18.08.2009 yildagi 233-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 20.09.2012 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ILMIY XODIMLAR MEHNATINI YANADA RAGʻBATLANTIRISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ilmiy xodimlarning ilmiy tadqiqotlarni ishlab chiqishga va olingan natijalarni amaliyotga joriy etishga qoʻshgan ilmiy va mehnat hissasiga qarab ularni moddiy ragʻbatlantirishni kuchaytirish, shuningdek Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yilgi asosiy makroiqtisodiy koʻrsatkichlari va Davlat budjeti parametrlari toʻgʻrisida” 2008-yil 29-dekabrdagi PQ-1024-son qarorini bajarish yuzasidan Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Budjet mablagʻlari hisobiga fundamental, amaliy tadqiqotlar va innovatsion ishlarning ilmiy-texnika dasturlarini amalga oshirishda qatnashuvchi ilmiy-tadqiqot muassasalari ilmiy va rahbar xodimlarining bazaviy lavozim maoshlari miqdorlari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasi, Fanlar akademiyasi hamda ilmiy-texnika dasturlarini bajaruvchi boshqa vazirliklar va idoralar, ilmiy-tadqiqot va taʼlim muassasalari, tashkilotlar:
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻzlariga ilmiy-tadqiqot ishlanmalarini bajarish uchun ajratiladigan budjet mablagʻlarini hisoblash va taqsimlashda ilmiy va rahbar xodimlar bazaviy lavozim maoshlarining ushbu qaror bilan tasdiqlangan miqdorlariga qatʼiy amal qilsinlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilmiy xodimlarni moddiy ragʻbatlantirishni, shu jumladan iqtisodiyot tarmoqlarida ilmiy-tadqiqot ishlari natijalarini joriy etish samaradorligini oshirish, budjet mablagʻlarini tejash va xoʻjalik hisobidagi faoliyatni amalga oshirishdan olinadigan budjetdan tashqari daromadlarni koʻpaytirish hisobiga yanada kuchaytirish boʻyicha tizimli asosda chora-tadbirlar koʻrsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi hamda Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasining ilmiy-tadqiqot muassasalari hamda ilmiy-texnika dasturlarini bajaruvchi tashkilotlar tomonidan mehnatga haq toʻlash fondining 5 foizi miqdorida ilmiy xodimlarni moddiy ragʻbatlantirishning maxsus jamgʻarmalarini tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shunday tartib belgilansinki, unga muvofiq:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tashkil etilayotgan jamgʻarmalar mablagʻlari hisobiga alohida oʻrnak koʻrsatgan, ilmiy-texnika dasturlarini amalga oshirishga aniq mehnat va ilmiy hissa qoʻshgan ilmiy xodimlar moddiy ragʻbatlantiriladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ilmiy xodimlarni moddiy ragʻbatlantirish ular uchun yiliga 2 tadan 5 tagacha bazaviy lavozim maoshlari miqdorida biryoʻla toʻlanadigan mukofotlar belgilash yoʻli bilan Ilmiy-tadqiqot va taʼlim muassasalari huzuridagi ilmiy kengash qarorlariga binoan amalga oshiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasi, Moliya vazirligi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi ikki hafta muddatda Ilmiy xodimlarni moddiy ragʻbatlantirish jamgʻarmasini shakllantirish va uning mablagʻlaridan foydalanish tartibini tasdiqlasinlar, unda ilmiy xodimlarni mukofotlashning ilmiy-texnika dasturlarini ishlab chiqishga, shuningdek tadqiqotlar natijalaridan iqtisodiyot tarmoqlarida foydalanishga ular qoʻshgan aniq hissa darajasini hisobga oladigan asosiy mezonlar belgilanishini nazarda tutsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda idoraviy normativ hujjatlarni ushbu qarorga muvofiqlashtirsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S.Azimov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2009-yil 18-avgust,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
233-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 18-avgustdagi 233-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Budjet mablagʻlari hisobiga fundamental, amaliy tadqiqotlar va innovatsion ishlarning ilmiy-texnika dasturlarini amalga oshirishda qatnashuvchi ilmiy-tadqiqot muassasalari ilmiy va rahbar xodimlarining bazaviy lavozim maoshlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
miqdorlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
T/r‎ Lavozimlarning nomi‎ Bazaviy lavozim maoshlarining miqdori, soʻm‎
‏1. Institut direktori ‎
professor‎

1118449

fan doktori ‎

1073010

fan nomzodi‎

1027819

2. Direktorning ilmiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari, institut va boshqa ilmiy muassasalar filialining direktori ‎
professor‎

1027819

fan doktori‎

991302

fan nomzodi‎

944653

‎3. Institutning ilmiy kotibi, Ilmiy-tadqiqot laboratoriyasi (boʻlimi) mudiri‎
fan doktori yoki professor‎

991302

katta ilmiy xodim yoki dotsent ilmiy unvoniga ega boʻlgan fan nomzodi‎

946953

ilmiy unvonga ega boʻlmagan fan nomzodi‎

910682

4. Filial va boshqa ilmiy muassasalar direktorining ilmiy ishlar boʻyicha oʻrinbosari‎
fan doktori yoki professor‎

946953

katta ilmiy xodim yoki dotsent ilmiy unvoniga ega boʻlgan fan nomzodi‎

910682

ilmiy unvonga ega boʻlmagan fan nomzodi‎

874208

5. Bosh ilmiy xodim‎
professor ilmiy unvoniga ega boʻlgan fan doktori‎

946953

katta ilmiy xodim yoki dotsent ilmiy unvoniga ega boʻlgan fan doktori‎

910682

ilmiy unvonga ega boʻlmagan fan doktori‎

874208

‎6. Yetakchi ilmiy xodim‎
ilmiy unvonga ega boʻlgan fan doktori‎

910682

ilmiy unvonga ega boʻlmagan fan doktori‎

874208

ilmiy unvonga ega boʻlgan fan nomzodi‎

831064

‎7. Katta ilmiy xodim‎
ilmiy unvonga ega boʻlgan fan nomzodi‎

831064

ilmiy unvonga ega boʻlmagan fan nomzodi‎

788412

ilmiy darajaga ega boʻlmagan ‎

746709

8. Kichik ilmiy xodim‎
fan nomzodi‎

788412

ilmiy darajaga ega boʻlmagan (2 yildan ortiq ilmiy faoliyat tajribasiga ega boʻlgan) ‎

746709

ilmiy darajaga ega boʻlmagan (2 yilgacha ilmiy faoliyat tajribasiga ega boʻlgan)‎

705353

9.‎ Tajriba orttiruvchi tadqiqotchi‎

622340

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izohlar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Institut va boshqa ilmiy muassasalar filialining ilmiy darajaga ega boʻlmagan direktoriga bazaviy lavozim maoshi fan nomzodi darajasida belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Professor ilmiy unvoni boʻlgan fan nomzodi ilmiy darajasiga ega boʻlgan bosh va yetakchi ilmiy xodimlarga maosh katta ilmiy xodim unvoniga ega boʻlgan fan doktorining bazaviy lavozim maoshi darajasida belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Professor ilmiy unvoniga ega boʻlgan bosh va yetakchi ilmiy xodimlarga maosh katta ilmiy xodim unvoniga ega boʻlmagan fan doktorining bazaviy lavozim maoshi darajasida belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ilmiy-tadqiqot laboratoriyalari (boʻlimlari) mudirlari oʻrinbosarlariga bazaviy lavozim maoshi ularga berilgan ilmiy darajalarga va unvonlarga muvofiq ilmiy-tadqiqot laboratoriyalari (boʻlimlari) mudirlari maoshiga nisbatan 5 foizga kamaytirilgan miqdorda belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining yoki Vazirlar Mahkamasining qarorlarida loyihalar rahbarlari lavozimlari yoki shunga oʻxshash lavozimlar nazarda tutilgan hollarda ushbu lavozimlarga boʻlimlar mudirlarining bazaviy lavozim maoshlari belgilanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Ilmiy-tadqiqot ishlanmalarini amalga oshirishga xarajatlar qiymati kalkulyatsiyasini shakllantirishda ilmiy va rahbar xodimlarning mehnatiga haq toʻlash fondi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 29-dekabrdagi PQ-1024-son qaroriga muvofiq 2009-yil 1-yanvardan boshlab bazaviy lavozim maoshlarining tasdiqlanadigan miqdorlari asosida hisoblab chiqiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining eng kam oylik ish haqi miqdorini oshirish toʻgʻrisidagi Farmonlari qabul qilinishi munosabati bilan bazaviy lavozim maoshlari oʻzgargan taqdirda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligining ilmiy va rahbar xodimlarning bazaviy lavozim maoshlari miqdorlarini oʻzgartirish toʻgʻrisidagi qarori chiqariladi.
(tablitsa Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Fan va texnologiyalarni rivojlantirishni muvofiqlashtirish qoʻmitasi, Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi hamda Moliya vazirligining 2012-yil 21-avgustdagi 8, 48, 60-sonli qarori (roʻyxat raqami. 2388, 10.09.2012-y.) — OʻR QHT, 2012-y., 37-son, 432-modda)
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 34-son, 370-modda, 43-son, 459-modda; 2012-y., 1-son, 10-modda, 37-son, 432-modda; 2013-y., 6-son, 76-modda; 2014-y., 2-son, 29-modda, 38-son, 486-modda, 52-son, 644-modda; 2015-y., 41-son, 530-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 22.02.2018-y., 10/18/2974/0800-son, 16.08.2018-y., 09/18/662/1764-son, 18.01.2019-y., 10/19/3122/2503-son, 03.10.2019-y., 10/19/3186/3847-son; 02.11.2020-y., 10/20/3284/1447-son; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.08.2021-y., 09/21/545/0832-son)