Hujjat kuchini yo‘qotgan 12.12.2017 28.10.2009 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2027
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining qarori, 28.10.2009 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2027
Kuchga kirish sanasi
07.11.2009
Hujjat kuchini yo‘qotgan 12.12.2017
Hujjat 12.02.2010 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki boshqaruvi
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NOBANK KREDIT TAShKILOTLARIDA JINOIY FAOLIYATDAN OLINGAN DAROMADLARNI LEGALLAShTIRIShGA VA TERRORIZMNI MOLIYALAShTIRIShGA QARShI KURAShISh BOʻYIChA IChKI NAZORAT QOIDALARINI TASDIQLASh HAQIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2009-yil 28-oktabrda 2027-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish Departamentining 2017-yil 9-avgustdagi 313-V-4, 25-sonli “Nobank kredit tashkilotlarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalarini tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 2027-4, 04.09.2017-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida” (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 12-son, 247-modda), “Kredit uyushmalari toʻgʻrisida” (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-y., 4-5-son, 65-modda), “Mikrokredit tashkilotlari toʻgʻrisida” (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 37-38-son, 372-modda), “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 43-son, 451-modda) qonunlariga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvi va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti qaror qiladilar:
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Nobank kredit tashkilotlarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kundan keyin kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Markaziy bank raisi F. MULLAJONOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2009-yil 13-oktabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23/5-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamenti boshligʻi Z. DOʻSANOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2009-yil 13-oktabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining, Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2009-yil 13-oktabrdagi 23/5, 31-sonli qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nobank kredit tashkilotlarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha ichki nazorat
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
QOIDALARI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida” (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-y., 12-son, 247-modda), “Kredit uyushmalari toʻgʻrisida” (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-y., 4-5-son, 65-modda), “Mikrokredit tashkilotlari toʻgʻrisida” (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami”, 2006-y., 37-38-son, 372-modda), “Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2004-y., 9-son, 160-modda) qonunlariga muvofiq nobank kredit tashkilotlarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish maqsadida ichki nazoratni tashkil qilish hamda amalga oshirish tartibini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur Qoidalarda quyidagi asosiy tushunchalardan foydalaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nobank kredit tashkilot — Oʻzbekiston Respublikasining rezidenti boʻlgan va tegishli faoliyat turini amalga oshirish litsenziyasiga ega boʻlgan kredit uyushmasi, lombard yoki mikrokredit tashkiloti;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ichki nazorat — nobank kredit tashkilotining maxsus vakolatli davlat organiga xabar qilinishi lozim boʻlgan operatsiyalarni aniqlashga doir faoliyatidir;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ichki nazorat xizmati — nobank kredit tashkilotining ichki nazoratni amalga oshirilishi boʻyicha masʼul boʻlgan maxsus boʻlinmasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
masʼul xodim — ichki nazoratni amalga oshirilishi uchun masʼul shaxs;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ichki nazorat tizimi — mazkur Qoidalar va ichki qoidalarda belgilangan maqsadlarga erishish va vazifalarni bajarishga qaratilgan masʼul xodim yoki Ichki nazorat xizmatining nobank kredit tashkilotining boshqa boʻlinmalari bilan oʻzaro hamkorlikda amalga oshiradigan harakatlari yigʻindisi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ichki qoidalar — nobank kredit tashkilotlarida va uning filiallarida ichki nazoratni tashkil etish va amalga oshirish tartibini belgilab beruvchi ichki hujjatdir;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maxsus vakolatli davlat organi — Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish Departamenti nomidan Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish Boshqarmasi (keyingi oʻrinlarda — Departament);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mijoz — pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyani amalga oshirish toʻgʻrisida nobank kredit tashkilotiga ariza bilan murojaat qilgan jismoniy yoki yuridik shaxs;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mijozning haqiqiy egasi — yuridik shaxs — mijozning mulkdori yoki uni nazorat qiluvchi shaxs, yaʼni mijoz va (yoki) amalga oshirilayotgan operatsiyadan manfaat koʻradigan shaxsga nisbatan mulkiy yoki nazorat huquqiga ega boʻlgan bir yoki bir necha shaxslar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
operatsiya ishtirokchilari — mijozlar, ularning vakillari hamda mijozning operatsiyada ishtirok etuvchi hamkorlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
gumonli operatsiya — mazkur Qoidalarni joriy qilish jarayonida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va (yoki) terrorizmni moliyalashtirish maqsadida amalga oshirilganligi toʻgʻrisida nobank kredit tashkilotida gumon uygʻotuvchi, uni shubhali operatsiyalar turkumiga kiritish (kiritmaslik) haqida qaror qabul qilgunga qadar boʻlgan pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiya;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shubhali operatsiya — pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq, tayyorlash, sodir etish jarayonida boʻlgan yoki sodir etib boʻlingan, mazkur Qoidalarni joriy qilish jarayonida nobank kredit tashkilotida uni jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va (yoki) terrorizmni moliyalashtirish maqsadida amalga oshirilganligi toʻgʻrisida shubha paydo boʻlgan operatsiya;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xabar qilinishi lozim boʻlgan operatsiyalar — mazkur Qoidalar bilan belgilangan shubhalilik mezonlari va alomatlaridan foydalangan holda kompleks tahlil asosida aniqlanadigan hamda Departamentga xabar qilinishi lozim boʻlgan pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir marotabalik operatsiyalar — jismoniy shaxslar tomonidan bir marotabalik tartibda amalga oshiriladigan pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
muntazam ravishda amalga oshiriladigan operatsiyalar — tahlil qilinadigan davr mobaynida mijoz tomonidan muntazam ravishda amalga oshiriladigan pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tahlil qilinadigan davr — keyingi tekshiruv bosqichida nobank kredit tashkiloti mijozning pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalarini tahlil qiladigan hamda davomiyligi mijoz tomonidan bajarilgan operatsiya turiga koʻra bir necha kundan bir necha oygacha boʻlishi mumkin boʻlgan davr;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mijozlarni lozim darajada tekshirish — mijozning va qaysi shaxslar nomidan ish koʻrayotgan boʻlsa oʻsha shaxslarning shaxsini hamda vakolatlarini tekshirish, taʼsis hujjatlari asosida mulk va boshqaruv tuzilmasini oʻrganish orqali mijozning haqiqiy egasini identifikatsiyalash, shuningdek, mijoz tomonidan amalga oshiriladigan amaliy ish munosabatlari va operatsiyalarni, ularning bunday mijoz va uning faoliyati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarga muvofiqligini tekshirish maqsadida, doimiy asosda oʻrganishlarni oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mijozni identifikatsiyalash — nobank kredit tashkiloti tomonidan mijozni lozim darajada tekshirish maqsadida mijozlar haqidagi maʼlumotlarni ular tomonidan taqdim etilgan hujjatlar asosida aniqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mijozning haqiqiy egasini identifikatsiyalash — nobank kredit tashkiloti tomonidan qonun hujjatlari bilan belgilangan taʼsis hujjatlari (ustav va (yoki) taʼsis shartnomasi, nizom) asosida mulk va boshqaruv tuzilmasini oʻrganish orqali yuridik shaxs boʻlgan mijozning mulkdori yoki uni nazorat qiluvchi shaxsni aniqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikda ishtirok etmayotgan davlatlar — jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikda ishtirok etmayotgan hamda oʻzlarining milliy qonunchiligida bu boradagi xalqaro andozalarni joriy qilmayotgan davlatlar yoki hududlar. Mazkur davlat va hududlar roʻyxati Departament tomonidan shakllantiriladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
offshor hudud — imtiyozli soliq rejimini taqdim qiluvchi va (yoki) moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirishda ular haqidagi maʼlumotlarni oshkor etmaslikni va taqdim qilmaslikni koʻzda tutuvchi davlatlar va hududlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashishda ishtirok etuvchi organlar — pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalarni amalga oshiruvchi tashkilotlar faoliyati ustidan kontrol va nazorat qilish funksiyalariga ega boʻlgan huquqni muhofaza qiluvchi, nazorat qiluvchi, litsenziyalovchi, roʻyxatdan oʻtkazuvchi va boshqa davlat organlari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Ichki nazorat tizimi maqsadi quyidagilar hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga yoʻnaltirilgan pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalarni samarali aniqlash va oldini olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nobank kredit tashkilotining qasddan yoki qasddan boʻlmagan holda jinoiy faoliyatga jalb qilinishiga, uning ustav fondi (kapitali)ga jinoiy faoliyat natijasida olingan kapitalning, shuningdek, nobank kredit tashkilotini boshqarishga jinoyatchi shaxslarning kirib kelishiga yoʻl qoʻymaslik;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari talablariga qatʼiy rioya etilishini taʼminlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Ichki nazorat tizimining asosiy vazifalari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun hujjatlari, mazkur Qoidalar va ichki qoidalarga muvofiq mijozlarni lozim darajada tekshirish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mijozlarning haqiqiy egasini aniqlash va oʻrganish, shuningdek, operatsiyani amalga oshirishda foydalaniladigan pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulklarning manbasini aniqlash boʻyicha asosli va koʻrilishi mumkin boʻlgan choralarni amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mazkur Qoidalar va ichki qoidalar bilan belgilangan mezonlar asosida gumonli va shubhali operatsiyalarni aniqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ichki nazoratni amalga oshirish davomida aniqlangan shubhali operatsiyalar toʻgʻrisidagi axborotlar (hujjatlar)ni Departamentga oʻz vaqtida taqdim etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
alohida hollarda xabar qilinishi lozim boʻlgan operatsiyalarni yuridik yoki jismoniy shaxs hisobvaragʻiga tushgan pul mablagʻlarini hisobga kiritish boʻyicha operatsiyalarni istisno etganda, bu operatsiya bajarilishi lozim boʻlgan sanadan eʼtiboran uch ish kuniga toʻxtatib turish hamda bunday operatsiya haqida operatsiya toʻxtatib turilgan kunning oʻzida Departamentni xabardor qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bilan bogʻliq maʼlumotlarning maxfiyligini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalar toʻgʻrisidagi axborotni, shuningdek, identifikatsiyalash maʼlumotlarini va mijozlarni lozim darajada tekshirishga doir materiallarni qonun hujjatlarida belgilangan muddatlar davomida saqlanishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tegishli qarorlar qabul qilish uchun nobank kredit tashkiloti rahbariyatini zarur boʻlgan aniq axborotlar va materiallar bilan operativ va muntazam ravishda taʼminlab borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shubhali operatsiyalar amalga oshirilgan yoki amalga oshirishga boʻlgan urinishlar, shubhali operatsiyalarni amalga oshirgan mijozlar bilan aloqador shaxslar (rahbarlar, taʼsischilar) toʻgʻrisidagi maʼlumotlar bazasini shakllantirish, shuningdek, bunday maʼlumotlarni boshqa kredit tashkilotlari hamda davlat organlari bilan qonun hujjatlariga muvofiq oʻzaro almashib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
operatsiyalarning anonimligini oshiruvchi yangi texnologiyalar yordamida qonunga xilof ish qilish, xususan, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va (yoki) terrorizmni moliyalashtirish uchun nobank kredit tashkilotlari xizmatlaridan foydalanish tahdidini oldini olishga alohida eʼtibor qaratilishi maqsadida zarur boʻlgan tadbirlar qoʻllash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
soʻrovnomalar boʻyicha mijozlar bazasidan terrorchilik faoliyatini moliyalashtirishga aloqador shaxslarni aniqlashdan iborat.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Ichki nazorat tizimi maqsad va vazifalariga erishish uchun masʼul xodim yoki Ichki nazorat xizmati quyidagilar boʻyicha funksiyalarni bajaradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va (yoki) terrorizmni moliyalashtirish uchun nobank kredit tashkiloti xizmatlaridan foydalanish tahdidini oldini olish uchun qonun hujjatlarida, mazkur Qoidalarda va ichki qoidalarda koʻzda tutilgan choralarni koʻrish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nobank kredit tashkiloti tomonidan qonun hujjatlari va ichki qoidalar talablariga rioya etish monitoringini amalga oshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nobank kredit tashkiloti faoliyatidagi qonun hujjatlari va ichki qoidalar talablariga rioya qilinmaganligi boʻyicha aniqlangan kamchilik va xatolarni bartaraf etish yuzasidan rahbariyat koʻrib chiqishi uchun takliflar tayyorlash va kiritish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki (keyingi oʻrinlarda — Markaziy bank) hamda Departamentning vakolatli vakillari tomonidan oʻtkazilgan tekshiruv jarayonida ichki nazorat tizimini tashkillashtirishda va uning faoliyatida aniqlangan xato va kamchiliklarni bartaraf etilishini monitoring qilish;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ichki nazoratni tashkil etish, xodimlar tomonidan qonun hujjatlari, mazkur Qoidalar va ichki qoidalar talablari buzilish holatlarini ogohlantirish va bartaraf etish masalalari boʻyicha Markaziy bank va Departament bilan hamkorlik qilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Nobank kredit tashkilotlari har yili, mazkur Qoidalar talablaridan kelib chiqqan holda, ichki qoidalarni, quyidagilarni aks ettirgan holda, ishlab chiqishi va tasdiqlashi lozim:
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ichki nazorat tizimini tashkil etish tartibi va uning tuzilmasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mijozlarni lozim darajada tekshirish, shu jumladan, mijozlarni va ularning haqiqiy egasini identifikatsiyalash, shuningdek, mijozlarning operatsiyalari ustidan doimiy monitoringni amalga oshirish qoidalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zarur boʻlgan axborotni rasmiylashtirish va uning maxfiyligini taʼminlash tartibi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Departamentga xabar qilinishi lozim boʻlgan operatsiyalar toʻgʻrisida axborot taqdim etish tartibi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kadrlarni tayyorlash va oʻqitishga doir malaka talablari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
gumonli operatsiyalarni aniqlashning qoʻshimcha mezonlari va ularning alomatlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun hujjatlariga zid boʻlmagan boshqa qoidalar.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ichki qoidalar nobank kredit tashkilotining yuqori yoki kuzatuv boshqaruv organi tomonidan tasdiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. Ichki nazorat tizimini tashkillashtirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Ichki nazorat tizimi nobank kredit tashkiloti faoliyatining jihatlari, asosiy yoʻnalishi, mijozlar bazasi va mijozlar hamda ularning operatsiyalari bilan bogʻliq xatarlar darajasini hisobga olgan holda tashkillashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Ichki nazorat tizimi tuzilmasi, shu jumladan, nobank kredit tashkilotining filiallaridagi tuzilmasi tashkilotning yuqori yoki kuzatuv boshqaruv organining qarori bilan belgilanadi va Markaziy bankning talablariga muvofiq qayta koʻrib chiqilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Ichki nazorat nobank kredit tashkilotining yuqori yoki kuzatuv organi tomonidan tayinlanadigan masʼul xodim yoki nobank kredit tashkilotining Ichki nazorat xizmati rahbari va xodimlari, shuningdek, tashkilotning har bir filialidagi masʼul xodim tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Ichki nazorat xizmati ichki nazorat maqsadlariga samarali erishish va vazifalarni unumli bajarish uchun yetarli miqdorda xodimlar bilan shakllantiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xodimlarining oʻrtacha yillik soni 25 kishidan ortiq boʻlmagan va filiallarga ega boʻlmagan nobank kredit tashkilotida masʼul xodim funksiyalari tashkilot rahbariga yoki bosh buxgalterga yuklatilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Masʼul xodim yoki Ichki nazorat xizmatining rahbari lavozimiga tayinlanuvchi shaxsdan quyidagilar talab qilinadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bank va moliya qonunchiligini, shu jumladan, Markaziy bankning meʼyoriy hujjatlarini bilish;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
buxgalteriya hisobi qoidalari haqidagi bilimga ega boʻlish, shuningdek, muntazam ravishda malakani oshirish boʻyicha maxsus oʻquv kurslarida ishtirok etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Masʼul xodim yoki Ichki nazorat xizmati rahbari lavozimiga quyidagi shaxslar tayinlanishi mumkin emas:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻz faoliyati va axloqida ishonib topshirilgan boʻlinmani notoʻgʻri boshqargani yoki ishni vijdonan yuritmaganini namoyon etgan shaxslar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
iqtisodiyot sohasidagi jinoyati uchun avval sud tomonidan jinoiy javobgarlikka tortilgan shaxslar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Nobank kredit tashkiloti ichki nazorat tizimi tuzilmasini shakllantirish, nobank kredit tashkilotining masʼul xodimini yoki Ichki nazorat xizmati rahbarini tayinlash toʻgʻrisidagi qarorni qabul qilgandan soʻng 10 (oʻn) kun muddat mobaynida, tayinlangan shaxslar toʻgʻrisidagi soʻrovnoma maʼlumotlarini ilova qilgan holda bu haqida Markaziy bankka xabar berishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Masʼul xodim yoki Ichki nazorat xizmati rahbari quyidagi huquqlarga ega:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ichki nazoratni amalga oshirish maqsadida nobank kredit tashkiloti boʻlinmalari rahbarlari va xodimlaridan kerakli farmoyish beruvchi va buxgalteriya hujjatlarini talab qilib olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ichki nazoratni amalga oshirish maqsadida olingan hujjatlardan nusxa koʻchirish, nobank kredit tashkilotining elektron maʼlumotlar bazalarida, lokal hisoblash tarmoqlari va avtonom kompyuter tizimlarida saqlanadigan fayllar va boshqa yozuvlardan nusxalar olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nobank kredit tashkilotining boshqa boʻlinmalari mutaxassislaridan yordam soʻrash va olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nobank kredit tashkiloti boʻlinmalarining xonalariga kirish, shuningdek, nobank kredit tashkiloti ijro etuvchi organi rahbarining yozma ruxsatnomasi bilan hujjatlar saqlanishi uchun foydalaniladigan (arxivlar), naqd pul va qimmatliklar saqlanadigan (pul ombori), kompyuter maʼlumotlarini qayta ishlash va maʼlumotlarni elektron shaklda tashuvchi qurilmalarda saqlash xonalariga kirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijro etuvchi organ rahbarining yozma roziligi bilan terrorizmni moliyalashtirish bilan bogʻliq boʻlgan operatsiyalarni toʻxtatib turish haqida nobank kredit tashkiloti filiallari rahbarlariga koʻrsatmalar berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mijozlarning operatsiyalariga nisbatan kelgusi harakatlari, jumladan, qonun hujjatlariga muvofiq mijoz yoki operatsiya toʻgʻrisida qoʻshimcha maʼlumot olish yoki mavjud maʼlumotlarni tekshirish yuzasidan nobank kredit tashkilotining ijro etuvchi organiga takliflar taqdim etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mazkur Qoidalar va ichki qoidalarga muvofiq boshqa tadbirlarni amalga oshirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Masʼul xodim yoki Ichki nazorat xizmati rahbari va xodimlari nobank kredit tashkiloti nomidan toʻlov (hisob-kitob) va buxgalteriya, shuningdek, nobank kredit tashkiloti zimmasiga xatarlar keltiradigan boshqa hujjatlarni imzolash yoki ushbu hujjatlarga imzo qoʻyish orqali rozilik bildirish (vizalash) huquqiga ega emas, mazkur Qoidalarning 10-bandining ikkinchi xatboshisida koʻrsatilgan holatlardan tashqari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Masʼul xodim yoki Ichki nazorat xizmatining rahbari va xodimlari oʻz vazifalarini bajarishda quyidagilarga majburdirlar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻz vakolati doirasida mazkur Qoidalar va ichki qoidalar bilan yuklatilgan maqsadlarga erishish va vazifalarni bajarish uchun zarur choralarni koʻrish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nobank kredit tashkilotining tegishli boʻlinmalaridan olingan hujjatlarning saqlanishini va qaytarilishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻz vazifalarini amalga oshirishda olingan maʼlumotlarning maxfiyligiga rioya qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mazkur Qoidalar va ichki qoidalarga muvofiq boshqa majburiyatlarni amalga oshirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Masʼul xodim yoki Ichki nazorat xizmati rahbari bevosita nobank kredit tashkilotining ijro etuvchi organi rahbariga hisobdor va nobank kredit tashkilotining boshqa boʻlinmalaridan mustaqildir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nobank kredit tashkilotining filiali masʼul xodimi bevosita nobank kredit tashkilotining Ichki nazorat xizmati rahbariga hisobdordir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Nobank kredit tashkiloti boʻlinmalarining xodimlari masʼul xodimga yoki Ichki nazorat xizmatiga uning vazifalarining amalga oshirilishida mazkur Qoidalar va ichki qoidalarga muvofiq koʻmaklashadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Nobank kredit tashkilotining boʻlinmalari xodimlarining masʼul xodim yoki Ichki nazorat xizmati rahbari va xodimlari oʻrtasidagi oʻzaro munosabat tartibi ichki qoidalar bilan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Xodimlarning soʻnggi yangiliklarga, jumladan, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishning va terrorizmni moliyalashtirishning zamonaviy usullari, uslublari va yoʻnalishlari haqidagi axborotga ega boʻlishlarini taʼminlash hamda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish borasidagi qonun hujjatlari va majburiyatlarning barcha jihatlarini aniq tushuntirib berish maqsadida nobank kredit tashkilotlari muntazam ravishda xodimlarni qayta tayyorgarlikdan oʻtkazishlari shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. Mijozlarni lozim darajada tekshirish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Nobank kredit tashkilotlari quyidagi hollarda mijozlarni lozim darajada tekshirish boʻyicha mustaqil ravishda chora-tadbirlarni koʻrishlari kerak:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) xoʻjalik va fuqaroviy — huquqiy munosabatlarni oʻrnatishda, shu jumladan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kredit uyushmasi aʼzolari tarkibiga kirish toʻgʻrisidagi arizani olganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
grant va boshqa tekin taqdim qilinuvchi mablagʻlarni olganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarz va kreditlarni olganda (jalb qilganda);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taʼsischilar tarkibiga yangi shaxslar kirganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mijoz qarz, kredit yoki lizing xizmatini olish toʻgʻrisidagi ariza bilan murojaat qilganda, agar avval bunday mijozni lozim darajada tekshirish amalga oshirilmagan boʻlsa yoki mazkur Qoidalarga muvofiq mijozni qaytadan lozim darajada tekshirish amalga oshirilishi talab qilinsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mijoz mulkni lombardda saqlash toʻgʻrisidagi ariza bilan murojaat qilganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) eng kam ish haqi miqdorining 1000 baravariga teng yoki undan ortiq boʻlgan summaga bir martalik operatsiyalar amalga oshirilganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) shubhali operatsiyalar amalga oshirilganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) mijozning shaxsi toʻgʻrisida avval olingan maʼlumotlarning toʻgʻriligiga nisbatan gumonlar mavjud boʻlganda.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Mijozni lozim darajada tekshirish boʻyicha koʻriladigan chora-tadbirlar quyidagilarni oʻz ichiga olishi shart:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tegishli hujjatlar asosida mijozning va u qaysi shaxslar nomidan ish koʻrayotgan boʻlsa, oʻsha shaxslarning shaxsini hamda vakolatlarini tekshirishni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mijozning haqiqiy egasini identifikatsiyalashni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mijoz tomonidan amalga oshiriladigan amaliy ish munosabatlari va pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalarni ularning bunday mijoz va uning faoliyati toʻgʻrisidagi maʼlumotlarga muvofiqligini tekshirish maqsadida doimiy asosda oʻrganish oʻtkazishni.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Nobank kredit tashkiloti tomonidan mijoz va mijozning haqiqiy egasini identifikatsiyasi mazkur Qoidalarning 1 va 2-ilovalarida koʻzda tutilgan maʼlumotlar, shuningdek, operatsiyalar va boshqa bitimlarning bajarilishi uchun asos hisoblanuvchi hujjatlar va boshqa zarur maʼlumotlar asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Mijozni va operatsiyaning boshqa ishtirokchilarini identifikatsiyalash imkonini beruvchi barcha hujjatlar ular taqdim etilgan sanada kuchini yoʻqotmagan boʻlishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Nobank kredit tashkiloti tomonidan jismoniy shaxs — mijozni identifikatsiyalash shaxsni tasdiqlovchi hujjat (pasport yoki uning oʻrnini bosadigan hujjat) asosida amalga oshiriladi. Bunda, nobank kredit tashkiloti mustaqil ravishda bunday hujjatning asli bilan tanishib chiqishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Yuridik shaxs — mijozlarga nisbatan mijozlarni lozim darajada tekshirish boʻyicha chora — tadbirlar bajarilayotganda nobank kredit tashkilotlari ulardan davlat roʻyxatidan oʻtganligi toʻgʻrisidagi tegishli hujjatlarni, rahbariyati haqidagi, shuningdek, taʼsis hujjatlarida koʻrsatilgan maʼlumotlarni olishlari lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar mijoz yoki mijozning haqiqiy egasi mulkchilik tarkibi toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oshkor qilish boʻyicha meʼyoriy-huquqiy hujjatlar talablari tatbiq qilinuvchi yuridik shaxs hisoblansa, bunday yuridik shaxsning taʼsischilari (aksiyadorlari, ishtirokchilari)ni aniqlash va tasdiqlash talab etilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Nobank kredit tashkiloti yuridik shaxs — mijozni batafsil oʻrganish maqsadida quyidagilarga alohida eʼtibor qaratishi lozim:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mijozning taʼsischilari (aksiyadorlari, ishtirokchilari) tarkibiga, mijozning ustav fondi (kapitali)ning 10 foizdan ortiq ulushiga egalik qilayotgan shaxslarni aniqlashga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mijoz boshqaruvi organlari tuzilmasiga va ularning vakolatlariga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mijoz ustav fondi (kapitali)ning roʻyxatga olingan miqdoriga.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Davlat hokimiyati va boshqaruv organlariga nisbatan mijozlarni lozim darajada tekshirish chora-tadbirlarining oʻtkazilishi talab qilinmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Mijozni va mijozning haqiqiy egasini qayta identifikatsiyalash majburiy hisoblanmaydi, agar ushbu mijoz va mijozning haqiqiy egasi mazkur Qoidalarga muvofiq nobank kredit tashkiloti tomonidan avval indentifikatsiyalangan boʻlsa.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mijoz va mijozning haqiqiy egasini qayta identifikatsiyalash avvalgi identifikatsiyalash natijasida olingan maʼlumotlar aniqligiga gumon tugʻilgan hollarda amalga oshirilishi lozim.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Mijoz va mijozning haqiqiy egasini identifikatsiyalashda nobank kredit tashkiloti olingan maʼlumotlarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda Departament tomonidan shakllantiriladigan va nobank kredit tashkilotlariga taqdim qilinadigan, mazkur Qoidalarning 37-bandida koʻrsatilgan shaxslar roʻyxati (keyingi oʻrinlarda — Roʻyxat) hamda jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikda ishtirok etmayotgan davlatlar roʻyxati bilan solishtirib chiqishi shart.
(30-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining hamda Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2009-yil 29-dekabrdagi 39/2, 2-sonli qarori (roʻyxat raqami 2027-1, 02.02.2010-y.) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 5-son, 43-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mijoz va mijozning haqiqiy egasini identifikatsiyalash jarayonida Roʻyxatga kiritilgan shaxslar aniqlangan taqdirda nobank kredit tashkiloti mazkur Qoidalarning VIII bobida oʻrnatilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Nobank kredit tashkilotlari quyidagi hollarda mijozga pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalarni amalga oshirishni rad etishga haqlidirlar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik shaxs boshqaruv organi yoki yuridik shaxs nomidan ishonchnomasiz faoliyat koʻrsatish huquqiga ega boʻlgan shaxs oʻzining joylashgan eri (pochta manzili) boʻyicha mavjud boʻlmaganida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shak-shubhasiz notoʻgʻri boʻlgan hujjatlar taqdim etilganda yoki qonun hujjatlariga muvofiq soʻralayotgan hujjatlar taqdim etilmaganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa hollarda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Nobank kredit tashkilotlariga quyidagilar taqiqlanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
anonim (nomi koʻrsatilmagan holda) shaxslarga, yaʼni depozit ochayotgan jismoniy yoki yuridik shaxslar tomonidan uni identifikatsiyalash uchun zarur boʻlgan hujjatlar taqdim etilmagan holda, depozit ochish (kredit uyushmalarida);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
depozit ochuvchining shaxsan oʻzi yoxud uning vakili mavjud boʻlmagan holda jismoniy shaxslarga depozit ochish (kredit uyushmalarida);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kredit oluvchining shaxsan oʻzi yoxud uning vakili mavjud boʻlmagan holda mikrokredit yoki mikroqarz berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaxsni tasdiqlovchi hujjatlarsiz mulklarni saqlash uchun qabul qilish (lombardlarda).
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Mijozni lozim darajada tekshirish imkoniyati mavjud boʻlmagan taqdirda nobank kredit tashkiloti bunday mijoz bilan hamkorlik munosabatlariga kirishmasligi yoki bunday mijozning pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulki bilan bogʻliq operatsiyalarni amalga oshirmasligi, yoxud u bilan har qanday amaliy ish munosabatlarini toʻxtatishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nobank kredit tashkilotlari:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik shaxslarni lozim darajada tekshirish jarayonida oxir natijada mijozning mulkdori boʻlgan yoki mijozni nazorat qiluvchi mijozning haqiqiy egasi – jismoniy shaxsni identifikatsiyalash boʻyicha, shu jumladan mijozning hamda uning taʼsischilari (aksiyadorlari, ishtirokchilari)ning mulk va boshqaruv tuzilmasini oʻrganish orqali asosli va imkoni mavjud boʻlgan choralarni koʻrishlari lozim;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish toʻgʻrisidagi xalqaro talablarni bajarmaydigan yoki qisman bajaradigan davlatlarda joylashgan oʻzlarining chet eldagi shoʻba korxonalari, filiallari va vakolatxonalari tomonidan ushbu sohadagi xalqaro standartlarga rioya qilinishiga eʼtibor qaratishlari lozim;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
chet eldagi shuʼba korxonalari, filiallari va vakolatxonalaridan ular joylashgan mamlakatlar qonunchiligida tegishli choralar taqiqlanganligi sababli, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha tegishli choralarni tatbiq qilish imkoniyati boʻlmagan taqdirda, nobank kredit tashkilotining bosh ofisiga axborot berilishini talab qilishga majburdirlar. Oʻz navbatida nobank kredit tashkilotlari bu haqda Markaziy bankka va Departamentga xabar berishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nobank kredit tashkilotlarining chet eldagi shuʼba korxonalari, filiallari va vakolatxonalari jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish borasidagi chora-tadbirlarni amalga oshirishda xalqaro standartlar va ular joylashgan mamlakat talablariga rioya qilishlari lozim.
(33-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining hamda Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2009-yil 29-dekabrdagi 39/2, 2-sonli qarori (roʻyxat raqami 2027-1, 02.02.2010-y.) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 5-son, 43-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. Gumonli va shubhali operatsiyalar mezonlari va alomatlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34. Pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalar quyidagi mezon va alomatlarning biri mavjud boʻlganda gumonli operatsiya deb tan olinadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) mijozning nobank kredit tashkiloti oldidagi majburiyatlarini uchinchi shaxslar tomonidan bajarilishi (majburiyatlarda shaxslarning oʻzgarishi);
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) uchinchi shaxs nomiga ochilgan depozitga pul mablagʻlari kiritilishi;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3) eng kam ish haqining 1000 baravariga teng boʻlgan yoki undan oshadigan summada naqd pul koʻrinishida kredit yoki qarz olinishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4) jismoniy yoki yuridik shaxslar — Oʻzbekiston Respublikasi norezidentlarining operatsiyada ishtirok etishlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5) operatsiyani amalga oshirish uchun taqdim qilingan hujjatlarning haqiqiyligiga (ishonchliligiga) gumon tugʻilishi va (yoki) operatsiya toʻgʻrisidagi, shu jumladan operatsiya bajaruvchi tomonlardan biri haqidagi maʼlumotlar nobank kredit tashkilotida mavjud boʻlgan maʼlumotlarga muvofiq kelmasligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6) operatsiyani amalga oshirish uchun ariza bilan murojaat qilinganda mijozning xatti-harakatlarining gʻayrioddiyligi, masalan: asabiylashishi, ikkilanish, mijozning xatti-harakatlarini boshqarib turuvchi shaxslarning mavjudligida uning agressivligi yoki uning boshqa shaxslarga arzimas sabab yuzasidan telefon orqali maslahat uchun murojaat qilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7) mijozning maxfiylik masalalari yuzasidan gʻayrioddiy tashvishlanishi yoki nobank kredit tashkiloti tomonidan operatsiya haqida soʻralgan maʼlumotlarni mijoz tomonidan asossiz rad etilishi yoxud taqdim etilishida nooʻrin kechiktirilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8) amalga oshirilayotgan operatsiya boʻyicha mijoz hamkorlarini aniqlash imkoni yoʻqligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9) operatsiya iqtisodiy mohiyatga ega emasligi hamda yuridik shaxs va (yoki) yakka tartibdagi tadbirkor — mijoz faoliyatining tavsifiga va turiga muvofiq kelmasligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10) mijoz tomonidan operatsiya amalga oshirilishini asoslanmagan holda tezlashtirishni talab qilinishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11) nobank kredit tashkiloti ishtirokida mijoz tomonidan bajarilayotgan operatsiyalarning operatsiyalarni amalga oshirishning umumqabul qilingan amaliyotiga aniq nomuvofiqligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12) mijoz tomonidan operatsiyaning avval kelishilgan amalga oshirish sxemasiga uning ijro qilinishini bevosita boshlanishidan oldin, pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulklar harakat yoʻnalishiga taalluqli boʻlgan jiddiy oʻzgartirishlar kiritilishi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35. Pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalar quyidagi mezon va alomatlarning biri mavjud boʻlganda shubhali operatsiya deb tan olinadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1) operatsiya bajaruvchi tomonlardan biri jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikda ishtirok etmayotgan davlatda doimiy yashayotgan, turgan yoki roʻyxatga olingan shaxs boʻlsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2) nobank kredit tashkiloti tomonidan xabar qilinishi lozim boʻlgan operatsiyalar toifasiga kiritish toʻgʻrisida qaror qabul qilingan gumonli operatsiya.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
36. Ichki qoidalar bilan gumonli operatsiyalarni qoʻshimcha mezonlari va alomatlari belgilanishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
V. Alohida hollarda xabar qilinishi lozim boʻlgan operatsiyalar mezonlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
37. Operatsiya bajaruvchi tomonlaridan biri quyidagi shaxslar hisoblanishi toʻgʻrisida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda olingan axborot mavjud boʻlganida har qanday operatsiya alohida hollarda xabar qilinishi lozim:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
terrorchilik faoliyatida ishtirok etayotgan yoxud ishtirok etishda gumon qilinayotgan yuridik yoki jismoniy shaxs;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
terrorchilik faoliyatini amalga oshirayotgan yoxud amalga oshirishda gumon qilinayotgan tashkilotning bevosita yoki bilvosita mulkdori boʻlgan yoxud uni nazorat qilayotgan yuridik yoki jismoniy shaxs;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
terrorchilik faoliyatini amalga oshirayotgan yoki amalga oshirishda gumon qilinayotgan jismoniy shaxsning yoxud tashkilotning mulkidagi yoki nazorati ostidagi yuridik shaxs.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VI. Xatar darajasini aniqlash
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
38. Mijozni lozim darajada tekshirish jarayonida olingan maʼlumotlar asosida, mijozning faoliyati va operatsiyalari turlarini inobatga olgan holda, Ichki nazorat xizmati mijoz tomonidan jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish yoki terrorizmni moliyalashtirish maqsadida operatsiyalarni amalga oshirilishini baholashi va tegishli (yuqori yoki past) xatar darajasini belgilashi lozim (keyingi oʻrinlarda — xatar darajasi).
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
39. Nobank kredit tashkiloti avvaldan quyidagi mezonlarga javob beradigan mijozlarni yuqori darajadagi xatar toifasiga kiritishi majbur boʻlib, ularga nisbatan nobank kredit tashkiloti kuchaytirilgan eʼtibor qaratishi lozim:
(39-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining hamda Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2009-yil 29-dekabrdagi 39/2, 2-sonli qarori (roʻyxat raqami 2027-1, 02.02.2010-y.) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 5-son, 43-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) terrorchilik faoliyatida ishtirok etayotganligi yoxud terrorchilik faoliyati bilan shugʻullanayotgan shaxslarning nazorati ostida ekanligi yoxud terrorchilik faoliyati bilan shugʻullanayotgan yoki shugʻullanishda gumon qilinayotgan tashkilotning bevosita yoki bilvosita mulkdori ekanligi yoxud uni nazorat qilayotganligi toʻgʻrisida mavjud boʻlgan maʼlumotga tegishli shaxslar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasida xalqaro hamkorlikda ishtirok etmayotgan davlatda yoxud offshor hududda doimiy yashayotgan, turgan yoki roʻyxatga olingan shaxslar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) haqiqatda joylashgan joyi taʼsis yoki roʻyxatga olish hujjatlarida koʻrsatilgan maʼlumotlarga muvofiq boʻlmagan tashkilotlar va yakka tartibdagi tadbirkorlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) faoliyat davri moliyaviy yilning bir choragidan oshmagan tashkilot va yakka tartibdagi tadbirkorlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) haqiqiy egasi mazkur bandning “a” va “b” kichik bandlarida koʻrsatilgan shaxslar hisoblangan tashkilotlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) muntazam ravishda (masalan, 3 oy davomida ketma-ket) shubhali yoki gumonli operatsiyalarni amalga oshiruvchi mijozlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
j) ichki qoidalarda belgilanadigan boshqa shaxslar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
40. Nobank kredit tashkiloti quyidagi mezonlarga javob beradigan operatsiyalarni yuqori darajadagi xatar toifasiga kiritishi majbur boʻlib, ularga nisbatan kuchaytirilgan eʼtibor qaratishi lozim:
(40-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining hamda Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2009-yil 29-dekabrdagi 39/2, 2-sonli qarori (roʻyxat raqami 2027-1, 02.02.2010-y.) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 5-son, 43-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) ishtirokchilari mazkur Qoidalarning 39-bandining “a” va “b” kichik bandlarida koʻrsatilgan shaxslar hisoblangan operatsiyalar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) ichki qoidalarda belgilanadigan boshqa operatsiyalar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
41. Mijoz tomonidan amalga oshirilayotgan operatsiyalarning tavsifi oʻzgarilishiga qarab, nobank kredit tashkiloti, zarur hollarda, u bilan ishlash boʻyicha xatar darajasini qayta koʻrib borishi lozim. Nobank kredit tashkilotlari barcha murakkab, gʻayrioddiy yirik miqdordagi operatsiyalarga, shuningdek, iqtisodiy yoki qonuniy maqsadsizligi aniq boʻlgan operatsiyani gʻayrioddiy amalga oshirish sxemalariga kuchaytirilgan eʼtibor qaratishlari kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VII. Gumonli va shubhali operatsiyalarni aniqlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
42. Identifikatsiyalash jarayonida olingan maʼlumotlar, shuningdek, mijoz bilan ishlash boʻyicha belgilangan xatar darajasi operatsiyalarning mijoz faoliyatining asosiy yoʻnalishlariga muvofiqligiga ishonch hosil qilish uchun va zarur hollarda mablagʻlar manbalarini oʻrganish uchun oʻtkaziladigan mijozlar tomonidan amalga oshiriladigan (oshirilgan) operatsiyalarning monitoringiga asos boʻlib hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
43. Mijozlar operatsiyalarining joriy tekshiruvi nobank kredit tashkilotining mijozlarga bevosita xizmat koʻrsatuvchi (masʼul ijrochilar, kassirlar va shu kabi) tegishli xodimlari tomonidan, lavozim majburiyatlariga muvofiq amalga oshiriladi. Mazkur xodimlar, gumonli operatsiyalar aniqlangan taqdirda bunday operatsiyalar haqida bevosita oʻz rahbariga, masʼul xodimga yoki Ichki nazorat xizmatiga yozma ravishda zudlik bilan xabar berishlari shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mijozlar operatsiyalarining keyingi tekshiruvi masʼul xodim yoki Ichki nazorat xizmati tomonidan joriy tekshiruv jarayonida aniqlanmaydigan shubhali operatsiyalarni aniqlash maqsadida, mijozning oʻtgan davr mobaynida bajargan operatsiyalarini tahlil qilish orqali amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
44. Gumonli operatsiyalar aniqlanganda nobank kredit tashkilotining mijozlarga bevosita xizmat koʻrsatuvchi xodimlari Ichki nazorat xizmatining topshirigʻiga binoan zarur hollarda oʻtkazilayotgan operatsiya haqidagi qoʻshimcha maʼlumotlar yuzasidan mijozga murojaat qiladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
45. Mijoz va gumonli operatsiya toʻgʻrisidagi maʼlumotlar yanada oʻrganib chiqilishi uchun masʼul xodimga yoki Ichki nazorat xizmati rahbariga yoxud nobank kredit tashkilotining filiali masʼul xodimiga taqdim etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nobank kredit tashkilotining filiali masʼul xodimi mijoz va operatsiya toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni oʻrganadi hamda ularni Ichki nazorat xizmati rahbariga yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
46. Asosli shubhalar mavjud boʻlgan taqdirda masʼul xodim yoki Ichki nazorat xizmati rahbari mijoz operatsiyasini shubhali deb hisoblash toʻgʻrisida qaror qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
47. Operatsiyalarni shubhali deb tan olish har bir alohida holda mazkur Qoidalarda belgilangan shubhali operatsiyalarning mezonlari va alomatlaridan foydalangan holda kompleks tahlil asosida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
48. Mijoz operatsiyasi shubhali deb tan olingandan soʻng, masʼul xodim yoki Ichki nazorat xizmati rahbari nobank kredit tashkilotining mijozga nisbatan kelgusi harakatlari yuzasidan, shu jumladan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Departamentga shubhali operatsiya toʻgʻrisida xabar berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
nobank kredit tashkilotining tegishli rahbarlarini va uning mijozlar bilan bevosita faoliyat yuritadigan mutasaddi boʻlinmalari rahbarlarini operatsiya shubhali deb tan olinganligi toʻgʻrisida maʼlum qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mijoz toʻgʻrisida qoʻshimcha maʼlumot olish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mijoz bilan ishlash xatar darajasini qayta koʻrib chiqish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mijoz bilan operatsiyalar amalga oshirilishiga alohida eʼtibor qaratish zaruriyati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun hujjatlariga va mijoz bilan tuzilgan shartnomaga muvofiq shartnoma munosabatlarini toʻxtatish haqida qaror qabul qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shubhali operatsiya haqidagi xabar nobank kredit tashkiloti tomonidan u aniqlangan kundan keyingi ish kunidan kechiktirmay, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadigan tartibga muvofiq Departamentga beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
49. Har bir xabar berilishi toʻgʻrisidagi maʼlumot masʼul xodim yoki Ichki nazorat xizmatining maxsus jurnalida qayd etib boriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
50. Nobank kredit tashkilotlari, shuningdek, tegishli operatsiyani shubhali ekanligini tasdiqlovchi yoki shubhaliligini olib tashlovchi har qanday maʼlumot yuzasidan darhol Departamentga xabar berishlari zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VIII. Alohida hollarda xabar berilishi lozim boʻlgan operatsiyalar aniqlanganda amalga oshiriladigan chora-tadbirlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
51. Agar mijoz bilan munosabatlarni oʻrnatish davrida, yoki ushbu munosabatlarni amalga oshirishda, yoxud bir marotabalik operatsiyalarni oʻtkazishda masʼul xodimda yoki Ichki nazorat xizmatida mazkur Qoidalarga muvofiq operatsiya alohida hollarda xabar qilinishi lozimligi toʻgʻrisida shubhalar paydo boʻlsa, masʼul xodim yoki Ichki nazorat xizmati rahbari quyidagilar boʻyicha chora-tadbirlarni koʻrishlari lozim:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mijoz va mijozning haqiqiy egasini batafsil identifikatsiyalash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yuridik yoki jismoniy shaxs hisobvaragʻiga tushgan pul mablagʻlarini hisobga kiritish boʻyicha operatsiyalarni istisno etganda, bu operatsiya bajarilishi lozim boʻlgan sanadan eʼtiboran uch ish kuniga toʻxtatib turish toʻgʻrisida asoslantirilgan farmoyish qabul qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
operatsiya toʻxtatib turilgan kunning oʻzida operatsiya toʻgʻrisidagi xabarni Departamentga yuborish uchun tayyorlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
operatsiya haqidagi maʼlumotni masʼul xodim yoki Ichki nazorat xizmatining maxsus jurnaliga kiritish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
52. Operatsiyani toʻxtatish faqatgina nobank kredit tashkilotida mijoz toʻgʻrisidagi mavjud axborotlar Roʻyxatdagi maʼlumotlar bilan toʻliq mos kelgan taqdirda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
53. Operatsiya toʻxtatilgan taqdirda mijozning topshirigʻi asosida hisobvaraqlardan pul mablagʻlarini hisobdan chiqarish amalga oshirilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mijoz topshirigʻi operatsiyalari toʻxtatilgan mijozlarning topshiriqlari roʻyxatga olinadigan alohida jurnalda roʻyxatga olinishi, shuningdek, operatsiya toʻxtatilishi muddati tugaguniga qadar maxsus jildga joylashtirilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Operatsiyalari toʻxtatilgan mijozlarning topshiriqlarini roʻyxatga olish uchun alohida jurnalda toʻxtatilgan operatsiyani, shuningdek, ushbu operatsiya ishtirokchilarini identifikatsiyalash imkonini beruvchi maʼlumotlar qayd etib boriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
54. Departamentning operatsiyani ikki ish kunidan koʻp boʻlmagan muddatga toʻxtatib turish haqidagi koʻrsatmasi mavjud boʻlganda, nobank kredit tashkiloti uni koʻrsatilgan muddatgacha toʻxtatadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IX. Nobank kredit tashkilotlari tomonidan Departament soʻrovlarining bajarilishi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
55. Departament jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha chora-tadbirlarni amalga oshirish uchun zarur boʻlgan axborotni, shu jumladan nobank kredit tashkilotining avtomatlashtirilgan axborot, maʼlumotnoma tizimlaridan hamda maʼlumotlar bazalaridan soʻrash va bepul olish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
56. Nobank kredit tashkilotlari Departamentning soʻrovlari boʻyicha qoʻshimcha maʼlumotlarni taqdim qiladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
57. Jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashishda ishtirok etuvchi xorijiy organlar soʻrov bilan Departamentga murojaat qiladilar. Departament Markaziy bank orqali tegishli soʻrovni nobank kredit tashkilotlariga taqdim etadi. Nobank kredit tashkilotlari bunday soʻrov asosida soʻralayotgan barcha maʼlumotni Departamentga taqdim etadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
X. Ichki nazoratni amalga oshirish natijasida olingan maʼlumotlar va hujjatlarni rasmiylashtirish, saqlash va maxfiyligini taʼminlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
58. Mijozlarni lozim darajada tekshirish bilan bogʻliq boʻlgan, toʻliq yoki qisman xorijiy tilda tuzilgan hujjatlar, zarur hollarda, nobank kredit tashkiloti tomonidan davlat tiliga yoki rus tiliga tarjimasi bilan talab etilishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
59. Taqdim qilingan hujjatlar nusxalarining toʻgʻriligiga gumon va boshqa zarurat paydo boʻlganda taqdirda, nobank kredit tashkiloti tanishish uchun hujjatlarning asl nusxalarini taqdim qilinishini talab qilish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
60. Mijozni lozim darajada tekshirish jarayonida olingan mijoz toʻgʻrisidagi maʼlumotlar mazkur Qoidalarning 3-ilovasiga muvofiq shakl boʻyicha tuziladigan mijoz soʻrovnomasida qayd etiladi. Nobank kredit tashkiloti ichki qoidalarga muvofiq mijoz soʻrovnomasiga boshqa maʼlumotlarni kiritish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
61. Mijoz soʻrovnomasi qogʻoz shaklida va elektron shaklda toʻldiriladi. Elektron shaklda toʻldirilgan mijoz soʻrovnomasi qogʻoz shaklida chiqarilganda nobank kredit tashkilotining bosh buxgalteri yoki u boʻlmagan taqdirda, uning muovini tomonidan tasdiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
62. Mijozlar soʻrovnomalari mijozlar maqomi boʻyicha (yuridik va jismoniy shaxslar boʻyicha) xronologik tartibda alohida jildlarda tikib boriladi va masʼul xodim yoki Ichki nazorat xizmati tomonidan saqlab boriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Elektron shaklda toʻldirilgan soʻrovnomalar nobank kredit tashkilotining mijozlarni identifikatsiyasini amalga oshiruvchi xodimlariga mijoz toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni tekshirish uchun doimiy rejimda tezkor foydalanish imkoniyatini beruvchi elektron bazada saqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
63. Mijoz soʻrovnomasi nobank kredit tashkilotida mijoz bilan munosabatlar toʻxtatilgan kundan boshlab besh yildan kam boʻlmagan muddat davomida saqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
64. Mijoz soʻrovnomasida koʻrsatiladigan maʼlumotlarning oʻzgarishiga, shuningdek, u tomonidan amalga oshirilayotgan moliyaviy operatsiyalarning tavsifi oʻzgarishiga qarab, nobank kredit tashkilotlari zarur hollarda mijoz bilan ishlash boʻyicha xatar darajasini qayta koʻrib borishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
65. Pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalar toʻgʻrisidagi axborot zarurat tugʻilgan taqdirda operatsiya tafsilotlarini qayta tiklash mumkin boʻlgan tarzda rasmiylashtirilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
66. Nobank kredit tashkilotlari pul mablagʻlari yoki boshqa mol-mulk bilan bogʻliq operatsiyalar toʻgʻrisidagi axborotni, shuningdek, identifikatsiyalash maʼlumotlarini va mijozlarni lozim darajada tekshirishga doir materiallarni qonun hujjatlarida belgilangan muddatlar davomida, lekin bunday operatsiyalar amalga oshirilganidan yoki mijozlar bilan amaliy ish munosabatlari toʻxtatilganidan keyin kamida besh yil mobaynida saqlashlari shart.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
67. Nobank kredit tashkilotlari jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bilan bogʻliq boʻlgan axborotga kirish imkoniyatini cheklaydilar, uning tarqalib ketmasligini taʼminlaydilar hamda yuridik va jismoniy shaxslarga ularning operatsiyalari haqida Departamentga xabar berilganligi toʻgʻrisida maʼlum qilish huquqiga ega emaslar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nobank kredit tashkiloti ichki nazorat vazifalarini bajarish jarayonida olingan maʼlumotlarni nobank kredit tashkiloti xodimlari tomonidan oshkor qilinmasligini (yoki ulardan shaxsiy maqsadda yoxud uchinchi shaxslar manfaatlarida foydalanmasligini) taʼminlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
68. Uchinchi shaxslarga maʼlumotlar, shu jumladan mijozning identifikatsiya maʼlumotlari tarkibidan iborat boʻlgan soʻrovnomadan maʼlumotlar taqdim qilinishi qonun hujjatlariga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
69. Mijozni lozim darajada tekshirish va identifikatsiyalash natijasida olingan maʼlumotlar, nobank kredit tashkiloti mijoz tomonidan jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishni amalga oshirish xatari yuqori deb baholagan taqdirda kamida bir yilda bir marotaba hamda boshqa hollarda kamida uch yilda bir marotaba yangilanib borilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
XI. Nobank kredit tashkilotining, masʼul xodimning, Ichki nazorat xizmati va boshqa boʻlinmalar rahbar va xodimlarining javobgarligi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
70. Nobank kredit tashkilotlari, masʼul xodim, Ichki nazorat xizmati va tashkilotning boshqa boʻlinmalarining rahbar va xodimlari mazkur Qoidalarni buzganligi uchun qonun hujjatlariga muvofiq javobgar boʻladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
71. Qonun hujjatlari, shuningdek, jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish sohasidagi qonun hujjatlarini nobank kredit tashkiloti xodimlari tomonidan operatsiyalarni amalga oshirish jarayonida buzish holatlariga yoʻl qoʻyilganligi toʻgʻrisida dalillar maʼlum boʻlib qolgan nobank kredit tashkiloti xodimlari ushbu dalillarni darhol masʼul xodimga yoki Ichki nazorat xizmatiga yozma ravishda yetkazadilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
XII. Yakuniy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
72. Nobank kredit tashkilotlari tomonidan mazkur Qoidalar talablariga rioya etilishi ustidan monitoring va nazorat Markaziy bank tomonidan va zarur hollarda Departament bilan birgalikda amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
73. Nobank kredit tashkilotining ijro etuvchi organi ichki va tashqi vaziyatlarning oʻzgarishini inobatga olgan holda, nobank kredit tashkilotining ichki nazorat tizimini doimiy ravishda monitoring qilib boradi va samaradorligini baholab boradi, shuningdek, zarur holda samarali ishlashini taʼminlash uchun uning faoliyatini kuchaytiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
74. Nobank kredit tashkilotining ijro etuvchi organi rahbari ichki nazorat tizimi kamchiliklari aniqlangan taqdirda ushbu kamchiliklarning oʻz vaqtida bartaraf qilinishini taʼminlashi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nobank kredit tashkilotlarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha Ichki nazorat qoidalariga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jismoniy shaxslarni identifikatsiyalashda zarur boʻlgan maʼlumotlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Familiyasi, ismi, otasining ismi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Tugʻilgan sanasi va joyi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Fuqaroligi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Doimiy va (yoki) vaqtinchalik yashash joyi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Pasport yoki uning oʻrnini bosadigan hujjat rekvizitlari: hujjat seriyasi va raqami, hujjat berilgan sana, hujjatni bergan organ nomi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Soliq toʻlovchining identifikatsion raqami (agar mavjud boʻlsa).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Uy telefoni raqami (agar mavjud boʻlsa).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nobank kredit tashkilotlarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha Ichki nazorat qoidalariga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yuridik shaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlarni identifikatsiyalashda zarur boʻlgan maʼlumotlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Yuridik shaxslarni identifikatsiyalashda zarur boʻlgan maʼlumotlar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) toʻliq, shuningdek, agar, davlat roʻyxatidan oʻtganligi toʻgʻrisidagi guvohnomasida koʻrsatilgan boʻlsa, qisqartirilgan nomi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) davlat roʻyxatidan oʻtganligi toʻgʻrisidagi maʼlumot: sana, raqam, roʻyxatga oluvchi organ nomi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) soliq toʻlovchining identifikatsion raqami;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) joylashgan eri (pochta manzili);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) davlat roʻyxatidan oʻtganligi toʻgʻrisidagi guvohnomada koʻrsatilgan boshqa maʼlumotlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) litsenziyalanishi lozim boʻlgan faoliyat turlarini amalga oshirish uchun mavjud boʻlgan litsenziyalar toʻgʻrisida maʼlumotlar: faoliyat turi, litsenziyaning raqami va berilgan sanasi, kim tomonidan berilganligi, amal qilish muddati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
j) yuridik shaxs nomidan ish koʻruvchi jismoniy shaxsni identifikatsiyasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
z) yuridik shaxs taʼsischilari (aksiyadorlari, ishtirokchilari) haqidagi hamda ularning ustav fondi (kapitali)dagi ulushlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
i) roʻyxatga olingan va toʻlangan ustav fondi (kapitali) miqdori toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
k) yuridik shaxs boshqaruv organlari (yuridik shaxsning boshqaruv organlarining tuzilmasi va shaxsiy tarkibi) toʻgʻrisidagi maʼlumotlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
l) telefon raqamlari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Yakka tartibdagi tadbirkorlarni identifikatsiyalashda zarur boʻlgan maʼlumotlar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) mazkur Qoidalarning 1-ilovasida koʻzda tutilgan maʼlumotlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) davlat roʻyxatidan oʻtganligi toʻgʻrisidagi maʼlumot: sana, raqam, roʻyxatga oluvchi organ nomi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) faoliyat amalga oshiriladigan joy;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) davlat roʻyxatidan oʻtganligi toʻgʻrisidagi guvohnomada koʻrsatilgan boshqa maʼlumotlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) faoliyat turlarini amalga oshirish uchun mavjud guvohnomalar va litsenziyalar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar: faoliyat turi, litsenziya raqami, berilgan sanasi, kim tomonidan berilganligi, amal qilish muddati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) telefon raqamlari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Nobank kredit tashkilotlarida jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish boʻyicha Ichki nazorat qoidalariga
3-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mijoz soʻrovnomasida koʻrsatiladigan maʼlumotlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mijozni identifikatsiyalash jarayonida olingan, mazkur Qoidalarning 1, 2-ilovalarida koʻrsatilgan maʼlumotlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Xatar darajasi haqida maʼlumot, shu jumladan xatarni baholash asoslari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Nobank kredit tashkiloti tomonidan mijozni identifikatsiyalashda amalga oshirilgan qoʻshimcha chora-tadbirlar natijalari.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Mijoz bilan munosabatlar oʻrnatilgan sana — birinchi hisobvaraq ochilgan sana (kredit uyushmasida yoki mikrokredit tashkilotida).
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining hamda Bosh prokuratura huzuridagi Soliq, valyutaga oid jinoyatlarga va jinoiy daromadlarni legallashtirishga qarshi kurashish departamentining 2009-yil 29-dekabrdagi 39/2, 2-sonli qarori (roʻyxat raqami 2027-1, 02.02.2010-y.) tahririda — OʻR QHT, 2010-y., 5-son, 43-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Mijoz soʻrovnomasi toʻldirilgan va oʻzgartirish kiritilgan sana.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Mijoz bilan ishlashga masʼul xodim, xususan, hisobvaraq ochgan va hisobvaraq ochilganligini tasdiqlagan xodim (bosh buxgalter va uning oʻrinbosari) familiyasi, ismi, otasining ismi, lavozimi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Qogʻoz shaklidagi mijoz soʻrovnomasini toʻldirgan xodim imzosi (familiyasi, ismi, otasining ismi va lavozimi koʻrsatilgan holda) va elektron koʻrinishdagi mijoz soʻrovnomasini toʻldirgan xodimning familiyasi, ismi, otasining ismi va lavozimi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Ichki qoidalarda belgilanadigan boshqa maʼlumotlar.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 44-son, 476-modda; 2010-y., 5-son, 43-modda; 2010-y., 47-son, 430-modda; 2013-y., 13-son, 173-modda)