Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI TABIATNI MUHOFAZA QILISh DAVLAT QOʻMITASI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMGA OʻZGARTISh VA QOʻShIMChALAR KIRITISh HAQIDA
Qonunchilik palatasi tomonidan 2009-yil 26-noyabrda qabul qilingan
Senat tomonidan 2009-yil 4-dekabrda maʼqullangan
Senat tomonidan 2009-yil 4-dekabrda maʼqullangan
Mazkur Qonun Oʻzbekiston Respublikasining 2017-yil 13-iyundagi OʻRQ-436-sonli “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek ayrim qonun hujjatlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
1-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1996-yil 26-apreldagi 232-I-sonli qarori bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi toʻgʻrisidagi nizomga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 5-6, 70-modda; 2000-yil, № 5-6, 153-modda, № 7-8, 217-modda; 2002-yil, № 1, 22-modda, № 9, 165-modda; 2003-yil, № 9-10, 149-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 12, 604-modda) quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:
1) 2-bandning:
birinchi xatboshisidagi “Oliy Majlisiga” degan soʻzlar “Oliy Majlisining Senatiga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
ikkinchi xatboshisidagi “Oliy Majlis qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va farmoyishlariga” degan soʻzlar “Oliy Majlis palatalarining qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlariga” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 14-banddagi “Oliy Majlis” degan soʻzlar “Oliy Majlis Senati” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
3) 15-bandning uchinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
4) 16-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“16. Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi Raisining oʻrinbosari Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devoni bilan kelishilgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi Raisi tomonidan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi”;
5) 17-bandning ikkinchi xatboshisi chiqarib tashlansin;
6) 18-bandning birinchi va ikkinchi xatboshilari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“18. Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasida Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi Raisi (hayʼat raisi), uning oʻrinbosari, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasining raisi, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi faoliyati asosiy yoʻnalishlarini muvofiqlashtiruvchi uning tuzilmaviy boʻlinmalari rahbarlaridan iborat tarkibda hayʼat tuziladi.
Hayʼatning miqdor tarkibi va shaxsiy tarkibi, lavozimiga koʻra hayʼat tarkibiga kiradigan shaxslardan tashqari, Oʻzbekiston Respublikasi Tabiatni muhofaza qilish davlat qoʻmitasi Raisining taqdimiga binoan Oliy Majlis Senatining Kengashi tomonidan tasdiqlanadi”;
7) 24-band “Oliy Majlis” degan soʻzlardan keyin “Senatining” degan soʻz bilan toʻldirilsin.
2-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2009-yil 15-dekabr,
OʻRQ-231-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 50-51-son, 530-modda)