Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining
Oʻzbekiston Respublikasi Davlat soliq qoʻmitasining
Qarori
“TAYYOR TOʻQIMAChILIK MAHSULOTINI EKSPORT QILUVChI KORXONALARGA MULK SOLIGʻI BOʻYIChA IMTIYOZLARNI QOʻLLASh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA”GI QAROR OʻZ KUChINI YOʻQOTGAN DEB TOPISh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2009-yil 28-aprelda 1576-1-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga asosan (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-y., 12-songa 1-ilova), Oʻzbekiston Respublikasi “Davlat soliq xizmati toʻgʻrisida”gi Qonunning (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotaomasi, 1997-yil, 9-son, 232-modda) 7-moddasi, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2008-yil 11-martdagi “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga oʻzgartirishlar kiritish toʻgʻrisida” PQ-815-son qaroriga (“Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami”, 2008-yil, 10-II-son, 58-modda; “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi”, 2008-yil, 3-son, 163-modda) muvofiq qaror qilamiz:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi va Davlat soliq qoʻmitasining 2006-yil 12-maydagi 43 va 2006-27-son bilan tasdiqlangan “Tayyor toʻqimachilik mahsulotini eksport qiluvchi korxonalarga mulk soligʻi boʻyicha imtiyozlarni qoʻllash tartibi toʻgʻrisidagi Nizomni tasdiqlash haqida”gi qarori (Adliya vazirligida 2006-yil 31-mayda 1576-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-y., 22-son, 198-modda) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatiga olingan kundan boshlab oʻn kun oʻtgach kuchga kiradi.
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2009-yil 21-aprel,
45-son
Davlat soliq qoʻmitasi raisi B. PARPIYEV
Toshkent sh.,
2009-yil 21-aprel,
2009-18-son