Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligining, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasining qarori, 02.12.2009 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2052
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TENDER VA TANLOV SAVDOLARINI EʼLON QILISh VA OʻTKAZIShDA MAMLAKATIMIZ IShLAB ChIQARUVChILARIGA PREFERENSIYALAR BERILIShI MONITORINGINI AMALGA OShIRISh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2009-yil 2-dekabrda roʻyxatidan oʻtkazilgan, roʻyxat raqami 2052]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligining 2023-yil 4-dekabrdagi 92-son, Qurilish va uy-joy kommunal xoʻjaligi vazirligining 2023-yil 24-noyabrdagi 6-sonli ““Tender va tanlov savdolarini eʼlon qilish va oʻtkazishda mamlakatimiz ishlab chiqaruvchilariga preferensiyalar berilishi monitoringini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga(roʻyxat raqami 2052-1, 22.12.2023-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 28-noyabrdagi PF-4058-son “Iqtisodiyotning real sektori korxonalarini qoʻllab-quvvatlash, ularning barqaror ishlashini taʼminlash va eksport salohiyatini oshirish chora-tadbirlari dasturi toʻgʻrisida”gi Farmoni (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 49-son, 477-modda), Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 21-noyabrdagi 456-son “Tender savdolarini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari toʻplami, 2000-y., 11-son, 72-modda) va 2003-yil 3-iyuldagi 302-son “Kapital qurilishda tanlov savdolari tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari toʻplami, 2003-y., 7-son, 57-modda) qarorlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi va Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi qaror qiladilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Tender va tanlov savdolarini eʼlon qilish va oʻtkazishda mamlakatimiz ishlab chiqaruvchilariga preferensiyalar berilishi monitoringini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Iqtisodiyot vaziri S. BEKENOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2009-yil 2-noyabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
89-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Moliya vaziri R. AZIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2009-yil 2-noyabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
105-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi raisi B. XODJAYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2009-yil 2-noyabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi va Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasining 2009-yil 2-noyabrdagi 89 , 105 va 7-son qaroriga ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tender va tanlov savdolarini eʼlon qilish va oʻtkazishda mamlakatimiz ishlab chiqaruvchilariga preferensiyalar berilishi monitoringini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 28-noyabrdagi PF-4058-son “Iqtisodiyotning real sektori korxonalarini qoʻllab-quvvatlash, ularning barqaror ishlashini taʼminlash va eksport salohiyatini oshirish chora-tadbirlari dasturi toʻgʻrisida”gi Farmoni (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 49-son, 477-modda), Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 21-noyabrdagi 456-son “Tender savdolarini tashkil etishni takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari toʻplami, 2000-y., 11-son, 72-modda) va 2003-yil 3-iyuldagi 302-son “Kapital qurilishda tanlov savdolari tizimini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati qarorlari toʻplami, 2003-y., 7-son, 57-modda) qarorlariga muvofiq tender va tanlov savdolarini eʼlon qilish va oʻtkazishda mamlakatimiz ishlab chiqaruvchilariga preferensiyalar berilishining tizimli monitoringini (keyingi oʻrinlarda monitoring deb yuritiladi) amalga oshirish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Monitoring tovarlar, ishlar va xizmatlar davlat xaridi (Davlat budjeti, Respublika yoʻl jamgʻarmasi, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Maktab taʼlimi jamgʻarmasi va ijtimoiy soha muassasalarining budjetdan tashqari mablagʻlari hisobiga), shuningdek ustav kapitalida davlat ulushi 50 foizdan ortiq boʻlgan korxonalar mablagʻlari hisobiga xarid qilish doirasida amalga oshiriladigan tender va tanlov savdolarida (keyingi oʻrinlarda tender va tanlov savdolari deb yuritiladi) ishtirok etishda mamlakatimiz korxonalari — ishlab chiqaruvchilari uchun qonun hujjatlarida nazarda tutilgan 20 foizgacha miqdorda narx preferensiyalarining qoʻllanilishini tahlil qilish maqsadida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
buyurtmachi — qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tender va tanlov savdolarini oʻtkazish orqali tovarlar, ishlar va xizmatlar xaridini amalga oshiradigan tashkilot;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kapital qurilish — yangi qurilish, korxonalarni kengaytirish, rekonstruksiya qilish, modernizatsiyalash va texnik qayta jihozlash, obyektlar va asosiy vositalarni mukammal taʼmirlash, jumladan loyiha-qidiruv ishlarini bajarish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
boshlangʻich narx — buyurtmachi tomonidan yoki uning buyurtmasi boʻyicha jalb qilingan tashkilot tomonidan aniqlanadigan tanlov savdolari predmetining hisoblab chiqilgan qiymati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
eng yuqori narx — tender savdolari toʻgʻrisidagi axborotda koʻrsatilgan sotib olinadigan tovarning eng yuqori narxi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tender va tanlov savdolarining predmeti — tender va tanlov savdolari natijalari boʻyicha sotib olinishi moʻljallanayotgan tovar, ish va xizmat.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. Monitoringni amalga oshirish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Buyurtmachi ommaviy axborot vositalarida tender va tanlov savdolari natijalari eʼlon qilingan kundan boshlab 3 ish kuni mobaynida yuqori turuvchi davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlariga mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq maʼlumotlarni tender va tanlov savdolarini oʻtkazish toʻgʻrisida ommaviy axborot vositalarida chop etilgan eʼlonning nusxasini ilova qilgan holda taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari tuzilmasiga kirmaydigan buyurtmachi ommaviy axborot vositalarida tender va tanlov savdolari natijalari eʼlon qilingan kundan boshlab 3 ish kuni mobaynida mazkur Nizomning 1-ilovasiga muvofiq maʼlumotlarni tender va tanlov savdolarini oʻtkazish toʻgʻrisida ommaviy axborot vositalarida chop etilgan eʼlonning nusxasini ilova qilgan holda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat budjeti, Respublika yoʻl jamgʻarmasi, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Maktab taʼlimi jamgʻarmasi va ijtimoiy soha muassasalarining budjetdan tashqari mablagʻlari hisobiga tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) xarid qilish yuzasidan tender savdolari boʻyicha — Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligiga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
roʻyxati Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi tomonidan belgilanadigan ustav kapitalida davlat ulushi 50 foizdan ortiq boʻlgan korxonalar mablagʻlari hisobiga tovarlarni (ishlarni, xizmatlarni) xarid qilish yuzasidan tender savdolari boʻyicha — Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligiga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
markazlashtirilgan manbalar (davlat kapital qoʻyilmalari), davlat boshqaruv organlari va davlat korxonalari mablagʻlari hisobiga kapital qurilish, shuningdek ilgari toʻxtatib qoʻyilgan obyektlar qurilishini davom ettirish bilan bogʻliq ishlar va xizmatlarning butun kompleksini bajarish, tovarlar xarid qilish yuzasidan tender va tanlov savdolari boʻyicha — Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasiga (keyingi oʻrinlarda “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi deb yuritiladi) taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari ular tomonidan oʻtkazilgan tender va tanlov savdolari natijalari boʻyicha, jumladan idoraviy mansub buyurtmachilardan olinadigan maʼlumotlar asosida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mazkur Nizomning 2-ilovasiga muvofiq moliyalashtirish manbalarini koʻrsatgan holda umumlashtirilgan tahliliy materiallarni tayyorlaydilar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mamlakatimiz ishlab chiqaruvchilari — tender va tanlov savdolari ishtirokchilariga narx preferensiyalari berilishi boʻyicha qonun hujjatlari talablarini hisobga olgan holda umumlashtirilgan materiallarni tahlil qiladilar va tegishli tahliliy maʼlumotnomani tayyorlaydilar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har chorakda hisobot choragidan keyingi oyning 5-sanasidan kechiktirmay tayyorlangan tahliliy maʼlumotnoma va umumlashtirilgan tahliliy materiallarni buyurtmachilardan olingan materiallarni, jumladan tender va tanlov savdolarini oʻtkazish toʻgʻrisida ommaviy axborot vositalarida chop etilgan eʼlonlarning nusxalarini ilova qilgan holda, mazkur Nizomning 4-bandiga muvofiq tender va tanlov savdolarini moliyalashtirish manbalaridan kelib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va “Davarxitektqurilish” qoʻmitasiga taqdim etadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Tender va tanlov savdolari oʻtkazilmagan deb eʼtirof etilgan taqdirda, tender va tanlov komissiyasi tomonidan tegishli qaror qabul qilingan kundan boshlab 3 ish kuni mobaynida buyurtmachi tomonidan tender va tanlov savdolari oʻtkazilmagan deb eʼtirof etilishining sabablari koʻrsatilgan xat mazkur Nizomning 4-bandiga muvofiq tender va tanlov savdolarini moliyalashtirish manbalaridan kelib chiqib, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va “Davarxitektqurilish” qoʻmitasiga taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunda, xatga tender va tanlov savdolarini oʻtkazish toʻgʻrisida ommaviy axborot vositalarida chop etilgan eʼlonning nusxasi ilova qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, shuningdek buyurtmachilar Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va “Davarxitektqurilish” qoʻmitasiga materiallarni qogʻoz va elektron shakllarda taqdim etadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlaridan, shuningdek buyurtmachilardan olinadigan materiallar asosida, taalluqli qismi boʻyicha, mamlakatimiz korxonalari — ishlab chiqaruvchilari uchun qonun hujjatlarida nazarda tutilgan narx preferensiyalarining qoʻllanilishiga alohida eʼtibor qaratgan holda, yigʻma tahliliy maʼlumotnoma va yigʻma tahliliy materiallarni tayyorlaydilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Monitoring natijalariga koʻra, taalluqli qismi boʻyicha, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi tomonidan tayyorlangan yigʻma tahliliy maʼlumotnomalar har chorakda hisobot choragidan keyingi oyning 20-sanasidan kechiktirmay tegishli yigʻma tahliliy materiallarni ilova qilgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. JAVOBGARLIK
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Mazkur Nizomga muvofiq maʼlumot taqdim etadigan davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, shuningdek tashkilotlar rahbarlari oʻtkazilgan tender va tanlov savdolari natijalari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi va “Davarxitektqurilish” qoʻmitasiga beriladigan maʼlumotlarning toʻliqligi, haqqoniyligi va oʻz vaqtida topshirilishi uchun shaxsan javobgardirlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi bilan kelishilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri E. GʻANIYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2009-yil 2-noyabr
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tender va tanlov savdolarini eʼlon qilish va oʻtkazishda mamlakatimiz ishlab chiqaruvchilariga preferensiyalar berilishi monitoringini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Talabgorlarning joylashgan eri (pochta manzili)**
Talabgor tomonidan taklif qilingan narx**, ming soʻm
Talabgor tomonidan taklif qilingan tovarlarning kelib chiqish mamlakati**
Tender va tanlov savdolari gʻolibining toʻliq nomi
Tender va tanlov savdolari gʻoliblari tomonidan taklif qilingan narx (oxirgi), ming soʻm
Boshqa maʼlumotlar (nima hisobiga gʻolib tomonidan narxning pasaytirilishi taʼminlandi, qaysi talabgorlar boʻyicha import qilishdagi QQS summasi qoʻshimcha ravishda hisobga olindi, tender va tanlov savdolarining salbiy natijasi — agar shundaylar sodir boʻlgan boʻlsa va h.k.)
1
2
...
n
Talabgorlarning chet el valyutasida ifodalangan takliflari konvertlarni ochish sanasida Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan kurs boʻyicha milliy valyutada qayta hisobl�b chiqiladi.
Rahbar _____________________________
20__ y. “___” ____________
M.Oʻ.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
*Har bir oʻtkazilgan tender va tanlov savdolari boʻyicha maʼlumot alohida taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
**Takliflari tender va tanlov savdolari, shuningdek qonunchilik hujjatlari shartlariga mos keladigan tender va tanlov savdolari ishtirokchilari boʻyicha toʻldiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tender va tanlov savdolarini eʼlon qilish va oʻtkazishda mamlakatimiz ishlab chiqaruvchilariga preferensiyalar berilishi monitoringini amalga oshirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tender va tanlov savdolari toʻgʻrisida umumlashtirilgan maʼlumot*
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat (xoʻjalik) boshqaruvi
________________________________________
organining toʻliq nomi
________________________________________
Yuridik shaxsning joylashgan eri (pochta manzili):
________________________________________
Aloqa telefon raqamlari:
________________________________________
Moliyalashtirish manbai:
________________________________________
T/r
Tender va tanlov savdolarining predmeti
Tender va tanlov savdolari predmetining eng yuqori (boshlangʻich) narxi, ming soʻm
Talabgorlarning joylashgan eri (pochta manzili)**
Talabgor tomonidan taklif qilingan narx**, ming soʻm
Talabgor tomonidan taklif qilingan tovarlarning kelib chiqish mamlakati**
Tender va tanlov savdolari gʻolibining toʻliq nomi
Tender va tanlov savdolari gʻoliblari tomonidan taklif qilingan narx (oxirgi), ming soʻm
Boshqa maʼlumotlar (nima hisobiga gʻolib tomonidan narxning pasaytirilishi taʼminlandi, qaysi talabgorlar boʻyicha import qilishdagi QQS summasi qoʻshimcha ravishda hisobga olindi, tender va tanlov savdolarining salbiy natijasi — agar shundaylar sodir boʻlgan boʻlsa va h.k.)
Davlat (xoʻjalik) boshqaruvi organi boʻyicha
1
...
n
Davlat (xoʻjalik) boshqaruvi organi tuzilmasiga kiradigan tashkilotlar boʻyicha
1
...
n
Talabgorlarning chet el valyutasida ifodalangan takliflari konvertlarni ochish sanasida Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan kurs boʻyicha milliy valyutada qayta hisoblab chiqiladi.
Rahbar _____________________________
20__ y. “___” ____________
M.Oʻ.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
*Maʼlumot tender va tanlov savdolarini moliyalashtirish manbaining har bir turi boʻyicha alohida taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
**Takliflari tender va tanlov savdolari, shuningdek qonunchilik hujjatlari shartlariga mos keladigan tender va tanlov savdolari ishtirokchilari boʻyicha toʻldiriladi.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 49-son, 528-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son)