Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.04.2021 31.01.2002 yildagi PF-3022-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.04.2021
Hujjat 31.01.2002 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Farmoni
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
SUGʻURTA BOZORINI YaNADA ERKINLAShTIRISh VA RIVOJLANTIRISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur Farmon Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-sonli “Milliy qonunchilik bazasini kompleks tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sugʻurta xizmatlari sohasidagi erkinlashtirish jarayonini yanada rivojlantirish va iqtisodiy islohotlarni chuqurlashtirish, respublikada sugʻurta bozorini taraqqiy ettirishning iqtisodiy omillarini kuchaytirish, sugʻurta tashkilotlarining moddiy-texnika bazasini mustahkamlash hamda ularning moliyaviy barqarorligini taʼminlash maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. 2002-yilning 1-fevralidan boshlab, mulkchilik shakllaridan qatʼi nazar, sugʻurta tashkilotlari 3 yil muddatga daromad (foyda) soligʻi toʻlashdan ozod qilinsin va buning natijasida boʻshaydigan mablagʻlar aniq maqsadni koʻzlagan holda mazkur tashkilotlarning moddiy-texnika bazasini rivojlantirishga, mintaqalarda keng tarmoqli agentlik shoxobchalarini tashkil etishga, kadrlarni tayyorlash va qayta tayyorlashga, shu jumladan, chet ellarda tayyorlash va qayta tayyorlashga yoʻnaltirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar belgilab qoʻyilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
soliq olishdan boʻshaydigan mablagʻlarni tarkibida davlat ulushi boʻlgan sugʻurta tashkilotlari ustav jamgʻarmalarini koʻpaytirishga yoʻnaltirish chogʻida mazkur mablagʻlar davlatga tegishli ulush miqdoriga qoʻshib hisoblanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2002-yilning 1-fevralidan boshlab toʻrt yil mobaynida sugʻurta tashkiloti tugatilgan yoki u sugʻurta faoliyatini toʻxtatgan hollarda daromad (foyda) soligʻining summasi ushbu Farmonga muvofiq berilgan butun imtiyozli davr uchun toʻliq miqdorda undirib olinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilab qoʻyilsinki, yuridik shaxslarning ixtiyoriy sugʻurta turlari boʻyicha sarf-xarajatlari daromad (foyda) soligʻini hisob-kitob qilish chogʻida qonunchilikda belgilangan meʼyorlar doirasida soliqqa tortiladigan baza hisobidan chegirib tashlanishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Tovarlar (ishlar, xizmatlar) eksportini ragʻbatlantirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 1997-yil 10-oktabrdagi PF-1871-sonli Farmonining 2-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Belgilab qoʻyilsinki, 2002-yilning 1-fevralidan boshlab xoʻjalik yurituvchi subyektlar xaridorlarga xizmat qiladigan banklarning kafolatlari yoki eksport shartnomalarining siyosiy va tijorat tavakkalchiliklaridan sugʻurta polisi mavjud boʻlgan taqdirda oldindan haq olmasdan va akkreditiv ochmasdan erkin almashtiriladigan valyutaga tovarlar (ishlar, xizmatlar)ni eksport qilishlari mumkin”.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Moliya vazirligi bilan birgalikda bir oy muddatda amaldagi qonunchilikka mazkur Farmondan kelib chiqadigan oʻzgartish va qoʻshimchalarni kiritish toʻgʻrisidagi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga taqdim etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Ushbu Farmonning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari R.S.Azimov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2002-yil 31-yanvar,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PF-3022-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-y., 1-son, 34-modda; Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 25-son, 282-modda )