Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.04.2021 13.04.2009 yildagi PQ-1096-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 30.04.2021
Hujjat 13.04.2009 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ONA VA BOLA SALOMATLIGINI MUHOFAZA QILISh, SOGʻLOM AVLODNI ShAKLLANTIRIShGA DOIR QOʻShIMChA ChORA-TADBIRLAR TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 30-apreldagi PF-6218-sonli “Milliy qonunchilik bazasini kompleks tizimlashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi Farmoniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Homiladorlarga tibbiy yordam koʻrsatish hamda ona va bola salomatligini muhofaza qilish tizimini rivojlantirish va mustahkamlash, har bir viloyat markazi va yirik shaharlarda sogʻlom bola tugʻilishi va tarbiyalanishi uchun zarur shart-sharoitlarni taʼminlovchi perinatal va skrining markazlari tashkil etish borasidagi umumdavlat chora-tadbirlarini roʻyobga chiqarish boʻyicha mamlakatimizda amalga oshirilayotgan ishlarni yanada kuchaytirish va ularning samaradorligini oshirish, shuningdek tibbiyot muassasalari hamda jamoat tashkilotlari tomonidan keng chora-tadbirlar kompleksini, shu jumladan oilada va jamiyatda reproduktiv salomatlikni mustahkamlash, jismoniy va maʼnaviy barkamol avlodni shakllantirish yuzasidan tushuntirish tadbirlarini bajarish maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Qayd qilib oʻtilsinki, butun respublika miqyosida aholining reproduktiv salomatligini mustahkamlash, ona va bola salomatligini muhofaza qilish, sogʻlom avlod tugʻilishi hamda tarbiyalanishini yaxshilash boʻyicha erishilgan katta ijobiy siljishlar bilan bir qatorda, ishlarning ushbu muhim yoʻnalishida jiddiy kamchiliklar mavjud va ayrim viloyatlar hokimliklari, tibbiyot va boshqa muassasalar rahbarlari tomonidan unga yetarli darajada eʼtibor berilmayapti.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Aholining reproduktiv salomatligini mustahkamlash, sogʻlom bola tugʻilishi, jismoniy hamda maʼnaviy barkamol avlodni shakllantirish borasida olib borilayotgan ishlarni yanada kuchaytirish va ularning samaradorligini oshirish chora-tadbirlari dasturini ishlab chiqish hamda amalga oshirish boʻyicha Hukumat komissiyasi ilovaga* muvofiq tashkil etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
* Ilova rus tilidagi matnda berilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Komissiyaga quyidagilar yuklansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
koʻrsatib oʻtilgan Dasturdagi chora-tadbirlarni ishlab chiqish va har bir viloyat, tuman hamda aholi punktida amalga oshirish, ularning soʻzsiz bajarilishi yuzasidan tizimli nazoratni taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mazkur barcha ishlarni tizimli va maqsadga yoʻnaltirilgan holda olib borishda barcha manfaatdor vazirliklar, idoralar va hududiy boshqaruv organlari, eng avvalo, tibbiyot muassasalari, homilador ayollarga tibbiy yordam koʻrsatuvchi tegishli boʻlinmalar, ayollar reproduktiv salomatligi markazlari, perinatal va skrining markazlari faoliyatining muvofiqlashtirilishini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tibbiyot va taʼlim muassasalari, oʻzini oʻzi boshqarish organlari hamda xotin-qizlar qoʻmitalari, ommaviy axborot vositalari tomonidan aholi, eng avvalo, yoshlar oʻrtasida sogʻlom oilani shakllantirish, ona va bola salomatligini muhofaza qilish muammolari, “Sogʻlom ona-sogʻlom bola” maqsadli vazifasini amalga oshirish boʻyicha olib boriladigan keng targʻibot va tushuntirish ishlarini tashkil etish.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Hukumat komissiyasi (Sh.M. Mirziyoyev) manfaatdor vazirliklar, idoralar va tegishli tuzilmalarni jalb etgan holda bir oy muddatda, eng avvalo, uzoq tumanlarda homilador ayollarga tibbiy yordam koʻrsatish muassasalari, onalik va bolalikni muhofaza qilish, skrining markazlari roʻyxatini belgilasin hamda ularning moddiy-texnika bazasini yanada mustahkamlash, zamonaviy tashxis qoʻyish va davolash uskunalari, zarur reagentlar va vositalar bilan toʻliq jihozlash boʻyicha chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqsin. Ushbu vazifani amalga oshirish uchun xalqaro tashkilotlar va xorijiy mamlakatlarning imtiyozli kreditlari hamda grantlari jalb etilishi taʼminlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Hukumat komissiyasi (Sh.M. Mirziyoyev) ikki oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
onalik va bolalikni muhofaza qilish tizimi muassasalari (homilador ayollarga tibbiy yordam koʻrsatish muassasalari, perinatal va skrining markazlari, ayollar reproduktiv salomatligi markazi va boshqalar) faoliyatini chuqur tahlil qilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ushbu muassasalarga rahbarlik qiluvchi mansabdor shaxslarni attestatsiyadan oʻtkazsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mazkur muassasalar kadrlari tarkibini ayniqsa tugʻilish, ona va bola oʻlimi darajasi yuqori boʻlgan tumanlarda malakali mutaxassislar — akusher-ginekologlar, neonatologlar va pediatrlar bilan mustahkamlash boʻyicha aniq chora-tadbirlarni ishlab chiqsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tibbiyot xodimlarining ona va bola salomatligini muhofaza qilish masalalari boʻyicha malakasini tizimli ravishda oshirish dasturini ishlab chiqsin va qabul qilsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
barcha darajalardagi Xotin-qizlar qoʻmitalarining ona va bola salomatligini muhofaza qilish masalalari boʻyicha profilaktika-tushuntirish ishlarini olib borish yuzasidan faoliyatini tanqidiy oʻrganib chiqsin hamda Xotin-qizlar qoʻmitalari raislari — viloyat, shahar va tumanlar hokimlari oʻrinbosarlarining umumdavlat ahamiyatiga ega boʻlgan ushbu vazifani hal etishdagi ishlarini faollashtirish va shaxsiy javobgarligini oshirish chora-tadbirlarini koʻrsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Sogʻliqni saqlash vazirligi Xalq taʼlimi vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Oʻzbekiston Xotin-qizlar qoʻmitasi, viloyat, shahar va tumanlar hokimliklari, “Sogʻlom avlod uchun” va “Mahalla” jamgʻarmalari, boshqa jamoatchilik tashkilotlari bilan birgalikda:
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
turar joylarda, mahallalarda va oʻquv muassasalarida sogʻlom oilani shakllantirish muammolari, “Sogʻlom ona-sogʻlom bola” maqsadli vazifasini amalga oshirishning asl mohiyatini, ona va bola salomatligini muhofaza qilish, sogʻlom avlod tugʻilishi va tarbiyalanishi boʻyicha olib borilayotgan ishlarning nechogʻlik ahamiyatga ega ekanligini aholiga tushuntirish va ularning ongiga yetkazish boʻyicha tizimli ravishda oyliklar oʻtkazsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tibbiyot muassasalarining, ayniqsa qishloq joylarda, reproduktiv salomatlik, ona va bola salomatligini muhofaza qilish masalalarida oilalardagi bilimlar va tibbiy madaniyatni oshirish boʻyicha profilaktika-tushuntirish ishlarini olib borish yuzasidan ishlarini kuchaytirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
olib boriladigan tushuntirish va profilaktika ishlariga mahalla qoʻmitalari va boshqa jamoat tuzilmalarining keng jalb etilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M. Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2009-yil 13-aprel,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-1096-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 16-son, 199-modda; 2014-y., 32-son, 397-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 17.03.2021-y., 06/21/6188/0216-son)