Norasmiy tarjima
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
USTYURT MINTAQASIDAGI ShoXPAXTA KONINI QOʻSHIMCHA OCHISH BOʻYICHA MAHSULOT TAQSIMOTIGA OID BITIMNI AMALGA OSHIRIB BORISHGA OID QOʻSHIMCHA CHORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA
2004-yil 14-aprelda “Oʻzbekneftgaz” Milliy xolding kompaniyasi hamda “Zarubejneftegaz” yopiq aksiyadorlik jamiyati (Rossiya) va “Gaz Project Development Central Asia AG” kompaniyasidan (Shveysariya) iborat tarkibdagi konsorsium oʻrtasida tuzilgan Shoxpaxta konini qoʻshimcha ochish boʻyicha mahsulot taqsimoti toʻgʻrisidagi bitim doirasida texnik-iqtisodiy koʻrsatkichlarni maqbullashtirish maqsadida:
1. Muzokaralar yakunlari boʻyicha 2004-yil 14-aprelda “Oʻzbekneftgaz” Milliy xolding kompaniyasi bilan “Zarubejneftegaz” yopiq aksiyadorlik jamiyati (Rossiya) va “Gaz Project Development Central Asia AG” kompaniyasidan (Shveysariya) iborat tarkibdagi konsorsium oʻrtasida tuzilgan Shoxpaxta konini qoʻshimcha ochish boʻyicha mahsulot taqsimoti toʻgʻrisidagi Bitimga 2009-yil 1-yanvardan tabiiy gazning yer qaʼridan foydalanganlik uchun soliq stavkasini 18,5 foizdan 30 foizgacha oshirishni nazarda tutuvchi 1-son Qoʻshimcha bitim imzolanganligi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
2. “Oʻzbekneftgaz” Milliy xolding kompaniyasi boshqaruvi raisiga Shoxpaxta konini qoʻshimcha ochish boʻyicha mahsulot taqsimoti toʻgʻrisidagi Bitimga 1-son Qoʻshimcha bitimni Oʻzbekiston Respublikasi nomidan imzolash vakolati berilsin.
4. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari E.R. Shoismatov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2009-yil 25-avgust,
PQ-1178-son