonli Qonuniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 13.09.2023-y., 03/23/868/0699-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2000-yil 25-mayda qabul qilingan “Tadbirkorlik faoliyati erkinligining kafolatlari to‘g‘risida”gi 69-II-sonli Qonunining (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2000-yil, № 5-6, 140-modda; 2001-yil, № 5, 89-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 5, 90-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2006-yil, № 3, 119-modda, № 9, 494-modda, № 10, 536-modda; 2007-yil, № 12, 608-modda; 2008-yil, № 12, 640-modda) 29-moddasi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“29-modda. Fermer va dehqon xo‘jaliklarining suv iste’molini amalga oshirish kafolatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fermer va dehqon xo‘jaliklari suv iste’molini ularga xizmat ko‘rsatuvchi suv iste’molchilari uyushmalari tomonidan belgilanadigan suv obyektlaridan har yilgi suv olish limitlari asosida boshqa qishloq xo‘jaligi korxonalari bilan teng huquqlarda amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fermer va dehqon xo‘jaliklarining suv obyektlaridan suv olish limitlari ularning roziligisiz o‘zgartirilishi mumkin emas, manbalarning suvi kamaygan hollar bundan mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Fermer va dehqon xo‘jaliklarining suv iste’moli huquqini davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlari tomonidan cheklashga faqat qonunda belgilangan hollarda yo‘l qo‘yiladi”.
Oldingi tahrirga qarang.
(12-modda O‘zbekiston Respublikasining 2020-yil 7-yanvardagi O‘RQ-601-sonli Qonuniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.01.2020-y., 03/20/601/0025-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2009-yil 25-dekabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘RQ-240-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 52-son, 555-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 08.01.2020-y., 03/20/601/0025-son; 02.04.2021-y., 03/21/680/0263-son; 13.09.2023-y., 03/23/868/0699-son; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 11.11.2024-y., 03/24/995/0908-son; 30.07.2025-y., 03/25/1076/0672-son))