O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
NAMANGAN “KARBONAM” AKSIYADORLIK JAMIYATIDA NITROTSELLYULOZA UChUN SELLYULOZA IShLAB ChIQARIShNI TAShKIL ETISh LOYIHASINI QO‘LLAB-QUVVATLAShGA DOIR QO‘ShIMChA ChORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Moliyalashtiruvchi institutlar va xorijiy investorlarning Namangan “Karbonam” aksiyadorlik jamiyatida nitrotsellyuloza uchun sellyuloza ishlab chiqarish loyihasining amalga oshirilishida manfaatdorligini oshirish, Vazirlar Mahkamasining 2001-yil 11-yanvardagi 18-son qarorining bajarilishini ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Mazkur loyihani mablag‘ bilan ta’minlashda ishtirok etayotgan “SNPE INJINIRING Defens” kompaniyasi (Fransiya), chet el banklari, “Kofas” eksport-kredit agentligi va chet el sug‘urta kompaniyalari O‘zbekiston Respublikasida manba oldida daromad (foyda) solig‘ini to‘lashdan ozod qilinsin.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri kotibiyatiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri O‘. SULTONOV
Toshkent sh.,
2001-yil 18-dekabr,
475-son