Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
YEVROPA TIKLANISH VA TARAQQIYOT BANKINING “PAXTA-BANK”GA KREDIT LINIYASINI OCHISH TOʻGʻRISIDA
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Xalqaro moliya tashkilotlarining kredit resurslarini jalb etish hisobiga kichik va oʻrta korxonalarni mablagʻ bilan taʼminlash boʻyicha loyihalarni amalga oshirishni jadallashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Respublika kichik va oʻrta biznes korxonalarini qoʻllab-quvvatlash uchun Yevropa tiklanish va taraqqiyot bankining 120,0 mln AQSH dollari miqdoridagi ikkinchi kredit liniyasi doirasida Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki tomonidan “Paxta-bank”ga 15 mln AQSH dollari miqdorida kredit mablagʻlari ajratish toʻgʻrisida qaror qabul qilinganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. Quyidagilar:
“Paxta-bank” boshqaruvi raisi Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki bilan tegishli kredit bitimini imzolashga;
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vaziri “Paxta-bank”ga berilayotgan kreditning 80 foizi miqdoridagi summa yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi bilan Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki oʻrtasidagi kafolat bitimini Oʻzbekiston Respublikasi Hukumati nomidan imzolashga vakil qilinsin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi bilan Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki oʻrtasidagi kafolat bitimi yuzasidan belgilangan tartibda yuridik xulosa bersin.
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki bilan “Paxta-bank” oʻrtasidagi kredit bitimi imzolangan sanadan boshlab ikki hafta muddatda kredit bitimini belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazsin.
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S.Azimov zimmasiga yuklansin.
Vazirlar Mahkamasining Raisi I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2000-yil 13-dekabr,
477-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2000-y., 11-son, 178-modda)