oʻzbekiston respublikasi davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasi
Qarori
DAVLAT MULKI OBYEKTLARINI AUKSIONDA VA TANLOV BOʻYIChA XUSUSIYLAShTIRISh TOʻGʻRISIDAGI VAQTINChALIK NIZOMNI OʻZ KUChINI YOʻQOTGAN DEB TOPISh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2009-yil 8-mayda 54-2-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 29-yanvardagi 27-sonli “Davlat aktivlarini sotish tartibini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-yil, 6-son, 51-modda) qarorining 4-bandiga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi tomonidan 1994-yil 17-mayda tasdiqlangan “Davlat mulki obyektlarini auksionda va tanlov boʻyicha xususiylashtirish toʻgʻrisida”gi Vaqtinchalik nizom (1994-yil 17-may, roʻyxat raqami 54) oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasi raisi D. MUSAYEV
Toshkent sh.,
2009-yil 29-aprel,
01/23-18/10-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 19-20-son, 239-modda)