Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
XALQARO SHARTNOMANI TASDIQLASH TOʻGʻRISIDA
1. Investitsiyalarni oʻzaro ragʻbatlantirish va himoya qilish toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi bilan Chexiya Respublikasi oʻrtasida 1997-yil 15-yanvarda tuzilgan Shartnomaga oʻzgartishlar kiritish haqida Oʻzbekiston Respublikasi bilan Chexiya Respublikasi oʻrtasida 2009-yil 24-avgust kuni Toshkent shahrida imzolangan Protokol tasdiqlansin.
2. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi tomonidan mazkur xalqaro shartnoma kuchga kirishi uchun zarur boʻlgan ichki davlat tartib-qoidalari bajarilgani toʻgʻrisida tegishli bildirishnoma yoʻllasin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi hamda tegishli vazirlik va idoralar rahbarlari ushbu xalqaro shartnoma kuchga kirgandan keyin belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasining majburiyatlari bajarilishi ustidan nazoratni taʼminlasinlar.
4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2009-yil 4-noyabr,
PQ-1220-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 45-son, 481-modda)