Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.04.2021 27.06.2002 yildagi PF-3099-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.04.2021
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Farmoni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA NAQD XORIJIY VALYUTA MUOMALASINI TARTIBGA SOLISh BORASIDAGI QO‘ShIMChA ChORA-TADBIRLAR TO‘G‘RISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-sonli “Milliy qonunchilik bazasini kompleks tizimlashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yagona to‘lov vositasi sifatida milliy valyutani mustahkamlash hamda uning xarid qobiliyatini oshirish, O‘zbekiston Respublikasi hududida naqd xorijiy valyuta muomalasi to‘g‘risida amaldagi qonunchilik talablarini so‘zsiz bajarish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. 2002-yilning 1-iyulidan boshlab O‘zbekiston Respublikasi hududida yuridik hamda jismoniy rezident va norezident shaxslar tomonidan barcha turdagi tovarlar, ishlar va xizmatlar haqini to‘lashda naqd xorijiy valyuta bilan hisob-kitob va to‘lovlarni amalga oshirishlari taqiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. O‘zbekiston Respublikasi Prokuraturasi, Davlat soliq qo‘mitasi, Davlat bojxona qo‘mitasi, Ichki ishlar vazirligi yuridik va jismoniy shaxslar tomonidan respublika hududida naqd xorijiy valyuta muomalasi to‘g‘risidagi amaldagi qonunchilik so‘zsiz bajarilishi ustidan qattiq nazorat o‘rnatsinlar, qonunbuzarlik hollari aniqlangan taqdirda aybdor shaxslarga nisbatan jinoiy javobgarlikkacha bo‘lgan qat’iy choralar qo‘llanilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi, “O‘zbekiston havo yo‘llari” milliy aviakompaniyasi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda havo qatnovi to‘g‘risida xorijiy davlatlar bilan tuzilgan hukumatlararo bitimlarni mazkur Farmon talablarini hisobga olgan holda qayta ko‘rib chiqsinlar hamda Vazirlar Mahkamasiga tegishli takliflarni kiritsinlar.
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-sonli Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan — Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir hafta muddatda mazkur Farmonni ijro etish yuzasidan qaror qabul qilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Ushbu Farmonning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari R.S. Azimov va O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi F.M. Mullajonov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Mazkur Farmon matbuotda e’lon qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2002-yil 27-iyun,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PF-3099-son
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-y., 6-7-son, 115-modda; Qonun hujjatlari ma’lumotlari milliy bazasi, 07.12.2017-y., 06/17/5276/0364-son; 28.09.2020-y., 06/20/6075/1330-son)