O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
VAZIRLAR MAHKAMASINING “NAVOIY” ERKIN INDUSTRIAL-IQTISODIY ZONASI FAOLIYATINI TARTIBGA SOLISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA” 2009 YIL 9 APRELDAGI 105-SON QARORIGA O‘ZGARTIRISh KIRITISh HAQIDA
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
“Navoiy” erkin industrial-iqtisodiy zonasi turar joy kompleksining chegaralari o‘zgarishi va yer maydoni ko‘payishi munosabati bilan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining “Navoiy” erkin industrial-iqtisodiy zonasi faoliyatini tartibga solish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2009-yil 9-apreldagi 105-son qarorining 2-bandi (O‘zbekiston Respublikasi QT, 2009-y., 4-son, 28-modda) quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“2. Navoiy viloyati hokimligi:
Navoiy viloyatining Karmana tumanidagi “Do‘stlik” agrofirmasining 300, 302, 303, 313, 314, 317, 318, 319, 329, 336, 337, 338, 343, 344 konturlarida joylashgan, doimiy egalik qilinadigan 120,96 gektar yer uchastkasini belgilangan tartibda ajratsin hamda turar joy kompleksi qurish uchun Koreyaning “KOREAN AIR” kompaniyasiga doimiy foydalanishga bersin;
yer uchastkasiga bo‘lgan huquqni tasdiqlovchi hujjatlarning belgilangan tartibda rasmiylashtirilishini ta’minlasin”.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi o‘rinbosari R.S.Azimov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2009-yil 24-avgust,
249-son
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 35-son, 385-modda)