O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING “O‘ZBEKISTON BADIIY AKADEMIYASINI TASHKIL ETISH HAQIDA” 1997-YIL 23-YANVARDAGI PF-1701-SON FARMONIGA O‘ZGARTIRISH KIRITISH TO‘G‘RISIDA
Mazkur Farmon O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 25-noyabrdagi PF-231-sonli “Qonunchilikdagi huquqiy bo‘shliqlarni bartaraf etish va tartibga solish yukini kamaytirish to‘g‘risida”gi Farmoniga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
O‘zbekiston Badiiy akademiyasi tarkibidagi San’atshunoslik ilmiy-tadqiqot instituti O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi tarkibiga o‘tkazilganligi munosabati bilan:
1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Badiiy akademiyasini tashkil etish haqida” 1997-yil 23-yanvardagi PF-1701-son Farmoni 5-6andining ikkinchi xatboshi chiqarib tashlansin.
2. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining mamlakatni isloh kilish va yangilashning hukuqiy bazasini takomillashtirish masalalari bo‘yicha Davlat maslahatchisi xizmati (Sh.X.Fayziyev) zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2009-yil 7-iyul,
PF-4118
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 28-son, 323-modda)