O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
TELEKOMMUNIKATSIYALAR SOHASIDAGI FAOLIYATNI LITSENZIYALASh TO‘G‘RISIDAGI NIZOMGA O‘ZGARTIRISh VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh HAQIDA
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 6-maydagi 266-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida”gi qaroriga asosan 2024-yil 1-sentabrdan o‘z kuchini yo‘qotadi.
Telekommunikatsiyalar sohasidagi faoliyatni litsenziyalash tartibini takomillashtirish maqsadida, shuningdek O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Loyiha-tadqiqot tashkilotlari faoliyatini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2008-yil 29-apreldagi PQ-847-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
(1-band O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 80-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/80/0154-son)
2. O‘zbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi:
telekommunikatsiyalar tarmoqlarini loyihalashtirish va (yoki) qurish faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun ilgari berilgan litsenziyalar bo‘yicha litsenziya bitimlariga 2010-yil 1-iyulgacha belgilangan tartibda o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritilishini ta’minlasin;
ko‘rsatib o‘tilgan muddat tugagandan keyin ushbu qaror talablariga muvofiq bo‘lmagan telekommunikatsiyalar tarmoqlarini loyihalashtirish va (yoki) qurish faoliyatini amalga oshirish huquqi uchun berilgan litsenziyalarning amal qilishini to‘xtatish yuzasidan qonun hujjatlarida nazarda tutilgan chora-tadbirlarni ko‘rsin.
3. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2009-yil 28-aprel,
122-son
Oldingi tahrirga qarang.
(ilova O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2022-yil 21-fevraldagi 80-sonli qaroriga asosan 2022-yil 1-martdan o‘z kuchini yo‘qotadi — Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/80/0154-son)
(O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2009-y., 18-son, 223-modda; Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 22.02.2022-y., 09/22/80/0154-son)