Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI OILA KODEKSINING 17-MODDASIGA QOʻShIMChA KIRITISh TOʻGʻRISIDA
Qonunchilik palatasi tomonidan 2009-yil 11-martda qabul qilingan
Senat tomonidan 2009-yil 29-avgustda maʼqullangan
Senat tomonidan 2009-yil 29-avgustda maʼqullangan
1-modda.Oʻzbekiston Respublikasining 1998-yil 30-aprelda qabul qilingan 607-1-sonli Qonuni bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasining Oila kodeksi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1998-yil, 5-6-songa ilova; 2003-yil, № 1, 8-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 4, 157-modda; 2008-yil, № 4, 189-modda) 17-moddasi quyidagi mazmundagi ikkinchi qism bilan toʻldirilsin:
“Ellik yoshdan oshgan nikohlanuvchi shaxslar tibbiy koʻrikdan oʻz roziligi bilan oʻtkaziladi”.
2-modda. Ushbu Qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2009-yil 7-sentabr,
OʻRQ-214-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 37-son, 401-modda)