Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Qarori
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING RIVOJLANISH MAQSADLARIDA BIRDAMLIK ISLOM JAMGʻARMASIGA KIRISHI TOʻGʻRISIDA
Islom konferensiyasi tashkiloti mamlakatlari-aʼzolari, Islom taraqqiyot banki va boshqa Arab muvofiqlashtirish guruhi islom davlatlari-aʼzolari moliya institutlari bilan hamkorlikni kengaytirish hamda chuqurlashtirish maqsadida:
1. Maʼlumot uchun qabul qilinsinki:
Islom taraqqiyot banki Boshqaruvchilari Kengashi Raisi tomonidan Oʻzbekiston Respublikasining Rivojlanish maqsadlarida birdamlik Islom jamgʻarmasiga kirish boʻyicha rasmiy murojaati kelib tushdi;
Rivojlanish maqsadlarida birdamlik Islom jamgʻarmasi Islom konferensiyasi tashkiloti Sammiti qaroriga muvofiq (2005-yil, 7-8-dekabr, Makka, Saudiya Arabistoni) Islom taraqqiyot banki tomonidan qashshoqlikni kamaytirish, savodsizlikni bartaraf etish, kasalliklar va epidemiyalarni tugatish, Islom konferensiyasi tashkilotining (IKT) qashshoq mamlakatlari-aʼzolarida inson resurslarini rivojlantirish boʻyicha masalalarni hal etish maqsadida barpo etilgan;
Jamgʻarma mablagʻlari IKT mamlakatlari-aʼzolari va xalqaro tashkilotlar mablagʻlari hisobidan erkin asosda shakllantiriladi.
2. Rivojlanish maqsadlarida birdamlik Islom jamgʻarmasiga Oʻzbekiston Respublikasining umumiy hissasi 300 ming AQSh dollari boʻlib, birinchi badal 2008-yilda 100 ming AQSh dollarini tashkil etgan holda belgilansin.
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi belgilangan tartibda Rivojlanish maqsadlarida birdamlik Islom jamgʻarmasiga belgilangan miqdordagi Oʻzbekiston Respublikasi hissasi toʻlanishini amalga oshirsin.
4. Mazkur Qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2008-yil 29-may,
PQ-881-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2008-y., 5-son, 278-modda)