Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 07.04.2008 yildagi 63-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘ZBEKINVEST” MILLIY EKSPORT-IMPORT SUG‘URTA KOMPANIYASINING MA’MURIY BINOSINI REKONSTRUKSIYA QILIShNI TUGALLASh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zbekinvest” milliy eksport-import sug‘urta kompaniyasining ma’muriy binosini rekonstruksiya qilishni o‘z vaqtida tugallash va foydalanishga topshirishni ta’minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ochiq tender savdolari yakunlariga ko‘ra “O‘zbekinvest” milliy eksport-import sug‘urta kompaniyasining Toshkent shahar, Abdulla Qodiriy ko‘chasi, 2-uyda joylashgan 14 qavatli ma’muriy binosini (keyingi o‘rinlarda “obyekt” deb ataladi) rekonstruksiya qilish bo‘yicha “12-trest” OAJ bosh pudratchi tashkilot etib belgilanganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zbekinvest” milliy eksport-import sug‘urta kompaniyasi (keyingi o‘rinlarda “O‘zbekinvest” kompaniyasi deb ataladi) tomonidan obyektni rekonstruksiya qilish bo‘yicha buyurtmachi funksiyasi kompaniya ta’sis etgan “O‘zbekinvest qurilish” unitar korxonasiga yuklanganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
obyektni rekonstruksiya qilish ishlari “O‘zbekinvest” kompaniyasining o‘z mablag‘lari va jalb etilgan mablag‘lar hisobiga moliyalashtirilishi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. “O‘zbekinvest” kompaniyasiga va “12-trest” OAJga, istisno tariqasida, obyektni rekonstruksiya qilishni ishchi chizmalar bo‘yicha, loyiha-smeta hujjatlarini loyihalashtirish bilan bir vaqtda amalga oshirishga ruxsat etilsin, loyiha-smeta hujjatlarini loyihalashtirish va tasdiqlash 2008-yil 1-avgustgacha tugallansin, shuningdek obyektni rekonstruksiya qilish uchun asbob-uskunalar, qurilish materiallari va mebel xarid qilish bo‘yicha tanlov savdolari ishlab chiqaruvchilar va yetkazib beruvchilarning tijorat takliflari asosida o‘tkazilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. “12-trest” OAJ obyektni rekonstruksiya qilish davrida obyektni rekonstruksiya qilish maqsadida respublikaga chetdan keltiriladigan asbob-uskunalar, qurilish materiallari va mebel uchun bojxona to‘lovlari to‘lashdan (bojxonada rasmiylashtirish yig‘imlaridan tashqari) ozod qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S.Azimov va O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari N.M.Xanov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2008-yil 7-aprel,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
63-son