12.10.2009 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2016
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining buyrugʻi, 12.10.2009 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 2016
Kuchga kirish sanasi
22.10.2009
Hujjat 19.07.2017 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
buyrugʻi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Linoleum uchun yopishqoq mastikalar, nitrolaklar, nitroemallar va nitromastikalar ishlab chiqarish xodimlari uchun xavfsizlik qoidalarini tasdiqlash toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2009-yil 12-oktabrda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 2016]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining “Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Qonuniga va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 12-iyuldagi 267-son “Mehnatni muhofaza qilishga doir meʼyoriy hujjatlarni qayta koʻrib chiqish va ishlab chiqish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq buyuraman:
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qaʼrini geologik oʻrganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2017-yil 20-iyundagi 57-sonli (roʻyxat raqami 2016-2, 14.07.2017-y.) buyrugʻi tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 28-son, 675-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Linoleum uchun yopishqoq mastikalar, nitrolaklar, nitroemallar va nitromastikalar ishlab chiqarish xodimlari uchun xavfsizlik qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Boshliq I. XOLMATOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2009-yil 7-sentabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
169-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Sanoatkontexnazorat”
Davlat inspeksiyasi boshligʻining
2009-yil 7-sentabrdagi
169-son buyrugʻiga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Linoleum uchun yopishqoq mastikalar, nitrolaklar, nitroemallar va nitromastikalar ishlab chiqarish xodimlari uchun xavfsizlik
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
QOIDALARI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasining “Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq linoleum uchun yopishqoq mastikalar, nitrolaklar, nitroemallar va nitromastikalar ishlab chiqarish xodimlari uchun xavfsizlik qoidalarini belgilaydi.
(muqaddima Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qaʼrini geologik oʻrganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2017-yil 20-iyundagi 57-sonli (roʻyxat raqami 2016-2, 14.07.2017-y.) buyrugʻi tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 28-son, 675-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Qoidalar linoleum uchun yopishqoq mastikalar, nitrolaklar, nitroemallar va nitromastikalar ishlab chiqarish tashkilotlariga (bundan keyingi oʻrinlarda tashkilotlar deb yuritiladi) taalluqlidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur Qoidalar ishlab chiqarish binolarini va inshootlarini loyihalash, qurish va qayta qurishda, sexlarni texnik jihozlash va qayta jihozlashda, texnologik jarayonlar hamda uskunalardan foydalanishda hisobga olinishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur Qoidalar texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi normativ hujjatlar talablari bajarilishi shart ekanligini istisno etmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilishga oid talablarga rioya etilishi ustidan, shu jumladan noqulay va alohida mehnat sharoitlarida ishlaganlik uchun xodimlarga imtiyozlar va kompensatsiyalar berilishi yuzasidan davlat nazorati mehnatni muhofaza qilish sohasidagi maxsus vakolatli davlat organi hamda qonun hujjatlariga muvofiq boshqa davlat organlari tomonidan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mehnatni muhofaza qilish holatini oʻrganish, ish beruvchilarning jamoa shartnomalari va kelishuvlarida nazarda tutilgan mehnatni muhofaza qilish boʻyicha majburiyatlari bajarilishi ustidan nazorat kasaba uyushmalariga va xodimlarning boshqa vakillik organlari, shuningdek mehnatni muhofaza qilish boʻyicha vakil etilgan shaxs tomonidan amalga oshiriladi.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qaʼrini geologik oʻrganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2017-yil 20-iyundagi 57-sonli (roʻyxat raqami 2016-2, 14.07.2017-y.) buyrugʻi tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 28-son, 675-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. Xavfsizlik boʻyicha umumiy talablar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-§. Mehnatni muhofaza qilish xizmatini tashkil qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish borasidagi ishlarni tashkil qilish Mehnat muhofazasi boʻyicha ishlarni tashkil qilish toʻgʻrisidagi (roʻyxat raqami 273, 1996-yil 14-avgust) namunaviy nizomga muvofiq amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Mehnat muhofazasi boʻyicha ishlarni tashkil qilish toʻgʻrisidagi namunaviy nizomga muvofiq tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish boʻyicha ichki nazoratning asosiy turlari quyidagilar hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishlarga rahbarlik qiluvchi va boshqa mansabdor shaxslarning tezkor nazorati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maʼmuriy-jamoatchilik nazorati (uch bosqichli nazorat);
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Quyidagilar nazorat qilinishi lozim:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ish joylarining ahvoli;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mehnat qonunchiligiga rioya qilinishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mehnatni muhofaza qilishni boshqarish vazifalarini amalga oshirishga doir ishlarni bajarish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni oʻz vaqtida, toʻgʻri oʻrganib chiqilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mehnatni muhofaza qilish chora-tadbirlarining bajarilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mehnatni muhofaza qilishga ajratilgan mablagʻlarning toʻgʻri sarflanishi.
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. “Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Qonunning 12-moddasiga asosan, ishlab chiqarish faoliyatini amalga oshiruvchi, xodimlarining soni ellik kishi va undan ortiq boʻlgan har bir tashkilotda mehnatni muhofaza qilish talablariga rioya etilishini taʼminlash, ularning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirish maqsadida mehnatni muhofaza qilish xizmati tashkil etiladi yoki mehnatni muhofaza qilish boʻyicha tegishli tayyorgarlikka ega boʻlgan mutaxassis lavozimi joriy etiladi. Ellikta va undan ortiq transport vositasi mavjud boʻlgan tashkilotda yoʻl harakati xavfsizligi xizmati ham tashkil etiladi yoki yoʻl harakati xavfsizligi boʻyicha mutaxassis lavozimi joriy etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xodimlarining soni ellik nafardan kam boʻlgan tashkilotda mehnatni muhofaza qilish xizmatini tashkil etish yoki mehnatni muhofaza qilish boʻyicha mutaxassis lavozimini joriy etish toʻgʻrisidagi qaror ish beruvchi tomonidan mazkur tashkilot faoliyatining oʻziga xos xususiyati hisobga olingan holda qabul qilinadi.
(8-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qaʼrini geologik oʻrganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2017-yil 20-iyundagi 57-sonli (roʻyxat raqami 2016-2, 14.07.2017-y.) buyrugʻi tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 28-son, 675-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Tashkilotda mehnatni muhofaza qilish xizmati vazifalariga mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik texnikasi boʻyicha barcha ishlarni muvofiqlashtirish va ushbu ishlarni oʻz vaqtida bajarilishini nazorat qilish kiradi.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Tashkilotlarda quyidagi asosiy hujjatlar ishlab chiqilishi va tasdiqlanishi lozim:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mehnat sharoitlari va mehnatni muhofaza qilish ishlarini yaxshilash, sanitariya-sogʻlomlashtirish boʻyicha qoidalarni oʻz ichiga olgan jamoa shartnomasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2014-yil 15-sentabrdagi 263-sonli qarori bilan tasdiqlangan Ish oʻrinlarini mehnat sharoitlari va asbob-uskunalarning jarohatlash xavfliligi yuzasidan attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq yuritiladigan ish joyining mehnat sharoitlari xaritasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mehnatni muhofaza qilish xizmatining choraklik ish rejalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xodimlar va muhandis-texnik xodimlarni oʻqitish, yoʻl-yoʻriq berish va bilimlarini sinovdan oʻtkazish dasturlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mehnatni muhofaza qilish boʻyicha nazorat yuritish jurnali (uch bosqichli nazorat);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xodimlarga yongʻinga qarshi yoʻl-yoʻriq berish va yongʻin-texnikaviy minimum mashgʻulotlarini oʻtkazish dasturi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har bir kasb va ish turlari uchun mehnat muhofazasi boʻyicha yoʻriqnomalar.
(10-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qaʼrini geologik oʻrganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2017-yil 20-iyundagi 57-sonli (roʻyxat raqami 2016-2, 14.07.2017-y.) buyrugʻi tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 28-son, 675-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Mehnatni muhofaza qilish xizmati oʻz maqomiga koʻra tashkilotning asosiy xizmatlariga tenglashtiriladi va uning rahbariga boʻysunadi hamda tashkilotning faoliyati tugatilgan taqdirda bekor qilinadi.
(11-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qaʼrini geologik oʻrganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2017-yil 20-iyundagi 57-sonli (roʻyxat raqami 2016-2, 14.07.2017-y.) buyrugʻi tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 28-son, 675-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Tashkilotlarda mehnat faoliyati bilan bogʻliq ravishda sodir boʻlgan baxtsiz hodisalar va boshqa jarohatlanishlarni tekshirish va hisobini yuritish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 6-iyundagi 286-sonli qarori bilan tasdiqlangan Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni va xodimlar salomatligining boshqa xil zararlanishini tekshirish va hisobga olish toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-§. Xodimlarga yoʻl-yoʻriq berish, oʻqitish va ularning bilimlarini tekshirish ishlarini tashkil etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Tashkilotlarning barcha xodimlari, shu jumladan rahbarlari oʻz kasblari va ish turlari boʻyicha belgilangan tartibda oʻqishlari, yoʻl-yoʻriqlar olishlari, bilimlarini tekshiruvdan oʻtkazishlari hamda qayta attestatsiyadan oʻtishlari lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Bevosita ishlab chiqarishda ishlarni tashkillashtirish va bajarish bilan bogʻliq ishchilar, rahbarlar, muhandis-texnik xodimlarning mehnatni muhofaza qilish boʻyicha bilimlarini sinovdan oʻtkazish Mehnat muhofazasi boʻyicha oʻqishlarni tashkil qilish va bilimlarni sinash toʻgʻrisidagi namunaviy nizomga (roʻyxat raqami 272, 1996-yil 14-avgust) muvofiq amalga oshirilishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Maʼmuriyat barcha ishga kirayotganlar, shuningdek boshqa ishga oʻtkazilayotganlar uchun ishlarni bajarishning xavfsiz usullarini tashkil etishlari, mehnatni muhofaza qilish va baxtsiz hodisalarda jabrlanganlarga yordam koʻrsatish boʻyicha yoʻl-yoʻriqlar berishlari shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Ishlarni texnologik reglament boʻyicha xavfsiz yuritish yoʻriqnomalari Mehnatni muhofaza qilish boʻyicha yoʻriqnomalarni ishlab chiqish toʻgʻrisidagi (roʻyxat raqami 870, 2000-yil 7-yanvar) nizomga muvofiq ishlab chiqiladi va ishlovchilar, hamda ish joylarini shu yoʻriqnomalar bilan taʼminlash tashkilot rahbariyati zimmasiga yuklatiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-§. Xavfli va zararli ishlab chiqarish omillarining roʻyxati
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Linoleum uchun yopishqoq mastikalar, nitrolaklar, nitroemallar va nitromastikalar ishlab chiqarish xodimlari uchun quyidagi asosiy xavfli va zararli omillar xosdir:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ish joyi hududi havosini changlanishi va gazlanishi (toluol, azot oksidi, ksilol va boshqalar);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shovqin, tebranish, issiqlik nurlanishi va noqulay mikroiqlim (yuqori harorat, nisbiy namlik, havoning harakatlanish tezligi).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Ish joylaridagi ishlab chiqarish muhiti va mehnat jarayonining xavfli hamda zararli omillari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar ishlab chiqarish muhitining fizik, kimyoviy, radiologik, mikrobiologik va mikroiqlim oʻlchovi natijalari, shuningdek mehnatning ogʻirligi ish joylarini mehnat sharoitlari boʻyicha attestatsiya qilish orqali tasdiqlanishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Har bitta tashkilot yoki alohida ishlab chiqarish xavfli va zararli mehnat sharoitlariga ega boʻlgan kasblar, ish oʻrinlari va hududlarining Sanitariya qoidalari va meʼyorlariga muvofiq zararlilik va xavflilik sinfi koʻrsatilgan roʻyxatiga, ishlab chiqarish omillarining zararlilik va xavflilik koʻrsatkichlari, mehnat jarayonining ogʻirlik koʻrsatkichlari boʻyicha mehnat sharoitlarining amaldagi gigiyenik tasnifiga ega boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Ish hududiga yoki atrof muhitga zararli moddalarni bugʻ, gaz, chang koʻrinishida ajratishi mumkin boʻlgan texnologiyalardan foydalanishda ularning kimyoviy va mikrobiologik tarkibi GOST 12.1.005-88 “Ish hududining havosi. Umumiy sanitariya-gigiyenik talablar”ga muvofiq boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Tashkilot hududi va xonalar ish joylaridagi tovushning bosim darajasi va tovush balandligi ruxsat etilgan koʻrsatkichlardan oshmasligi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Tashkilot xodimlari ish joylaridagi mehnat sharoitlarining ahvoli va muhofaza qilinishi, bunda lozim boʻlgan shaxsiy himoya vositalari, imtiyozlar va tovon pullari toʻgʻrisida axborot talab qilish huquqiga egadirlar, maʼmuriyat esa ularga bunday axborotni berishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-§. Oʻta xavfli kasblar va ishlar roʻyxati
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Har bir tashkilot oʻta xavfli sharoitda bajariladigan ishlar roʻyxatiga ega boʻlishi lozim. Bunday ishlarga xavfli moddalar bilan ishlash, balandlikdagi ishlar, sigʻimlar, qozonlar, yuk koʻtarish mexanizmlari, elektr uskunalariga xizmat koʻrsatish va boshqalar kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Oʻta xavfli ishlarga xizmat koʻrsatish ishlari bilan shugʻullanish faqat belgilangan tartibda tasdiqlangan, maxsus oʻqitilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomalarga ega boʻlgan shaxslarga ruxsat etilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Barcha ishchilar oʻta xavfli ishlarni bajarish topshirigʻini olishdan oldin, mehnat muhofazasi boʻyicha yoʻl-yoʻriq olish va ishlarni bajarishda xavfsizlik usullarini oʻzlashtirishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Oʻta xavfli ishlarni bajarish, faqat belgilangan tartibga muvofiq masʼul xodim qoʻl qoʻyib, rasmiylashtirilgan maxsus naryad-ruxsatnoma mavjudligida amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Tashkilot (sex) maʼmuriyati yoki ish beruvchi xavflilik darajasi yuqori boʻlgan ishlarni rejalashtirishda, tashkillashtirishda va ularga nisbatan belgilangan talablarga muvofiq holda amalga oshirish uchun toʻliq javobgar hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Elektr uskunalarda bajariladigan ishlar xavfsizligini taʼminlovchi chora-tadbirlar Isteʼmolchilarning elektr qurilmalaridan foydalanishda texnika xavfsizligi qoidalariga (roʻyxat raqami 1400, 2004-yil 20-avgust) muvofiq bajariladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-§. Ishlovchilarni himoya qilish vositalarini qoʻllash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Ishlovchilarni zararli va xavfli ishlab chiqarish muhiti omillaridan himoya qilish, tegishli standartlar va meʼyorlar talablariga mos jamoaviy va shaxsiy himoya vositalaridan foydalanish orqali taʼminlanishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Jamoaviy himoya qilish vositalari jumlasiga quyidagilar kiradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishlab chiqarish xonalari va ish joylarining havo muhitini normallashtirish vositalari (shamollatish va havo tozalash, isitish, havo haroratini, namligini bir xil meʼyorda saqlash va boshqalar);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishlab chiqarish xonalari va ish joylarining yorugʻligini normallashtirish vositalari (yoritish asboblari, yorugʻlik oʻrinlari, yorugʻlikdan himoya qilish moslamalari va boshqalar);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shovqin, tebranma, elektr toki urishi, statik tok va uskunalar yuzasining yuqori darajadagi haroratdan himoya qilish vositalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mexanik va kimyoviy omillarning taʼsiridan himoya qilish vositalari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Jamoaviy himoya vositalari (ventilyatsiya, aspiratsiya, yerga ulash, mahalliy soʻrgʻichlar va boshqalar) zararli va xavfli ishlab chiqarish muhiti omillari xonadagi barcha ishlovchilarga taʼsir qilganda qoʻllanishi shart va tashkilotni qurish yoki rekonstruksiya qilish loyihalariga kiritilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Jamoaviy himoya vositalari zararli va xavfli omillarni ruxsat etilgan miqdorgacha kamaytirish imkonini bermagan hollarda shaxsiy himoya vositalari qoʻllanishi lozim. Bunday hollarda shaxsiy himoya vositalarisiz kishilarning ishtiroki va ishlar amalga oshirilishi taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Ish beruvchi Kimyo ishlab chiqarishi xodimlari uchun maxsus kiyim, maxsus poyabzal va boshqa yakka tartibda himoyalanish vositalarini bepul berishning namunaviy meʼyorlariga (roʻyxat raqami 1958, 2009-yil 14-may) muvofiq ishchi va xizmatchilarni maxsus kiyim, maxsus poyabzal va boshqa shaxsiy himoya vositalari bilan taʼminlashi lozim. Ish joyiga mos maxsus kiyimi, maxsus poyabzali va shaxsiy himoya vositalari (SHHV) toʻplami boʻlmagan shaxslarni ishga qoʻyish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34. Shaxsiy foydalanish uchun ishchilar shaxsiy himoya vositalari bilan taʼminlangan boʻlishlari kerak. Ishda qoʻllaniladigan maxsus kiyim, maxsus poyabzal va boshqa SHHV roʻyxati, muayyan sharoitlar va bajariladigan ishlar xususiyatlarini hisobga olib, har bir ish joyi boʻyicha mehnatni muhofaza qilish yoʻriqnomalarida keltirilgan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35. Namuna olishda himoya koʻzoynagi va qoʻlqoplarda ishlash lozim. Koʻzni himoyalash uchun himoya koʻzoynagidan, oʻta xavfli vaziyatlarda — maskali gazniqobdan foydalaniladi. Koʻzoynakning oynasi, gardishi va korpusini vaqti-vaqti bilan sovunli suv bilan yuvish va yumshoq salfetka bilan quruq holga kelgunicha artish lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
36. Tashkilot ishchilari amaldagi meʼyorlarga binoan sovun, shuningdek qoʻlni kislotalar taʼsiridan saqlovchi pasta va kremlar bilan taʼminlanishlari kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-§. Kasbiy tanlov
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
37. Ish beruvchi rahbar xodimlar va mutaxassislarning mehnat muhofazasi boʻyicha bilimlarini oshirish uchun, davlat nazorat organlari mutaxassislari va vakolatli tashkilotlar ishtirokida mashgʻulotlar, seminarlar, maʼruzalar va maslahatlar tashkil qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
38. Tashkilotlarning doimiy harakatdagi imtihon komissiyasi, aʼzolari, rahbar xodimlari va mutaxassislarining bilimlari Mehnat muhofazasi boʻyicha oʻqishlarni tashkil qilish va bilimlarni sinash toʻgʻrisidagi namunaviy nizom (roʻyxat raqami 272, 1996-yil 14-avgust) asosida sinovdan oʻtkaziladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
39. Kasbiy tanlovdan soʻng ishga qabul qilingan xodimlarni kasbiy mahorati yuqori ekanligiga ishonch hosil qilish maqsadida nazorat oʻrnatish, zarur boʻlganda qayta yoʻl-yoʻriqdan oʻtkazish lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-§. Xodimlarning ishlab chiqarish jarayonida ishtirok etishiga ruxsat beruvchi sharoit talablari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
40. Tashkilot xodimlari ishni bajarishning xavfsiz usullariga oʻqitilib, olingan bilimlari Mehnat muhofazasi boʻyicha oʻqishlarni tashkil qilish va bilimlarni sinash toʻgʻrisidagi namunaviy nizomga (roʻyxat raqami 272, 1996-yil 14-avgust) muvofiq sinovdan oʻtkazilgandan soʻng ishlab chiqarish jarayonida ishtirok etishga ruxsat etilishi mumkin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
41. Oʻn sakkiz yoshga toʻlmagan shaxslar mehnatidan foydalanish taqiqlanadigan noqulay mehnat sharoitiga ega ishlar roʻyxatiga (roʻyxat raqami 1990, 2009-yil 29-iyul) muvofiq 18 yoshga toʻlmagan shaxslar zararli va noqulay mehnat sharoitiga ega ishlarga qabul qilinmasligi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
42. Ayollar mehnatidan foydalanish qisman yoki toʻliq taqiqlangan noqulay mehnat sharoitiga ega ishlar roʻyxatiga (roʻyxat raqami 865, 2000-yil 5-yanvar) muvofiq ayollar zararli va noqulay mehnat sharoitiga ega ishlarga qabul qilinmasligi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
43. Mehnat muhofazasi boʻyicha tadbirlarni amalga oshirish uchun ish bajaruvchi, shuningdek alohida sex ustalari masʼul ijrochilari hisoblanadi. Ularga topshirilgan obyektlar doirasida quyidagilarni bajaradilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har bir ish joyida xavfsizlik texnikasi boʻyicha dastlabki yoʻl-yoʻriq berish, xavfsiz mehnat usullari boʻyicha kundalik nazoratni olib borish va xodimni oʻqitish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xodimlarni maxsus kiyim, maxsus poyabzal va boshqa shaxsiy himoya vositalari bilan taʼminlash va ulardan toʻgʻri foydalanishni nazorat qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zinapoya, oʻtish yoʻllari va ariqlarni ish joyi toʻsiqlarini yaroqlilik holatiga javob berishini ularning oʻz vaqtida taʼmirlanishini, xodimlarni xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya etishini, ish joylari, yoʻlaklar va harakat yoʻllarining yoritilganligi darajasini nazorat qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xavfli ish joylarini xavfsiz mehnat usullari boʻyicha ogohlantiruvchi yozuvlar, plakatlar va yoʻriqnomalar bilan taʼminlash, baxtsiz hodisalarning oldini olish boʻyicha tadbirlar ishlab chiqishda qatnashish, ishlab chiqarishda yuz bergan baxtsiz hodisalarni tekshirishda qatnashish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
44. Ish ustasi ish joyida yoʻl-yoʻriqdan oʻtmagan, maxsus kiyimi, maxsus poyabzali va boshqa shaxsiy himoya vositalari boʻlmagan shaxslarni ishga qoʻymasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
45. Xavfsizlik texnikasi boʻyicha oshirilgan talablar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xodimlarning bunkerlarda, quritish barabanlarida, quduqlar, aralashtirgichlar, chang kameralari, qorishtirgichlar, siloslashda, filtrlarda, mazut saqlash uchun rezervuarlarda va tonnelli, kovakli va issiqlik ishlab chiqaruvchi vertikalli kameralarda va boshqa yopiq sigʻimlarda boʻlishi bilan bogʻliq boʻlgan tayyorlov, tozalov va taʼmirlov ishlarni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishlab chiqarish asbob-uskunalarini yigʻish, qismlarga ajratish, oʻrta va kapital taʼmirlash bilan bogʻliq boʻlgan ishlarni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
binolar, inshootlar va ishlab chiqarish asbob-uskunalari, konstruksiya qismlarini balandlikda vaqtinchalik havozalarda bajarilishi lozim boʻlgan ishlarni bajarishning xavfsiz usullari boʻyicha yoʻl-yoʻriq bermasdan va masʼul shaxs tomonidan tasdiqlangan maxsus rasmiylashtirilgan naryad-ruxsatnomasiz amalga oshirish man etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
46. Ish ishlab chiqaruvchining tayinlanishi toʻgʻrisidagi masalani muayyan ishning turi, murakkabligi, hajmi va xavfsizlik darajasiga qarab masʼul ish rahbari hal qiladi. Muhandis-texnik xodimlar, ish ustalari, brigadirlar yoki topshirilgan ishni xavfsiz bajarilish texnologiyasini, uslubini va usullarini biluvchi malakali ishchilar ish ishlab chiqaruvchi sifatida tayinlanishlari mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
47. Masʼul rahbar va ish ishlab chiqaruvchi vazifalarini bir shaxs tomonidan birga qoʻshib olib borishi taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
48. Naryad-ruxsatnoma boʻyicha ish ishlab chiqaruvchini qoʻshib, tarkibida ikki kishidan kam boʻlmagan brigada bajarishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8-§. Xodimlarning salomatligini nazorat qilish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
49. Tashkilot rahbariyati kasaba uyushmasi qoʻmitasi va sogʻliqni saqlash muassasasi bilan birgalikda har yili davriy tibbiy koʻrikdan oʻtishi lozim boʻlgan xodimlarning roʻyxatini tuzishi hamda xodimlarning tibbiy koʻrikdan oʻtishini taʼminlashi lozim.
(49-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qaʼrini geologik oʻrganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2017-yil 20-iyundagi 57-sonli (roʻyxat raqami 2016-2, 14.07.2017-y.) buyrugʻi tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 28-son, 675-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
50. Tashkilotlarda xodimlarning salomatligini nazorat qilish Xodimlarni tibbiy koʻrikdan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizom (roʻyxat raqami 2387, 2012-yil 29-avgust) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2012-y., 35-son, 407-modda) asosida amalga oshirilishi lozim.
(50-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qaʼrini geologik oʻrganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish Davlat inspeksiyasi boshligʻining 2014-yil 9-yanvardagi 3-sonli buyrugʻi (roʻyxat raqami 2016-1, 15.01.2014-y.) tahririda — OʻR QHT, 2014-y., 3-son, 40-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
51. Tibbiy koʻrikdan oʻtishdan yoki tibbiy komissiyalarning tekshiruvlar natijasida bergan tavsiyalarini bajarishdan boʻyin tovlagan xodimlarni maʼmuriyat ishga qoʻymaslikka haqlidir.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
52. Sogʻligʻi holatiga koʻra yengilroq yoki noqulay ishlab chiqarish omillarining taʼsiridan holi boʻlgan ishga oʻtkazishga muhtoj xodimlarni ish beruvchi, ularning roziligi bilan, tibbiy xulosaga muvofiq vaqtincha yoki muddatini cheklamay, ana shunday ishlarga oʻtkazishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
53. Tibbiy koʻriklar tashkilotning tibbiy-sanitariya qismlari va poliklinikalari, ular mavjud boʻlmagan holda davolash-profilaktika muassasasi tomonidan oʻtkazilishi lozim. Tibbiy koʻriklar davolash-sogʻlomlashtirish tadbirlari belgilangan tekshirish dalolatnomasi bilan yakunlanishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
54. Tashkilot maʼmuriyati (yoki ish beruvchi) va kasaba uyushmasi qoʻmitasi tibbiy koʻrik dalolatnomasi bilan tanishib chiqishi, ish beruvchi esa dalolatnomada koʻzda tutilgan barcha tadbirlar va koʻrsatmalarni bajarishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
55. Davriy tibbiy koʻriklar oʻz vaqtida, sifatli oʻtkazilishi va ularning natijalariga koʻra tavsiyalar bajarilishi uchun javobgarlik tashkilotning maʼmuriyati zimmasiga yuklanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
56. Xodimlarni sogʻligʻi tufayli ularga ruxsat etilmagan ishlarda ishlatish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9-§. Bino va inshootlarga boʻlgan xavfsizlik talablari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
57. Ishlab chiqarish binolari, inshootlari, uskunalari, texnologik jarayonlari ishlovchining sogʻligʻi va mehnatini himoyalash talablariga javob berishi kerak va QMQ 2.09.02-85 “Ishlab chiqarish binolari” talablariga muvofiq boʻlishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
58. Tashkilotda transport vositalarini va piyodalarni tashkilot hududida harakatlanish chizmasi ishlab chiqilgan va tasdiqlangan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
59. Transport vositalari va tashkilot hududida piyodalarning harakati chizmasi tashkilotga kirish va chiqish, hamda ish uchastkalari va sexlarning koʻrinarli joylariga osib qoʻyilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
60. Oʻtish, chiqish yoʻllari, koridor va tambur, narvonlar, turli predmetlar, asbob-uskunalar bilan toʻsib qoʻyilishiga ruxsat etilmaydi. Evakuatsiyaga chiqish yoʻllarining barcha eshiklari binodan chiqish yoʻnalishi boʻyicha oson ochilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
61. Pollar tekis, yoriqlarsiz, teshiklarsiz va qavariq joylari boʻlmasligi, QMQ 2.03.13 “Pollar” talablariga binoan bajarilgan boʻlishi kerak. Pollarni taʼmirlashda pollar qanday materiallardan tayyorlangan boʻlsa, xuddi shu materiallarni qoʻllash zarur.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
62. Portlash xavfi boʻlgan va portlash xavfi boʻlmagan xonalar orasidagi ichki devorlar gazlarni oʻtkazib yubormaydigan qilib qurilgan boʻlishi kerak. Devorlarning suvogʻi va choklarning ulanish holatiga jiddiy eʼtibor qaratish va ular buzilganda shikastlangan joylarini tezda tuzatish kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
63. Bir xodimga ishlab chiqarish xonalari hajmi 15 m³ dan, maydoni 4,5 m² dan kam boʻlmasligi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
64. Evakuatsiyaga chiqish yoʻllarining soni, ularning joylanishi QMQ 2.09.02-85 “Ishlab chiqarish binolari” va SHNK 2.01.02-97 “Bino va inshootlarning yongʻin xavfsizligi” talablariga muvofiq bajariladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
65. Boshqarish pultlari — zararli va portlash xavfi boʻlgan bugʻ, gaz va changlar ajralib chiqadigan, shuningdek yuqori vibratsiyaga ega boʻlgan texnologik asbob-uskunalar oʻrnatilgan ishlab chiqarish xonalarida joylashtirilishi taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
66. Xom ashyo va tayyor mahsulot transport qilinadigan devordagi ochiq teshiklar yongʻin, xavfli va zararli ishlab chiqarish omillarini tarqalishiga yoʻl qoʻymaydigan moslama va qurilmalar bilan jihozlangan boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
67. Ochiq maydonchalar, qavatlarning perimetri boʻyicha oʻrnatilgan toʻsiqlar, yon devorlar soz holatda saqlanishi zarur, ularning shikastlanishi hollarida tezda taʼmirlanishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10-§. Tashkilotda imorat, inshoot, xonalar, ish joylari muhandislik uskunalariga kiruvchi ventilyatsiya, isitish, havo almashinuvi, suv taʼminoti, quvurlar, energiya jihozlanishi va yoritilganlikka qoʻyilgan talablar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
68. Linoleum uchun yopishqoq mastikalar, nitrolaklar, nitroemallar va nitromastikalar ishlab chiqarish xonalarini isitish, ventilyatsiyalash va konditsiyalash QMQ 2.04.05-97 “Isitish, ventilyatsiyalash va konditsiyalash” talablariga mos boʻlishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
69. Bino va inshootlarning ishlab chiqarish xonalarini ventilyatsiyalash, isitish va havosini konditsiyalash ishchi hudud havosida meʼyorlangan meteorologik sharoitlarni (harorat, nisbiy namlik va havoning harakatlanish tezligi), shuningdek, havoda zararli moddalar miqdorini GOST 12.1.005-88 “Ishchi hududining havosi. Umumiy sanitariya-gigiyenik talablar” va SanQvaM 0046-95 “Gigiyenik meʼyorlar. Ishchi hududi havosidagi zararli moddalarning chegaraviy ruxsat etilgan eng koʻp miqdori” talablariga muvofiq taʼminlanishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
70. Ventilyatsiya qurilmalarini montaj qilish tugaganidan keyin, ular rostlanishi va sanitariya-gigiyenik samaradorligiga sinovdan oʻtkazilishi, soʻngra foydalanishga topshirilishi lozim. Ventilyatsiya tizimlari samaradorligini instrumental tekshiruvi yilda kamida bir marta oʻtkazilishi, shuningdek ventilyatsiya tizimining har bir kapital taʼmiri va rekonstruksiyasidan keyin oʻtkazilishi zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
71. Texnologik jarayonlarni boshqarish xonalarida asab-hissiyot kuchayishi bilan bogʻliq operatorlik ishlarini bajarishda, yilning issiq vaqtlarida quyidagi optimal meʼyorlarga rioya etilishi kerak: havo harorati 23—25oS, havoning nisbiy namligi 40-60% va havo harakatining tezligi 0,3 m/s rioya etilishi kerak. Optimal meʼyorlarga rioya etilishi zarur boʻlgan ishlab chiqarish xonalarining roʻyxati tarmoq hujjatlarida belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
72. Tom, ichki devor va toʻsiqlarning kesishadigan joylaridagi isitish quvurlarini yonmaydigan materiallardan tayyorlangan gilzalar ichidan oʻtkazish lozim; gilza chetlari devor, toʻsiqlar va shift yuzalari bilan bir sathda, ammo toza pol yuzasidan 30 mm balandlikda boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
73. Mahalliy havo soʻrma ventilyatsiyaning havo uzatgichlarini ushbu boʻlinmaning umumalmashinuv soʻrma ventilyatsiya tizimiga ulashga ruxsat etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
74. Texnologik asbob-uskunalar bilan blokirovka qilinmagan mahalliy havo soʻrma ventilyatsiya qurilmalarini texnologik asbob-uskunalarni ishlatishni boshlashdan 3—5 daqiqa oldin ishga tushirish va ish tugashidan 3-5 daqiqa oʻtgandan keyin oʻchirish kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
75. Havo keladigan va umumalmashinuv ventilyatsiya tizimi qurilmalarini sexda (uchastka, laboratoriya) ish boshlanishidan 10—15 daqiqa oldin yoqish zarur, bunda avval soʻrma havo ventilyatsiyasi, soʻngra havo keluvchi ventilyatsiya qurilmalari ishga tushiriladi. Havo beruvchi-soʻrma qurilmalarni ish tugaganidan soʻng 10—12 daqiqadan keyin oʻchirish kerak. Avval havo beruvchi, soʻngra havo soʻruvchi qurilma oʻchiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
76. Smenani qabul qilishdan oldin avariya ventilyatsiyasi tizimining sozligini tashqi koʻrikdan oʻtkazish va uni qisqa vaqtga ishga tushirish bilan ishonch hosil qilish zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
77. Zararli gazlar va changlar chiqishi mumkin boʻlgan joylar mahalliy soʻrish moslamasiga, qoplamalarga ega boʻlishi va atmosferaga tashlashdan oldin zararli gaz va changlarni sanitariya meʼyorlarigacha dastlabki tozalash tizimi bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
78. Linoleum uchun yopishqoq mastikalar, nitrolaklar, nitroemallar va nitromastikalar ishlab chiqarish binolari va inshootlarining suv taʼminoti va kanalizatsiyasi QMQ 2.04.01-98 “Binolarning ichki suv quvuri va kanalizatsiyasi”, QMQ 2.04.02-97 “Suv taʼminoti. Tashqi tarmoqlar va inshootlar”, GOST 12.3.006-75 “Suv quvurlari va kanalizatsiya inshootlari va tarmoqlaridan foydalanish. Umumiy xavfsizlik talablari”ga muvofiq bajarilishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
79. Xoʻjalik-ichimlik ehtiyojlari uchun foydalaniladigan suv sifati OʼzDSt 950-2000 “Ichimlik suvi. Sifatga gigiyenik talab va nazorati”talablarini qondirishi kerak. Ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun beriladigan suvning sifati texnologik talablarga mos boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
80. Ichimlik favvorachalari yoki gazlangan suv bilan taʼminlovchi qurilmalar ish joylaridan 75 m dan uzoq boʻlmagan binolarda oʻrnatilishi lozim. Ichish uchun xom suvdan foydalanishni faqat sanitariya nazorati idoralarining ruxsati bilangina yoʻl qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
81. Texnik suv tarmogʻi kranlarida, bu suvlardan xoʻjalik-ichimlik ehtiyojlari uchun foydalanishini taqiqlaydigan yozuvlar boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
82. Sanoat kanalizatsiyasi oqimlarning turib qolmasdan meʼyoriy va muntazam oqishini taʼminlashi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
83. Linoleum uchun yopishqoq mastikalar, nitrolaklar, nitroemallar va nitromastikalar ishlab chiqarishi hududlarini, ishlab chiqarish, maʼmuriy va maishiy xonalarini, shuningdek, ish joylarini yoritish QMQ 2.01.05-98 “Tabiiy va sunʼiy yoritish” talablariga mos boʻlishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
84. Xizmat koʻrsatuvchi xodimlar doimo boʻladigan ishlab chiqarish boʻlinmalari va uchastkalari ishchi va avariya holatida yoritish chiroqlari bilan taʼminlanishi va mustaqil taʼminot manbalariga ulanishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
85. Ishlab chiqarish xonalarida umumiy yoritish portlashdan himoyalangan ijrodagi chiroq, uzgich va rozetkalar bilan amalga oshirilishi zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
86. Linoleum uchun yopishqoq mastikalar, nitrolaklar, nitroemallar va nitromastikalar ishlab chiqarishining elektr simlari va elektr qurilmalari, elektr tarmoqlarini montaj qilish va foydalanishda Isteʼmolchilarning elektr qurilmalaridan texnik foydalanish qoidalari (roʻyxat raqami 1383, 2004-yil 9-iyul) va Isteʼmolchilarning elektr qurilmalaridan foydalanishda texnika xavfsizligi qoidalari (roʻyxat raqami 1400, 2004-yil 20-avgust) belgilangan xavfsizlik talablariga qatʼiy rioya qilinishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
87. Ekspluatatsiya jarayonida elektr yoritish qurilmalari davriy koʻrikdan oʻtkazilishi va jurnalga koʻrik natijalarini kiritish kerak. Barcha elektr yoritish qurilmalariga pasport toʻldirilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
88. Linoleum uchun yopishqoq mastikalar, nitrolaklar, nitroemallar va nitromastikalar ishlab chiqarish xonalarida choʻgʻlanma lampali mahalliy statsionar yoritish chiroqlarini taʼminlash uchun 36 V dan ortiq boʻlmagan kuchlanish qoʻllanilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
89. Tegishli ijrodagi koʻchma chiroqlarni ulash uchun 12 V kuchlanishdagi kontaktlari yerga ulangan shtepsel rozetkalar tarmoqlari boʻlishi zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
90. Koʻchma chiroqlarni ulash uchun shtepsel rozetkalari tarmogʻining taʼminoti elektr yoritish tarmoqlariga ulangan statsionar transformatorlardan amalga oshirilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
91. Har yili tashkilotda ishchi yuzalarning yoritilganligi yuzasidan tekshiruv oʻtkazilishi va bunda dalolatnomalar tuzilishi va oʻlchov natijalari tashkilot, sexning sanitariya-texnik holati pasportiga kiritilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
92. Ishlar bajariladigan xonalarda aralash yoritish tizimlarini qoʻllash lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
93. Bir xonada ishchi va yordamchi hududlar boʻlgan vaqtda, ishchi hududlarida mahalliy umumiy yoritishni va yordamchi hududlarda, kam intensivlikka ega yoritishni, ularni VIIIa razryadga kiritgan holda koʻzda tutish lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
94. Aralash yoritish tizimida umumiy yoritish yoritgichlar yaratadigan yoritilganlikning ishchi yuzasi, mahalliy yoritish uchun qoʻllaniladigan yorugʻlik manbalarida aralash yoritish uchun kamida 10 % meʼyorlanadigan yoritishni tashkil etish shart. Bunda yoritilganlik razryadli lampalarda kamida 200 lyuks, choʻgʻlanish lampalarida esa kamida 75 lyuks boʻlishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
95. Aralash yoritish tizimida umumiy yoritishdan yoritilganlikni razryadli lampalarda 500 lyuks dan ortiq va choʻgʻlanish lampalarida 150 lyuks dan ortiq boʻlishini yaratishga faqat asoslangandagina ruxsat etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11-§. Maishiy xonalarga, ularning soniga, holatiga va joylashishiga qoʻyiladigan talablar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
96. Sanitariya-maishiy xonalar tarkibiga: kiyim almashtirish, yuvinish, choʻmilish, ayollarni shaxsiy gigiyena, chekuvchilar, ishlovchilarni isinish, dam olish, quritish, ish kiyimini changsizlashtirish va yogʻsizlantirish, kir yuvish xonalari kiradi va ular QMQ 2.09.04-98 “Tashkilotning maʼmuriy va maishiy binolari” talablariga javob berishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
97. Ovqat isteʼmol qilish uchun maxsus binolar jihozlanadi. Suvni faqat ichimlik favvoralaridan yoki gazlangan suv avtomatidan ichishga ruxsat etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
98. Ishlab chiqarish binolarining ish joylaridan hojatxona, chekish joylari, isinish xonasi, dushxona, ichimlik suvi taʼminoti moslamalarigacha boʻlgan masofa 75 m dan koʻp boʻlmasligi, ishlab chiqarish maydonchalaridagi ish joylaridan 150 m dan koʻp boʻlmasligi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
99. Kiyim yechish xonasi, dushxona va dushxona oldi xonasi, yuvinish xonasi, hojatxona, maxsus kiyimning changini ketkazish, quritish uchun xonalarning devorlari va toʻsiqlari, yuvish vositalarini qoʻllab, issiq suv bilan yuvish mumkin boʻladigan materiallardan qilingan, balandligi kamida 2 m boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
100. Linoleum uchun yopishqoq mastikalar, nitrolaklar, nitroemallar va nitromastikalar ishlab chiqariladigan va saqlanadigan ishlab chiqarish xonalarida koʻzni yuvish uchun favvorachalar, terini yuvish uchun bosimi katta boʻlgan dushlar, shuningdek sex dori qutichasi koʻzda tutilgan boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
101. Har bir smenadan keyin ishchilar dush qabul qilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12-§. Mehnat va dam olish yuzasidan talablar
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
102. Xodimlarning ish vaqti, shu jumladan qisqartirilgan ish vaqti, dam olish va tanaffuslar vaqti tashkilot tomonidan mehnat toʻgʻrisidagi qonun hujjatlariga muvofiq belgilanadi.
(102-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Yer qaʼrini geologik oʻrganish, sanoatda, konchilikda va kommunal-maishiy sektorda ishlarning bexatar olib borilishini nazorat qilish davlat inspeksiyasi boshligʻining 2017-yil 20-iyundagi 57-sonli (roʻyxat raqami 2016-2, 14.07.2017-y.) buyrugʻi tahririda — OʻR QHT, 2017-y., 28-son, 675-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. Ishlab chiqarish (texnologik) jarayonlariga qoʻyiladigan talablar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-§. Texnologik hujjatlarda hisobga olinishi lozim boʻlgan xavfsizlik talablari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
103. Ishlab chiqarish jarayonlari GOST 12.3.002-75 “Ishlab chiqarish jarayonlari. Umumiy xavfsizlik talablari”ga muvofiq boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
104. Ishlab chiqarish xonalari ish hududidagi harorat, nisbiy namlik, havoni harakatlanish tezligi va boshqalar GOST 12.1.005-88 “Ish hududining havosi. Umumiy sanitariya-gigiyenik talablar”ga muvofiq boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
105. Noqulay omillar taʼsiriga qarshi himoya tadbirlarini tuzishda samarali havo almashinuvi tizimini QMQ 2.04.05-97 “Isitish, ventilyatsiya va konditsiyalash” talabiga muvofiq tashkil qilish nazarda tutiladi. Bogʻlovchi asosni tayyorlashda, ventilyatsiya buziq yoki yoʻqligida jarayonlarni olib borish taqiqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
106. Ish joylari ishlab chiqarish jarayonlari xususiyatlariga muvofiq tik turib va oʻtirib ishlash uchun GOST 12.2.032-78 “Ishlarni oʻtirib bajarishdagi ish joyi. Umumiy ergonomik talablar” va GOST 12.2.033-78 “Ishlarni tik turib bajarishdagi ish joyi. Umumiy ergonomik talablar” asosida moslamalar bilan jihozlanishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
107. Texnologik jarayonlarni avtomatlashtirish uchun moslamalar majmui, yaʼni asbob, rostlagich, signalizator va boshqa avtomatlashtirish va masofadan boshqarish vositalari quyidagilarni taʼminlashi kerak:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jarayonlarni boshqarish va nazorat qilish xavfsizligini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
suyuqliklar toʻkilishini oldini olishni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
dastlabki holat signalizatsiyasini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
chegaraviy qiymatga yetganda yoki mexanizmlarning nosozligida oʻchiruvchi blokirovkalarning ishlab ketishini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
jarayonlarning markaziy boshqarilishi va nazoratini.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
108. Elektr toki va statik elektrdan odamni himoya qilish xavfsizlik tadbirlari GOST 12.1.019-79 “Elektr xavfsizlik. Umumiy talablar” va GOST 12.1.018-93 “Statik elektr. Uchqun xavfsizligi. Umumiy talablar”ga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
109. Ishlab chiqarish xonalarida shovqin va tebranish darajasi GOST 12.1.003-04 “Shovqin. Umumiy xavfsizlik talablari” va GOST 12.1.012-90 “Tebranish. Umumiy xavfsizlik talablari”da belgilangan miqdordan oshmasligi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
110. Texnologik jarayonlarni nazorat qilish tizimi, avtomatik, avtomatlashtirilgan va masofadan boshqarish tizimlari, avariyaga qarshi avtomatik himoya tizimi, shuningdek avariya holatlaridan xabar beruvchi va aloqa tizimlari, shu jumladan asbob-uskunalar bilan butlangan tizimlar amaldagi meʼyoriy-texnik hujjat, loyiha, reglamentlar talablariga javob berishi va texnologik parametrlarni berilgan aniqlikda ushlab turish, texnologik jarayonlarni ishonchli va xavfsiz olib borilishini taʼminlashi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
111. Linoleum uchun yopishqoq mastikalar, nitrolaklar, nitroemallar va nitromastikalar ishlab chiqarishini avtomatlashtirishda — avariyali, ogohlantiruvchi va texnologik signalizatsiya, blokirovka, shuningdek texnologik parametrlar chegaraviy yoʻl qoʻyilgan qiymatga yetganda himoya choralari va texnologik asbob-uskunalarning avariya holatida toʻxtashi nazarda tutilgan boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
112. Saqlovchi klapanlar soni va ularni oʻtkazish qobiliyati GOST 12.2.085-82 “Bosim ostida ishlaydigan idishlar. Saqlovchi klapanlar. Xavfsizlik talablari”ga muvofiq hisob boʻyicha tanlab olingan, sozlangan va rostlangan boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
113. Analizatorlarning oʻlchov asboblari, avtomatik gazoanalizatorlar va unga tegishli boshqa asboblar portlash xavfi boʻlgan xonalarda va ochiq portlash xavfi boʻlgan qurilmalarda Isteʼmolchilarning elektr qurilmalaridan foydalanishda texnika xavfsizligi qoidalari (roʻyxat raqami 1400, 2004-yil 20-avgust) talablarini hisobga olgan holda qulflanadigan shkaflarda joylashtirilishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
114. Gazoanalizatorlarning datchigi eng kam masofada gaz va bugʻlarning chiqish ehtimoli koʻp boʻlgan joyda oʻrnatilishi, asboblarga xizmat koʻrsatish va rostlash qulay boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
115. Changlanuvchi va toʻkma materiallardan pigment ishlab chiqarishda, transportirovka tiqini jips yopiladigan transport vositalarida bajarilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
116. Ochiq olov bilan isitiluvchi reaktorlarning oʻtxonalari alohida xonalarda joylashgan boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
117. Smola eritish aralashtirgichlari reaktorlardan ajratilgan holda boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
118. Reaktorlarni isitish uchun qoʻllaniladigan yuqori haroratli organik issiqlik tashuvchi qurilmalar, reaktordan va boshqa sex uskunasidan izolyatsiya qilingan boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
119. Bir tomonlama xizmat koʻrsatiladigan sigʻimlar, bir-biridan va binoning chiqib turgan qismidan 0,2 m dan kam boʻlmagan masofada turishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
120. Aylanuvchi pechlar va qurituvchilarning baland tayanchlari, xizmat koʻrsatish maydonlari bilan taʼminlanib, tayanchning tepasidan 300 mm dan oshmagan masofada joylashgan boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
121. Linoleum uchun yopishqoq mastikalar, nitrolaklar, nitroemallar va nitromastikalar yongʻin va portlashga xavfli pigment ishlab chiqarishda, havo isitish va ventilyatsiya tizimida havoning retsirkulyatsiyasiga ruxsat etilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
122. Milori ishlab chiqarishda quritish boʻlimi va maydalash-oʻrash boʻlimlari gazoanalizator impulsidan ishga avtomatik ulanuvchi avariya ventilyatsiyasi bilan jihozlangan boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
123. Changlanuvchi mahsulotlarni toʻkish va trasportirovka qilinish joylari zichlangan va yopingʻichlar bilan taʼminlanib aspiratsiyalovchi ventilyatsiya qurilmasiga ulangan boʻlishi lozim. Mahalliy soʻrish aspiratsiya quvurlarining voronkalaridagi havoning tezligi 2 m/s dan oshmasligi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
124. Tayyor mahsulotni idishlarga (qoplar, barabanlar, flyagalar, konteynerlar va boshqalarga) joylashtiruvchi apparatlar aspiratsiya tizimiga ulangan, yopingʻichlarda joylanishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
125. Kolloksilin va uning asosida olinadigan, quruq valsovka qilingan pasta, nitrolak va nitroemal ishlab chiqarish sexlarining xonalarida saqlanishi man etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-§. Yongʻin va portlash xavfsizligi talablari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
126. Evakuatsiyaga chiqish yoʻllarining soni, ularning joylanishi QMQ 2.09.02-85 “Ishlab chiqarish binolari” va SHNQ 2.01.02-04 “Binolar va inshootlarni yongʻin xavfsizligi” talablari boʻyicha eng uzoq ish joylaridan ulargacha boʻlgan masofaga, shuningdek eng koʻp sonli smenadagi ishlovchilarning soniga bogʻliq holda aniqlanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
127. Eng uzoq ish joyidan eng yaqin evakuatsiyaga chiqish yoʻligacha ruxsat etilgan masofa xonaning olovga chidamliligi toifasi va hajmidan, hamda bu chiqish yoʻli orqali evakuatsiya qilinayotgan odamlar oqimining zichligidan kelib chiqqan holda belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
128. Yongʻin oʻchirishning birlamchi vositalari soz holatda saqlanishi va qulay joylarga oʻrnatilgan boʻlishi kerak. Yongʻin oʻchirish anjomlari va asboblaridan xoʻjalik va ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun foydalanish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
129. Ishlab chiqarishning har bir boʻlinmasida barcha ishlovchilar tanishishi zarur boʻlgan, yongʻinga qarshi anjomlar joylashgan sxema osib qoʻyilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
130. Chekish uchun “Chekish uchun joy” degan yozuvi boʻlgan maxsus joy ajratilgan va bunda axlat chelagi va suvli bochkalar oʻrnatilgan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
131. Chekish, axlat va ishlab chiqarish chiqindilarini yoqishni taqiqlash toʻgʻrisidagi ogohlantiruvchi yozuvlar koʻrinadigan joylarda boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
132. Ishlab chiqarish xodimi quyidagilarga majbur:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yongʻin oʻchirish rejimi qoidalarini bilish va bajarish hamda qoʻllaniladigan muhitning yongʻin va portlash xavfini zaharli xususiyatini bilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yongʻin oʻchirish vositalarini joylashgan joyini bilish, ularning mavjudligi va sozligini kuzatish, ulardan foydalanishni bilish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
133. Pechlar oʻtxonasi alangasining mashʼalasi oʻchgan hollarda, yoqilgʻi berilishi avtomatik tarzda toʻxtatiladigan holda jihozlangan boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
134. Pechlarni nosoz yongʻin oʻchirish tizimi va aks etgan bugʻ pardasi bilan ishlatish taqiqlanadi. Pechda yongʻin yuz bergan hollarda, yongʻinni oʻchirishga kirishish hamda yongʻin xavfsizligi boʻlimini chaqirish zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
135. Elektr uskunalar yona boshlaganda, uni tezda toksizlantirish zarur. Yonish manbaini oʻchirish uchun quruq qum yoki karbon kislotali yongʻin oʻchirgichlarni qoʻllash lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
136. Ishlab chiqarish xonalarida yongʻin sodir boʻlganda xonadagi ventilyatsiya tizimlarini oʻchirish hamda Harbiylashtirilgan yongʻin oʻchirish qismiga xabar bergan holda yongʻinni oʻchirish ishlarini olib borish lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
137. Sodir boʻlgan barcha yongʻinlar toʻgʻrisida tashkilot rahbariga tezda xabar berish zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
138. Yoʻl va oʻtish yoʻllarining alohida uchastkasini, faqat yongʻin xavfsizligi boʻlimi bilan dastlab kelishilgandan keyin yopish ruxsat etiladi. Yongʻin oʻchirish anjomlari, yongʻin oʻchirish gidrantlari va suv havzalariga borish va oʻtish yoʻllari har doim boʻsh boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
139. Yongʻin oʻchirish gidrantlarida tungi vaqtda yoritiladigan va ularning joylashgan joyini tezda aniqlashga imkon beradigan yozuvlar — koʻrsatkichlar osib qoʻyilgan boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
140. Portlash xavfi boʻlgan va portlash xavfi boʻlmagan xonalar orasidagi ichki devorlar gazlarni oʻtkazib yubormaydigan qilib urilgan boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
141. Boshqarish pultlari — zararli va portlash xavfi boʻlgan bugʻ, gaz va changlar ajralib, shuningdek yuqori vibratsiyaga ega boʻlgan texnologik asbob-uskunalar oʻrnatilgan ishlab chiqarish xonalarida joylashtirilishi mumkin emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
142. Vaqtinchalik gazlangan hududlar toʻsib qoʻyilgan boʻlishi kerak. Toʻsiqlarda “Gazlangan” ogohlantiruvchi yozuv osib qoʻyiladi, zarur boʻlganda postlar qoʻyilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
143. Yongʻinga qarshi eshik, suv parda, toʻsiq, shiberlar, yongʻinga qarshi devor va bino va inshoot tomlariga oʻrnatilgan tutunga qarshi moslamalar doimo soz holatda boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
144. Xom ashyo va tayyor mahsulot oʻtkaziladigan devordagi ochiq teshiklar yongʻin, xavfli va zararli ishlab chiqarish omillarini tarqalishiga yoʻl qoʻymaydigan moslama va vositalar bilan jihozlangan boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
145. Ishlab chiqarish va yordamchi binolar va omborxonalarning yonadigan konstruksiyalariga olovdan himoyalaydigan tarkibli modda bilan ishlov berilgan, ular olovdan himoyalaydigan boʻyoq yoki surkaladigan materiallar bilan himoyalangan boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
146. Agressiv suyuqliklarning quyish-toʻkish inshootlari joylashgan maydonchalar toʻkilgan suyuqlikni toʻsiqlarsiz oqib ketishi mumkinligini taʼminlaydigan silliq yuzalarga ega boʻlishi kerak. Notekisliklar, oʻyiqlar, oʻralar tezda bartaraf etilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-§. Xodimlar himoyasini va ishlab chiqarish uskunalari avtomatik oʻchishini taʼminlovchi nazorat va texnologik jarayonlarni boshqarish tizimlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
147. Portlash jihatidan xavfli texnologik jarayonlar uchun texnologik uskunalarda avariyaga qarshi himoya tizimlari nazarda tutiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
148. Avariyaga qarshi himoya tizimlari texnologik jarayonni boshqarishning umumiy tizimiga ulangan holda boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
149. Avariyalarni oldini olish maqsadida texnologik tizimlarda avariyaga qarshi qurilmalarni, jumladan qulflash, qulflash-tartibga solish temirini, klapanlarni, ajratuvchi va boshqa oʻchiruvchi qurilmalarni hamda bosim qiymati oshib ketishiga qarshi saqlovchi qurilmalarini qoʻllash tavsiya qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
150. Texnologik jarayonni olib borish xavfsizligi aniq bir parametrlar (harorat, bosim, namlik va boshqalar) bilan belgilanadigan barcha apparatlarda (signal beruvchi asboblar, rostlovchi asboblar, oʻziyozar asboblar va koʻrsatuvchi asboblar) oʻrnatilgan boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
151. Mehnat sharoitlari xavfsizligini taʼminlash va texnologik jarayonning fizikaviy-kimyoviy parametrlarini nazorat qilish uchun, ishlab chiqarishlar nazorat-oʻlchov asboblari, avariya, ogohlantiruv va texnologik signalizatsiyalari bilan taʼminlangan boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
152. Apparatlar ichidagi toksik tez oʻt oladigan va oʻyuvchi suyuqliklarning sathini oʻlchash ishlari sath oʻlchagich yordamida amalga oshirilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
153. Tashkilot va sex rahbariyati qonun hujjatlariga muvofiq, zararli ish sharoitlarini bartaraf etish, baxtsiz hodisalarni oldini olish va ish joylarini tegishli sanitariya-gigiyena holatda saqlanishini taʼminlash boʻyicha zaruriy choralarni koʻrishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-§. Zararli va xavfli ishlab chiqarish omillari yuzaga kelganligi haqida oʻz vaqtida xabar berish usullari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
154. Yonuvchi gazlar ajralib chiqishi ehtimoli boʻlgan ishlab chiqarish xonalarida havo tarkibida gazlarning portlash jihatidan xavfli darajalari mavjudligini nazorat qilish uchun (gazlarning ajralish ehtimoli yuqori boʻlgan joylarda) avtomatik signalizatorlar oʻrnatilgan boʻlishi lozim. Signalizatorlar avariya ventilyatsiyasiga ulangan boʻlishi zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
155. Yonuvchi gazlar va bugʻlarining portlash jihatidan xavfli darajalari haqida darak beruvchi signalizatsiya tizimlari (chiroqli va tovushli) signallashtirilgan boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
156. Avariya yoki boshqa nosozliklar aniqlangan holda, avariya vaziyati masʼul shaxslar tomonidan baholanishi, shuningdek, sexda avariya holati eʼlon qilinishi hamda bu toʻgʻrisida Tashkilotning rahbari xabardor qilinishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-§. Maxsus talablar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
157. Ximik moddalar bilan ishlar tashkillashtirish uchun amaldagi meʼyoriy hujjatlar xavfsizlik talablariga muvofiq boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
158. Bir ishlab chiqarish xonasida har xil zararli moddalar bilan ishlovchi ishlab chiqarish uchastkalari joylashganda, ishlab chiqarish xonalariga zararli moddalarni tarqalib ketmaslik choralari nazarda tutilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
159. Pollarni qoplovchi materiallar ximiyaviy taʼsirga chidamli va zararli moddalarning sorbsiyasiga yoʻl qoʻymasligi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
160. Havo almashuvi tashkil qilinganida zararli moddalari koʻp boʻlgan yoki portlashga xavfli gazlar, bugʻlar va changi boʻlgan xonadagi havoni boshqa xonalarga chiqib ketishini bartaraf etish uchun, keyingi xonalarda havoning ortiqcha bosimini ushlab turish lozim (berilayotgan havo hajmi chiqarib yuborilayotganidan koʻp boʻlishi lozim).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
161. Ishlab chiqarish xonalari ventilyatsiyasining loyihasi eng koʻp xavfli va zararli moddalar ajraladigan, ishlarni ogʻirlik kategoriyasini hisobga olgan holda, muayyan ishlab chiqarish uchun hisoblanishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
162. Umumiy soʻrma qurilmalariga chang va yengil kondensatsiyalanadigan bugʻlar soʻrmalari, bundan tashqari aralashganda zararli aralashmalar yoki kimyoviy birikmalarni hosil qiluvchi moddalarni birlashtirilishi man etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
163. Kimyoviy moddalar bilan ish olib borish xonalarida, ventilyatsiya tizimida va havo bilan isitilganda havoni retsirkulyatsiyasi man etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
164. Isitish-ventilyatsiya jihozlari, quvurlari va havo quvurlari, agressiv muhitli xonalarda joylashtirilganida, bundan tashqari agressiv muhitli havoni chiqarib yuborish uchun moʻljallangan boʻlsa, zanglamaydigan qilib bajarilishi nazarda tutilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
165. Berilayotgan havoni uzatilishi asosan sozlanadigan havo taqsimlagichlar orqali ish hududiga, mahalliy soʻrmalarni ishiga taʼsir qilmaydigan qilib berilishi nazarda tutilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
166. Soʻrma tizimlari joylashgan xonalar, har xil portlash va yongʻinga xavfli toifali bir nechta xonalarga xizmat koʻrsatadigan boʻlsa, nisbatan xavfliroq kategoriya boʻyicha hisoblash lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
167. Kutilmaganda katta miqdorda zararli yoki yonuvchi gazlar, bugʻlar yoki aerozollar birdaniga kirib qolishi mumkin ishlab chiqarish xonalariga, avariya ventilyatsiyasi nazarda tutilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
168. Xonaning havo muhiti xarakterini hisobga olib (ishlab chiqarish xonasining havosida chang, namlik, agressiv moddalarni boʻlishi) himoyalangan yoritgichlar nazarda tutilishi kerak (chang-nam oʻtkazmaydigan, yongʻinga va portlashga xavfsiz).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
169. Avariya yoritish (xavfsizlik va evakuatsiya yoritish) yoritgichlari ishchi yoritish tizimiga bogʻlanmagan holda ulangan boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
170. Chang va yengil yonuvchi bugʻlarning soʻrmalarini, aralashganda zararli aralashma yoki kimyoviy birikmalar hosil boʻlsa, umumiy soʻrma qurilmasiga birlashtirish man etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
171. Kimyoviy moddalar bilan ish olib boriladigan xonadagi ventilyatsiya tizimlarida va havo bilan isitilganda havo retsirkulyatsiyasi man etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
172. Isitish-ventilyatsiya jihozlari, quvurlar va havo quvurlari agressiv muhitli xonada joylashtirilganida, agressiv muhitdan havoni chiqariyotganligi hisobga olinib, ularni korroziyalanmaydigan materialdan qilinishi nazarda tutilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
173. Berilayotgan havoni asosan ishchi hududga sozlanuvchi havo taqsimlovchi orqali shunday uzatilishi kerakki, mahalliy soʻrmalar ishini buzmasligi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
174. Soʻrma tizimlarining jihozlari uchun xonalar, yongʻin portlashi va yongʻinga xavfli har xil toifali bir nechta xonalarga xizmat koʻrsatsa, xavfi eng yuqori toifali deb hisoblanishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
175. Yongʻinga va portlashga xavfli xonalarning elektr sim oʻtkazilishi portlashga xavfsiz qilib ishlangan boʻlishi lozim. Bu xonalarda oʻchiruvchi elektr moslama, saqlagichlar oʻrnatilishi taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
176. Zararli kimyoviy moddalar bilan ish olib boriladigan ishlab chiqarish xonalarida, koʻzni va terini yuvish uchun avariya dushi va favvoralar oʻrnatilgan boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
177. Kimyoviy moddalarning ishchi aralashmasi ish joyiga ishlatishga tayyor holda berilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
178. Kimyoviy moddalarning ishchi aralashmalarini tayyorlash markazlashgan boʻlib, maxsus xizmatchilar tomonidan texnolog boshchiligida tayyorlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
179. Ish joyiga berilayotgan kimyoviy moddalarni soni bir smenadan ortiq boʻlmasligi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-§. Korroziyadan himoyalash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
180. Linoleum uchun yopishqoq mastikalar, nitrolaklar, nitroemallar va nitromastikalar ishlab chiqarishining bino ichida va ochiq maydonchalarda joylashgan barcha asbob-uskunalari, kommunikatsiya va metall konstruksiyalari loyihaga binoan tashqi korroziyadan himoyalangan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
181. Linoleum uchun yopishqoq mastikalar, nitrolaklar, nitroemallar va nitromastikalar ishlab chiqarishda atrof muhitni agressiv taʼsiri darajasini baholash, yer ustidagi quvurlarning tashqi yuzasini, shuningdek, qurilish konstruksiyalarini korroziyadan himoya qilish QMQ 2.03.11-96 “Qurilish konstruksiyalarini korroziyadan himoyalash. Loyihalash meʼyorlari” va QMQ 3.04.02-97 “Qurilish konstruksiyalarini korroziyadan himoya qilish. Bajarilgan ishlarni qabul qilish qoidalari” talablariga muvofiq metall va nometall himoya qoplamalar ishlatish bilan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
182. Ishlab chiqarishda agressiv muhit taʼsiriga uchraydigan apparat, kommunikatsiya va ularning birikmalari maxsus qoplamalar bilan himoyalangan, korroziyaga uchramaydigan materiallardan qilingan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
183. Korroziya keltirib chiqaradigan sharoitlarda ishlaydigan apparaturalar holati ustidan, davriy reglamentlangan koʻrikdan oʻtkazish va apparat devorlari qalinligi va yeyilish kattaligini aniqlash yoʻli bilan, bosh mexanik xizmatining maxsus nazorati oʻrnatilishi kerak. Apparatlar holatini tekshirish natijalari maxsus jurnal yoki pasportda yozilgan boʻlishi zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
184. Devorlar qalinligini tekshirish usuli, joyi va davriyligi aniq sharoitlarga bogʻliq holda, tashkilot bosh mexanigi xizmati tomonidan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
185. Kondensatli havoni soʻrib oladigan ventilyatorlarning gʻildiragi va gʻilofi korroziyadan saqlash uchun himoya qoplamalariga ega boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-§. Zararli omillar taʼsir darajasini belgilangan sanitariya meʼyorlari miqdorigacha kamayishini taʼminlovchi uslublar va choralar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
186. Ishlayotganlarga shovqin va tebranishning zararli taʼsirini bartaraf etish maqsadida quyidagi chora-tadbirlarni koʻrish kerak:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shovqin va tebranishni hosil qiluvchi uskunani almashtirish imkonini beruvchi texnologik jarayonga oʻzgartirish yoki shovqin va tebranishni yutuvchi tuzilmalarni qoʻllash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
statsionar oʻrnatilgan mashinalar va mexanizmlar ostidagi fundamentga izolyatsiyalovchi prokladkani joylashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
temir qismlarni, plastmassa detallarga oʻzgartirish, xizmat koʻrsatuvchi xodimlar uchun shovqin tutuvchi kabinalarni jihozlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
agregatlarni chiqaruvchi va soʻruvchi teshigiga shovqin pasaytirgichlarni oʻrnatish, yuk koʻtaruvchi konstruksiyalar (balka, fermalar)ga turli shovqin yutuvchi materiallar bilan ishlov berish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
xonalar ichki sirtlarini shovqin yutuvchi materiallar bilan qoplash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qoʻl pnevmatik asbobida ishlashda, oldini olish tadbirlari sifatida, himoya qoʻlqoplarini qoʻllash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mashinalarni shovqin manbaida, uni pasaytiruvchi texnik vositalar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ish joylarida tovush bosimi darajasi, meʼyorlardan oshmaydigan texnologik jarayonlarni qoʻllash va boshqalar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shovqinli mashinalarni masofadan boshqarish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaxsiy himoya vositalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashkiliy tadbirlar (ish va dam olish ratsional rejimini tanlash, shovqin sharoitida taʼsir vaqtini qisqartirish, davolab-oldini olish va boshqa tadbirlar).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
187. Tovush darajasi 85 dBA dan yuqori boʻlgan hududlar xavfsizlik belgilari bilan koʻrsatilgan boʻlishi lozim. Ushbu hududlarda shaxsiy himoya vositalarisiz ishlash taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
188. Tovush bosimining oktava darajasi har qanday oktava chizigʻida 135 dBA dan yuqori boʻlgan hududlarda, qisqa vaqt davomida ham boʻlish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
189. Ishlovchi qoʻliga oʻtuvchi tebranish hosil qiluvchi asbob, mexanizm va uskunalar bilan ishlashda, tebranishni qoʻzgʻatuvchi ishlab chiqarish uskunasi amaldagi meʼyoriy hujjatlar talabiga muvofiq boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
190. Bajarilayotgan ish tavsifiga qarab, quyidagi himoyalovchi vositalardan foydalanish lozim: himoya koʻzoynagi va yuzni himoyalovchi oynali qalqon, respiratorlar, gazlar, shovqinga qarshi quloq naushnigi hamda himoyalovchi kamar, dielektrik kalish va ishchi shaxsan ishlatuvchi shikastlanishning oldini oluvchi va ishlab chiqarish zararlaridan himoya qiluvchi boshqa himoya moslamalari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. Ishlab chiqarish uskunalariga qoʻyiladigan talablar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-§. Umumiy talablar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
191. Ishlab chiqarish uskunalari butun xizmat qilish davrida xavfsizlik talablariga GOST 12.2.003-91 “Ishlab chiqarish uskunasi. Umumiy xavfsizlik talablari”ga muvofiq javob berishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
192. Ishlab chiqarish uskunalari va texnologik liniya joylashtirish va foydalanish ishlab chiqaruvchi-zavodning foydalanish boʻyicha yoʻriqnomasi talabiga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
193. Linoleum uchun yopishqoq mastikalar, nitrolaklar, nitroemallar va nitromastikalar ishlab chiqarishida asbob-uskunalarning umumiy butlanishi (jihozlanishi) va joylashishi xizmat koʻrsatish xavfsizligi va qulayligini, taʼmirlash ishlari va ularni almashtirishni oʻtkazishni taʼminlashi, shuningdek ishlab chiqarish asbob-uskunalariga sanitariya-gigiyena talablari va texnologik jarayonlarni tashkil qilish boʻyicha texnologik meʼyor talablari va sanitariya qoidalarini qondirishni taʼminlashi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
194. Nosoz asbob-uskunalarda ishlashda, xizmat koʻrsatishda xavfsizlikni taʼminlaydigan tegishli blokirovkasiz, nazorat-oʻlchov asboblarisiz, toʻsiqlarsiz ishlab chiqarish asbob-uskunalaridan foydalanish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
195. Sex, boʻlim, uchastkaning ish joylarida texnologik chizmasi osib qoʻyilgan boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
196. Berkituvchi moslamalar chizmada raqamlangan, mahsulotlarning joyini oʻzgartirish yoʻnalishi chizmasi bilan koʻrsatilgan boʻlishi lozim. Chizmadagi berkituvchi moslamalar va boshqa belgilar apparatlarga xizmat koʻrsatish ishchi yoʻriqnomalariga mos boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
197. Bino va ochiq maydonchalarda joylashgan linoleum uchun yopishqoq mastikalar, nitrolaklar, nitroemallar va nitromastikalar ishlab chiqarish uskunalari zichlangan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
198. Uskunalarni oʻrnatishda quyidagi talablarga rioya etilishi zarur:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
odamlar doimo boʻladigan joylardagi asosiy oʻtish yoʻllari, shuningdek boshqarish shchitlariga xizmat koʻrsatish maydoni boʻyicha kengligi 2 m dan kam boʻlmasligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
odamlar muntazam oʻtadigan joylarda oʻtish yoʻllari balandligi (aniqlikda) 2 m dan past boʻlmasligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
doimiy ish oʻrinlarida, shuningdek, taroqsimon boshqarish tizimlariga, mahalliy nazorat-oʻlchov asboblari va hokazolarga ega boʻlgan mashinalar (kompressor, nasos, havo purkagichlar va h. k.) va apparatlarga xizmat koʻrsatish maydonchalaridagi asosiy oʻtish yoʻllarining kengligi 1,5 m dan kam boʻlmasligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aylanma xizmat koʻrsatish zarur boʻlganda, apparatlar, shuningdek apparatlar va bino devorlari oralaridagi oʻtish yoʻllari 1 m dan kam boʻlmasligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
apparat va asboblarni koʻrikdan oʻtkazish, davriy tekshirish va rostlash uchun oʻtish yoʻllari — 0,8 m dan kam boʻlmasligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
alohida turgan nasoslar orasidagi oʻtish yoʻllari — 0,8 m dan kam boʻlmasligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kompressorlar orasidagi oʻtish yoʻllari — kompressorlar oldida boshqarish shitlari joylashgan hollarda 1,5 — 2 m dan kam boʻlmasligi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
199. Xonalarda joylashgan apparatlar yurgizuvchisidan chang chiqish ehtimoli boʻlganida elektryurgizgich bilan bitta valda qilinishi yoki yopiq reduktorlar qoʻllanishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
200. Uskuna toʻxtaganida taʼminlovchi qurilmalar va transport uskunalari quruq maydalash tegirmonlari bilan bogʻlik boʻlsa, pechlar va qurituvchilar materiallar va yoqilgʻi uzatilishini toʻxtatuvchi avtoblokirovka bilan jihozlangan boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
201. Har xil yoqilgʻida ishlayotgan agregatlarning yonish mahsulotlarini bitta borov orqali chiqarib yuborish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
202. Serovodorodni transportirovka qiluvchi tizimlar zichlangan va ularga tashqi havoning soʻrilishi bartaraf etilgan boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
203. Sink kuporosining sink izgarisi reaktorga yuklanayotgan paytida lyuk perimetri boʻyicha bugʻni uzatilishi yuklash lyukining qopqogʻi ochilishi bilan blokirovka qilingan boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-§. Linoleum uchun yopishqoq mastikalar, nitrolaklar, nitroemallar va nitromastikalar ishlab chiqarishining yigʻgichlari va saqlagichlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
204. Linoleum uchun yopishqoq mastikalar, nitrolaklar, nitroemallar va nitromastikalar va gazlar uchun yigʻgich, rezervuar, saqlagichlar tomlarining qattiqlik qirralari tom ustida joylashishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
205. Suyuqlik va gazlar uchun saqlagich tomlarida nazorat-oʻlchov asboblari, armatura, tuynuk, shtutserlar tomning periferiyasi boʻyicha joylashishi va saqlagich tomidan 1,2 m pastda joylashgan maxsus maydonchadan xizmat koʻrsatilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
206. Bitta yoki bir necha saqlagichlar maydonchalari ikki tomonlama panjarali 2 ta dan kam boʻlmagan narvonga ega boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
207. Suyuqliklari boʻlgan bak, saqlagichlarning qopqoqlarida joylashgan xizmat koʻrsatish maydonchalari bak (sigʻim), saqlagich korpusiga yoki saqlagichlarning tomidagi mustahkamlik konstruksiyalariga mahkamlanishi zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
208. Tom cheti boʻyicha maydonchalarda 1 m dan kam boʻlmagan balandlikda toʻsiqlar boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
209. Linoleum uchun yopishqoq mastikalar, nitrolaklar, nitroemallar va nitromastikalar ishlab chiqarishda minora apparaturasi, yigʻgich, rezervuar va saqlagichlardagi tuynuklarning qopqoqlari ishlovchidan chap yoki oʻng tomonga ochilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
210. Zararli moddalar ajralib chiqishi bilan bogʻliq jarayonlar va reaksiyalar ketadigan apparatlar, zararli bugʻ va gazlarni chiqarib yuborish uchun mahalliy havo tortuvchi moslamalar va zich yopiladigan qopqoqlar bilan jihozlanishi va apparatlardan chiqqan gazlar zararli aralashmalardan tozalanishi uchun absorbsion qurilmaga yoʻnaltirilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
211. Xom ashyo, oraliq va gaz mahsulotlarini tahlildan oʻtkazish uchun namuna olish va namunani tashish xavfsiz bajarilishini taʼminlaydigan moslamalar boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-§. Nasoslar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
212. Linoleum uchun yopishqoq mastikalar, nitrolaklar, nitroemallar va nitromastikalar va zaharli suyuqliklarni haydovchi nasoslar konstruksiyasida birikmalarning zichligi taʼminlanishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
213. Nasos vallari zichlagichlari orqali berkituvchi yoki yuvuvchi suyuqliklarni oʻtib ketish miqdori belgilangan meʼyorlardan ortishi mumkin emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
214. Suyuqliklarni haydash uchun, odatda, markazdan qochma salniksiz, ikki toretsli zichlagichli yoki boshqa konstruksiyali zichlaguvchi moslamalari boʻlgan, yuqori ishonchli nasoslar qoʻllaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
215. Nasosxonada joylashgan quvur, nasos va boshqa uskunalardan mahsulot qoldigʻini yopiq kommunikatsiyalar orqali nasosxona tashqarisiga chiqarib tashlanishi, suyuqlikni — maxsus moʻljallangan sigʻimga, bugʻ va gazlarni mashʼalaga chiqarilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
216. Nasosxona quvurlarida oqimlar harakatining yoʻnalishi, asbob-uskunalarda — texnologik chizma boʻyicha pozitsiyalar raqami, dvigatellarda esa — rotor aylanishining yoʻnalishi koʻrsatilgan boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-§. Qorishtiruvchilar (oddiy, propellerli, turbinali)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
217. Texnologik jarayonlarning aralashtirish moslamalariga ega qorishtiruvchilari aralashtirgich vallarining ishonchli ishlashini va germetik zichlanganligini tekshiruvchi avtomatik vositalari bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
218. Propellerlar oʻqini zichlash uchun ikki tomonlama zichlagich qoʻllaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
219. Maydalagich bilan oʻq shunday balansirovka qilingan boʻlishi lozimki, sekin aylanishlarda urilishga va tez aylanishda — tebranishga yoʻl qoʻymasligi lozim. Propellerli va turbinali qorishtirgichlar oʻqlari yigʻilmasdan oldin balansirovka qilingan boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
220. Texnologik jihozlardan namuna olish krani orqali amalga oshiriladi, bunda mahalliy soʻrish ventilyatsiyasi ishlab turishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-§. Elektr filtrlar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
221. Namlanuvchi elektr filtrlarning meʼyoriy ishlashining asosiy koʻrsatkichlari, undan chiqayotgan gazda oltingugurt kislotasi tumanining yoʻqligi hisoblanadi, shuning uchun gazdagi tuman va mishyak miqdoriga aniq tahlil oʻtkazilishi zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
222. Tozalash boʻlinmasi apparatchisi gazda tuman hosil boʻlishini oʻz vaqtida aniqlashi uchun, quritish minorasi yoki gaz yoʻlining toʻgʻri uchastkalaridagi kuzatish oynalari orqali, namlovchi elektr filtrlardan chiqadigan gazning tiniqligini muntazam tekshirishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
223. Elektr filtr elektrodlarini davriy bugʻlash, soʻngra yuqori tuynuk orqali iliq suv oqimi bilan yuvish zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
224. Barcha elektr filtrlar texnologik va elektr rejimlarda belgilanganlarga muvofiq ishlatilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
225. Quruq elektr filtrlarni doimiy texnik parvarish qilish — ish parametrlarining nazorat asboblari koʻrsatkichlarini muntazam tekshirish, toj hosil qiluvchi va choʻktiruvchi elektrodlarni silkitish mexanizmlarini soz holatda ushlab turishdan iboratdir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
226. Filtr, chang yoʻllari, havo yoʻllarining zichligi, issiqlik oʻtkazmaydigan qoplamaning holati, isitish tizimi muntazam tekshirilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
227. Linoleum uchun yopishqoq mastikalar, nitrolaklar, nitroemallar va nitromastikalar ishlab chiqarishida qoʻllaniladigan nasoslar amaldagi meʼyoriy hujjatlar talablariga muvofiq boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
V. Taʼmirlash ishlarini bajarishda mehnat xavfsizligi talablari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
228. Ishlayotgan tashkilot hududida ishlab chiqarish (sex)ni yoki ishlayotgan sexda qurilma, agregat, ayrim asbob-uskunalarni taʼmirlashga toʻxtatish uchun tashkilot (sex) boʻyicha chiqarilgan buyruq (farmoyish) asos boʻladi. Buyruqda, pudratchilardan bevosita ish rahbari, shuningdek koʻrsatilgan ishlarga uskunalar va obyektni toʻliq tayyorlash, bu ishlarning xavfsizligini taʼminlash uchun zaruriy tadbirlarni oʻtkazish va pudratchilar yoki buyurtmachining taʼmirlash xizmati bilan tezkor aloqalar uchun javobgar shaxs koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
229. Barcha asbob-uskunalarda tashkilot bosh muhandisi tasdiqlagan jadval boʻyicha belgilangan muddatlarda rejali-ehtiyot taʼmirlashi oʻtkaziladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
230. Taʼmirlash ishlarida band boʻlgan pudratchining barcha ishchi va mutaxassislari taʼmir boshlanishidan oldin, ushbu sexning xavfsizlik texnikasi, ishlab chiqarish sanitariyasi va yongʻin xavfsizligi boʻyicha yoʻl-yoʻriqlardan oʻtishlari kerak. Yoʻl-yoʻriq berish natijalari yoʻl-yoʻriq oʻtkazayotgan va yoʻl-yoʻriqdan oʻtayotganning imzosi bilan xavfsizlik texnikasi boʻyicha maxsus yoʻl-yoʻriqni qayd etish jurnaliga yozib qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
231. Rejalashtirilgan ishlarni bajarishda xavfsizlik choralari toʻgʻrisida taʼmirlovchi xodim bilan maqsadli (joriy) yoʻl-yoʻriq berilishi pudratchining bevosita ish boʻyicha rahbari naryad-ruxsatnomada yozilgan holda oʻtkazadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
232. Buyurtmachi tomonidan pudratchi ishlayotgan hududda zararli va portlash xavfi boʻlgan moddalarni paydo boʻlishiga yoʻl qoʻymaydigan meʼyoriy sanitariya-gigiyenik sharoitlar yaratilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
233. Asbob-uskunani taʼmirga tayyorlashda quyidagi ishlar bajarilishi kerak:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
elektr energiya oʻchirilishi, yigʻma va shchitlardagi kuchlanishni uzish, taʼmirlanadigan obyektni tiqinlar yordamida obyektga barcha kelayotgan va undan ketayotgan kommunikatsiyalardan uzish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
asbob-uskuna va kommunikatsiyalarni texnologik muhit qoldiqlaridan, asbob-uskunani zararli, zaharli va yonuvchi gaz va mahsulotlardan (yuvish, bugʻlash, puflash va shamollatish) boʻshatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
taʼmirlanadigan asbob-uskuna, kommunikatsiya, quduq va oʻralardagi inert, yonuvchi zaharli gazlar va kislorod miqdorini tegishli tahlillarini oʻtkazish yoʻli bilan tekshirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tiqin oʻrnatiladigan joylarni tayyorlash va ularni oʻrnatish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
234. Asbob-uskunani taʼmirga tayyorlash texnologik sexning ekspluatatsion va navbatchi taʼmirlovchi xodimi tomonidan bajariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
235. Gaz xavfi boʻlgan ishlarni oʻtkazish zarur boʻlganda, ishlar boshlanguncha pudratchining xodimi nafas olish yoʻllarining shaxsiy himoya vositalaridan foydalanish qoidalariga oʻqitilgan boʻlishi, zaharli va zararli belgilari, evakuatsiya tartibi va yoʻli hamda jabrlanuvchiga shifokor kelguncha birinchi yordam koʻrsatishni bilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
236. Maydonchalar va zinalardagi toʻsiqlarni soz holatda ushlab turish zarur. Xavfli joylarda ogohlantiruvchi plakatlar mavjudligi koʻzda tutilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
237. Tashkilot hududida qazish ishlarini bajarishda buyurtmachi pudratchiga naryad-ruxsatnoma bilan birga tegishli sex va xizmatlar bilan kelishilgan ruxsatnomani yozma tarzda topshirishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
238. Pudratchining transport vositalari va yuk koʻtaruvchi mashinalari harakati shuningdek, yirik gabaritli asbob-uskunalarni tashish ichki zavod yoʻriqnomalari bilan reglamentlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
239. Taʼmir ishlarini bajarish uchun statsionar yuk koʻtaradigan — transport vositalari va amaldagi siqilgan havo, bugʻ, suv va kislorod tarmoqlaridan foydalanish naryad-ruxsatnomada tegishli yozuv bilan bevosita pudratchining ishlar boʻyicha rahbarining buyurtmasiga binoan taʼmir oʻtkazilayotgan sex boshligʻining ruxsati bilan ruxsat etiladi. Ulash va uzishni buyurtmachi oʻtkazadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
240. Pudratchining ehtiyojlari uchun elektr energiyani ulash, shuningdek ish tugaganidan keyin uzish sex boshligʻining ruxsati boʻyicha buyurtmachining bosh energetik xizmati tomonidan bajariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
241. Agarda sinov oʻtkazilgandan soʻng, taʼmirlash jarayonida meʼyoriy-texnik hujjatlarning barcha talablariga rioya etilganligi tasdiqlanganda va ishonchlilik koʻrsatkichlari pasport maʼlumotlariga mos boʻlsa, asbob-uskunalarni qabul qilish dalolatnomasi ikki tomonlama imzolanib, ushbu asbob-uskunalar uchun ish rejimi taʼminlansa, asbob-uskuna va kommunikatsiyalarni ishga tushirish haqida farmoyish chiqqandan soʻng, taʼmirlangan asbob-uskunalar foydalanishiga qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VI. Mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
242. Mazkur Qoidalar talablarini buzgan mansabdor shaxslar va xodimlar mehnatni muhofaza qilish qoidalariga rioya qilmaganliklari uchun qonun hujjatlariga muvofiq belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
243. Xodimlar mehnat muhofazasi boʻyicha yoʻriqnomada koʻrsatilgan xavfsizlik qoidalari talablarini buzgan taqdirda qonun hujjatlariga muvofiq belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VII. Yakuniy qoida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
244. Mazkur Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi kengashi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi, Ichki ishlar vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi va “Oʻzkimyosanoat” Davlat aksiyadorlik kompaniyasi bilan kelishilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri v.b. A. XAITOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2009-yil 21-avgust
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi kengashi raisi D. JAHONGIROVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2009-yil 21-avgust
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi raisi B. XODJAYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2009-yil 21-avgust
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ichki ishlar vaziri B. MATLYUBOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2009-yil 21-avgust
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sogʻliqni saqlash vaziri A. IKRAMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2009-yil 21-avgust
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzkimyosanoat” DAK Boshqaruv raisi G. IBRAGIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2009-yil 21-avgust
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 42-son, 452-modda; 2014-y., 3-son, 40-modda; 2017-y., 28-son, 675-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son; 10.02.2022-y., 10/22/2016-3/0116-son; 01.07.2025-y., 10/25/2016-4/0552-son; 20.02.2026-y., 10/26/3777/0154-son)