Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.04.2021 11.06.2002 yildagi PF-3090-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.04.2021
Hujjat 11.06.2002 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Farmoni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
QORAQALPOGʻISTON RESPUBLIKASI VA XORAZM VILOYATIDA KIChIK VA OʻRTA KORXONALARNI RIVOJLANTIRIShNI RAGʻBATLANTIRISh BORASIDAGI QOʻShIMChA ChORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-sonli “Milliy qonunchilik bazasini kompleks tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyati hududida xususiy tadbirkorlikni, kichik va oʻrta biznesni, shuningdek xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarni tashkil etish hamda ularni jadal rivojlantirish uchun qulay shart-sharoitlarni yaratish maqsadida:
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Belgilab qoʻyilsinki, 2002-yilning 1-iyulidan boshlab ustav jamgʻarmasining miqdori kamida 75 ming AQSh dollariga teng boʻlgan hamda belgilangan boshqa shartlarga javob beradigan korxonalar Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyati hududida yangi barpo etiladigan va Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi organlarida davlat roʻyxatiga olinishi lozim boʻlgan xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar deb hisoblanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyati hududida xorijiy sarmoya ishtirokida yangi barpo etilayotgan va ustav jamgʻarmasi miqdori 75 ming AQSh dollaridan kam boʻlgan korxonalar xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalar jumlasiga kirmaydi hamda korxona joylashgan shahar va tumanlar hokimliklarida belgilangan tartibda davlat roʻyxatidan oʻtadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Belgilansinki, 2002-yilning 1-iyulidan to 2005-yilning 1-yanvariga qadar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyati hududida roʻyxatga olinib, oʻz faoliyatini amalga oshirayotgan kichik ishlab chiqarish korxonalari va mikrofirmalar soliq solish tizimidan qatʼi nazar, amaldagi stavkalarga nisbatan 50 foiz kamaytirilgan stavka boʻyicha soliq toʻlaydilar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mazkur hududlarda roʻyxatga olinib, oʻz faoliyatini amalga oshirayotgan oʻrta ishlab chiqarish korxonalari amaldagi stavkalarga nisbatan 50 foiz kamaytirilgan stavka boʻyicha daromad (foyda) soligʻi toʻlaydilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi 2002-yilning 1-iyulidan boshlab yuqorida koʻrsatib oʻtilgan soliq imtiyozlari berilishi tufayli respublika budjeti bilan Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyati budjetlari oʻrtasidagi oʻzaro hisob-kitoblarga tegishli oʻzgartishlar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur Farmonning 1 va 2-bandlarida koʻzda tutilgan imtiyozlar tegishli ravishda belgilangan tartibda roʻyxatga olingan, Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyati hududida joylashgan va oʻz faoliyatini amalga oshirayotgan ishlab chiqarish mikrofirmalariga, kichik va oʻrta korxonalarga, xorijiy investitsiyalar ishtirokida yangi tashkil etilgan korxonalargagina taalluqlidir.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi ikki hafta muddatda Oʻzbekiston Respublikasining amaldagi qonun va normativ hujjatlariga ushbu Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish toʻgʻrisidagi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Ushbu Farmon matbuotda eʼlon qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2002-yil 11-iyun,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PF-3090-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-y., 6-7-son, 107-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 1-2-son, 9-modda)