Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 20.11.2009 yildagi 298-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“XAYRATON VA MOZORI ShARIF O‘RTASIDAGI TEMIR YO‘L LINIYASINI LOYIHALAShTIRISh, QURISh, O‘RNATISh VA FOYDALANIShGA TOPShIRISh” LOYIHASINI AMALGA OShIRISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Transafg‘on temir yo‘l yo‘lagini rivojlantirish, Toshguzar — Boysun — Qumqo‘rg‘on temir yo‘lida tranzit tashishlarni ko‘paytirish, respublika korxonalarining eksport salohiyatini kengaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Osiyo Taraqqiyot Banki Direktorlar kengashi tomonidan 2009-yil 30-sentabrda “Xayraton va Mozori Sharif o‘rtasidagi temir yo‘l liniyasini loyihalashtirish, qurish, o‘rnatish va foydalanishga topshirish” loyihasini moliyalashtirish uchun Afg‘oniston Islom Respublikasiga grant berish to‘g‘risida qaror qabul qilinganligi, shuningdek loyihani amalga oshirish bo‘yicha bosh pudratchi etib “O‘zbekiston temir yo‘llari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi tanlanganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zbekiston temir yo‘llari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi bilan Afg‘oniston Islom Respublikasining Jamoat ishlari vazirligi o‘rtasida temir yo‘l qurish uchun 129,0 mln AQSh dollari summasida kontrakt tuzish kelishilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Belgilansinki, ko‘rsatib o‘tilgan loyihani amalga oshirishda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zbekiston temir yo‘llari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi — bosh pudratchi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Boshtransloyiha” ochiq aksiyadorlik jamiyati — bosh loyihalashtiruvchi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik shaxslar — subpudratchilar, tuzilgan shartnomalarga muvofiq bosh pudratchiga tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni realizatsiya qiluvchi yetkazib beruvchilar sifatida qatnashadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. “O‘zbekiston temir yo‘llari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zbekiston temir yo‘llari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasining loyihada band bo‘lgan barcha xodimlari Afg‘oniston Islom Respublikasi hududida bo‘lishi davrida ularning hayoti va sog‘lig‘ini sug‘urta qilish bo‘yicha “O‘zbekinvest” eksport-import sug‘urta milliy kompaniyasi bilan shartnoma tuzilishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Milliy xavfsizlik xizmati, Tashqi ishlar vazirligi bilan kelishgan holda, belgilangan tartibda, Afg‘oniston Islom Respublikasining vakolatli organlari va Afg‘oniston hududida joylashtirilgan kollektiv xavfsizlik kuchlari bilan Afg‘oniston Islom Respublikasi hududida loyihani amalga oshirishga jalb qilingan xodimlarning, qurilish texnikasi va infratuzilmaning xavfsizligi kafolatini ta’minlash bo‘yicha o‘zaro tushunish memorandumini tuzish chora-tadbirlari ko‘rilishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Belgilab qo‘yilsinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zbekiston temir yo‘llari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasining loyihani amalga oshirish uchun Afg‘oniston Islom Respublikasiga yuborilayotgan xodimlariga belgilangan normalardan ortiqcha to‘lanadigan xizmat safari xarajatlariga qo‘shimchalar summasi, shuningdek xizmat safari davrida ko‘rsatib o‘tilgan xodimlarni uch marta bepul ovqatlantirishni ta’minlash xarajatlari summasi yuridik shaxslar foydasiga solinadigan soliq bo‘yicha va jismoniy shaxslarning daromad solig‘i bo‘yicha soliq solinadigan bazaga kiritilmaydi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ko‘rsatib o‘tilgan loyihani amalga oshirish doirasida “O‘zbekiston temir yo‘llari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi tarkibiy bo‘linmalari ichida bepul olinadigan (beriladigan) mol-mulk uchun qabul qiluvchi va beruvchi tomonning foydasiga soliq solinmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Ko‘rsatib o‘tilgan loyihani amalga oshirish doirasida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tasdiqlaydigan ro‘yxatlar bo‘yicha O‘zbekistonga olib kiriladigan va olib chiqiladigan asbob-uskunalar va materiallar uchun “O‘zbekiston temir yo‘llari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi bojxona to‘lovlari to‘lashdan ozod qilinsin (bojxona rasmiylashtiruvi yig‘imlari bundan mustasno).
Oldingi tahrirga qarang.
(6-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 9-fevraldagi 102-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.02.2018-y., 09/18/102/0685-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Ko‘rsatib o‘tilgan loyihani amalga oshirishga doir ishlarni bajarish uchun “O‘zbekiston temir yo‘llari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasining asoslangan buyurtmanomalari asosida O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasi bilan birgalikda qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda shartnomani rasmiylashtirgan holda yoqilg‘i-moylash materiallari bilan uzluksiz ta’minlashni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zmetkombinat” aksiyadorlik-ishlab chiqarish birlashmasi va “O‘zqurilishmateriallari” aksiyadorlik kompaniyasi bilan birgalikda birja kotirovkalarining o‘rtacha narxlari bo‘yicha to‘g‘ridan to‘g‘ri shartnomalar asosida metall prokati va sementning zarur hajmi sotilishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi, Tashqi ishlar vazirligi “O‘zbekiston temir yo‘llari” davlat-aksiyadorlik kompaniyasining buyurtmanomalari bo‘yicha ko‘rsatib o‘tilgan loyihani amalga oshirishda qatnashayotgan mutaxassislarga chiqish hujjatlari rasmiylashtirilishini ta’minlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2009-yil 20-noyabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
298-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 48-son, 514-modda; 2017-y., 28-son, 654-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 09.02.2018-y., 09/18/102/0685-son)