23.06.2009 yildagi 175-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 14.02.2018 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
KIOTO PROTOKOLINING MUSAFFO RIVOJLANISH MEXANIZMI DOIRASIDA “OʻZTRANSGAZ” AKSIYADORLIK KOMPANIYASINING KOMPRESSOR STANSIYALARIDA TABIIY GAZ SIZIB CHIQISHINI KAMAYTIRISH” LOYIHASINI AMALGA OSHIRISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Koʻchirma]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Kioto Protokolining Musaffo rivojlanish mexanizmi doirasida “Oʻztransgaz” aksiyadorlik kompaniyasining kompressor stansiyalarida tabiiy gaz sizib chiqishini kamaytirish” loyihasini amalga oshirish natijasida jahon bozorida chiqindilar chiqarishning sertifikatlangan qisqartirishlarini sotishdan olingan ajratmalar hisobiga ijtimoiy infratuzilmalarni rivojlantirish va atrof muhitni muhofaza qilish loyihalarining moliyalashtirilishini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi va Birlashgan Millatlar Tashkiloti Taraqqiyot dasturi (BMT TD) oʻrtasida 2007-yil 14-sentabrda Oʻzbekiston va BMT TD oʻrtasida Ming yillik taraqqiyot maqsadlari uglevodorod mexanizmiga nisbatan oʻzaro hamfikrlik toʻgʻrisidagi memorandum imzolanganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Oʻztransgaz” aksiyadorlik kompaniyasi, Fortis Bank NV/SA (Belgiya) va Fortis Intertrust (Niderlandiya) kompaniyalari oʻrtasida 2008-yil 8-sentabrda Chiqindilar chiqarishning qisqartirishlarini sotib olish toʻgʻrisidagi bitim imzolanganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu hujjatlar doirasida “Oʻztransgaz” aksiyadorlik kompaniyasining oʻz mablagʻlari hisobiga Yashil investitsiyalar sxemalarini qoʻllagan holda Kioto protokolining Musaffo rivojlanish mexanizmi boʻyicha “Oʻztransgaz” aksiyadorlik kompaniyasining kompressor stansiyalarida tabiiy gaz sizib chiqishini kamaytirish” loyihasini amalga oshirish nazarda tutilganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Chiqindilar chiqarishning qisqartirishlarini sotib olish toʻgʻrisidagi bitimga muvofiq sotiladigan chiqindilar chiqarishning sertifikatlangan qisqartirishlar birligining qiymati 1 tonnasi uchun kamida 10 yevroni tashkil etishi maʼlumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. BMT Taraqqiyot dasturi Ming yillik taraqqiyot maqsadlari Karbon jamgʻarmasining Yashil investitsiyalar sxemasini amalga oshirish boʻyicha Muvofiqlashtiruvchi qoʻmita ilovaga muvofiq tarkibda tashkil etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Muvofiqlashtiruvchi qoʻmitaga quyidagi asosiy funksiyalar yuklansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasida Yashil investitsiyalar sxemasidan foydalanish boʻyicha ustuvor yoʻnalishlarni belgilash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yashil investitsiyalar sxemasini qoʻllagan holda amalga oshiriladigan loyihalar uchun har yilgi aniq manzilli dasturlarni tasdiqlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yashil investitsiyalar sxemasini qoʻllagan holda amalga oshiriladigan loyihalar monitoringini olib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yashil investitsiyalar sxemasini qoʻllagan holda loyihalarning amalga oshirilishi toʻgʻrisidagi choraklik, yillik va yakuniy hisobotlarni koʻrib chiqish va maʼqullash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasiga, BMT TD Ming yillik taraqqiyot maqsadlari Karbon jamgʻarmasiga va uning vakolatli banki (Fortis Bank NV/SA)ga Yashil investitsiyalar sxemasi boʻyicha loyihalarning amalga oshirilishi toʻgʻrisida har yilgi hisobotni taqdim etish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yashil investitsiyalar sxemasini qoʻllagan holda amalga oshiriladigan loyihalar doirasida chiqindilar chiqarishning sertifikatlangan qisqartirishlarini sotishdan tushadigan mablagʻlarning Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligining maxsus hisob raqamida jamlanishi yuzasidan monitoring olib borish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Orolboʻyi genofondini muhofaza qilish xayriya jamoatchilik jamgʻarmasining unga Muvofiqlashtiruvchi qoʻmita kotibiyati funksiyalarini yuklash toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi belgilangan tartibda Oʻzbekiston Respublikasining 2009-yilgi va keyingi yillar uchun Investitsiya dasturiga “Oʻztransgaz” aksiyadorlik kompaniyasining kompressor stansiyalarida tabiiy gaz sizib chiqishini kamaytirish” loyihasi kiritilishini taʼminlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vaziriga Oʻzbekiston Respublikasi hukumati nomidan BMT TD bilan Yashil investitsiyalar sxemasini amalga oshirish bitimini imzolash vakolati berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi uch oy muddatda, BMT TD bilan kelishuv boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasida Yashil investitsiyalar sxemasini qoʻllagan holda loyihalarni amalga oshirish tartibi va tartibotlari toʻgʻrisidagi Nizomni ishlab chiqsinlar hamda Yashil investitsiyalar sxemasini amalga oshirish boʻyicha Muvofiqlashtiruvchi qoʻmitaga tasdiqlash uchun kiritsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2009-yil 23-iyun,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
175-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 23-iyundagi 175-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
BMT TD Ming yillik taraqqiyot maqsadlari Karbon jamgʻarmasining Yashil investitsiyalar sxemasini amalga oshirish boʻyicha Muvofiqlashtiruvchi qoʻmita
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tarkibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

Saidova G.K.

Iqtisodiyot vazirining birinchi oʻrinbosari, Muvofiqlashtiruvchi qoʻmita rahbari

lavozimiga koʻra

Vazirlar Mahkamasi Investitsiyalar, innovatsion rivojlantirish, erkin iqtisodiy va kichik sanoat zonalari faoliyatini muvofiqlashtirish, turizm masalalari axborot-tahlil departamentining mudiri, Muvofiqlashtiruvchi qoʻmita rahbarining oʻrinbosari

Qoʻchqorov J.A.

Moliya vazirining oʻrinbosari

Toʻlaganov Sh.A.

Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirining oʻrinbosari

Chub V.E.

Gidrometeorologiya xizmati markazining boshligʻi

Xabirov R.S.

Davlat tabiatni muhofaza qilish qoʻmitasi raisining birinchi oʻrinbosari vazifasini bajaruvchi

Zaripov B.K.

Markaziy bank raisining oʻrinbosari

kelishuv boʻyicha

BMT TDning Oʻzbekistondagi vakili

Abduraxmanov U.D.

Orolboʻyi genofondini muhofaza qilish xayriya jamoatchilik jamgʻarmasining ijro etuvchi direktori, Muvofiqlashtiruvchi qoʻmita kotibi

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh: Muvofiqlashtiruvchi qoʻmita aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda ularning lavozimiga yangidan tayinlangan yoxud tegishli funksiyalarni bajarish zimmasiga yuklangan shaxslar qoʻmita tarkibiga kiritiladi.
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 12-fevraldagi 107-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.02.2018-y., 09/18/107/0697-son)
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 26-son, 298-modda, 52-son, 574-modda; 2012-y., 8-9-son, 82-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 14.02.2018-y., 09/18/107/0697-son, 25.08.2018-y., 09/18/680/1791-son)