Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Farmoni
OʻRTA OSIYO TEMIR YOʻLInING QARShI BOʻLIMINI TAShKIL ETISh TOʻGʻRISIDA
Turkmaniston temir yoʻli tashkil etilishi munosabati bilan va Qashqadaryo viloyati hududida temir yoʻl orqali yuk va yoʻlovchilar tashishni boshqarish samaradorligini taʼminlash maqsadida:
1. 1992-yilning 1-yanvaridan boshlab Oʻrta Osiyo temir yoʻlining Qarshi boʻlimi tashkil etilib, uning tarkibiga Qashqadaryo va Samarqand viloyatlari hududlarida joylashgan temir yoʻl uchastkalari, stansiyalari, razyezdlari hamda temir yoʻl transportining boshqa korxonalari va tashkilotlari kiritilsin.
2. Oʻrta Osiyo temir yoʻli boshqarmasiga Qashqadaryo, Buxoro va Samarqand viloyatlari ijroiya komitetlari bilan kelishib, temir yoʻlning ana shu boʻlimi chegarasini, unga kiruvchi korxonalar va tashkilotlar roʻyxatini, shuningdek ularni iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirishga oid tadbirlarni belgilash topshirilsin.
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
1992-yil 17-yanvar,
PF-320-son
(Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1992-y., 3-son, 112-modda)