Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 19.12.2001 yildagi 477-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjat 27.02.2007 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2002 YILDA PAXTA XOM AShYoSI YETIShTIRISh, GʻOʻZANI NAVLAR BOʻYIChA JOYLAShTIRISh HAMDA NAVLARNI YaNGILAShNI TAKOMILLAShTIRISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Koʻchirma]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Gʻoʻzani navlar boʻyicha joylashtirish va gʻoʻza navlarini yangilashni yanada takomillashtirish, barcha maydonlarga gʻoʻzaning tolasi sifati boʻyicha xalqaro standartlar va talablarga javob beradigan, tezpishar va yuqori hosilli seleksiya navlarini joylashtirish, 2002-yil paxta hosili uchun chigit ekish va hosilni yigʻib-terib olishga doir barcha ishlar kompleksining oʻz vaqtida tashkil etilishini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi, “Oʻzpaxtasanoat” uyushmasining 2002-yil hosili uchun chigit ekish maydonlari, gʻoʻzani navlar boʻyicha joylashtirish va paxtaning yalpi hosili miqdori toʻgʻrisidagi xoʻjaliklarning hisob-kitoblariga asoslangan 1 va 2-ilovalarga muvofiq takliflariga rozilik berilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 29-avgustdagi 306-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilansinki, paxta xomashyosi tayyorlash boʻyicha topshiriq bajarilgan taqdirda tasdiqlangan davlat ehtiyojlari uchun xarid qilish hajmlaridan ortiqcha yetishtirilgan paxta tolasi shartnoma narxlarida sotiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. 2002-yil vegetatsiya davrida Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar va suv xoʻjaligi tizimlari boʻyicha suv olish limitlari 3-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari suv olishning belgilangan limitlarini ularni oʻn kunliklar boʻyicha taqsimlagan holda barcha suvdan foydalanuvchilarga yetkazsinlar hamda ularga qatʼiy rioya qilinishini taʼminlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. “Oʻzpaxtasanoat uyushmasi, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2002-yil 1-fevralgacha urugʻlik paxta tozalanishini hamda 20-fevralgacha 4-ilovaga muvofiq miqdorda urugʻlik chigit tayyorlab qoʻyilishini tugallasinlar. Yuqori sifatli urugʻlik chigit xoʻjaliklarga faqat dorilangan holda va sertifikatlar mavjud boʻlgan taqdirda, gʻoʻza seleksiya navlarining tasdiqlangan joylashtirilishiga qatʼiy muvofiq ravishda berilishi taʼminlansin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2002-yil 15-fevralgacha 5-ilovaga muvofiq urugʻlik chigitni viloyatlararo tashishni tugallasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisi, viloyatlar hokimlari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi Raisining, viloyatlar hokimlarining agrosanoat kompleksini rivojlantirish masalalari uchun mutasaddi boʻlgan birinchi oʻrinbosarlari, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi hamda “Oʻzpaxtasanoat” uyushmasi rahbarlari 2002-yil hosili uchun gʻoʻzani 2 va 6-ilovalarga muvofiq navlar boʻyicha joylashtirishga doir belgilangan topshiriqlarga hamda chigit ekish normalariga qatʼiy rioya qilinishini taʼminlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tumanlar va xoʻjaliklar rahbarlari navlarni joylashtirish belgilangan tartibining oʻzboshimchalik bilan buzilishiga yoʻl qoʻymasinlar, ular aybdor shaxslarga nisbatan amaldagi qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlik choralari koʻrilishi toʻgʻrisida ogohlantirilsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzpaxtasanoat” uyushmasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar hokimliklari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
navlarni joylashtirishning tasdiqlangan tartibiga rioya qilinishi ustidan nazoratni taʼminlasinlar, tumanlarda tavsiya qilingan gʻoʻza navlarining ikkitadan ortiq, xoʻjaliklarda esa — bittadan ortiq navi ekilishiga yoʻl qoʻymasinlar, bittadan ingichka tolali va oʻrta tolali nav ekiladigan xoʻjaliklar bundan mustasno;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2002-yil 1-martgacha urugʻlik paxta uchun chigit ekiladigan xoʻjaliklar roʻyxatini tanlov asosida qayta koʻrib chiqsinlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
gʻoʻzaning yangi, istiqbolli va rayonlashtirilgan navlarini koʻpaytiruvchi elita-urugʻchilik xoʻjaliklari ishini alohida nazoratga olsinlar, ushbu navlarni yuqori unumdor va suv bilan taʼminlangan yerlarga eksinlar, agrotexnika va urugʻchilikka doir tadbirlarni yuqori darajada oʻtkazsinlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xoʻjaliklarda gʻoʻzaning yangi navlari oʻzboshimchalik bilan sinab koʻrilishiga yoʻl qoʻymasinlar. Bunday navlarni sinash faqat ilmiy-tadqiqot institutlarining eksperimental bazalarida, yangi navlarni dastlabki koʻpaytirish xoʻjaliklarida hamda davlat nav sinash uchastkalarida olib borilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. 2002-yil hosili paxta xomashyosi uchun xarid narxlari 7-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilansinki, paxta xomashyosining 2002-yilda navlar boʻyicha joylashtirish uchun tasdiqlangan barcha seleksiya navlari 8-ilovaga muvofiq uch guruhga boʻlinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 26-dekabrdagi 501-son qarori bilan tasdiqlangan paxta xomashyosining sifat koʻrsatkichlarini hisobga olgan holda ular uchun hisob-kitob qilish tartibi, seleksiya navlari xarid narxlariga tuzatish koeffitsiyentlari saqlab qolinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzpaxtasanoat” uyushmasi bilan birgalikda ikki hafta muddatda oʻzlariga qarashli tarkibiy boʻlinmalarga va paxta yetishtiruvchilarga xarid narxlari preyskurantini va hisob-kitob tartibini yetkazsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jahon bozorida paxta tolasiga narxlar konyunkturasi oʻzgarishini hisobga olgan holda 2002-yil 10-avgustgacha Vazirlar Mahkamasiga paxta xomashyosi xarid narxlari boʻyicha takliflar kiritsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2007-yil 27-fevraldagi 42-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2007-y., 9-10-son, 84-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. “Oʻzqishloqxoʻjalikkimyo” aksiyadorlik kompaniyasi, “Oʻzpaxtasanoat” uyushmasi, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Makroiqtisodiyot va statistika vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi urugʻlik chigitlarni belgilangan muddatlarda tayyorlashni tugallash uchun zarur miqdor va assortimentdagi urugʻlikni dorilash vositalarining “Paxtasanoat” hududiy birlashmalariga ikki hafta muddatda yetkazib berilishini taʼminlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, “Oʻzpaxtasanoat” uyushmasi, “Oʻzqishloqxoʻjalikkimyo” aksiyadorlik kompaniyasi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi huzuridagi “Oʻzdavurugʻliknazorat” markazi urugʻlik chigitni dorilash sifati ustidan kundalik nazorat oʻrnatsinlar, xoʻjaliklarga qogʻoz qoplarga joylanmagan va dorilanmagan chigitlar berilishiga yoʻl qoʻymasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. “Oʻzqishloqxoʻjalikkimyo” aksiyadorlik kompaniyasi mineral oʻgʻitlarni birinchi navbatda urugʻchilik xoʻjaliklariga hamda qishloq xoʻjaligi ilmiy muassasalariga oziqli moddalar boʻyicha qatʼiy mutanosiblikda va tovar paxta yetishtiruvchi xoʻjaliklar uchun belgilangan meʼyorlardan 10 foiz ortiq miqdorda yetkazib bersin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilarini davlat tomonidan qoʻllab-quvvatlash hamda ularning moliyaviy ahvolini mustahkamlash maqsadida “Oʻzagromashservis” uyushmasi mashina-traktor parklari tomonidan 2002-yilda paxta yetishtiruvchi xoʻjaliklarga koʻrsatiladigan mexanizatsiyalashgan xizmatlar qiymatining 25 foizi miqdorida chegirmalar belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Gʻoʻzalarning mazkur qarorga qatʼiy muvofiq ravishda navlar boʻyicha joylashtirilishiga va ularni oʻstirishning nav agrotexnikasi talablari bajarilishiga rioya etilishini nazorat qilish uchun 9-ilovaga muvofiq tarkibda maxsus ishchi komissiya tuzilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ishchi komissiya chigitni ekishga tayyorlashdan boshlab gʻoʻzaning butun vegetatsiya davrida har bir navning oʻziga xos xususiyatlarini hisobga olgan holda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
dalalarning ekishdan oldin tayyorlanishi va chigitning ekilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nihollarni undirib olish, ularni parvarish qilish muddatlari va suv rejimiga rioya qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zararkunandalarga va kasalliklarga, shuningdek qurgʻoqchilikka chidamlilik;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nihollarning rivojlanishi va hosilning yetilishi bosqichlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
terimga tushish, terimning davom etish muddatlari va paxtaning hosildorligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
seleksiya navlari reytinggiga koʻra paxta xomashyosi va paxta tolasining sifat koʻrsatkichlari ustidan monitoring olib borsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Monitoringni va kuzatuvlarni hisobga olgan holda 2002-yil hosili paxta xomashyosini yigʻib-terib olish yakunlariga koʻra 2003-yil hosili uchun gʻoʻzani navlar boʻyicha joylashtirish yuzasidan takliflar kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi bir oy muddatda vazirliklar va idoralar tomonidan oʻz normativ hujjatlarining mazkur qarorga muvofiqlashtirilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi I.H. Joʻrabekov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari T.X. Xoltoyev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2001-yil 19-dekabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
477-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 19-dekabrdagi 477-son qaroriga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2002-yilda paxta maydoni va yalpi hosili
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Mintaqalar‎

Paxta maydoni,
‎ming gektar‎

Yalpi hosil,
‎ming tonna‎

Qoraqalpogʻiston Respublikasi‎ 80‎ 186,0‎
viloyatlar: ‎
Andijon ‎ 107,6‎ 310,0‎
Buxoro ‎ 128,2‎ 400,0‎
Jizzax ‎ 105,5‎ 250,0‎
Qashqadaryo ‎ 164,0‎ 420,0‎
Navoiy ‎ 43,0‎ 120,0‎
Namangan ‎ 94,0‎ 270,0‎
Samarqand ‎ 110,0‎ 250,0‎
Surxondaryo ‎ 120,0‎ 380,0‎
Sirdaryo ‎ 115,3‎ 264,0‎
Toshkent ‎ 110,0‎ 280,0‎
Fargʻona ‎ 115,3‎ 340,0‎
Xorazm ‎ 95,0‎ 280,0‎
Jami: ‎ 1387,9‎ 3750,0‎
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 19-dekabrdagi 477-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi boʻyicha 2002-yil hosili uchun gʻoʻzaning roʻyxatdan oʻtkazilgan va istiqbolli navlarini
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
joylashtirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

‎‏
‎‏Mintaqalar

‎‏
‎‏Jami ekin maydoni

Shu jumladan navlar boʻyicha:

‎tezpishar navlar:

Oq-‎daryo-
‎6 ‎
An‎-
‎Boyo‎vut-2 ‎
S-
‎4727‎
Omad‎ Na
‎man-
‎gan- 77 ‎
Tosh-
‎kent- 6‎
Yulduz Chimboy- 3010‎ Tezpishar navlar boʻyicha jami‎
Qoraqalpogʻiston Respublikasi ‎ 80,0‎ 27,4‎ 50,3‎ 2‎ 79,7‎

viloyatlar: ‎

Andijon ‎ 107,6‎ 15,5 6,2 21,7‎
‎�uxoro 128,2‎ ‎0
‎Jizzax 105,5‎ 44,9 4,1‎ 49,0‎
‎Qashqadaryo 164,0‎ 0‎
‎Navoiy 43,0‎ 15,4 3,7 19,1‎
‎Namangan 94,0‎ ‎7,2 13,4‎ 6,7‎ ‎27,3
‎Samarqand 110,0‎ 85,6 ‎22,7 108,3‎
‎Surxondaryo 120,0‎ ‎7,9 7,9‎
‎Sirdaryo 115,3‎ 73,3 4,5 77,8‎
‎Toshkent 100,0‎ 12 4,8 ‎16,8
Fargʻona 115,3‎ 4,3‎ ‎14,7 19,0‎
‎Xorazm 95,0‎ 13,1 13,1‎
‎Jami: 1387,9‎ 151,1 121,9 33,2 33,3 26,2 17,6 2 439,7

ming gektar

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

2

‎‏
‎‏Mintaqalar

Shu jumladan navlar boʻyicha:

oʻrtapishar navlar:

Buxo
‎ro-6‎
S-
‎6524
175-
‎‎F
Oq-
‎‎qoʻr-
‎‎gʻon-2
S- ‎
‎‎6530‎‎
Ar- ‎‎mu- ‎‎gʻon AN-
‎‎‎402
Ter-
‎‎‎miz-
‎‎‎31
Gul-
‎‎‎ba-
‎‎‎hor
Qar-
‎‎shi-8
An-
‎‎Oʻzbe-
‎‎kiston
‎‎-4
Sha-
‎‎rof-
‎‎75
Oʻrtap
‎‎ishar ‎
‎navlar
‎‎boʻyicha
‎jami‎‎
Qoraqalpogʻiston Respublikasi ‎ 0

viloyatlar: ‎

Andijon ‎ ‎44,7 6,4‎ 26,4 77,5
‎Buxoro 125,5‎ 125,5
‎Jizzax 55,4 55,4
‎Qashqadaryo ‎100 ‎12,8 42 8‎ 162,8
‎Navoiy 23,4 23,4
‎Namangan 55,2‎ 6,2‎ 61,4
‎Samarqand 0
‎Surxondaryo ‎28,5 57,9‎ ‎2,3 ‎20 108,7
‎Sirdaryo 13,7 22,5 36,2
‎Toshkent 91,1 91,1
Fargʻona 8,8 26,4‎ 35,2
‎Xorazm ‎2 56,3‎ 5,7 64
‎Jami: 279,4 281,7 56,3 64,3 42,0 28,7 26,4 20 22,5 8 6,2 5,7 841,2
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

3

‎‏

Shu jumladan navlar boʻyicha:

istiqbolli navlar:

S-2609 S-7510 Mehr Xorazm-127 Istiqbolli
‎navlar
‎boʻyicha jami
Yangi navlar‎
Qoraqalpogʻiston Respublikasi ‎ 0 0,3

viloyatlar: ‎

Andijon ‎ ‎0 8,4
‎Buxoro 1,5‎ 1,5‎ 1,2
‎Jizzax ‎0 1,1
‎Qashqadaryo ‎0 1,2
‎Navoiy ‎0 0,5
‎Namangan 0‎ 5,3
‎Samarqand ‎0 1,7
‎Surxondaryo ‎0 3,4
‎Sirdaryo 0‎ 1,3
‎Toshkent 0,5 0,5‎ 1,6
Fargʻona 50,9 50,9‎ 10,2
‎Xorazm 14 14‎ 3,9
‎Jami: 50,9 1,5 0,5 14 66,9 40,1
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 19-dekabrdagi 477-son qaroriga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2002-yil vegetatsiya davrida Amudaryo va Sirdaryo daryolari havzasidan Qoraqalpogʻiston Respublikasi va viloyatlarning sugʻorish uchun suv olish limitlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
‎‏
‎‏

Jami‎‏
‎‏

Shu jumladan:‎

Daryo
‎‎havzasidan‎‎

Ichki kichik daryo va soylardan‎

mln kub
‎metr‎
%‎ mln kub
‎metr‎‎
%‎
Respublika boʻyicha jami 29275 17432 60 11843 40
Amudaryo havzasi boʻyicha‎ 12875 9360 73 3515 27
Qoraqalpogʻiston Respublikasi‎ 2895‎ 2895‎ 100‎
viloyatlar: ‎
Qashqadaryo ‎ 3099‎ 2115‎ 68‎ 984‎ 32‎
Buxoro ‎ 2205‎ 2205‎ 100‎
Navoiy (Amudaryo, Zarafshon)‎ 854‎ 368‎ 43‎ 486‎ 57‎
Samarqand (Zarafshon)‎ 2045‎ 2045‎ 100‎
Xorazm ‎ 1777‎ 1777‎ 100‎
Undan tashqari:
‎Surxondaryo ‎

‎2843‎

‎765‎

‎27‎

‎2078‎

‎73‎
Sirdaryo havzasi boʻyicha 13557 7307‎ 54‎ 6250‎ 46‎
Andijon ‎ 2251‎ 591‎ 26‎ 1660‎ 74‎
Namangan ‎ 2071‎ 1837‎ 89‎ 234‎ 11‎
Fargʻona ‎ 2626‎ 1005‎ 38‎ 1621‎ 62‎
Jizzax (Sirdaryo, Zarafshon)‎ 1667‎ 1496‎ 90‎ 171‎ 10‎
Sirdaryo ‎ 1910‎ 1910‎ 100‎
Toshkent (Chirchiq) ‎ 3032‎ 468‎ 15‎ 2564‎ 85‎
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh: Ob-havo sharoitlari va sugʻorish manbalari suvi miqdoriga qarab suv olish limitlari oʻzgartirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 19-dekabrdagi 477-son qaroriga
4-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2002-yil hosili uchun urugʻlik chigitni tayyorlash boʻyicha
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TOPShIRIQ
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tozalash va sortlarga ajratish‎ Tuksizlantirish va kalibrlash ‎ Dorilash ‎
Qoraqalpogʻiston Respublikasi‎ 10‎ 0,3‎ 5,9‎

viloyatlar: ‎

Andijon ‎ 12‎ 8‎ 8,0‎
Buxoro ‎ 14‎ 0,2‎ 9,5‎
Jizzax ‎ 8,5‎ 4,4‎ 7,7‎
Qashqadaryo ‎ 16‎ 1,1‎ 12,0‎
Navoiy ‎ 6‎ 0,2‎ 3,0‎
Namangan ‎ 9‎ 4‎ 6,9‎
Samarqand ‎ 14‎ 1,5‎ 7,3‎
Surxondaryo ‎ 10‎ 1,8‎ 8,8‎
Sirdaryo ‎ 9‎ 5‎ 8,2‎
Toshkent ‎ 12‎ 2,5‎ 7,4‎
Fargʻona ‎ 13,5‎ 3‎ 8,5‎
Xorazm ‎ 11‎ 1‎ 7,0‎
Jami 145 33 100
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 19-dekabrdagi 477-son qaroriga
5-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2001-yil hosili uchun urugʻlik chigitni viloyatlararo yetkazib berish boʻyicha
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TOPShIRIQ
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Joʻnatuvchi (viloyatlar)‎ Oluvchi (viloyatlar)‎ Seleksiya navlari ‎ Reproduksiya ‎ Urugʻlik miqdori (tonna) ‎
Andijon viloyati‎ Namangan viloyati‎ AN-402‎ elita‎ 10‎
AN-402‎ 1‎ 62‎
An-402‎ 2‎ 100‎
Armugʻon‎ 1‎ 10‎
Mehnat‎ 2‎ 5‎
Fargʻona viloyati‎ AN-402‎ elita‎ 40‎
AN-402‎ 1‎ 275‎
AN-402‎ 2‎ 130‎
Oqdaryo-6‎ elita‎‎ 5‎
Oqdaryo-6‎ 1‎ 10‎
Oqdaryo-6‎‎ 2‎ 130‎
Jizzax viloyati‎‎ S-6524‎‎ 3‎ 1000‎
Jami‎ 1777
Buxoro viloyati‎ Qashqadaryo viloyati‎ Buxoro-6‎ elita‎ 5‎
Buxoro-6‎ 1‎ 70‎
Buxoro-6‎ 2‎ 1180‎
Jizzax viloyati‎ Buxoro-6‎ 1‎ 10‎
Sirdaryo viloyati‎ Buxoro-6‎ 2‎ 10‎
Xorazm viloyati‎ Buxoro-6‎‎ 2‎ 200‎
Jami 1475
Qashqadaryo viloyati‎ Andijon viloyati‎ Qarshi-8‎ 2‎ 10‎
Jami 10
Navoiy viloyati‎ Sirdaryo viloyati‎ Navbahor‎ 2‎ 20‎
Jami 20
Namangan viloyati‎ Andijon viloyati‎ S-6770‎ elita‎ 10‎
Jami 10‎
Samarqand viloyati‎‎ Qoraqalpogʻiston Respublikasi ‎ Oqdaryo-6‎ 1‎ 10‎
Oqdaryo-6‎ 2‎ 150‎
Oqdaryo-6‎ 3‎ 850‎
Andijon viloyati‎ Omad‎ elita‎ 5‎
Omad‎ 1‎ 100‎
Navoiy viloyati‎ Oqdaryo-6‎ 2‎ 300‎
Oqdaryo-6‎ 3‎ 450‎
Fargʻona viloyati‎ Oqdaryo-6‎ elita‎ 5‎
Oqdaryo-6‎ 1‎ 20‎
Jami 1890
Surxondaryo viloyati‎ Andijon viloyati‎ Oqqoʻrgʻon-2‎ elita‎ 5‎
Oqqoʻrgʻon-2‎ 1‎ 50 (tuksiz)‎
Oqqoʻrgʻon-2‎ 2‎ 220(tuksiz)‎
Oqqoʻrgʻon-2‎ 3‎ 250 (tuksiz)‎
Namangan viloyati‎ Oqqoʻrgʻon-2‎ 1‎ 20 (tuksiz)‎
Oqqoʻrgʻon-2‎ 2‎ 50 (tuksiz)‎
Sirdaryo viloyati‎ Navbahor‎ 2‎ 30 (tuksiz)‎
Fargʻona viloyati‎ Oqqoʻrgʻon-2‎ 2‎ 10 (tuksiz)‎
Toshkent viloyati‎ Namangan-77‎ 1‎ 50 (tuksiz)‎
Qashqadaryo viloyati‎ Buxoro-6‎ 2‎ 200 (tuksiz)‎
Jami 885
Sirdaryo viloyati‎ Andijon viloyati‎ Gulbahor‎ 3‎ 10‎
Jizzax viloyati‎ Gulbahor‎ 3‎ 45‎
Qashqadaryo viloyati‎ Gulbahor‎ 3‎ 10‎
Namangan viloyat?‎ Toshkent-6‎ elita‎ 3‎
Jami‎ 68
Toshkent viloyati ‎ Andijon viloyati‎ S-6524‎ elita‎ 5‎
S-6524‎ 1‎ 160‎
S-6524‎ 2‎ 160‎
Omad‎ 1‎ 93‎
Omad‎ 2‎ 360‎
Namangan viloyati‎ S-6524‎ elita‎ 5‎
S-6524‎ 1‎ 50‎
Jizzax viloyati‎ S-6524‎ 1‎ 50‎
S-6524‎ 2‎ 400‎
S-6524‎ 3‎ 1200‎
Sirdaryo viloyati‎ S-6524‎ 1‎ 30‎
S-6524‎ 2‎ 100‎
S-6524‎ 3‎ 500‎
Qashqadaryo viloyati‎ S-6524‎ elita‎ 5‎
S-6524‎ 1‎ 30‎
S-6524‎ 2‎ 100‎
S-6524‎ 3‎ 1015‎
Jami 4263
Fargʻona viloyati ‎ Andijon viloyati‎ S-2609‎ elita‎ 6‎
S-2609‎ 1‎ 10‎
S-2609‎ 2‎ 60‎
S-2609‎ 3‎ 350‎
S-6524‎ 2‎ 500‎
An-512‎ 2‎ 22 (tuksiz)‎
S-6770‎ elita‎ 2‎
Namangan viloyati‎ Toshkent-6‎ elita‎ 5‎
Toshkent-6‎ 1‎ 60‎
S-2609‎ 2‎ 10‎
S-2609‎ 3‎ 70‎
Mehnat‎ 2‎ 5‎
Qashqadaryo viloyati‎ Mehnat‎‎ 2‎ 7‎
S-2609‎ 3‎ 2‎
Sirdaryo viloyati‎ S-6524‎ 2‎ 400‎
Jami 1509
Xorazm viloyati‎ Qoraqalpogʻiston Respublikasi‎ Mehnat‎ 2‎ 32‎
Sirdaryo viloyati‎ Mehnat‎ 2‎ 5‎
Jami‎ 37
Hammasi‎ 11944
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 19-dekabrdagi 477-son qaroriga
6-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoʻllaniladigan ekish sxemalari va chigit ekish normalari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ekish sxemasi‎‏
Uyalar soni, gektariga ming dona‎‏
Urugʻlik sarfi kg/gektar
bir uyaga 5-6 dona tukli chigit ekilganda

‎(1000 dona chigitning ogʻirligi 110 gramm) ‎
bir uyaga 5,5 dona tuksiz chigit ekilganda

‎(1000 dona chigitning ogʻirligi 105 gramm) ‎
60x12-1‎ 138,9‎ 84,0‎ 80,2 ‎
60x15-1‎ 111,1‎ 67,2‎ 64,2 ‎
90x8-1‎ 138,9‎ 84,0‎ 80,2 ‎
90x10-1‎ 111,1‎ 67,2‎ 64,2 ‎
90x12-1‎ 92,6‎ 56,0‎ 53,5 ‎
90x15-1‎ 74,1‎ 44,8‎ 42,8 ‎
90x20-2‎ 55,5‎ 67,2‎ 64,2 ‎
60x30-2x12x1 (qoʻshqatorli) ‎ 185,2‎ 112,0‎ 106,9‎
Oldingi tahrirga qarang.
(7-ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2002-yil 29-avgustdagi 306-sonli qaroriga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 19-dekabrdagi 477-son qaroriga
8-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Gʻoʻzaning asosiy seleksiya navlarining istiqbolliligiga koʻra guruhlanishi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Asosiy guruhlar‎ Seleksiya navlari‎
I guruh‎ Buxoro-6, S-6524, S-6530, Qarshi-8, Termiz-31‎
II guruh‎ S-4727,Toshkent-6, Yulduz, Oqdaryo-6, Namangan-77, An-Boyovut-2, Omad, Sharof-75, An-Oʻzbekiston-4, An-402, Oqqoʻrgʻon-2, Armugʻon, Gulbahor, yangi navlar‎
III guruh‎ Chimboy-3010, 175-F‎
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 19-dekabrdagi 477-son qaroriga
9-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Gʻoʻza navlarining joylashtirilishiga rioya qilinishini nazorat qilish va montoringi boʻyicha ishchi komissiyasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TARKIBI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1.‎ Begaliyev S.B.‎ —‎ Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirining birinchi oʻrinbosari, komissiya raisi ‎
2.‎ Yoqubjonov O.Y.‎ —‎ Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat maslahatchisining oʻrinbosari, komissiya raisining oʻrinbosari ‎
3.‎ Nurmatov Sh.N.‎ —‎ Qishloq xoʻjaligi ilmiy-ishlab chiqarish markazi bosh direktori ‎
4.‎ Ahmedov B.E. ‎ —‎ Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirining birinchi oʻrinbosari ‎
5.‎ Boʻriyev R.A.‎ —‎ “Sifat” markazining bosh direktori �
6.‎ Dyachkov V.V.‎ —‎ “Oʻzpaxtasanoat” uyushmasi raisining birinchi oʻrinbosari ‎
7.‎ Sattorov T.S.‎ —‎ Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi bosh boshqarmasi boshligʻi ‎
8.‎ Muborakov A.M.‎ —‎ Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining boshqarma boshligʻi ‎
9.‎ Komilov T.K.‎ —‎ Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligining respublika paxta urugʻchiligi boshqarmasi boshligʻi ‎
10.‎ Murodov S.Gʻ.‎ —‎ Qishloq xoʻjaligi ekinlari navlarini sinash davlat komissiyasi raisi ‎
11.‎ Qobulov I.Q.‎ —‎ Andijon viloyati hokimining birinchi oʻrinbosari ‎
12.‎ Sattorov Sh.S.‎ —‎ Qashqadaryo viloyati hokimining birinchi oʻrinbosari ‎
13.‎ Qoʻchqorov J.Q.‎ —‎ Qoraqalpogʻiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vaziri ‎
14.‎ Ibrohimov P.Sh.‎ —‎ Paxta seleksiyasi va urugʻchiligi institutining bosh direktori ‎
15.‎ Ahmedov J.X.‎ —‎ “Paxta” ilmiy-ishlab chiqarish birlashmasi bosh direktori ‎
16.‎ Abdukarimov A.A.‎ —‎ Oʻzbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Oʻsimliklar genetikasi va eksperimental biologiyasi instituti direktori ‎