21.12.2009 yildagi O‘RQ-237-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Qonuni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI JINOYAT-PROTSESSUAL KODEKSINING 329-MODDASIGA O‘ZGARTISh KIRITISh TO‘G‘RISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qonunchilik palatasi tomonidan 2009-yil 20-avgustda qabul qilingan
Senat tomonidan 2009-yil 4-dekabrda ma’qullangan
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-modda. O‘zbekiston Respublikasining 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan 2013-XII-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining Jinoyat-protsessual kodeksi (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1995-yil, № 2, 5-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, № 12, 269-modda; 1997-yil, № 2, 56-modda, № 9, 241-modda; 1998-yil, № 5-6, 102-modda, № 9, 181-modda; 1999-yil, № 1, 20-modda, № 5, 124-modda, № 9, 229-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2001-yil, № 1-2, 11, 23-moddalar, № 9-10, 165, 182-moddalar; 2002-yil, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 9, 171-modda; O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2005-yil, № 12, 418-modda; 2006-yil, № 6, 261-modda; 2007-yil, № 4, 166-modda, № 6, 248, 249-moddalar, № 9, 422-modda, № 12, 594, 595, 607-moddalar; 2008-yil, № 4, 177, 187-moddalar, № 9, 482, 484, 487-moddalar, № 12, 636, 641-moddalar; 2009-yil, № 1, 1-modda, № 4, 136-modda, № 9, 335-modda) 329-moddasining matni quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Jinoyatga oid arizalar, xabarlar va boshqa ma’lumotlar ro‘yxatga olinishi va darhol, jinoyat ishini qo‘zg‘atish uchun sabab qonuniyligini va asoslar yetarli ekanligini bevosita yoxud surishtiruv organlari yordamida tekshirish zarurati bo‘lgan taqdirda esa, o‘n sutkadan kechiktirmasdan hal qilinishi lozim. Ushbu muddat jinoyatga oid arizalar, xabarlar va boshqa ma’lumotlar olingan paytdan boshlab hamda to ishni qo‘zg‘atish yoki qo‘zg‘atishni rad qilish to‘g‘risida qaror chiqarilguniga qadar yoxud tergovga qadar tekshiruv materiallari ushbu Kodeksning 587-moddasiga muvofiq prokurorga yuborilguniga qadar bo‘lgan vaqtni o‘z ichiga oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ushbu modda birinchi qismida ko‘rsatilgan muddat ichida tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilib, uning davomida qo‘shimcha hujjatlar, tushuntirishlar talab qilib olish, shuningdek shaxsni ushlab turish, hodisa sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirish va ekspertiza o‘tkazish mumkin. Tergovga qadar tekshiruv vaqtida boshqa tergov harakatlarini o‘tkazish man qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Alohida hollarda, tergovga qadar tekshiruv muddati quyidagi holatlardan biri mavjud bo‘lgan taqdirda, surishtiruvchi yoki tergovchining asoslantirilgan qaroriga ko‘ra prokuror tomonidan bir oygacha uzaytirilishi mumkin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) o‘tkazish uchun ko‘p vaqt talab qiladigan ekspertiza, xizmat tekshiruvi, hujjatli taftish yoki boshqa tekshiruv tayinlangan bo‘lsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) olis joylarda bo‘lgan yoki chaqiruvga binoan hozir bo‘lishdan bo‘yin tovlayotgan shaxslardan tushuntirishlar talab qilib olish zarur bo‘lsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3) yangi holatlar aniqlanib, ularni qo‘shimcha tarzda tekshirmasdan turib qaror qabul qilishning imkoni bo‘lmasa”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2009-yil 21-dekabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘RQ-237-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 52-son, 552-modda)