Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 09.09.2009 yildagi 258-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjat 18.02.2011 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
XALQARO TARAQQIYOT UYuShMASI IShTIROKIDA “MAKTAB TAʼLIMINI RIVOJLANTIRISh. 2-BOSQICh” LOYIHASINI AMALGA OShIRISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Respublika umumtaʼlim muassasalarini zamonaviy maktab jihozlari, kompyuter texnikasi va oʻquv-ishlab chiqarish ustaxonalarini asboblar bilan jihozlash darajasini yanada oshirish, shuningdek Jahon bankining Xalqaro taraqqiyot uyushmasi bilan hamkorlikni yanada kengaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Maktab taʼlimini rivojlantirish. 2-bosqich” loyihasini amalga oshirish uchun Xalqaro taraqqiyot uyushmasining 10 yillik imtiyozli davrni oʻz ichiga olgan qaytarish muddati 35 yil boʻlgan 18,9 mln. qarz olishning maxsus huquqlari summasidagi (ekvivalentda 28,0 mln. AQSh dollari) kreditini Oʻzbekiston Respublikasiga berish 2009-yil 25-iyunda Jahon bankining Direktorlar kengashi tomonidan maʼqullanganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyihani amalga oshirishda Oʻzbekiston Respublikasining ulushi ekvivalentda 8,0 mln. AQSh dollarini tashkil etishi, shu jumladan ekvivalentda 6,4 mln. AQSh dollari — soliq va bojxona imtiyozlari berilishi shaklida ekanligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyihani amalga oshirish davri 4 yilni (2010 — 2013-yillar) tashkil etishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kredit Oʻzbekiston Respublikasiga Oʻzbekiston Respublikasi bilan Xalqaro taraqqiyot uyushmasi oʻrtasidagi moliyalashtirish toʻgʻrisidagi bitimga asosan beriladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi kredit mablagʻlaridan maqsadli va samarali foydalanilishi va loyiha amalga oshirilishi uchun masʼul ijro etuvchi organ hisoblanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kreditni qaytarish, shuningdek vositachilik haqi toʻlash bilan bogʻliq xarajatlar va kredit boʻyicha boshqa xarajatlar Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjeti mablagʻlari hisobiga amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
asosiy texnik-iqtisodiy parametrlar bilan birgalikda “Maktab taʼlimini rivojlantirish. 2-bosqich” loyihasining texnik-iqtisodiy hisob-kitoblari 1-ilovaga* muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
loyihani moliyalashtirish rejasi 2-ilovaga* muvofiq;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xalqaro taraqqiyot uyushmasining kreditini qaytarish va kredit boʻyicha vositachilik haqi toʻlash jadvali 3-ilovaga* muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* 1 — 3-ilovalar rus tilidagi matnda berilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vaziri Oʻzbekiston Respublikasi nomidan Xalqaro taraqqiyot uyushmasi bilan moliyalashtirish toʻgʻrisidagi bitimni imzolashga vakil qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi bilan Xalqaro taraqqiyot uyushmasi oʻrtasidagi moliyalashtirish toʻgʻrisidagi bitim boʻyicha belgilangan tartibda yuridik xulosa bersin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ikki oy muddatda loyihani muvofiqlashtirish va boshqarish funksiyalarini Xalq taʼlimi vazirligining tegishli tarkibiy boʻlinmalariga yuklashga doir tashkiliy masalalarni hal etsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Xalqaro taraqqiyot uyushmasining tartib-qoidalariga va Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlariga muvofiq zarur hisobotlar va boshqa hujjatlarni oʻz vaqtida tayyorlash va taqdim etish tashkil etilishini taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir oy muddatda tegishli vazirliklar va idoralarning mutaxassislaridan boʻlgan 9 kishidan iborat tender komissiyasi tarkibini belgilasin hamda uni Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining tegishli Kompleksi bilan kelishsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Xalqaro taraqqiyot uyushmasining krediti hisobiga koʻrsatib oʻtilgan loyiha doirasida sotib olinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar) bojxona toʻlovlaridan (bojxona rasmiylashtiruvi yigʻimlari bundan mustasno), qoʻshilgan qiymat soligʻidan hamda davlat maqsadli jamgʻarmalariga va budjetdan tashqari Taʼlim muassasalarini rekonstruksiya qilish, mukammal taʼmirlash va jihozlash jamgʻarmasiga majburiy ajratmalar va yigʻimlardan ozod qilinsin.
(7-bandning birinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2011-yil 18-fevraldagi 42-sonli qarori tahririda — OʻR QHT, 2011-y., 7-8-son, 63-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilansinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
koʻrsatib oʻtilgan imtiyozlar berilishi natijasida boʻshab qoladigan mablagʻlar summasi Oʻzbekiston Respublikasining loyihani amalga oshirishga ulushi hisoblanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu bandda nazarda tutilgan imtiyozlar, budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga majburiy ajratmalar toʻlashdan ozod qilish bundan mustasno, loyihani amalga oshirish uchun ajratiladigan Oʻzbekiston Respublikasi mablagʻlari hisobiga sotib olinadigan tovarlar (ishlar, xizmatlar)ga nisbatan ham qoʻllaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi Oʻzbekiston Respublikasi Xalq taʼlimi vazirligining buyurtmanomalari boʻyicha koʻrsatib oʻtilgan loyihani amalga oshirishda qatnashadigan xorijiy mutaxassislarga kirish vizalari konsullik yigʻimlari va boshqa yigʻimlar undirilmasdan belgilangan tartibda rasmiylashtirilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi koʻrsatib oʻtilgan loyihani amalga oshirishda qatnashadigan xorijiy mutaxassislarga davlat bojlari toʻlashdan ozod qilingan holda koʻp martalik vizalar berilishi va uzaytirilishini, shuningdek ular Oʻzbekiston Respublikasida vaqtincha roʻyxatdan oʻtkazilishini va vaqtincha roʻyxatdan oʻtkazish uzaytirilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov va Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S. Qosimov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2009-yil 9-sentabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
258-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 37-son, 409-modda; 2011-y., 7-8-son, 63-modda; 2012-y., 6-son, 60-modda)