30.04.2009 yildagi 127-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
YAKKA TARTIBDA UY-JOY QURISH (REKONSTRUKSIYA QILISH)NI AMALGA OSHIRISHGA RUXSATNOMALARNI RASMIYLASHTIRISHNING, LOYIHALARNI VAKOLATLI ORGANLARDA BIR JOYNING OʻZIDA KELISHISHNING SODDALASHTIRILGAN TARTIBINI JORIY ETISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Iqtisodiyotning real sektori korxonalarini qoʻllab-quvvatlash, ularning barqaror ishlashini taʼminlash va eksport salohiyatini koʻpaytirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2008-yil 28-noyabrdagi PF-4058-son Farmonini bajarish yuzasidan, yakka tartibda uy-joy qurish (rekonstruksiya qilish)ni amalga oshirishga ruxsatnomalarni rasmiylashtirish, loyihalarni vakolatli organlarda kelishish tartibini soddalashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi va “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasining Davlat xizmatlari markazlariga yakka tartibda uy-joy qurish (rekonstruksiya qilish)ni amalga oshirishga ruxsatnomalarni rasmiylashtirish, tegishli loyihalarni vakolatli organlarda bir joyning oʻzida kelishish funksiyalarini yuklash toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
(1-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-yanvardagi 40-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.01.2018-y., 09/18/40/0609-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Yakka tartibda uy-joy qurish (rekonstruksiya qilish)ni amalga oshirishga ruxsatnomalarni rasmiylashtirish, loyihalarni vakolatli organlarda bir joyning oʻzida kelishish boʻyicha:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
uy-joy qurish va rekonstruksiya qilishni boshlash uchun dastlabki ruxsatnoma (loyiha) hujjatlarini tayyorlashni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
turar joyni foydalanishga qabul qilib olishni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
koʻchmas mulkka huquqlarni Oʻzbekiston Respublikasi “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasining hududiy organlarida davlat roʻyxatidan oʻtkazishni;
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
yakka tartibda uy-joy qurish (rekonstruksiya qilish)da amalga oshiriladigan boshqa tartibotlarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda tashkil etish Davlat xizmatlari markazlarining asosiy vazifalari etib belgilansin.
(2-bandning beshinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-yanvardagi 40-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.01.2018-y., 09/18/40/0609-son)
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Belgilab qoʻyilsinki, quruvchilar yakka tartibda uy-joy qurish (rekonstruksiya qilish)ni amalga oshirish uchun ruxsatnomalar olishni, loyihalarni vakolatli organlarda kelishishni mustaqil ravishda yoki Davlat xizmatlari markazlari orqali amalga oshirish huquqiga egadirlar.
(3-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 22-yanvardagi 40-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.01.2018-y., 09/18/40/0609-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 1-maydagi 252-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2017-y., 18-son, 325-modda)
Oldingi tahrirga qarang.
(5-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 1-maydagi 252-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2017-y., 18-son, 325-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, “Davarxitektqurilish” qoʻmitasi va Adliya vazirligi manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tuman va shaharlar hokimliklari huzuridagi tadbirkorlik subyektlarini roʻyxatdan oʻtkazish inspeksiyalari tomonidan yakka tartibda uy-joy qurish (rekonstruksiya qilish)ni amalga oshirishga ruxsatnomalarni rasmiylashtirish, loyihalarni vakolatli organlarda bir joyning oʻzida kelishish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqsinlar va Vazirlar Mahkamasiga kiritsinlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida takliflar kiritsinlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
idoraviy normativ-huquqiy hujjatlarning ushbu qarorga muvofiqlashtirilishini taʼminlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi Savdo-sanoat palatasi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari bilan birgalikda 2 oy muddatda, joyiga borgan holda respublikaning barcha mintaqalarida inspeksiyalar tomonidan yakka tartibda uy-joy qurish (rekonstruksiya qilish)ni amalga oshirishga ruxsatnomalarni rasmiylashtirish, loyihalarni vakolatli organlarda bir joyning oʻzida kelishish boʻyicha xizmatlarning butun kompleksini koʻrsatish yuzasidan inspeksiyalarga yangidan yuklanadigan funksiyalarni keng tadbirkorlar doirasiga tushuntirish maqsadida seminarlar tashkil etsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari N.M. Xanov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2009-yil 30-aprel,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
127-son
Oldingi tahrirga qarang.
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 1-maydagi 252-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — OʻR QHT, 2017-y., 18-son, 325-modda)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 18-son, 225-modda; 2017-y., 18-son, 325-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.01.2018-y., 09/18/40/0609-son)