Hujjat kuchini yo‘qotgan 12.11.2019 25.08.2009 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1997
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligining, Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining, Oʻzbekiston Respublikasi Milliy xavfsizlik xizmatining qarori, 25.08.2009 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1997
Kuchga kirish sanasi
04.09.2009
Hujjat kuchini yo‘qotgan 12.11.2019
Hujjat 04.09.2009 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI ADLIYA VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI IChKI IShLAR VAZIRLIGI
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MILLIY XAVFSIZLIK XIZMATINING
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SUD HUJJATLARI VA BOShQA ORGANLAR HUJJATLARINI IJRO ETIShDAN BOʻYIN TOVLAYOTGAN ShAXSLARNING OʻZBEKISTON RESPUBLIKASIDAN ChIQIShINI VAQTINChA ChEKLASh HAMDA SUD DEPARTAMENTI, IChKI IShLAR IDORALARI VA DAVLAT ChEGARASINI QOʻRIQLASh ORGANLARINING HAMKORLIGI TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2009-yil 25-avgustda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1997]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi, Ichki ishlar vazirligi va Davlat xavfsizlik xizmatining 2019-yil 23-oktabrdagi 52, 82, 27-sonli “Sud hujjati asosida berilgan ijro hujjatini yoki ijro hujjati boʻlgan sud hujjatini uzrsiz sabablarga koʻra ijro etmagan qarzdor jismoniy shaxsning Oʻzbekiston Respublikasidan chiqishini vaqtincha cheklashni taʼminlash yuzasidan Oʻzbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi huzuridagi Majburiy ijro byurosi, Ichki ishlar vazirligi va Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qoʻshinlarining hamkorligi tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 3196, 12.11.2019-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-y., 9-10-son, 169-modda) va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 6-yanvardagi 8-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining chet elga borishlari tartibini va Oʻzbekiston Respublikasining diplomatik pasporti toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami, 1995-y., 1-son, 1-modda) muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi va Milliy xavfsizlik xizmati qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishdan boʻyin tovlayotgan shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasidan chiqishini vaqtincha cheklash hamda Sud departamenti, ichki ishlar idoralari va Davlat chegarasini qoʻriqlash organlarining hamkorligi tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Adliya vaziri R. MUHITDINOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2009-yil 20-avgust,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ichki ishlar vaziri B. MATLYUBOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2009-yil 20-avgust,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Milliy xavfsizlik xizmati raisi R. INOYATOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2009-yil 20-avgust,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
76-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi va Milliy xavfsizlik xizmatining 2009-yil 20-avgustdagi 9, 11, 76-sonli qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishdan boʻyin tovlayotgan shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasidan chiqishini vaqtincha cheklash hamda Sud departamenti, ichki ishlar idoralari va Davlat chegarasini qoʻriqlash organlarining hamkorligi tartibi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasining “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Axborotnomasi 2001-y., 9-10-son, 169-modda), Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 6-yanvardagi “Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining chet elga borishlari tartibini va Oʻzbekiston Respublikasining diplomatik pasporti toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi 8-son qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami, 1995-y., 1-son, 1-modda) muvofiq, sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishdan boʻyin tovlagan jismoniy shaxslarni Oʻzbekiston Respublikasi hududidan chiqish huquqlarini vaqtincha cheklash (keyingi oʻrinlarda — qarzdorning chiqish huquqlarini vaqtincha cheklash) hamda Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Sud qarorlarini ijro etish, sudlar faoliyati moddiy-texnika jihatidan va moliyaviy taʼminlash departamentining (keyingi oʻrinlarda — Sud departamenti) ichki ishlar va Davlat chegarasini qoʻriqlash organlari bilan hamkorligini tashkil etish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Qarzdorning chiqish huquqlarini vaqtincha cheklash ijro hujjatida qarzdor sifatida jismoniy shaxs ishtirok etganida mazkur Nizomda belgilangan oʻziga xos xususiyatlarni inobatga olgan holda “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonuniga muvofiq qoʻllaniladigan majburiy ijro etish choralaridan biri hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Qarzdorning chiqish huquqlarini vaqtincha cheklash sud hujjati asosida berilgan ijro hujjatidagi yoki ijro hujjati boʻlgan sud hujjatidagi (keyingi oʻrinlarda — ijro hujjati) talablar qarzdor tomonidan uzrli sabablarsiz belgilangan muddatda ijro etilmaganda qoʻllaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar ijro hujjati sud hujjati boʻlmasa va sud hujjati asosida berilmagan boʻlsa undiruvchi qarzdorga Oʻzbekiston Respublikasidan chiqishini vaqtincha cheklashni belgilash toʻgʻrisida ariza bilan sudga murojaat qilishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sud ijrochisi ijro ishi yuritishni qoʻzgʻatish toʻgʻrisidagi qarorida qarzdor tomonidan ijro hujjatidagi talablarni ixtiyoriy ravishda bajarish uchun belgilangan muddatda uzrli sabablarsiz ijro etilmagan taqdirda unga nisbatan majburiy ijro harakatlari qoʻllanilishi, shu jumladan, Oʻzbekiston Respublikasidan chiqish huquqi vaqtincha cheklanishini koʻrsatadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Qarzdorning chiqish huquqlarini vaqtincha cheklash quyidagi hollarda qoʻllanilmaydi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijro ishi yuritishni qoʻzgʻatish toʻgʻrisidagi qaror qabul qilingan kunda eng kam oylik ish haqining ikki baravaridan oshmaydigan miqdorda summa undirishni nazarda tutuvchi ijro ishi boʻyicha, shuningdek sud qarorini ijro etish uchun yetarli mol-mulk olib qoʻyilgan taqdirda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarzdor sifatida yuridik shaxs ishtirok etgan ijro hujjati boʻyicha.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Sud ijrochisining qarzdorning chiqish huquqlarini vaqtincha cheklash toʻgʻrisidagi qarori ijro etilishi shart va faqat sud yoki sud ijrochisi tomonidan qonunda belgilangan tartibda toʻxtatilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sud ijrochisi qarorining ijrosi ichki ishlar va Davlat chegarasini qoʻriqlash organlari tomonidan muhokama qilinishiga, toʻxtatilishiga yoki boshqacha tarzda toʻsqinlik qilinishiga yoʻl qoʻyilmaydi, sud tartibida yoxud shikoyat yoki protest keltirish bundan mustasno.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. Qarzdorning chiqish huquqlarini vaqtincha cheklashni joriy etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Qarzdorning chiqish huquqlarini vaqtincha cheklash qarzdor tomonidan ijro hujjatidagi talablar belgilangan muddatda uzrli sabablarsiz ijro etilmaganda sud ijrochisi tomonidan qarzdorning chiqish huquqlarini vaqtincha cheklash toʻgʻrisida qaror chiqarish yoʻli bilan qoʻllanilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ijro hujjatidagi talablarni qarzdor tomonidan ijro etish muddati ijro ishi yuritish qoʻzgʻatilgan kundan besh kundan oshib ketmaydigan ijro ishi yuritishni qoʻzgʻatish toʻgʻrisidagi qarorda sud ijrochisi tomonidan belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Qarzdorning chiqish huquqlarini vaqtincha cheklash toʻgʻrisidagi qaror sud ijrochisi tomonidan undiruvchining arizasi boʻyicha yoki oʻz tashabbusiga koʻra chiqariladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Qarzdorning chiqish huquqlarini vaqtincha cheklashni qoʻllash toʻgʻrisida ariza undiruvchi yoki qonunda koʻrsatilgan hollarda uning vakili tomonidan taqdim qilinadi. Ushbu ariza qarzdorning chiqish huquqlarini vaqtincha cheklashning asoslantirilgan sababini oʻz ichiga olgan boʻlishi lozim
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sud ijrochisi qarzdorning chiqish huquqlarini vaqtincha cheklashni qoʻllash toʻgʻrisidagi undiruvchining arizasini koʻrib chiqib qarzdorning chiqish huquqlarini vaqtincha cheklash toʻgʻrisida qaror chiqaradi yoki arizani qanoatlantirishni rad qiladi va undiruvchiga asoslantirilgan javob yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Sud ijrochisining qarzdorning chiqish huquqlarini vaqtincha cheklash toʻgʻrisidagi qarori katta sud ijrochisi tomonidan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Qarzdorning chiqish huquqlarini vaqtincha cheklash toʻgʻrisida qaror chiqargan sud ijrochisi qarorni zudlik bilan faks yoki hujjatli maʼlumotni tezkor joʻnatish imkonini beradigan boshqa aloqa vositalari orqali Sud departamentining hududiy boshqarmasiga yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarzdorning chiqish huquqlarini vaqtincha cheklash toʻgʻrisidagi qarorning nusxalari sud ijrochisi tomonidan qaror chiqarilgan kunning ertasidan kechiktirmasdan:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarzdorga, agar uning turgan joyi maʼlum boʻlsa;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
undiruvchiga, agar qarzdorning chiqish huquqlarini vaqtincha cheklash uning arizasiga binoan qoʻllanilgan boʻlsa yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Sud departamentining hududiy boshqarmasi qarzdorning chiqish huquqlarini vaqtincha cheklash toʻgʻrisidagi sud ijrochisining qarori kelib tushgan kunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarorni 1-ilovaga muvofiq qarzdorning Oʻzbekiston Respublikasidan chiqish huquqlarini vaqtincha cheklash toʻgʻrisidagi qarorlarni roʻyxatga olish Kitobiga roʻyxatga oladi va elektron maʼlumotlar bazasiga kiritadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarzdorning Oʻzbekiston Respublikasidan chiqish huquqlarini vaqtincha cheklash haqidagi talabnomani (keyingi oʻrinlarda — talabnoma) 2-ilovaga muvofiq rasmiylashtiradi va faks yoki hujjatli maʼlumotni tezkor joʻnatish imkonini beradigan boshqa aloqa vositalari orqali ijro uchun ichki ishlar organlarining kirish, chiqish va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlimiga (boshqarmasiga) hamda Davlat chegarasini qoʻriqlash organlariga, shuningdek, nazorat va hisobini yuritish uchun Sud departamentiga qaror roʻyxatga olingan kunning 18-00 dan kechiktirmasdan yuboradi. Qarzdorning chiqish huquqlarini vaqtincha cheklash haqidagi talabnomaning asl nusxasi yuqoridagi organlarga qaror roʻyxatga olingan kunning ertasidan kechiktirmasdan yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar qarzdor chet el fuqarosi yoki fuqaroligi boʻlmagan shaxs boʻlsa qarzdorning chiqish huquqlarini vaqtincha cheklash haqidagi talabnoma, keyinchalik tegishli organga maʼlumot berish uchun faqat Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi kirish, chiqish va fuqarolikni rasmiylashtirish boshqarmasiga yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Talabnoma Sud departamentining hududiy boshqarmasi rahbari, u boʻlmagan taqdirda esa uning oʻrinbosari tomonidan imzolanadi va gerbli muhr bilan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Sud departamentining hududiy boshqarmasi yuborilgan talabnomalar boʻyicha alohida ish yurituvni olib boradi va Qarzdorning Oʻzbekiston Respublikasidan chiqish huquqlarini vaqtincha cheklash toʻgʻrisidagi qarorlarni roʻyxatga olish kitobi va elektron maʼlumotlar bazasiga kiritilgan maʼlumotlarning toʻgʻriligi, haqqoniyligi, shuningdek, ish yurituvni olib borilishi uchun javobgar boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Ichki ishlar organlarining kirish, chiqish va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlimi (boshqarmasi) va Davlat chegarasini qoʻriqlash organlari talabnoma olingan kunning ertasidan kechiktirmasdan, ushbu talabnomani joʻnatgan Sud departamentining hududiy boshqarmasiga qabul qilingan choralar haqida yozma ravishda xabar qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Ichki ishlar organlarining kirish, chiqish va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlimi (boshqarmasi) hamda Davlat chegarasini qoʻriqlash organlari sud yoki sud ijrochisi tomonidan qarzdorning chiqish huquqlarini vaqtincha cheklash olib tashlanmagunga qadar qarzdorning Oʻzbekiston Respublikasidan chiqishiga yoʻl qoʻymaslikka majburdirlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat chegarasini qoʻriqlash organlari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasidan chiqish huquqlari cheklangan qarzdor jismoniy shaxs aniqlangan taqdirda bu haqda kechayu-kunduz xabarlarni qabul qilish tashkil etilgan Sud departamenti organi xabardor qilinadi. Qarzdor aniqlanganligi toʻgʻrisida maʼlumotni olgan Sud departamenti organi zudlik bilan qaror qabul qilishi va bu haqda Davlat chegarasini qoʻriqlash organini xabardor qilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Chiqish huquqlari vaqtincha cheklash qoʻllanilgan qarzdor tomonidan Oʻzbekiston Respublikasidan chiqish tartibi buzilganligi aniqlangan hollarda Davlat chegarasini qoʻriqlash organlari qarzdordan uning harakatlari toʻgʻrisida yozma tushuntirish talab qiladi va tushuntirishni qarzdorning chiqishga urinishi haqidagi xabarnoma bilan birga tegishli choralar qabul qilishlik uchun Sud departamentining hududiy boshqarmasiga yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Ichki ishlar organlarining kirish, chiqish va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlimi (boshqarmasi) hamda Davlat chegarasini qoʻriqlash organlaridan qarzdorning chiqish huquqlarini vaqtincha cheklash toʻgʻrisidagi talabnomaning ijrosi taʼminlanganligi tasdigʻi bilan kelib tushgan joʻnatmalar yuborilgan talabnomalarga qoʻshib qoʻyiladi va Qarzdorning Oʻzbekiston Respublikasidan chiqish huquqlarini vaqtincha cheklash toʻgʻrisidagi qarorlarni roʻyxatga olish kitobiga tegishli belgi qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. Qarzdorning chiqish huquqlarini vaqtincha cheklashni olib tashlash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Qarzdorning chiqish huquqlarini vaqtincha cheklash oʻrnatishga asos boʻlgan ijro hujjati talablari amalda ijro etilganda yoxud qonunda belgilangan asoslarga koʻra ijro hujjati tugatilgan yoki tamomlangan taqdirda sud ijrochisi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ertasi kundan kechiktirmay katta sud ijrochisining imzosi bilan qarzdorni yozma ravishda xabardor qiladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
zudlik bilan faks yoki hujjatli maʼlumotni tezkor joʻnatish imkonini beradigan boshqa aloqa vositalari orqali Sud departamentining hududiy boshqarmasini xabardor qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sud departamentining hududiy boshqarmasi qarzdorning chiqish huquqlarini vaqtincha cheklash olib tashlanganligi toʻgʻrisida Qarzdorning Oʻzbekiston Respublikasidan chiqish huquqlarini vaqtincha cheklash toʻgʻrisidagi qarorlarni roʻyxatga olish kitobi va elektron maʼlumotlar bazasiga tegishli belgi kiritadi va ertasi kundan kechiktirmasdan bu haqda ushbu Nizomning 11—13-bandlarida koʻrsatilgan tartibda ichki ishlar organlarining kirish, chiqish va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlimi (boshqarmasi) hamda Davlat chegarasini qoʻriqlash organlariga qarzdorning chiqish huquqlarini vaqtincha cheklash olib tashlanganligi haqida xabardor qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ichki ishlar organlarining kirish, chiqish va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlimi (boshqarmasi) hamda Davlat chegarasini qoʻriqlash organlari xabarni olgandan soʻng zudlik bilan qarzdorga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasidan chiqish huquqlarini vaqtincha cheklashni olib tashlaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Sud ijrochisi, zarurat tugʻilganda, qarzdorning iltimosnomasiga asosan qarzdorning chiqish huquqlarini vaqtincha cheklashni harakatdan quyidagi hollarda toʻxtatib turishga haqli:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi hududidan tashqarida kasalxonaga yotqizishni talab qiladigan qarzdorning sogʻligʻini tiklash zaruriyatini tasdiqlovchi hujjatlar mavjud boʻlganda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti yoki Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarzdorni Oʻzbekiston Respublikasidan chiqib ketuvchi rasmiy delegatsiya tarkibiga kiritish haqidagi qarori mavjud boʻlganda.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarzdorning chiqish huquqlarini vaqtincha cheklovni toʻxtatish toʻgʻrisida sud ijrochisining qarori chiqariladi, katta sud ijrochisi tomonidan tasdiqlanadi va ushbu Nizomning 15-bandida koʻrsatilgan tartibda ijro uchun yuboriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Qarzdorning chiqish huquqlariga vaqtincha cheklovni olib tashlashga quyidagilar asos boʻlmaydi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijro ishi yuritish toʻxtatilganligi, sud ijrochisining qarzdorning chiqish huquqlarini vaqtincha cheklash toʻgʻrisidagi qarori sud tomonidan toʻxtatilgan hollar bundan mustasno;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ijro ishi yuritish “Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etish toʻgʻrisida” gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunining 25-moddasiga asosan boshqa sud ijrochisiga yuborilib ijro ishi yuritish tamomlanganligi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. Yakuniy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Sud departamentining hududiy boshqarmasi, ichki ishlar organlarining kirish, chiqish va fuqarolikni rasmiylashtirish boʻlimi (boshqarmasi) hamda Davlat chegarasini qoʻriqlash organi qarzdorning chiqish huquqini vaqtincha cheklashlarning hisobini amalga oshiradi, elektron tarzda maʼlumotlar bazasini yuritadi va qarzdorlarning chiqish huquqlarini vaqtincha cheklash toʻgʻrisida maʼlumotlar almashinuvini amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Sud departamenti, ichki ishlar hamda Davlat chegarasini qoʻriqlash organlarining mansabdor shaxslari ushbu Nizom talablarini ogʻishmay bajarilishi uchun shaxsan javobgardirlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Qarzdorning chiqish huquqlarini vaqtincha cheklash toʻgʻrisidagi, qarzdorning chiqish huquqlarini vaqtincha cheklashni toʻxtatish toʻgʻrisidagi, shuningdek, qarzdorning chiqish huquqlarini vaqtincha cheklashni rad qilish toʻgʻrisidagi sud ijrochisining qarori Sud departamentining yuqori turuvchi organi yoki sudga shikoyat qilinishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Chiqish huquqlarini vaqtincha cheklash talablarini qarzdor tomonidan bajarilmasligi, sud hujjati ijrosiga toʻsqinlik qilishi, shuningdek, Oʻzbekiston Respublikasidan noqonuniy chiqib ketishi qonunda belgilangan tartibda javobgarlikka, shu jumladan, jinoiy javobgarlikka sabab boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Oʻzbekiston Respublikasidan chiqish huquqlari vaqtincha cheklangan qarzdorning noqonuniy chiqib ketishiga mansabdor shaxslarning yordam berganlik holatlari aniqlangan taqdirda, sud ijrochisi mavjud hujjatlarni tegishli huquqni muhofaza qiluvchi organlarga chora koʻrishlik uchun yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Oʻzbekiston Respublikasidan chiqish huquqlarini vaqtincha cheklash koʻrinishidagi majburiy choralar qoʻllanilgan qarzdor — yoʻlovchilar tomonidan ularni havo kemasi borti, temir yoʻl va boshqa transport vositalaridan tushirilganlik yoki ular tomonidan amalga oshirilgan bronlashtirishni bekor qilganlik boʻyicha daʼvo talabi taqdim etilishi va huquqlarini poymol qilinishini oldini olish maqsadida Sud departamenti asosiy faoliyati yoʻlovchi tashish boʻlgan yoʻlovchi tashuvchilar bilan maʼlumotlar almashish toʻgʻrisida kelishuv tuzishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Ushbu Nizom Davavianazorat va Oʻzdavtemiryoʻlnazorat davlat inspeksiyalari bilan kelishilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Davavianazorat” inspeksiyasi boshligʻi T. OʻLJAYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2009-yil 20-avgust
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzdavtemiryoʻlnazorat” inspeksiyasi boshligʻi R. IKRAMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2009-yil 20-avgust
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishdan boʻyin tovlayotgan shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasidan chiqishini vaqtincha cheklash hamda Sud departamenti, ichki ishlar idoralari va Davlat chegarasini qoʻriqlash organlarining hamkorligi tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarzdorning Oʻzbekiston Respublikasidan chiqish huquqlarini vaqtincha cheklash toʻgʻrisidagi qarorlarni roʻyxatga olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
KITOBI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

T/r

‎‏Sud ijrochilari boʻlimi nomi

Ijro hujjatini chiqargan organ nomi, ijro hujjatining nomi, sana va raqami Qarzdor toʻgʻrisida maʼlumot (F.I.Sh, tugʻilgan yili va joyi, yashash manzili) Undiruvchi nomi Ijro hujjati mazmuni
mazmuni undirilishi lozim boʻlgan summa
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

‎‎Jadvalning davomi

Ijro ishi raqami va sanasi ‎ Qaror sanasi va sud ijrochisining F.I.Sh. Qarorning ijro uchun yuborilgan sanasi Chiqish huquqlarini cheklashni bekor qilish sanasi Ijro ishi yuritishni tamomlash uchun asos boʻlgan qonun moddasi va sana
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sud hujjatlari va boshqa organlar hujjatlarini ijro etishdan boʻyin tovlayotgan shaxslarning Oʻzbekiston Respublikasidan chiqishini vaqtincha cheklash hamda Sud departamenti, ichki ishlar idoralari va Davlat chegarasini qoʻriqlash organlarining hamkorligi tartibi toʻgʻrisidagi nizomga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarzdorning Oʻzbekiston Respublikasidan chiqish huquqlarini vaqtincha cheklash haqidagi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TALABNOMA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
T/r Hududiy boshqarma nomi Ijro hujjati chiqargan organ nomi, ijro hujjatining nomi, raqami va sanasi Qarzdor toʻgʻrisida maʼlumot (F.I.Sh, tugʻilgan yili va joyi, yashash manzili) Undiruvchi nomi Ijro hujjati mazmuni Ijro ishi raqami va sanasi Qaror sanasi va sud ijrochisining F.I.Sh.
mazmuni‎ undirilishi lozim boʻlgan summa‎

‎Hududiy boshqarma boshligʻi‎

‎‎‎____________________________________

‎(F.I.Sh., imzo)

Hududiy boshqarmaning masʼul xodimi ‎_______________________________

(F.I.Sh., imzo va xizmat telefoni raqami)

(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 35-son, 389-modda; 2015-y., 32-son, 434-modda)