16.07.2009 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1983
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining buyrugʻi, 16.07.2009 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1983
Kuchga kirish sanasi
26.07.2009
Hujjat 26.07.2009 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
buyrugʻi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PAXTA TOZALASH ISHLAB CHIQARISHI XODIMLARI UCHUN MEHNATNI MUHOFAZA QILISH QOIDALARINI TASDIQLASH TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2009-yil 16-iyulda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1983]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000-yil 12-iyuldagi 267-son qarori bilan tasdiqlangan “Mehnatni muhofaza qilishga doir qoida va normalarni qayta koʻrib chiqish, ishlab chiqish va joriy etish Dasturi” (Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining qarorlari toʻplami, 2000-y., 7-son, 39-modda) ijrosini taʼminlash maqsadida buyuraman:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Paxta tozalash ishlab chiqarishi xodimlari uchun mehnatni muhofaza qilish qoidalari ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgach kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazir v.b. A. XAITOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,

2009-yil 10-iyun,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29/B-son

Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2009-yil 10-iyundagi 29/B-son buyrugʻiga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Paxta tozalash ishlab chiqarishi xodimlari uchun mehnatni muhofaza qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
QOIDALARI

Mazkur Qoidalar Oʻzbekiston Respublikasining “Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-y., 5-son, 223-modda) Qonuniga muvofiq paxta tozalash ishlab chiqarishi xodimlari uchun mehnatni muhofaza qilish tartibini belgilaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Qoidalar mulkchilik shaklidan qatʼi nazar, barcha turdagi paxta tozalash ishlab chiqarishi bilan shugʻullanuvchi yuridik shaxslarga (bundan keyingi oʻrinlarda korxonalar deb yuritiladi) taalluqlidir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur Qoidalar ishlab chiqarish binolarini va inshootlarini loyihalash, qurish va qayta qurishda, sexlarni texnik jihozlash va qayta jihozlashda, texnologik jarayonlar hamda uskunalardan foydalanishda hisobga olinishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Mazkur Qoidalar Qurilish meʼyorlari va qoidalari, Sanitariya qoidalari va meʼyorlari, Davlat standartlarining tegishli normalarini, shuningdek aniq ishlab chiqarishda belgilangan tartibda tasdiqlangan boshqa tarmoq normativ hujjatlari talablari bajarilishi shart ekanligini istisno etmaydi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Korxonalarda mehnatni muhofaza qilishga doir qonunlar va boshqa meʼyoriy hujjatlarga rioya etilishi ustidan davlat nazorati bunga maxsus vakolat berilgan, davlat idoralari tomonidan, jamoatchilik nazorati esa mehnat jamoalari va kasaba uyushmasi tashkilotlari tomonidan saylanadigan mehnatni muhofaza qilish boʻyicha vakillar tomonidan amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. Xavfsizlik boʻyicha umumiy talablar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-§. Mehnatni muhofaza qilish xizmatini tashkil etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Korxonalarda mehnatni muhofaza qilish borasidagi ishlarni tashkil qilish Mehnat muhofazasi boʻyicha ishlarni tashkil qilish toʻgʻrisidagi namunaviy nizomga (roʻyxat raqami 273, 1996-yil 14-avgust) muvofiq amalga oshirilishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Mehnat muhofazasi boʻyicha ishlarni tashkil qilish toʻgʻrisidagi namunaviy nizomga muvofiq korxonalarda mehnatni muhofaza qilish boʻyicha ichki nazoratning asosiy turlari quyidagilar hisoblanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishlarga rahbarlik qiluvchi va boshqa mansabdor shaxslarning tezkor nazorati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maʼmuriy-jamoatchilik nazorati (uch bosqichli nazorat);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bosh mutaxassislar xizmati tomonidan amalga oshiriladigan nazorat.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Quyidagilar nazorat qilinishi lozim:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ish joylarining ahvoli;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mehnat qonunchiligiga rioya qilinishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mehnatni muhofaza qilishni boshqarish vazifalarini amalga oshirishga doir ishlarni bajarish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni oʻz vaqtida, toʻgʻri oʻrganib chiqilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mehnatni muhofaza qilish chora-tadbirlarining bajarilishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mehnatni muhofaza qilishga ajratilgan mablagʻlarning toʻgʻri sarflanishi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Korxonalarda quyidagi asosiy hujjatlar ishlab chiqiladi (tasdiqlanadi) va yuritiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mehnat sharoitlari va mehnatni muhofaza qilish ishlarini yaxshilash, sanitariya-sogʻlomlashtirish chora-tadbirlari boʻyicha boʻlimni oʻz ichiga olgan jamoaviy shartnoma;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tasdiqlangan mehnat sharoitlarini baholash va ish oʻrinlarini attestatsiya qilish uslubiga muvofiq ish oʻrinlarini attestatsiya qilish kartalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mehnatni muhofaza qilish xizmatining choraklik ish rejalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishchilar va muhandis-texnik xodimlarni oʻqitish, yoʻl-yoʻriq berish va bilimlarini sinovdan oʻtkazish dasturlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mehnatni muhofaza qilish boʻyicha maʼmuriy-jamoatchilik nazoratini yuritish jurnali (uch bosqichli nazorat);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishchi va xizmatchilar bilan yongʻinga qarshi yoʻl-yoʻriq berish va yongʻin-texnikaviy minimum mashgʻulotlarini oʻtkazish dasturi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har bir kasb va ish turlari boʻyicha mehnatni muhofaza qilish yoʻriqnomalari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Respublikasining “Mehnatni muhofaza qilish toʻgʻrisida”gi Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, 5-son, 223-modda) 14-moddasiga muvofiq xodimlar soni 50 nafar va undan oshadigan korxonalarda maxsus tayyorgarlikka ega shaxslar orasida mehnatni muhofaza qilish xizmatlari tuziladi (lavozim joriy etiladi), 50 va undan ortiq transport vositalariga ega boʻlgan korxonalarda esa bundan tashqari yoʻl harakati xavfsizligi xizmatlari tuziladi (lavozimlar joriy etiladi). Xodimlar soni va transport vositalari miqdori kamroq korxonalarda mehnatni muhofaza qilish xizmatining vazifalarini bajarish rahbarlardan birining zimmasiga yuklatiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Mehnatni muhofaza qilish xizmati oʻz maqomiga koʻra korxonaning asosiy xizmatlariga tenglashtiriladi va uning rahbari yoki bosh muhandisiga boʻysunadi hamda korxonaning faoliyati tugatilgan taqdirda bekor qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Mehnatni muhofaza qilish xizmatining mutaxassislari lavozim yoʻriqnomasiga binoan ularning majburiyatlari jumlasiga kiritilmagan boshqa ishlarni bajarishga jalb qilinishi mumkin emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Korxonalarda mehnat faoliyati bilan bogʻliq ravishda sodir boʻlgan baxtsiz hodisalar va boshqa jarohatlanishlarni tekshirish va hisobini yuritish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1997-yil 6-iyundagi 286-sonli qarori bilan tasdiqlangan Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalarni va xodimlar salomatligining boshqa xil zararlanishini tekshirish va hisobga olish toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq amalga oshirilishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-§. Xodimlarga yoʻl-yoʻriq berish, oʻqitish va ularning bilimlarini tekshirish ishlarini tashkil etish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Korxonalarning barcha xodimlari, shu jumladan rahbarlari oʻz kasblari va ish turlari boʻyicha belgilangan tartibda oʻqishlari, yoʻl-yoʻriqlar olishlari, bilimlarini tekshiruvdan oʻtkazishlari hamda qayta attestatsiyadan oʻtishlari lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Bevosita ishlab chiqarishda ishlarni tashkillashtirish va bajarish bilan bogʻliq ishchilar, rahbarlar, muhandis-texnik xodimlarning mehnatni muhofaza qilish boʻyicha bilimlarini sinovdan oʻtkazish Mehnat muhofazasi boʻyicha oʻqishlarni tashkil qilish va bilimlarni sinash toʻgʻrisidagi namunaviy nizomga (1996-yil 14-avgust, roʻyxat raqami 272) muvofiq amalga oshirilishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Korxona maʼmuriyati barcha ishga kirayotganlar, shuningdek boshqa ishga oʻtkazilayotganlar uchun ishlarni bajarishning xavfsiz usullarini tashkil etishlari, mehnatni muhofaza qilish va baxtsiz hodisalarda jabrlanganlarga yordam koʻrsatish boʻyicha yoʻl-yoʻriqlar berishlari shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Bajarishi lozim boʻlgan ishi boʻyicha kasb va mutaxassisligiga ega boʻlmagan ishchilar ish joyida birlamchi yoʻl-yoʻriq olganlaridan soʻng kamida dastlabki 6 — 10 ta smena davomida sex boʻyicha farmoyish bilan tayinlangan tajribali ishchilar va muhandis-texnik xodimlarning rahbarligi ostida xavfsiz ish uslublariga oʻqitilishlari lozim. Oʻqitish korxona bosh muhandisi tomonidan tasdiqlangan dasturlar boʻyicha oʻtkazilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Ishga yangi qabul qilingan yoki oʻz mutaxassisligi boʻyicha bir sexdan boshqa sexga oʻtkazilgan ishchilar ishga qoʻyilishdan oldin bevosita ish joyida uchastka ustasi yoki boshligʻidan bexatar ish uslublari boʻyicha yoʻl-yoʻriq olishlari shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Ishlarni texnologik reglament boʻyicha xavfsiz yuritish yoʻriqnomalari Mehnat muhofazasi boʻyicha yoʻriqnomalarni ishlab chiqish toʻgʻrisidagi nizomga (roʻyxat raqami 870, 2000-yil 7-yanvar) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2000-y., 1-son) muvofiq ishlab chiqiladi va ishlovchilar hamda ish joylarini shu yoʻriqnomalar bilan taʼminlash korxona rahbariyati zimmasiga yuklatiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-§. Jamoaviy va yakka tartibdagi himoya vositalarini qoʻllash
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Ishlovchilarni zararli va xavfli ishlab chiqarish muhiti omillaridan himoya qilish tegishli standartlar va meʼyorlar talablariga mos jamoaviy va shaxsiy himoya vositalaridan foydalanish orqali taʼminlanishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Jamoaviy himoya qilish vositalari jumlasiga quyidagilar kiradi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishlab chiqarish xonalari va ish joylarining havo muhitini normallashtirish vositalari (shamollatish va havo tozalash, isitish, havo haroratini, namligini bir xil meʼyorda saqlash va boshqalar);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishlab chiqarish xonalari va ish joylarining yorugʻligini normallashtirish vositalari (yoritish asboblari, yorugʻlik oʻrinlari, yorugʻlikdan himoya qilish moslamalari va boshqalar);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shovqin, tebranma, elektr toki urishi, statik tok va uskunalar yuzasining yuqori darajadagi haroratdan himoya qilish vositalari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mexanik va kimyoviy omillarning taʼsiridan himoya qilish vositalari.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Jamoaviy himoya vositalari (ventilyatsiya, aspiratsiya, yerga ulash, mahalliy soʻrgʻichlar va boshqalar) zararli va xavfli ishlab chiqarish muhiti omillari xonadagi barcha ishlovchilarga taʼsir qilganda qoʻllanishi shart va korxonani qurish yoki rekonstruksiya qilish loyihalariga kiritilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Jamoaviy himoya vositalari zararli va xavfli omillarni ruxsat etilgan miqdorgacha kamaytirish imkonini bermagan hollarda shaxsiy himoya vositalari qoʻllanishi lozim. Bunday hollarda shaxsiy himoya vositalarisiz kishilarning ishtiroki va ishlar amalga oshirilishi taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Mehnat sharoiti noqulay ishlarda band boʻlgan xodimlar belgilangan normalar boʻyicha:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sut (shunga teng boshqa oziq-ovqat mahsulotlari);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
davolash-profilaktika oziq-ovqati;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
gazli shoʻr suv (issiq sexlarda ishlovchilar uchun);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
maxsus kiyim-bosh, maxsus poyabzal, boshqa shaxsiy himoya va gigiyena vositalari bilan bepul taʼminlanishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Shaxsiy himoya vositalaridan foydalangan holda ishlovchilar, ularning qoʻllanishi, himoya xususiyatlari, amal qilish muddati toʻgʻrisida maʼlumotlarga ega boʻlishi hamda ulardan foydalanishga oʻrgatilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Korxona maʼmuriyati yoki ish beruvchi quyidagilarni taʼminlashi shart:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
amaldagi meʼyorlar boʻyicha mazkur ishlab chiqarish uchun talab qilinadigan barcha shaxsiy himoya vositalarining zarur miqdori va nomenklaturasini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
himoya vositalarini qoʻllash va toʻgʻri foydalanish ustidan doimiy nazoratni amalga oshirishni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qoʻllanilayotgan himoya vositalarining samaradorligi va sozligini tekshirishni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shaxsiy himoya vositalaridan xavfli va zaharli moddalar muhitida foydalanilganda ularni degazatsiya va dezinfeksiya qilishni (bir marta qoʻllaniladigan himoya vositalari bundan mustasno).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Xodimlar Paxta tozalash va kanop-jut ishlab chiqarish korxonalari xodimlari uchun maxsus kiyim, maxsus poyabzal va boshqa yakka tartibdagi himoyalanish vositalarini bepul berishning namunaviy meʼyorlariga (roʻyxat raqami 1925, 2009-yil 18-mart) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 12-son, 138-modda) muvofiq yakka tartibdagi himoya vositalari bilan taʼminlanishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-§. Kasbiy tanlov
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Korxona oʻta xavfli sharoitda bajariladigan ishlar roʻyxatiga ega boʻlishi lozim. Roʻyxatda aniq texnologik jarayon, ishlab chiqarish uskunasi, ishlatiladigan xom ashyo va ishlarni amalga oshirish xususiyatlari bilan bogʻliq xavflar hisobga olinishi lozim. Roʻyxatga xavfli moddalar bilan bajariladigan ishlar, balandlikda, ifloslangan havo va suv muhitida, yuqori harorat va namlik sharoitida bajariladigan ishlar, bugʻ va suv isitish qozonlari, yuk koʻtarish mexanizmlari, bosim ostida ishlaydigan sigʻimlar, elektr uskunalarga xizmat koʻrsatish bilan bogʻliq ishlar va amaldagi tarmoq roʻyxatlariga muvofiq boshqa ishlar kiritilishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Oʻta xavfli ishlarga tegishli kasbiy maʼlumotga ega boʻlmagan shaxslarni qabul qilish man etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
28. Oʻta xavfli ishlarga xizmat koʻrsatish ishlari bilan shugʻullanish faqat belgilangan tartibda tasdiqlangan, maxsus oʻqitilganligi toʻgʻrisidagi guvohnomalarga ega boʻlgan shaxslarga ruxsat etilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Korxona mutaxassislari, ishlab chiqarish uchastkalarining rahbarlari tegishli maʼlumotga va ish tajribasiga, mehnatni muhofaza qilish talablariga mos darajada ishlarni tashkil etish qobiliyatiga ega boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Korxona xodimlari ishlarni xavfsiz yuritishga oʻqitilib, olingan bilimlari Mehnat muhofazasi boʻyicha oʻqishlarni tashkil qilish va bilimlarni sinash toʻgʻrisidagi namunaviy nizomga muvofiq sinovdan oʻtkazilishi va belgilangan tartibda rasmiylashtirilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Kasbiy tanlovdan soʻng ishga qabul qilingan xodimlarni kasbiy mahorati yuqori ekanligiga ishonch hosil qilish maqsadida nazorat oʻrnatish, zarur boʻlganda qayta yoʻl-yoʻriqdan oʻtkazish lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. “18 yoshga toʻlmagan shaxslarning mehnatidan foydalanish taqiqlangan noqulay mehnat sharoitiga ega ishlar roʻyxati”ga (roʻyxat raqami 1040, 2001-yil 9-iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2000-y., 11-son) muvofiq 18 yoshga toʻlmagan shaxslar zararli va noqulay mehnat sharoitidagi ishlarga qabul qilinmasligi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Korxona maʼmuriyati yoki ish beruvchi xavflilik darajasi yuqori boʻlgan ishlarni rejalashtirish, tashkillashtirish va ularga nisbatan belgilangan talablarga muvofiq holda amalga oshirish uchun toʻliq javobgar hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-§. Xodimlarning sogʻligʻini nazorat qilish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34. Korxona maʼmuriyati (yoki ish beruvchi) kasaba uyushmasi qoʻmitasi va vakolatli sogʻliqni saqlash organlari bilan birgalikda har yili davriy tibbiy koʻrikdan oʻtishi lozim boʻlgan xodimlarning roʻyxatini tuzishi hamda xodimlarning koʻrikka kelishini taʼminlashi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
35. Korxonalarda xodimlarning salomatligini nazorat qilish “Oʻzbekiston Respublikasida xodimlarni ishga qabul qilishda dastlabki va davriy tibbiy koʻrikdan oʻtkazish tizimini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi buyruq (roʻyxat raqami 937, 2000-yil 23-iyun) (Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralarining meʼyoriy hujjatlari axborotnomasi, 2000-y., 12-son) asosida amalga oshirilishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
36. Tibbiy koʻrikdan oʻtishdan yoki tibbiy komissiyalarning tekshiruvlar natijasida bergan tavsiyalarini bajarishdan boʻyin tovlagan xodimlarni maʼmuriyat ishga qoʻymaslikka haqlidir.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
37. Sogʻligʻi holatiga koʻra yengilroq yoki noqulay ishlab chiqarish omillarining taʼsiridan holi boʻlgan ishga oʻtkazishga muhtoj xodimlarni ish beruvchi, ularning roziligi bilan, tibbiy xulosaga muvofiq vaqtincha yoki muddatini cheklamay, ana shunday ishlarga oʻtkazishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
38. Tibbiy koʻriklar korxonaning tibbiy-sanitariya qismlari va poliklinikalari, ular mavjud boʻlmagan holda davolash-profilaktika muassasasi tomonidan oʻtkazilishi lozim. Tibbiy koʻriklar davolash-sogʻlomlashtirish tadbirlari belgilangan tekshirish dalolatnomasi bilan yakunlanishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
39. Korxona maʼmuriyati (yoki ish beruvchi) va kasaba uyushmasi qoʻmitasi tibbiy koʻrik dalolatnomasi bilan tanishib chiqishi, ish beruvchi esa dalolatnomada koʻzda tutilgan barcha tadbirlar va koʻrsatmalarni bajarishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
40. Davriy tibbiy koʻriklar oʻz vaqtida, sifatli oʻtkazilishi va ularning natijalariga koʻra tavsiyalar bajarilishi uchun javobgarlik korxonaning maʼmuriyati zimmasiga yuklanadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
41. Xodimlarni sogʻligʻi tufayli ularga ruxsat etilmagan ishlarda ishlatish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-§. Sanitariya va gigiyena talablari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
42. Ish hududida havodagi zararli moddalarning miqdori GOST 12.1.005-2000 SSBT “Ish zonasidagi havo. Umumiy sanitariya-gigiyena talablari”ga asosan ruxsat etilgan miqdorlaridan oshmasligi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
43. Ishlab chiqarish xonalarida ruxsat etilgan harorat, nisbiy namlik va havoning harakatlanish tezligi ish joylaridagi ortiqcha issiqlik, bajarilayotgan ishning ogʻirlik darajasiga koʻra, yil mavsumi hisobga olingan holda belgilanishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
44. Ishlab chiqarish xonalarida shovqin va tebranma darajasi GOST 12.1.003-89 SSBT “Shovqin. Umumiy xavfsizlik talablari”, GOST 12.1.012-90 SSBT “Tebranma. Umumiy xavfsizlik talablari” talablarida belgilangan miqdoridan oshmasligi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
45. Ishlab chiqarish, sanitariya-maishiy xonalarning, xom ashyo va tayyor mahsulotni saqlash xonalarining yorugʻligi QMQ 3.01.05-98 “Tabiiy va sunʼiy yorugʻlik. Loyihalashtirish meʼyorlari” talablariga javob berishi lozim. Shuningdek, toza xonalarda yoritish asboblari chang toʻplanishiga imkoniyat bermaydigan konstruksiyaga ega va singan taqdirda uning parchalari sochilib ketmasligi uchun yopiq boʻlishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
46. Elektr tokining odamga taʼsir etishini oldini olish boʻyicha xavfsizlik talablari GOST 12.1.019-86 SSBT “Elektr xavfsizlik. Umumiy talablar”ga muvofiq boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
47. Statik tokdan himoya qilish tadbirlari GOST 12.1.18-93 SSBT “Statik elektr. Uchqun xavfsizligi. Umumiy talablar” talablariga muvofiq amalga oshirilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
48. Ishlab chiqarish, sanitariya-maishiy xonalarni, xom ashyo va tayyor mahsulotni saqlash xonalarini gigiyenik jihatdan toza saqlash va xodimlarning shaxsiy gigiyenasiga qoʻyiladigan talablar qonun hujjatlarida belgilangan qoidalarga muvofiq boʻlishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
49. Zararli va xavfli mehnat sharoiti mavjud ishlab chiqarishlarda, shuningdek maxsus haroratli sharoitlardagi yoki ifloslanish bilan bogʻliq boʻlgan ishlarda band boʻlgan xodimlarga davlat boshqaruvi organlari tomonidan belgilangan meʼyorlarda maxsus kiyim, poyabzal va boshqa shaxsiy himoya vositalari, yuvuvchi va infeksiyani yoʻqotuvchi vositalar, sut yoki unga tenglashtirilgan mahsulotlar, davolovchi profilaktik ovqat bepul berilishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-§. Korxonalarning ishlab chiqarish binolari va xonalariga qoʻyiladigan talablar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
50. Korxona oʻz mahsulotining sifatiga salbiy taʼsir etuvchi ishlab chiqarishlardan yetarlicha uzoq boʻlgan masofada joylashgan boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
51. Korxonalarning binolarini qurish, qayta qurish va taʼmirlash ishlari QMQ 3.01.02-00 “Qurilishda xavfsizlik texnikasi” qoidalariga rioya etilgan holda amalga oshirilishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
52. Atmosfera yogʻinlarini chiqarib yuborish uchun moʻljallangan oqova suv tarnovlari tasdiqlangan jadvalga muvofiq muntazam ravishda tozalanishi va taʼmirlanishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
53. Yoʻllar, oʻtish yoʻllari va binolar, qurilmalar hamda inshootlar orasidagi hududlardan materiallarni saqlash uchun foydalanish, ularga uskunalar yoki ishlab chiqarish chiqindilarini taxlab qoʻyish man etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
54. Korxona hududida chekishga faqat maxsus ajratilgan, “Sanoat korxonalarida yongʻin xavfsizligi boʻyicha namunaviy qoidalar” SHMQ 2.01.02-04 ga muvofiq jihozlangan joylarda ruxsat etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
55. Ishlab chiqarishda ishlab chiqarish xonalari va omborxonalar avtomatik yongʻinni oʻchirish vositalari va avtomatik yongʻindan xabar beruvchi signalizatsiya bilan jihozlangan boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
56. Korxona maʼmuriyati binolar va inshootlarni saqlash, ularni ekspluatatsiya qilish va taʼmirlash ustidan nazoratni amalga oshirishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
57. Ishlab chiqarish xonalarida havo oqimini boshqaruvchi uskunalar va harorat, namlik va filtrlarda bosim oʻzgarishini oʻlchash moslamalari bilan jihozlangan samarali havo oqimini olish va havo tortish ventilyatsiya tizimi mavjud boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8-§. Maishiy va qoʻshimcha xonalarga, ularning soni, holati va joylashuviga qoʻyiladigan talablar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
58. Har bir korxonada QMQ 2.09.12-98 “Korxonalarning maʼmuriy va maishiy xonalari” qoidalari talablari va mazkur Qoidalarga muvofiq sanitariya-maishiy va qoʻshimcha xonalar qurilishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
59. Maishiy va qoʻshimcha binolarni loyihalash hamda qurish ularni ishlab chiqarish obyektlari bilan bir paytda ishga tushirish zarurligini hisobga olgan holda amalga oshirilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
60. Maishiy xonalar imkon qadar ish joylariga yaqin joylashtirilishi zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
61. Maxsus kiyim-kechak va badanning katta darajada ifloslanishini yuzaga keltiradigan muhitdagi uchastkalarda ishlovchi xodimlar uchun maxsus maishiy xonalar jihozlanishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
62. Uy va ish kiyimlari saqlanadigan garderoblar, hojatxonalar, yuvinish va choʻmilish xonalari erkaklar va ayollar uchun alohida boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
63. Kiyim almashtirish xonalari, dushxonalarning oʻlchamlari, dush setkalari, oyoq vannalari, bet-qoʻl yuvgichlari, isteʼmol suv taʼminoti qurilmalari, hojatxonalar va shu kabilar qurilmalarning soni, koʻpchilikni tashkil etadigan smenada ishlovchilarning soni hisobga olingan holda belgilanishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
64. Dushxonalar va hojatxonalardagi tarnovlar, kanallar, traplar, pissuarlar va unitazlar muntazam ravishda tozalanishi, yuvilishi va dezinfeksiya qilinishi lozim. Hojatxonalarning pollari quruq holda saqlanishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
65. Har bir yuvinish jihozi issiq va sovuq suv keladigan quvurlarga ulangan boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
66. Yuvinish xonalarida elektr quritgichlar, koʻzgu, kiyim ilgichlar, suyuq sovun uchun idishlar va qattiq sovun solgichlar, shuningdek, eng koʻp sonli smenada 40 kishiga bitta qurilma hisobidan kelib chiqqan holda qoʻlni xlorli eritmada yuvish moslamasi koʻzda tutilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
67. Maxsus kiyimni yuvish uchun korxonalarda kir yuvish xonalari boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
68. Ovqatlanish punktlari umumiy ovqatlanish korxonalari uchun belgilangan sanitariya qoidalari talablariga javob berishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9-§. Suv taʼminoti va kanalizatsiyaga qoʻyiladigan talablar
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
69. Suv bilan taʼminlash va kanalizatsiya tizimi QMQ 2.04.01-98 “Binolarni ichki suv quvuri va kanalizatsiyasi” talabiga mos kelishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
70. Korxonani xoʻjalik-ichimlik suvga boʻlgan ehtiyojini taʼminlash uchun suv bilan taʼminlash manbalari O“ZDST 950:2000 “Ichimlik suvi” talabiga muvofiq boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
71. Korxonani ishlab chiqarish oqova suvlari, tashqi kanalizatsiyaga yetib kelguncha zararli moddalardan tozalanishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
72. Tozalangandan soʻng suvda zararli moddalarni tarkibi sanoat korxonalarini loyihalashtirish sanitar normalari oʻrnatgan, chegaralangan ruxsat etilgan konsentratsiyasidan oshib ketmasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
73. Agar ichimlik suvning sifati xavfsizlikni taʼminlay olmasa, maxsus xona ajratilib, unda qaynatib sovutilgan suv yoki issiq choy tarqatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
74. Ichimlik suv saqlanadigan idishlar zanglamaydigan va yengil tozalanadigan va dezinfeksiyalanuvchi materiallardan, qopqogʻi zichlab berkitiladigan qilib yasaladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
75. Ichishga tarqatiladigan suvning harorati 20°Sdan koʻp va 8°S dan kam boʻlmagan holda boʻlishi va qaynatilgan suv har smenada kamida bir marta yangilanib turilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
76. Oqova suvlarini hosil qilish va suv havzalariga tushirish QMQ 2.04-01-98 “Oqova. Loyihalashtirish meʼyorlari” va QMQ 2.04-03-97 “Oqova. Tashqi tizimlar va inshootlar” talablariga muvofiq boʻlishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
77. Butun tashqi oqova tizimi yopiq boʻlishi lozim. Yogʻingarchilik (yomgʻir) suvlari va yuvish uchun xizmat qiladigan suvlar uchun moʻljallangan ochiq maydonchalarda novlar (lotoklar) oʻrnatilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
78. Sexlar ichidagi ifloslangan ishlab chiqarish oqova suvlari uchun oqova yopiq boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
79. Suyuq holdagi ishlab chiqarish chiqindilarining oqib tushish tizimlari suyuqlik orqa tomonga oqib tushishini bartaraf etish uchun moslashtirilgan boʻlishi lozim. Ushbu chiqindilar oʻtadigan joylar tegishli ventilyatsiya bilan jihozlanishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
80. Oʻziga xos ifloslanishlardan tozalab boʻlmaydigan oqova suvlari maxsus ajratilgan joylarga oqizilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
81. Korxona ishlab chiqarish va maishiy oqova suvlarining tozalanish samaradorligi yuzasidan muntazam laboratoriya nazoratini taʼminlashi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11-§. Ish joylarini va xonalarni yoritishga qoʻyiladigan talablar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
82. Korxona maydonida, ishlab chiqarish va yordamchi binolar va xonalarda tabiiy va sunʼiy yoritishlar QMQ 2.01.05-98 “Tabiiy va sunʼiy yoritish” talablariga muvofiq boʻlishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
83. Yoritish uskunalarini oʻrnatishda qandillarning turlari, lampalarning quvvati va ularning joylashishi tasdiqlangan loyihaga mos boʻlishi kerak. Montaj paytida va undan soʻng har qanday oʻzgarish va qoʻshimchalar amaldagi meʼyorlarga javob berishi va loyihaga tegishli oʻzgartirish kiritilgan holda amalga oshirilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
84. Bir tekis taqsimlangan umumiy yorugʻlik qandillari mashinalar guruhi orasidagi yoʻlaklarda, poldan 4,5 — 6 metr balandlikda, lokallashgan umumiy yorugʻlik qandillari esa ish kameralari tarafidan shneklarni boshqarish balandligida va operator tarafidagi maydonchadan 2 — 2,5 metr balandlikda joylashtirilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
85. Ishlab chiqarish sexlaridagi, xom ashyo omborlari va yuk tushirish-ortish maydonlaridagi texnologik uskunalar qoʻshimcha ravishda koʻchma yoritish moslamalari bilan taʼminlangan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
86. Ishlab chiqarish laboratoriyasida yoritishning kombinatsiyalashgan (umumiy va mahalliy) sistemasini yoki lokallashgan sistemasini qoʻllash kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
87. Ishlab chiqarish va yordamchi xonalardan odamlarni evakuatsiya qilishga moʻljallangan avariya yorugʻligi tegishli QMQ talablariga binoan bajarilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
88. Avariya yorugʻligi qandillari, ish yorugʻligi tarmogʻidan alohida mustaqil tarmoqqa ulanishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
89. Tashqi yoritish sistemasi, ichki yoritish sistemasidan qatʼi nazar, mustaqil boshqarish pultiga ega boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
90. Korxonalar asosiy ishlab chiqarish sexlarida, laboratoriyalarida, tarozixonalarida asosan lyuminessent lampalar qoʻyilishi kerak. Bunda asosiy texnologik sexlarda oq rang beruvchi (LB) lampalar, laboratoriya va tarozixonalarda LDS-1 va LD turidagi lampalar ishlatilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
91. Yengil alangalanuvchi va yonuvchan suyuqliklar omborida hamda akkumulyatorlarni zaryadlash xonalarida faqat portlashdan himoyalangan qandillar ishlatilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
92. Qandillarni, oynalarni, fonarlarni muntazam ravishda har oyda bir marta yuvuvchi moddalar bilan tozalab turilishi hamda kuygan lampalarni almashtirish xavfsizlikni taʼminlovchi uskuna va moslamalar yordamida amalga oshirilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
93. Qandillarni oʻrnatish va tozalash, lampalarni almashtirish hamda elektr tarmoqlarini sozlash ishlari elektr toki oʻchirib qoʻyilgan holda va bu ishlarni bajarishga ruxsati bor shaxs tomonidan bajarilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
94. Yoritish uskunalarini toʻgʻri ishlatish va texnik holatini nazorat qilish korxona boʻyicha buyruq bilan tayinlangan va texnik tayyorgarligi yetarli boʻlgan shaxsga topshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. Ishlab chiqarish (texnologik) jarayonlariga qoʻyiladigan talablar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-§. Materiallar omborlariga va yuk ortish-tushirish maydonchalariga qoʻyiladigan talablar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
95. Korxona hududiga keladigan materiallar va uskunalar uchun shu maqsadga ajratilgan va tayyorlangan maxsus omborlar hamda yuk ortish-tushirish maydonchalari boʻlishi va ularning tuzilishi va joylashishi “Umumiy maqsadlar uchun ombor binolari va inshootlari” QMQ talablariga mos boʻlishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
96. Omborlarda materiallarni taxlash usullari yoritilgan mehnat muhofazasi va yongʻin profilaktikasi boʻyicha yoʻriqnoma koʻrinarli joyga osib qoʻyiladi. Bu yoʻriqnomada ushbu omborda qanday materiallar, qancha miqdorda, qanday idishda saqlanishi mumkinligi koʻrsatilishi kerak. Koʻrinarli joylarga yuklarni joylash va ortish sxemasi osib qoʻyilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
97. Korxonalardagi yuk ortish-tushirish estakadalari, maydonchalari, platformalarining pollari vagon poli yoki avtomobil kuzovi tekisligi bilan barobar boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
98. Yuk ortish maydonchasi perimetri boʻyicha (bundan yuk tashish transporti yoʻli mustasno) balandligi 30 sm.li mustahkam himoyalovchi toʻsiq bilan toʻsilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
99. Yuk ortish-tushirish maydonchalari va estakadalari tekislangan va asfaltlangan boʻlishi kerak. Uning sathi suv toʻplanmaydigan boʻlishi va qish vaqtida muntazam ravishda qor va muzdan tozalab turilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
100. Bosim ostida boʻlgan ballonlar saqlanadigan omborlar, “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasi tomonidan tasdiqlangan “Bosim ostida ishlovchi idishlarni xavfsiz ishlatish va saqlash Qoidalari” talablariga mos boʻlishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
101. Siqilgan gaz, shu jumladan kislorod maxsus shamollatiladigan, ochiq alanga manbalaridan va payvandlash joylaridan himoyalangan, birinchi qavatda joylashgan va korxona hududiga alohida chiqiladigan xonaga joylashtirilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
102. Kalsiy karbidi zaxirasi quruq, yaxshi shamollatiladigan, yonmaydigan va tashqaridan yoritiladigan xonalarda saqlanishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
103. Kalsiy karbidini yertoʻlalarda saqlash taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
104. Bitta omborda kalsiy karbidi bilan birga, siqilgan gaz toʻldirilgan ballonlar, hamda kislorodli ballonlar va yonuvchi gazlar saqlanishi taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
105. Kislota alohida xonada saqlanishi kerak. U xonada faqat distillangan suv boʻlishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-§. Yuklarni koʻtarish va tashishda xavfsizlik talablari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
106. Qoʻlda koʻtarish va tashishda belgilangan meʼyorlaridan ortiq yuklarni koʻtarish va tashish ishlari mexanizatsiyalashtirilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
107. Barcha mexanizm va yuk koʻtarish uskunalari “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasi tomonidan tasdiqlangan “Yuk koʻtarish kranlarini xavfsiz ishlatish Qoidalari”ga mos boʻlishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
108. Yukni iluvchilar ishi, shu ishlarni xavfsiz bajarish yoʻriqnomasiga binoan bajarilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
109. Paxta toylari, bogʻlam va shu kabi narsalarni elektrotelfer bilan koʻtarishda ilgakni koʻtarish chegaralagichi boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
110. Elektrotelfer, ilgagidan toylar tushib ketishini oldini olish uchun himoya qurilmalari bilan taʼminlangan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
111. Yuklarni koʻtarish va tashish vaqtida tugun va sirtmoqlarni toʻgʻrilash va sirpanib ketgan arqonni toʻgʻrilash taqiqlanadi. Yukni odamlar ustidan koʻtarib oʻtish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
112. Yuk koʻtarish-tashish uskunalarining texnik holati va toʻgʻri ishlatilishi ustidan nazorat buyruq bilan tayinlangan, maxsus oʻqitilgan, attestatsiyadan oʻtgan muhandis-texnik xodimga topshirilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
113. Yuk koʻtarish uskunasiga koʻtarishi mumkin boʻlgan yukning ogʻirlik chegarasi, oʻtkazilgan sinovning vaqti va kelgusi sinov vaqti yozib qoʻyilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
114. Transport vositalari oʻlchamlari va konstruksiyasi, tashiladigan yukning oʻlchamiga mos boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-§. Yongʻin va portlash xavfsizligi talablari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
115. Ishlab chiqarishda oʻrganilmagan yongʻin va portlash xavfi va toksik xususiyatlariga ega boʻlgan moddalar va materiallarni ishlab chiqarish jarayonida qoʻllash taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
116. Texnologik obyektlarning portlash xavfliligi holati yuzasidan belgilangan tartibda nazorat oʻrnatilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
117. Texnologik jarayonlar joylashtirilgan binolar va xonalarning portlash jihatidan xavflilik toifalari loyiha tashkiloti tomonidan TLTM 24-86 “Texnologik loyihalashtirish tarmoq meʼyorlari”ga muvofiq har bir holat uchun alohida aniqlanishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
118. Texnologik jarayonlarni amalga oshirishda yongʻinlar, portlashlar, avariyalar, zaharlanishlar sodir boʻlishi hamda atrof muhit ishlab chiqarish chiqindilari (oqova suvlari, ventilyatsiya chiqindilari va shu kabi) bilan ifloslanish ehtimolini istisno etadigan sharoitlar taʼminlanishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
119. Barcha ishlab chiqarish sexlari, xom ashyo va tayyor mahsulot omborxonalari, maʼmuriy va boshqa yordamchi binolar hamda inshootlar dastlabki yongʻinni oʻchirish vositalari bilan taʼminlangan boʻlishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
120. Ventilyatsiya tizimi yongʻindan darak beruvchi signalizatsiya bilan birlashtirilgan boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-§. Shovqin va titrashga qoʻyiladigan talablar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
121. Shovqin darajasi ish joylarida, xonalarda va korxona hududida GOST 12.1.003-83, titrash darajasi esa GOST 12.1.012-90 talablariga muvofiq boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
122. Ish joylarida shovqin va titrash darajasini muntazam nazorat qilib turish kerak. Agarda u belgilangan meʼyorlardan yuqori boʻlgan hollarda uni pasaytirish uchun quyidagi tadbirlar qoʻllanishi lozim:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
detallarning zarbali harakatlarini zarbasiz harakatlarga, ilgarilama-qaytma harakatlarni aylanma harakatlarga oʻzgartirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shovqin chiqaruvchi agregat yoki uning ayrim qismlariga shovqinni toʻsuvchi qobiqlar oʻrnatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
agregatdan chiqayotgan aerodinamik shovqinlarga qarshi samarali tovush soʻndirgichlar qoʻllash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
shovqinli uskunalarni (ventilyator, kompressor) toʻsilgan xonalarda yoki sexdan tashqarida joylashtirish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
titrashni kamaytirish uchun, uning manbalarini (elektr dvigatellar, ventilyatorlar va shunga oʻxshashlar) mustaqil poldan va binoning boshqa konstruksiyalaridan izolyatsiyalangan poydevorlarda yoki maxsus hisoblab chiqilgan amortizatorlarga oʻrnatilishi kerak. Bu agregatlarni bino konstruksiyalariga qattiq mahkamlab qoʻyish taqiqlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishchilar dam olishi uchun shovqindan izolyatsiyalangan xonalar tashkil qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ishchilarni eshitish aʼzolarini shaxsiy himoya vositalari bilan taʼminlash.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
123. Asboblar, mexanizm va uskunalarda ishlayotgan ishchilarning qoʻliga berilayotgan titrash hamda ish joylaridagi umumiy texnologik titrash davlat standartlari va sanitariya meʼyorlarida belgilangan meʼyoridan yuqori boʻlmasligi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
124. Ishlab chiqarish xonalarida shovqinni texnik vositalar bilan bartaraf etishning iloji boʻlmasa, shaxsiy himoyalanish vositalaridan foydalanish kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-§. Ishlab chiqarish uskunalari avtomatik oʻchishini taʼminlovchi nazorat va texnologik jarayonlarni boshqarish tizimlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
125. Portlash jihatidan xavfli texnologik jarayonlar uchun texnologik uskunalarda avariyaga qarshi himoya tizimlari nazarda tutiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
126. Avariyaga qarshi himoya tizimlari texnologik jarayonni boshqarishning umumiy tizimiga ulangan holda boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
127. Avariyalarni oldini olish maqsadida texnologik tizimlarda avariyaga qarshi qurilmalarni, jumladan, qulflash, klapanlar, ajratuvchi va boshqa oʻchiruvchi hamda bosim qiymati oshib ketishiga qarshi saqlovchi qurilmalarini qoʻllash tavsiya qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
128. Texnologik jarayonni olib borish xavfsizligi aniq bir parametrlar (harorat, bosim va boshqalar) bilan belgilanadigan barcha apparatlarda signal beruvchi, rostlovchi, oʻziyozar, koʻrsatuvchi va boshqa asboblar oʻrnatilgan boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
129. Mehnat sharoitlari xavfsizligini taʼminlash va texnologik jarayonning parametrlarini nazorat qilish uchun ishlab chiqarishlar nazorat-oʻlchov asboblari, avariya, ogohlantiruv va texnologik signalizatsiyalar bilan taʼminlangan boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
130. Korxona va sex rahbariyati qonun hujjatlariga muvofiq zararli ish sharoitlarini bartaraf etish, baxtsiz hodisalarni oldini olish va ish joylarini tegishli sanitariya-gigiyena talablariga mos holda saqlanishini taʼminlash boʻyicha zaruriy choralarni koʻrishi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-§. Paxtani tashishda xavfsizlik talablari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
131. Avtomashina yoki traktorlarda hamda mexanizmlar yordamida bajariladigan ortish-tushirish ishlarida ishlashga quyidagi shaxslarga ruxsat beriladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18 yoshga toʻlganlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu kasbda ishlashga huquqi borligi haqida guvohnomasi bor shaxslar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
texnika va yongʻin xavfsizligi boʻyicha yoʻriqnoma olgan va imtihon topshirgan shaxslar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tibbiy koʻrikdan oʻtganlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
132. Avtomobillar va traktorlarning gaz chiqarish quvurlari sozlangan uchqun oʻchirgich bilan taʼminlangan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
133. Paxta xom ashyosini tashishda traktorga toʻrttadan ortiq tirkama ulash taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
134. Paxta tayyorlash punktlarida traktor va avtomobillarning tezligi 10 km/s dan, burilishlarda esa — 5 km/s dan oshmasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
135. Tirkama aravani orqaga yurgazishda uning burilib ketmasligi chorasini koʻrish kerak. Orqaga yurgazish uchun yaqinida turgan odamlarni ogohlantirish va tovush signali berish kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
136. Paxtani avtomashina, traktor va tirkamalarda tashilganda, ular bortlaridan paxta oshib ketmasligi va brezent yoki qalin mato bilan yopilishi va bortning hamma tomonidan 10 — 15 sm pastga tushib turishi kerak. Ustiga toʻshalgan brezent yoki mato arqon bilan bogʻlab qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
137. Avtomobil, traktor va tirkamalar bortlarida odamlarni tashish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
138. Avtotransport vositalarining bortlari ustiga brezentlarni tortish yoki tushirish uchun chiqqanda yuqori uchiga ilgak ilingan tirkama narvonlardan yoki kuzovlarda mavjud boʻlgan vertikal narvonlardan foydalaniladi. Avtomobil kuzovi ustida paxtani zichlovchilar himoya kamarlari va uzunligi 2,6 m boʻlgan, qarama-qarshi bortlarga bogʻlangan arqonlar bilan taʼminlanishlari kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
139. Avtotransport bortida paxta bor vaqtda uchqun chiqaruvchi asbob-anjomlardan foydalangan holda sozlash ishlarini olib borish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-§. Paxtani gʻaramlarga va omborlarga joylashda xavfsizlik talablari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
140. Mexanizmlar yordamida paxtani gʻaramlarga joylashda ularning balandligi 8 m dan oshmasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
141. Paxtani gʻaram maydoniga qabul qiluvchi-uzatuvchi va tasmali transportyor yordamida uzatib beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
142. Mexanizatsiya vositalarini ishga tushirishdan oldin mashina yonidagi va gʻaram ustidagi odamlarni ovoz bilan ogohlantirish kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
143. Gʻaram maydoniga birvarakayiga ikkita transportyor oʻrnatiladi, ularning har biri gʻaramning uzunligi boʻyicha yarmiga paxta uzatishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
144. Sutkaning qorongʻi vaqtlarida gʻaram maydonlari maxsus machtalarga oʻrnatilgan projektorlardan yoritilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
145. Balandligi 5 m dan ortiq boʻlgan gʻaramlarga koʻtarilishda suriluvchi narvonlardan foydalanish kerak. Bu narvonlarda ishlashga maxsus oʻqitilgan, uning tuzilishini yaxshi biladigan, unda xavfsiz ishlash usullarini biladigan shaxslarga ruxsat beriladi. Balandligi 5 m gacha boʻlgan gʻaramlardan tushish va chiqish tirkama narvonlar yordamida amalga oshirilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
146. Paxta gʻaramlarida tunnel qazishni gʻaram oʻrnasha boshlagandan soʻng 10 — 12 kun oʻtkazib bajariladi va bunga albatta naryad-ruxsat olishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
147. Tunnel qazish ishini qoʻlda bajarishda, bu ishni kamida ikki kishi bajaradi, ulardan bittasi gʻaramning tashqarisida turishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8-§. Gʻaramlardan paxtani titib olishda xavfsizlik talablari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
148. Gʻaramdan paxtani titib oluvchi mashina ishini tashqaridan turib boshqarish pulti orqali amalga oshiriladi. U mashina oʻqidan chapga yoki oʻngga kamida 5 m va gʻaramdan kamida 10 m masofada boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
149. Paxtani gʻaramdan titib oluvchi mashina tishlarining uchi (freza qoziqlari) rangli metalldan yoki plastmassa boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
150. Paxtasi titib olinayotgan gʻaram atrofi 2 m masofada arqon bilan oʻrab qoʻyiladi va “Xavfli maydon” deb yozilgan ogohlantiruvchi belgi qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
151. Mashina harakatlanayotgan vaqtda kabelni surishga ishchida albatta dielektrik qoʻlqop boʻlgan taqdirdagina ruxsat beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
152. Paxtani gʻaramdan birinchi marta olishda 15 — 20° nishablikda olish kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
153. Mashinada ish vaqtida paydo boʻlgan nosozlikni bartaraf qilish uchun uni gʻaramdan kamida 5 m uzoqlikka olib borish, strelkasini pastki holatiga tushirib, elektr manbaidan uzib qoʻyish kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9-§. Paxtani gʻaramdan va yopiq omborlardan qoʻlda olishda xavfsizlik talablari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
154. Paxtani gʻaramlardan va yopiq omborlardan qoʻlda olishga favqulodda hollarda, mashinalar buzilib qolganda ruxsat etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
155. Paxtani gʻaramning ustida turib pastga tashlayotgan ishchilar himoyalovchi moslamalardan foydalanishlari kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
156. Gʻaramdan paxtani olish unda tik devorlar hosil qilish va katta paxta boʻlaklarini yerga yoki transportyor tasmasiga tashlash taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
157. Gʻaramning pastki qismi ikki metr masofada arqon yoki sim bilan oʻrab qoʻyiladi va “Xavfli maydon” deb yozilgan ogohlantiruvchi belgi osib qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. Ishlab chiqarish uskunalariga qoʻyiladigan xavfsizlik talablari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-§. Ishlab chiqarish uskunalariga qoʻyiladigan umumiy talablar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
158. Barcha qoʻzgʻalmas uskunalar, agregat va dastgohlar ishlab chiqargan zavod koʻrsatmasiga binoan mustahkam asoslarga va poydevorlarga oʻrnatilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
159. Barcha aylanuvchi va harakatlanuvchi qismlar (vallarning chiqib turgan uchlari, harakat uzatuvchi tasmalar va boshqalar) toʻsilgan boʻlishlari kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
160. Toʻsiqlar mustahkam, yengil, ishonchli ravishda mahkamlangan boʻlishi va qisib qoluvchi tirqishlari, kesib oluvchi va oʻtkir burchaklari boʻlmasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
161. Ogʻirligi 5 kg dan ortiq boʻlgan toʻsiqlar ushlash uchun qulay dastaklarga ega boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
162. Oʻzidan changli havo chiqaruvchi ishlab chiqarish uskunalari zichlab berkitilishi va chang havoni soʻrish moslamalari bilan taʼminlangan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
163. Yangi oʻrnatilgan yoki kapital sozlashdan chiqqan uskunalarni xavfsizlik texnikasi muhandisi ishtirokida dalolatnoma tuzilgandan keyin ishlatishga ruxsat berilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
164. Mashinani sozlash, tozalash, moylash va kamchiliklarini bartaraf qilish bilan bogʻliq boʻlgan barcha ishlarni bajarish elektr taʼminotidan uzib qoʻyilgan, butunlay harakatdan toʻxtagan va ogohlantiruvchi belgi osib qoʻyilgan holatda bajarilishi lozim. Mashinani yurgazish belgini osib qoʻygan shaxs tomonidan amalga oshirilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
165. Toʻsiqlarning va himoyalovchi moslamalarning hamda asboblarning sozligi sex (boʻlinma) rahbariyati tomonidan muntazam tekshirib turilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
166. Montaj va demontaj vaqtida qoʻllanadigan tagliklar va koʻtarish mexanizmlari ish boshlashdan avval sinab koʻrilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
167. Ishlab turgan korxonalarda montaj va demontaj ishlarini olib borishda ochiq alanga hamda uchqun chiqaruvchi turli mexanizm va moslamalardan foydalanish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
168. Moylangan artish materiallarini (lattalar) faqat metall yashiklarda saqlash va ishlatilganlarini yoqib yuborish yoki zavod yongʻin xavfsizligi belgilagan joyga tashlash lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-§. Elektr uskunalarni ishlatish vaqtida elektr xavfsizligi talablari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
169. Elektr qurilmalarini va tarmoqlarini montaj qilish va ishlatish vaqtida “Isteʼmolchilarning elektr qurilmalaridan texnik foydalanish qoidalari” (IEQ TEQ) (roʻyxat raqami 1383, 2004-yil 9-iyul) (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2004-y., 27-son, 317-modda) va “Isteʼmolchilarning elektr qurilmalaridan foydalanishda texnika xavfsizligi qoidalari” (IEQEQ XTQ) (roʻyxat raqami 1400, 2004-yil 20-avgust) talablariga rioya qilish kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
170. Har bir korxonada maʼmuriyat buyrugʻi bilan tegishli muhandis-texnik xodimlardan korxona elektr xoʻjaligining umumiy holati uchun javobgar shaxs tayinlanishi va undan IEQEQ XTQ va mazkur Qoidalarni bajarilishini taʼminlash talab etilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
171. Shaxsning bilimi tekshirilib, elektr xavfsizligi boʻyicha kuchlanishi 1000 V gacha boʻlgan elektr uskunalarga IV guruh, elektr xavfsizligi boʻyicha kuchlanishi 1000 V va undan yuqori boʻlgan uskunalar boʻyicha V guruh berilgandan keyin javobgar shaxsni tayinlash haqidagi buyruq chiqariladi. Korxonada bosh energetik lavozimi boʻlsa, elektr xoʻjaligi boʻyicha javobgarlik unga yuklanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-§. Vintli konveyerlar (shneklar) va elevatorlarga qoʻyiladigan talablar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
172. Konveyerlar joylashtirilgan yer osti kanallari olinadigan metall qopqoqlar bilan yopilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
173. Vintli konveyerlarning qopqogʻi tarnoviga sharnirlar bilan biriktirilishi, ichiga botib turadigan ochish uchun dastagi boʻlishi va konveyerning zichligini yaxshi taʼminlashi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
174. Qopqoqlar konveyer elektr dvigateli bilan blokirovka qilingan boʻlishi va ochilgan paytida 100 — 110° da yaxshi oʻrnashishi va qayta yopilib qolish ehtimoli boʻlmasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
175. Vintli konveyer yer ustidan oʻtgan hollarda uning ustidan oʻtish uchun koʻprikcha yasalishi va oʻtish maydonchasi yuzasi sirpanib ketmaslik uchun gʻadir-budur boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
176. Agar vintli konveyer 2 metr va undan balanddan oʻtsa, uning butun uzunligi boʻyicha eni 0,7 metrli ish maydonchasi qilinishi va balandligi 0,9 metrli toʻsiq bilan taʼminlanishi, polining atrofi balandligi 0,1 metr toʻsiq bilan va unga chiqish uchun toʻsiqli narvon bilan taʼminlanishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
177. Konveyer har bir jin va linter qarshisidagi lotok ostidan chigitlarni ajratib olish uchun yaxshi mahkamlangan panjara bilan taʼminlanishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
178. Shnekni sozlash yoki uning tarnovini tozalash ishlari, konveyer toʻla toʻxtatilgan va tasodifiy yurib ketishining oldini oluvchi blokirovka soz boʻlgandagina amalga oshirilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
179. Harakatlanuvchi qismlari toʻsilmagan, oʻchirgich moslamalari sozlanmagan yoki qopqoqlarning blokirovkasi oʻrnatilmagan hollarda ularni ishlatish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
180. Elevatorlarni narvonlar bilan taʼminlangan qoʻzgʻalmas maydonchalari boʻlishi kerak. Maydonchalarning atrofi 0,9 metr balandlikda toʻsilgan va pastida 0,1 metr toʻsigʻi boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
181. Elevator qobigʻi pastki taranglashtiruvchi barabandan 2-2,5 metr balandlikda joylashgan nazorat darchalariga ega boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
182. Elevatorning pastki qismida balandligi 1 metr boʻlgan toʻsiq yopqichi bor eshigi boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
183. Elevatorning pastki qismida chang soʻrish sistemasi boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-§. Paxtani quritish uskunalariga qoʻyiladigan talablar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
184. 2SB-10 markali quritish uskunasi harakat uzatish qismining toʻsigʻi zichlab berkitilishi va elektr dvigateli bilan blokirovka qilinishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
185. Qurigan paxta yigʻiladigan chuqurcha atrofida 1 metrli toʻsiq va yopqich bilan taʼminlangan eshik boʻlishi kerak. Yonma-yon ikki va undan ortiq quritgich oʻrnatilgan taqdirda, qurigan paxta uchun bitta umumiy chuqurcha qilinishi va oʻtish koʻprikchasi bilan taʼminlangan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
186. Baraban ichida bajariladigan barcha sozlash ishlariga issiq havo toʻxtatilib, baraban ichidagi hamma paxta chiqarib olingach, sovuq havo yuborilib, elektr toki tarmogʻidan oʻchirilgandan soʻng, ogohlantiruvchi belgi osilgan holda ruxsat etilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
187. 2SBS va 2SB-10 quritgichlari yurgazish haqida ogohlantiruvchi signal berish moslamasi bilan taʼminlanishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
188. Barabanning ichki qismini sozlash vaqtida yoritish uchun 12 V kuchlanishga ega boʻlgan koʻchma lampalardan, dielektrik qoʻlqoplar, dielektrik kalish va rezina gilamchalar kabi shaxsiy himoya vositalaridan foydalanish kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
189. Ish paytida konstruksiyasida koʻzda tutilgan barcha blokirovkalar soz holatda boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
190. Quritgich toʻxtatilganda smena ustasining ruxsatisiz baraban ichiga odam kirishiga yoʻl qoʻyilmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
191. Quritgichni ishga tushirishdan avval uning ichida odam yoʻqligiga ishonch hosil qilish kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
192. Harakat uzatuvchi tasmalar va biriktiruvchi muftalar mustahkam toʻsqichlar bilan toʻsilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
193. Issiqlik generatorining shiberlari, tutun soʻrgich apparati yoʻnaltiruvchisi va forsunkalari nosoz boʻlsa hamda yetarlicha yoritilmagan boʻlsa, ishga tushirish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
194. Issiqlik generatorlarini ishga tushirishdan oldin oʻtxonani shamollatish va unda gaz hidi yoʻqligiga hamda gaz quvurining butunligiga ishonch hosil qilish kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
195. Issiqlik generatorlarining elementlari va uzellari va qiziydigan yordamchi elementlari harorati 45°dan oshmaydigan issiqlik izolyatsiyasiga ega boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
196. Oʻtxonalarda ishlashga 18 yoshga toʻlgan, tasdiqlangan dastur boʻyicha oʻqitilgan, tibbiy koʻrikdan oʻtgan, oʻtxonalarda ishlash huquqini beradigan belgilangan namunadagi guvohnomaga ega boʻlgan shaxslarga ruxsat beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
197. Oʻtxonalarda koʻrinarli joyga isitish kommunikatsiyalari sxemasi, oʻtxonani isitish vaqtida yongʻin xavfsizligi, xavfsizlik texnikasi va ishlatish boʻyicha yoʻriqnomalar osib qoʻyilgan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
198. Gaz bilan quritishda, gaz magistralida plombalangan saqlovchi klapanlar mavjud boʻlgandagina gaz ishlatishga ruxsat etiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
199. Suyuq yoqilgʻi ishlatilganda uni saqlash rezervuarlari yongʻin xavfsizligi hamda yengil alangalanuvchi va yonuvchi suyuqliklarni saqlash omborlariga qoʻyiladigan texnik shartlari va talablariga muvofiq boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
200. Amaldagi har bir rezervuar loyihada va tegishli Davlat standartida koʻrsatilgan uskunalar komplekti bilan taʼminlanishi kerak.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
201. Rezervuarlar dastlabki oʻt oʻchirish vositalari bilan taʼminlanishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
202. Har bir yer usti rezervuari, quvurlar tizimi va suyuq yonilgʻini soʻruvchi apparatlar ishonchli ravishda yerga ulanishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
203. Rezervuarlardagi yoqilgʻi sathini poʻlat tasma yordamida oʻlchashda, tasma taqaladigan teshikning ichki devorlari uchqun chiqarmaydigan maxsus moslama bilan jihozlangan boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
204. Suyuq va gazsimon yoqilgʻidan foydalanilganda oʻtxonadagi avtomatik uskunalarning barchasi soz holatda boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
205. Rezervuar va sisternalarning ichki qismini tashqi havo bilan aloqada boʻlishi uchun ular nafas naychalari yoki klapanlari bilan taʼminlangan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
206. Suyuq yoqilgʻi saqlanadigan rezervuarlar parki kechasi yongʻin xavfsizligi va xavfsizlik texnikasi talablariga javob beruvchi yorugʻlikka ega boʻlishi va yashin qaytargichlar bilan taʼminlangan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-§. Paxta tozalovchi uskunalarga qoʻyiladigan talablar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
207. CHX-3MI tozalagich qobigʻida oʻrta choʻtkali val qarshisida mashinaning butun eni boʻyicha nazorat oynasi, mashina yurgazgichi bilan blokirovka qilingan ochiluvchi qopqogʻi boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
208. Qoziqli barabanning harakatni uzatuvchi qismini toʻsigʻi va tozalovchi CHX-3MIning variatorida ochiluvchi qopqoq boʻlishi va u baraban elektrodvigateli bilan blokirovka qilingan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
209. Tozalovchi CHX-3MI arrali barabanlari qobiqlarini berkituvchi uskunalari boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
210. Tozalovchi CHX-3MIning ochiluvchi qopqoqlaridan (ikkitasi yon tomonidan, uchtasi orqa tomondan) faqat blokirovka qilingan toʻsiqlari ochilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
211. Tozalovchi CHX-3MIning paxta tushiruvchi lotogi namuna olishga moʻljallangan ochilib yopiladigan qopqoq bilan taʼminlanishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
212. Tozalovchilarning qopqoqlari yaxshi yopilishi va mashina ishini nazorat qilish uchun darchalari boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
213. Tozalovchilar chang havoni soʻruvchi uskunalarga ega boʻlishi va ular sexning umumiy ventilyatsiya sistemasiga ulangan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
214. Tozalovchi CHX-3MIning yuqorida joylashgan qismlarini boshqarish uchun maxsus maydonchali koʻchma narvondan, CHX-3M2 tozalovchida esa ushlagichi va maydonchasi bor boʻlgan koʻchma narvonlardan foydalaniladi. Narvon mashinaga ilgaklar yordamida ilib qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
215. Kolosnik panjaralarini, arrali va qoziqli barabanlarni tozalash, oʻralib qolgan paxtalarni olish ishlari blokirovka qilingan qopqoq va yon toʻsiqlar ochilib, ogohlantiruvchi plakatlar osib qoʻyilgandan soʻng bajarilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
216. Tozalovchi 6A12M1ning ochiluvchi qopqoqlari va eshiklarining zichlovchilari va ilgaklari soz holatda boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
217. 6A12M1 tozalovchisining yuqoridagi qopqogʻi qoziqli baraban harakat uzatuvchisi bilan blokirovka qilingan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
218. 6A12M1 tozalovchisidagi qoziqli shneklarning ochiq joylari mashinadan paxta tushadigan qismlarida maxsus qobiq bilan yopilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
219. 6A12M1 tozalovchisidagi qoziqli barabanlarning yuqoridagi qismlarini boshqarish va mashinani tozalash uchun ish maydonchalari va ushlagichlar bilan taʼminlangan narvonlari boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
220. Tozalagichlar chang tortish tizimiga ega boʻlishi va sexni changsizlantirish ventilyatsiyasiga ulangan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
221. Toʻrning yuzasini yopib turuvchi, ochiluvchi qopqoq ochiq holatda turishi hamda qulf-dastagi boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-§. Jinlarga va tola tozalagichlarga qoʻyiladigan talablar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
222. Jinlarning arrali silindri butun uzunligi boʻyicha pastki va orqa tomonidan (kolosniklar orqasidan) himoyalovchi panjara bilan toʻsilgan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
223. Jin kamerasi ajraluvchi fartugining yopiq holatda ishonchli ravishda ushlab turuvchi elektr dvigateli bilan blokirovka qilingan maxsus yopqichi boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
224. Jinning ish kamerasi koʻtarilgan holatda qattiq sharnirli tirsak bilan tutib turilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
225. Jindagi kolosnikli panjaraning pastki qismi chigitlarning oʻtishini nazorat qilish imkonini beradigan darchali qopqoq bilan berkitilgan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
226. Jinning kolosnikli panjarasi koʻtarish, yechib olish va koʻtarilgan holatida mustahkam ushlab qolish imkonini beradigan moslamaga ega boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
227. Jindagi chiqindi chiqaruvchi shnekning mashinadan chiqib turgan qismining ustida qopqoq boʻlishi, agar chiqindilar havo bilan soʻrib olinsa, bu qopqoqning ustida teshikchalar boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
228. Jindagi kolosnikli panjara shunday oʻrnatilishi kerakki, arralar koʻtarilgan holatida kolosniklar yuzasidan chiqib turmasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
229. Jindagi kolosnikli panjarani faqat ish kamerasi koʻtarilgan holatda tozalash kerak. Bunda kolosniklarning pastki qismini (fartuk osti) yogʻoch belkuraklar, yuqori qismini esa maxsus moslamalar bilan tozalash (ilgak, uch shoxli pichoq va shunga oʻxshash) kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
230. Jindagi havo kamerasi chetlarini ish kamerasi koʻtarilgan holatda va arrali silindrni yogʻoch tayoqcha bilan toʻxtatib tozalash kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
231. Valikli jinlarning asosiy barabanlarini yopib turuvchi qopqoq (fartuk) jinning elektr dvigateli bilan blokirovka qilingan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
232. Valikli jinlarning taʼminlovchi lotogi nazorat darchasi boʻlgan ochiluvchi qopqoq bilan yopib qoʻyilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
233. Valikli jinlardagi qoziqli baraban oldidagi havo teshikchalarini berkitib turuvchi ochiladigan qopqoq zichlovchi tiqinlarga va qulay qulf-dastaklarga ega boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
234. Arrali va valikli jinlarning, yerdan 2 metrdan balandda joylashgan qismlarini boshqarish uchun, kengligi 0,8 metrdan kam boʻlmagan, toʻsiq va narvon bilan taʼminlangan maxsus maydonchasi boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
235. Tezlashtiruvchi valikni harakatga keltiruvchi yassi qayishni harakatlanib turganda kiydirish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
236. Mashina ishlab turgan paytda harakatlanib turgan qismlari va vallaridan ilinib qolgan paxta tolalarini olib tashlash taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
237. Bolgʻachalarni sozlash paytida valik yuzasidagi qayishni olib qoʻyish kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
238. Ish valigidagi oʻlik tolalar tushadigan ariqchani tozalash uchun maxsus arrachadan yoki maxsus ariqchani tozalash asbobidan foydalanish kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
239. Tola tozalagichning tasmali transportyorining yuqori qismi ochiladigan va qulflanadigan qopqoq bilan taʼminlangan metall qobiq ichiga joylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
240. Tola tozalagichining arrali silindrlari ustidagi ochiluvchi qopqogʻi mashinaning va jinning elektr dvigatellari bilan blokirovka qilingan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
241. Qopqoqlari ochilganda mustahkam turishi va dastak-qulf bilan taʼminlangan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
242. ZOVPM tola tozalagichining chiqindilar kamerasini toʻsuvchi panjara oʻz holatida mustahkam turishi va mashinaga harakat uzatuvchi qism bilan blokirovka qilingan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
243. Havo beruvchi va uzatuvchi qismlarning mashina qobigʻidagi teshiklari arrali silindr yuzasidan kamida 0,8 metr masofada boʻlishi kerak. Agar bu masofa 0,8 metrdan kam boʻlsa, bu teshiklarni berkituvchi qopqoqlar elektr dvigateli bilan blokirovka qilingan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
244. Tolani soʻrib ketuvchi quvurga tola tiqilib qolsa, uni tozalash uchun maydonchasi va toʻsiqlari boʻlgan narvondan foydalaniladi. Bunda ish boshlashdan avval ventilyator oʻchirib qoʻyilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-§. Arrali linterlarga qoʻyiladigan talablar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
245. Ish kamerasining fartugi linterni yurgizish va toʻxtatish qismi bilan blokirovka qilingan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
246. Arrali silindr pastdan butun uzunligi boʻyicha ogohlantiruvchi panjara bilan toʻsilgan boʻlishi, u esa oʻz navbatida kolosnikli panjaraning pastki qismi bilan va ogohlantiruvchi taroq bilan sharnirli birikishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
247. Arralar valining uchi silindr qobiq bilan toʻsilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
248. Linterlar chang havoni va chiqindilarni havo yordamida soʻruvchi ventilyatorlar bilan taʼminlanishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
249. Lintni soʻrib ketuvchi kamerada va havo quvurining uchidagi tiqilib qolgan tolani maxsus metall ilgaklar bilan tozalash kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8-§. Gidropress qurilmalariga qoʻyiladigan talablar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
250. Zichlashtirgich porsheni plitasining harakat zonasi toʻrt tomondan qobiq bilan oʻralgan boʻlishi kerak. Uning old tarafida esa ilgakli nazorat eshikchasi boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
251. Presslovchi yashiklarning aylanish doiralari presslovchi sex poli sathi bilan baravar boʻlishi kerak. Aylanish doirasining pol bilan oraligʻi 10 mm dan katta boʻlmasligi va elastik material bilan yopib qoʻyilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
252. Yon ustunlar va pol orasidagi tirqish hamda fiksatorning oʻtish joyi zichlashtirilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
253. Gidravlik press silindrlarining quduqchalari mustahkam biriktirilgan metall toʻsiqlar bilan yopilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
254. Yuqori bosimli suyuqlik quvurlari mustahkam umumiy qobiqli toʻsiq bilan taʼminlanishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
255. Pressning toyni itarib yuboruvchi mexanizmi boʻlishi, uning zanjiri yon tomonlaridan 10 — 15 mm balandlikda chiqib turgan toʻsiqlar bilan taʼminlangan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
256. Toylarni press ichidan itarib chiqarish uchun nishablik boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
257. Presslovchi yashiklarni aylanish vaqtida fiksator oʻchishi bilan birinchi va ikkinchi qavatda avtomatik ravishda tovush signali va birinchi qavatda qoʻshimcha ravishda yorugʻlik signali berilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
258. Yuqori travers bilan press eshiklari orasida kamida 40 mm li tirqish boʻlishi va dastaklar eshik qirrasidan 100 mm masofada oʻrnatilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
259. Har bir press silindridagi suyuqlikning bosimini nazorat qilib turish uchun sozlangan va belgilangan tartibda tekshirilgan manometr bilan taʼminlanishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
260. Gidronasoslarning ishini nazorat qilib turish uchun ular manometr va ogohlantiruvchi klapanlarga ega boʻlishi kerak. Ogohlantiruvchi klapanlar press silindridagi suyuqlikning ish bosimiga moʻljallangan boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
261. Presslash sexida kamarlari uzilgan paxta mahsulotlari toylarining yigʻilishiga yoki presslanmagan paxta mahsulotlari massasini bir toy hajmidan ortiq toʻplanishiga yoʻl qoʻymaslik lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
262. Toylarni oʻrash materiallari va boylash simlari yoki tasmalari ish joyini toʻsmaydigan masofada saqlanishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
263. Toylarni presslash sexidan olib chiqib ketish uchun transportyorlar ishlatilishi, ular boʻlmaganda qisqichli va himoyalovchi toʻsiqli maxsus aravachalar qoʻllanishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
264. Tolani va momiqni presslash sexi jin, linter, tozalovchi, quritish va paxtani uzatish sexlari va uchastkalari bilan signalizatsiya orqali bogʻlangan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9-§. Kondensor va separatorlarga qoʻyiladigan talablar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
265. Kondensorning oldida “Toʻxtatish” avariya tugmasi boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
266. Kondensorning toʻrli barabani yoki mashina uzellarining lyuklari mustahkam, blokirovka va zichlagichlar bilan taʼminlangan qopqoqlari boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
267. Kondensorning ochiluvchi qopqoqlarida nazorat darchalari boʻlishi va ular blokirovka qilinishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
268. Kondensor lotogining qopqogʻi suriluvchan boʻlishi va yuqori qismi ilgak bilan ilingan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
269. Separatsiyalash kamerasining yon tomonida joylashgan teshik, separatorga harakat uzatish qismi bilan blokirovka qilingan qopqoq bilan berkitilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10-§. Tolali chiqindilarni qayta ishlash mashinalariga (ROV, OVM-A) qoʻyiladigan talablar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
270. Taʼminlovchi stolcha va riflangan taʼminlovchi silindr yuqori tarafidan qulfli ochiluvchi qopqoq bilan yopilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
271. Mashinaning aerodinamik holatini meʼyorlashtirib va teshiklarni berkitib turuvchi tayoqlar orasidagi tirqish 25 — 30 mm dan ortiq boʻlmasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
272. Tozalangan tolani soʻrib ketuvchi quvurdagi teshik arrali silindr yuzasidan kamida 0,8 metr masofada boʻlishi va qopqoq bilan yopilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
273. ROV mashinasining toʻrli barabani tepasidan blokirovka qilingan va mustahkam ochiluvchi qopqoq bilan yopilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
274. Chiqindilarni chiqarib tashlovchi shnekning chiqarish korobkasidagi teshiklar tepasidan toʻsiqlar bilan berkitilgan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
275. OVM-A turidagi tolali materiallarni tozalovchi uskunaning harakat uzatish qismlari ikki tabaqali, elektr dvigateli bilan blokirovka qilingan qoʻzgʻalmas qobiq bilan berkitilgan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
276. OVM-A mashinasining yuqori qopqogʻi elektr dvigateli bilan blokirovka qilingan va ochiq holatida mustahkam turuvchi fiksator bilan taʼminlangan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
277. Tolali chiqindilarni qayta ishlash mashinalari chang havoni soʻruvchi mahalliy ventilyatsiya bilan taʼminlanishi va u sexni changsizlantirish tizimiga ulangan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11-§. Pnevmotransport va ventilyatsiya uskunalariga qoʻyiladigan talablar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
278. Ventilyatorlarning biriktiruvchi muftalari elektr dvigateli bilan blokirovka qilingan ochiluvchi qobiqlar bilan taʼminlanishi kerak. Qobiq chetlari va ventilyator podshipnigi va elektr dvigateli oralaridagi tirqish 10 mm dan oshmasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
279. Ventilyator soʻruvchi havo quvuriga oʻrnatilgan va yoʻnaltiruvchi apparat parrakchalarini xohlagan holatda toʻxtatish imkonini beruvchi fiksator bilan taʼminlashi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
280. Siklon va havo tozalovchi siklon qurilmalarining shnek va vakuum-klapanga harakat uzatuvchi qismlari umumiy, qoʻzgʻalmas qobiqqa ega boʻlishi va uning orqa qismida olinuvchi qopqogʻi boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
281. SP-3 (SL-3) va havo tozalovchi siklon qurilmalari qoʻzgʻalmas maydonchalar bilan va ularga chiqiladigan, ushlagichli narvonlar bilan taʼminlanishi zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
282. Ogʻir jismlarni ushlab qolgichlarning tituvchi-taʼminlovchi barabanining yopqichi blokirovka qilingan qopqoqqa ega boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12-§. Urugʻlik chigitlarni tayyorlash mashinalari va sexlariga qoʻyiladigan talablar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
283. Urugʻlik chigitlarni tayyorlash mashinalari zararli chiqindilarni bevosita paydo boʻlayotgan joyidan soʻrib oluvchi ventilyatsiya uskunasi bilan taʼminlangan boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
284. Chang, chiqindilar hamda ximikatlardan boʻshagan qogʻoz qoplar (idishlar) maxsus ajratilgan joylarda yoqib yuborilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
285. Zaharli ximikatlar qopini ochish va uni dozatorga solish ishlari germetik yopiq kameralarda ishchining oʻzi tashqarida turgan holda bajarilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
286. Chigitlarga ishlov beriladigan preparat maxsus omborda, idishlarda saqlanishi va ombordan bir sutkalik sarfi hajmida chiqarilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
287. Zararsizlantirilgan chigitlar mashinadan toʻrt qavatli qogʻoz qoplarga solinishi va ustiga “Zaharli” deb yozib qoʻyilgan tamgʻa bosilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
288. Xodimlar faqat tarmoq meʼyorlarida koʻrsatilgan shaxsiy himoya vositalaridan foydalanilgan holda ishlashlari kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
289. Chigitlarga ishlov berish sexida ovqatlanish, suv ichish, chekish hamda oʻzi bilan oziq-ovqat mahsulotlari olib kirish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
290. Dorilovchi mashinalarning aralashtiruvchi barabanida blokirovka qilingan qopqoq boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
291. Mashinaning taʼminlovchisini va dozatorini boshqarish uchun narvon bilan taʼminlangan maydoncha boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
292. Maydonchaning sathi dozator bunkeri yuqori qirgʻogʻidan 0,8 — 1 metr pastroq boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
293. Vintli konveyer qobigʻida boltlar bilan mahkamlanib, ochiladigan qopqogʻi boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
294. Taʼminlovchi transportyor blokirovka qilingan qopqoqqa ega boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
295. Ventilyatorning soʻruvchi quvuri ostidagi toʻsiqda chiqindilarni olish uchun moʻljallangan lyukning blokirovkalangan qopqogʻi boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
V. Taʼmirlash (tuzatish) ishlarini bajarishda xavfsizlik talablari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1-§. Yuk ortuvchi mashinalarga qoʻyiladigan talablar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
296. Akkumulyatorli yuk ortgichlar va pnevmatik shinali elektrokaralar tekislangan, suv toʻplanmaydigan va qattiq yuzali maydonchalarda harakatlanishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
297. Ishga tormozlari soz, tovush signali yaxshi ishlaydigan va texnik jihatdan soz boʻlgan yuk ortgichlar qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
298. Yuk ortgichlar harakati paytida yukni koʻtarish, tushirish, qiyshaytirish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
299. Yuk ortuvchi mashinalarida odamlarni olib yurish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
300. Yuk ortuvchi mashinalarda va avtoyuklagichlarda ishlashga 18 yoshga toʻlgan, haydash huquqi berilgan guvohnomasi bor, tibbiy koʻrikdan oʻtgan, bilimi sinovdan oʻtkazilgan shaxslar qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
301. Ish tugagach, dam olish vaqtlarida yoki haydovchining vaqtinchalik yoʻqligida mashina toʻla oʻchirilgan, korobka qulflangan boʻlishi va panshaxalar yerga tushirib qoʻyilgan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
302. Yuk ortgichlarni va elektrokaralarni sozlash va texnik koʻrikdan oʻtkazish ishlari maxsus jihozlangan xonalarda bajarilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2-§. Zavod hududidagi temir yoʻllarga qoʻyiladigan talablar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
303. Zavod hududidagi temir yoʻllarni boshqarish va tuzilishi temir yoʻl transporti xavfsizlik texnikasi qoidalariga mos boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
304. Paxta toylarini temir yoʻl vagonlariga ortish-tushirish ishlari temir yoʻl transporti xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya qilgan holda amalga oshirilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
305. Temir yoʻllarni kesib oʻtadigan yoʻlaklar qulay va xavfsiz joylarga qurilishi, ularga relslar yuzasi bilan baravar qilib toʻshamalar toʻshalishi kerak. Oʻtish joylarida “Oʻtish joyi” deb yozilgan belgi boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
306. Yoʻllar doimo soz holatda boʻlishi va maxsus malakali mutaxassislar tomonidan muntazam tekshirib turilishi kerak. Nazorat davriyligi zavod hududida yoʻllarni saqlash yoʻriqnomasida belgilangan boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
307. Yoʻlning oxirida vagon izdan chiqib ketmasligi uchun toʻsqich bilan taʼminlanishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
308. Temir yoʻlning mashina yoʻli bilan kesishgan joyida, yoʻlning butun kengligi boʻyicha oʻtish qulay boʻlishi uchun toʻshama toʻshaladi. Yoʻlovchilar va haydovchilar uchun tovush signali va “Poyezddan saqlaning” ogohlantiruvchi belgisi oʻrnatilgan boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
309. Temir yoʻlning ikki chetida eni kamida 1 metrli yoʻlaklar boʻlishi kerak. Bu yoʻlaklar har xil narsalar bilan toʻsib qoʻyilmasligi, muntazam ravishda tozalab turilishi, tekis va qattiq yuzali boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
310. Strelkalar va oʻtish joylari yoritilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3-§. Metallarga sovuq holatda ishlov berishga qoʻyiladigan talablar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
311. Stanokning qisib turuvchi qismlariga detalni mustahkam oʻrnatish kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
312. Ishlov berish vaqtida, uzluksiz qirindi chiqaradigan metallarni qirqayotganda maxsus qirquvchi yoki qirindilarni maydalovchi moslamalar qoʻllanishi kerak. Sinuvchi qirindi chiqadigan metallarga ishlov berishda, qirindilarni chiqarib turuvchi moslama ishlatilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
313. Dastgohlarda mahsulotni sayqallash, tozalash va yaltiratish ishlarini bajarish vaqtida xavfsizlikni taʼminlovchi maxsus moslamalar qoʻllanishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
314. Stanok yurib turganda qoʻlda sayqallash taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
315. Kavsharlangan keskichlarni kavsharlash sifati tekshirilganidan soʻng ishlatish lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
316. Gorizontal va vertikal parmalash dastgohlarining uzatish vallari toʻsiqlar bilan toʻsilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
317. Dastgohlar ishlayotganda, ishlov berilayotgan materialga tegib turmayotgan frezalarning kesuvchi qismlari ishlatishga qulay boʻlgan toʻsqichlar bilan toʻsilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
318. Aylanmayotgan parma yaqinidagi qirindilar yogʻoch tayoqcha yoki uzunligi kamida 250 mm boʻlgan choʻtka bilan olib turilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
319. Dastgoh ishlab turgan paytda detalni almashtirish yoki qotirish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
320. Parmalashdan chiqqan qirindini faqat dastgoh toʻxtagandan va asbob uzoqlashtirilgandan soʻng yigʻishtirish mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
321. Parmalash dastgohida asbobni yechib olish uchun urganda sinmaydigan, boʻlaklari uchmaydigan metalldan yasalgan maxsus bolgʻalar va asboblar ishlatilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
322. Dastgohning stoli va stoykasi orasidagi masofa toʻsiq bilan toʻsilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
323. Metallarni qirqishga moʻljallangan qaychi-dastgohlarda pichoq ostiga ishchining qoʻli borib qolishidan ogohlantiruvchi stol va qoʻzgʻalmas lineyka boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
324. Presslarda mahsulotni uzatish va olishda ishlovchining qoʻlini shikastlamaslik uchun himoyalovchi moslama qoʻllanishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
325. Har bir charx doirasini dastgohga oʻrnatishdan oldin uni butunlay berkituvchi maxsus qobiqli dastgohda sinovdan oʻtkazish lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
326. Doiralar dastgoh valiga maxsus disklar bilan va ular orasiga karton qoʻyib gaykalar bilan qotirilib oʻrnatilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
327. Qisuvchi disklarning diametri charx doirasi yoki toshi diametrining uchdan biridan kam boʻlmasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
328. Charxlash dastgohi toʻsiq bilan taʼminlanishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
329. Bu dastgohlar shaffof himoya toʻsiqlari bilan taʼminlanishi va bu ekranlar dastgoh bilan blokirovka qilingan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
330. Sayqallovchi dastgohlar, odamlarni jarohatlamasligi va sovutuvchi suyuqlik sachratmasligi uchun yon tomonidan toʻsiq bilan toʻsilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
331. Sovutgichlarsiz ishlaydigan charxlash asbobli dastgohlar chang soʻrish uskunasi bilan taʼminlanishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
332. Metallarga ishlov beruvchi dastgohlar atrofidagi pol tekis va sirpanmaydigan boʻlishi kerak. Pol sementlangan boʻlsa ustiga yogʻochdan yasalgan panjara tashlanishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
333. Dastgohlarga ogʻir va qoʻpol (20 kg dan ortiq) detallarni oʻrnatish va olish ishlari mexanik moslamalar yordamida bajarilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
334. Dastgohlar kuchlanishi 36 V boʻlgan yoritgichlar bilan taʼminlanishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4-§. Chilangarlik ishlariga qoʻyiladigan talablar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
335. Chilangarlik ishlarining barcha asboblari faqat soz holda ishlatilishi kerak. Sexda chilangarlik asboblarini saqlash, topshirish va qabul qilib olishning tartibi va nazorati oʻrnatilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
336. Sex maʼmuriyati chilangarlarga berilayotgan asboblarning sifatini har kuni, ish joylaridagi va omborlardagi barcha asboblarning sifatini esa kamida bir oyda bir marta tekshirishi kerak. Tekshirish vaqtida aniqlangan nosoz asboblar yigʻishtirib olinishi va belgilangan tartibda hisobdan chiqarilishi yoki taʼmirlanishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
337. Chilangarlik bolgʻa va toʻqmoqlarining ish yuzalari biroz qabariq, parchinlanib ketmagan va yorilmagan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
338. Zubila va shunga oʻxshash qirquvchi asboblar bilan ishlaganda maʼmuriyat tomonidan ishchilarga himoya koʻzoynaklari berilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
339. Barcha kavsharlash lampalari har oyda koʻrikdan oʻtkazilishi va kamida bir yilda bir marta ish bosimi ikki marta oshirilgan holda gidravlik sinovdan oʻtkazilishi kerak. Sinov va koʻrik natijalari hujjatlar bilan rasmiylashtirilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
340. Kerosinli kavsharlash lampalari uchun yoqilgʻi sifatida faqat kerosindan foydalanish kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5-§. Elektr payvandlash ishlariga qoʻyiladigan talablar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
341. Elektr payvandlash uskunalarining tok ostida boʻlmagan metall qismlari (transformatorlar, generatorlar qobiqlari) hamda payvandlanayotgan konstruksiyalar va buyumlar yerga ulanishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
342. Elektr payvandlash ishlarini boshlashdan oldin simlarning va elektr dvigatellarining izolyatsiyalarini hamda barcha kontaktlarning qattiq biriktirilganligini tekshirish zarur.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
343. Simlarni bir joydan ikkinchi joyga oʻtkazishda ularning izolyatsiya qobiqlari shikastlanishiga, poʻlat simlarga, atsetilen apparatlari ichaklariga, gaz apparatlariga va issiq quvurlarga tegib ketishiga yoʻl qoʻyib boʻlmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
344. Elektr payvandlash agregat va apparatlarini tokka ulash yopiq rubilniklar orqali amalga oshiriladi. Koʻchma payvandlash agregatlarida rubilnik qopqoqlari blokirovka qilingan boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
345. Payvandlash agregatlarini tokka ulash, uzib qoʻyish hamda ularni sozlash ishlarini faqat elektr montyorlari bajarishlari kerak. Bu ishlarni payvandlovchilarning bajarishi taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
346. Elektr payvandlash apparat va agregatlarining sozligini ish boshlashdan avval tekshirish kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
347. Yerga ulovchi sifatida binolarning metall konstruksiyalari, kommunikatsiyalarning quvurlari va texnologik uskunalardan foydalanish mumkin emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
348. Tasodifan tegib ketishi mumkin boʻlgan tok yuruvchi qismlar (elektr simlari, rubilniklar, kontaktlar) payvandlovchini tokdan himoyalash maqsadida toʻsib qoʻyiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
349. Ochiq elektr yoyi bilan ishlaganda elektr payvandlovchining yuzi va koʻzini himoyalash uchun shlem-maska yoki himoyalovchi oynasi boʻlgan toʻsiq bilan ishlash kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
350. Yomgʻir yogʻib turganda va momaqaldiroq boʻlayotganda elektr payvandlash ishlarini bajarish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
351. Payvandlash ishlari maxsus ajratilgan xonalarda, boshqa hollarda esa elektr payvandlash ish joyi boshqa ish joylaridan yonmaydigan materialdan qilingan koʻchma toʻsiq bilan toʻsilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
352. Bosim ostida turgan apparat va idishlarni payvandlash taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6-§. Gaz bilan payvandlash va qirqish ishlariga qoʻyiladigan talablar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
353. Gaz bilan payvandlash ishlarini bajarishda metallarni kislorod, atsetilen va gaz bilan ishlov berish sanoat sanitariyasi va xavfsizlik texnikasi qoidalariga rioya qilish kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
354. Koʻchma atsetilen generatorlari (keyingi oʻrinlarda generatorlar deb yuritiladi) ochiq havoda yoki bostirmalar tagida ishlatilishi kerak. Generatorlarni, zarur paytlarda, har bir generator uchun hajmi 300 m3 toʻgʻri kelgan xonalarda yoki generator bir xonada, payvandlash boshqa xonada boʻlsa 100 m3 hajmli xonalar ichida ham payvandlashga ruxsat etiladi lekin ikkala holda ham xona yaxshi shamollatib turilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
355. Generatorlarni kompressorlarning va ventilyatorlarning havo soʻruvchi joylari yaqiniga yengil alangalanuvchan moddalar yoki atsetilen bilan birikib oʻz-oʻzidan portlovchi modda ajralib chiqadigan xonalarga kiritish mumkin emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
356. Generatorni qiya holatda oʻrnatish mumkin emas.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
357. Metallarga gaz alangasi bilan ishlov beriladigan xonalar quyidagi talablarga javob berishi kerak:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
har bir ish joyi uchun, uskunalardan va yoʻlaklardan tashqari kamida 4 x 2 metr maydon ajratilishi, yoʻlaklarning eni esa 1 metrdan kam boʻlmasligi kerak;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
metallarga gaz alangasi bilan ishlov berish ishlarini yertoʻlalarda, ikkinchi va undan yuqori qavatlarda bajarish taqiqlanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
gaz bilan payvandlash sexlarining pollari yonmaydigan, issiqlik oʻtkazmaydigan va yengil tozalanadigan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
358. Payvandlash va gaz bilan qirqish ishlari sexlarni ichida maxsus ajratilgan va maxsus jihozlangan joylarda va xonalarda amalga oshirilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
359. Gaz alangasi bilan ishlov berish joylaridan 5 metrdan yaqinda joylashgan yogʻoch devorlar, pardevorlar va eshiklar asbest bilan yoki namatni loysuvoq qilib, ustidan tunuka bilan qoplanishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
360. Metallarga gaz alangasi bilan ishlov berish sexlari xonalari havo soʻruvchi ventilyatsiya bilan taʼminlanishi kerak. Ventilyatsiya ishlamagan hollarda gaz bilan payvandlash ishlarini bajarish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
361. Gaz bilan payvandlovchining doimiy ish joyi, ishlov berilayotgan mahsulotni oʻrnashtirish va joyini almashtirish uchun maxsus stol yoki moslama bilan taʼminlanishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
362. Doimiy ish joylarida oʻchirilgan gorelkalarni ilib qoʻyish uchun maxsus ilgak boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
363. Doimiy ish joyining poli beton yoki asfalt boʻlsa yogʻoch panjaralar bilan toʻsilishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
364. Gaz alangasi bilan ishlashda ish joyi yaxshilab koʻrib chiqilishi, ortiqcha, ishga xalaqit beruvchi buyumlar yengil alangalanuvchi suyuqliklar olib tashlanishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
365. Kalsiy karbidini qopqogʻi yaxshi berkitiladigan, quruq idishlarda, oʻtga chidamli, yengil konstruksiyali, yaxshi shamollatiladigan, tashqi elektr yoritgichli xonalarda saqlanadi. Ularni yertoʻlalarda saqlash taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
366. Ballonlarni, maxsus jihozlangan alohida xonalarda, vertikal holatda maxsus uyalari bor moslamalarda saqlanadi. Boʻsh ballonlar alohida saqlanishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
367. Karbid kalsiy solingan barabanlarni uchqun chiqarmaydigan maxsus asboblar bilan ochish kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
368. Koʻchma atsetilen apparatlarini ishlatish vaqtida quyidagilar taqiqlanadi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kalsiy karbidini hoʻl yashik va korzinkalarga solish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir generatordan bir necha gorelka orqali qirqish ishlarini bajarish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
karbidni ishlatish boʻyicha yoʻriqnomada koʻrsatilganidan ortiqcha solish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kislorod va atsetilen ballonlaridan 10 metrgacha boʻlgan masofada chekish, gugurt yoqish va ochiq alanga ishlatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
gazni belgilangan miqdoridan ortiqcha chiqarish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ortiqcha gazni chiqarib yuborish maqsadida generator qopqogʻini ochish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
atsetilen generatorlarini yoʻllarda, yoʻlaklarda, zinapoya maydonchalarida, yertoʻlalarda, qorongʻu joylarda va odamlar koʻp toʻplanadigan joylarga oʻrnatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
manometrsiz, buzuq manometrli yoki ishlatish muddati tugagan manometrli reduktorlarni qoʻllash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ish tugagach, dam olish paytida yoki ish orasidagi qisqa tanaffus paytlarida kislorodli ballonlarni yoki atsetilen generatorlarini nazoratsiz qoldirish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
369. Muzlagan atsetilen generatorlarini faqat moy aralashmagan bugʻ yoki issiq suv bilan eritishga ruxsat beriladi. Koʻchma generatorlarni xonalarda isitishni ochiq alanga manbaidan va havo soʻruvchi ventilyatsiya mavjud boʻlgan taqdirda kamida 10 metr masofada bajarilishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
370. Generatorlardan chiqadigan ishlatib boʻlingan kalsiy karbidi balchiqsimon qoldigʻi yaxshilab metall yashiklarga yigʻib olinishi va maxsus joylarga olib borib tashlanishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7-§. Arralarni sozlash sexidagi ishlarga talablar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
371. Qum vannasi ochiluvchi blokirovka qilingan qopqoq, ushlab turuvchi fiksator va qulay dastak bilan taʼminlanishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
372. Dastgohning valigi oʻrnatilgan charx toshi GOST SSBT “Abraziv asboblari. Xavfsiz ishlashning meʼyor va Qoidalari” talablariga muvofiq himoya vositalari bilan taʼminlanishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
373. Qum vannasi va arralarning tishlaridagi qirovlarni tushiruvchi dastgoh chang soʻruvchi agregat bilan taʼminlangan boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
374. Charxlangan, tekislangan va sozlashni talab qiladigan arralar uchun alohida javonlar boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8-§. Sim qirqish dastgohidagi ishlarga qoʻyiladigan talablar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
375. Toyni oʻrash simlarini yoki tasmasini kesish dastgohi, alohida xonada, tashqariga chiqadigan bevosita eshik bilan bogʻlangan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
376. Material ombori va toy simlarini qirqish xonasi ventilyatsiya sistemasi bilan jihozlangan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
377. Javonlar pishiq va ustuvor boʻlishi, balandligi 3 metrdan oshmasligi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
378. Toʻgʻrilovchi kallakka harakat uzatuvchi qismlar toʻsiq ichkarisida boʻlishi, qayish va shkivlarni oson va xavfsiz almashtirish imkonini berishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VI. Mehnatni muhofaza qilish qoidalarini buzganlik uchun javobgarlik
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
379. Korxonalarni (sexlarni) loyihalashtirishda, qurishda (montaj qilishda) mazkur Qoidalarga amal qilish uchun javobgarlik tegishli ishlarni bajaruvchi tashkilotlar zimmasiga yuklatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
380. Mansabdor shaxslar va xodimlar mehnatni muhofaza qilish qoidalariga rioya qilmaganliklari uchun qonun hujjatlariga muvofiq belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
VII. Yakuniy qoida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
381. Mazkur Qoidalar “Oʻzpaxtasanoat” uyushmasi, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi, Ichki ishlar vazirligi, Sogʻliqni saqlash vazirligi, Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi, “Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasi va “Oʻzdavenergonazorat” inspeksiyasi bilan kelishilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzpaxtasanoat” uyushmasi boshqaruvi raisi F. OMONOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2009-yil 20-aprel

Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi raisi N. XANOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2009-yil 18-may

Ichki ishlar vaziri B. MATLYUBOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2009-yil 18-may
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sogʻliqni saqlash vaziri F. NAZIROV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2009-yil 20-aprel
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisi D. JAHONGIROVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2009-yil 18-may
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Sanoatkontexnazorat” davlat inspeksiyasi boshligʻi I. XOLMATOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2009-yil 18-may
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻzdavenergonazorat” inspeksiyasi boshligʻi A. NIMATULLAYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2009-yil 18-may
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 29-son, 341-modda; 2010-y., 44-45-son, 406-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 28.07.2021-y., 10/21/3313/0724-son; 21.06.2023-y., 10/23/1983-2/0405-son; 18.07.2023-y., 10/23/1983-3/0490-son; 20.12.2023-y., 10/23/3484/0951-son; 31.10.2024-y., 10/24/1983-4/0866-son; 12.08.2025-y., 10/25/3661/0720-son)