Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.01.2008 10.01.2000 yildagi 7-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 28.01.2008
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori

TOShKENT HAYVONOT BOGʻI KOLLEKSIYALARINI TOʻLDIRISh VA BOYITISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2008-yil 28-yanvardagi 15-sonli “Toshkent hayvonot bogʻi kolleksiyalarini toʻldirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining “Oʻzbekiston Respublikasining Biologik rang-baranglikni saqlash boʻyicha milliy strategiyasi va harakatlar rejasi toʻgʻrisida” 1998-yil 1-apreldagi 139-son qarori ijrosini taʼminlash, “Qizil kitob”ga kiritilgan hayvonlar va qushlarning noyob va ekzotik turlari kolleksiyasini yaratish hamda jamlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Toshkent hayvonot bogʻiga oʻz kolleksiyasini boyitish uchun hayvonlar va qushlarni xorijiy mamlakatlarning hayvonot bogʻlari va muassasalari bilan iqtisodiy jihatdan manfaatli ayirboshlashga, shuningdek ularni yuridik va jismoniy shaxslardan beminnat ravishda ruxsat olishga berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2.Toshkent hayvonat bogʻi hayvonlar va qushlar, ozuqa, em, vitaminlar, veterinariya va biologik preparatlarni respublika hududiga olib kirishda undiriladigan barcha turdagi bojxona toʻlovlaridan (bojxona yigʻmalaridan tashqari) 2000-yil 1-yanvardan boshlab 5 yil muddatga istisno tariqasida ozod qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3.Ushbu imtiyoz hisobidan tejalgan mablagʻlar Toshkent hayvonot bogʻining hayvonlar va qushlar kolleksiyalarini toʻldirish va boyitish uchun sarflanishi belgilab qoʻyilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Oʻ. SULTONOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2000-yil 10-yanvar,

7-son