Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 06.04.2009 yildagi 99-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjat 06.04.2009 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori

OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MUDOFAA VAZIRLIGINING “TURKISTON” DAVLAT UNITAR KORXONASINI TUGATISh VA QIShLOQ XOʻJALIGI YERLARIDAN YaNADA SAMARALI FOYDALANIShNI TAʼMINLASh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Hukumatining oʻz ahamiyatini yoʻqotgan ayrim qarorlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblash toʻgʻrisida (Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Oʻz ahamiyatini yoʻqotgan qonunchilik hujjatlarini qayta koʻrib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent viloyatining yer resurslaridan samarali va oqilona foydalanishni taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi va Toshkent viloyati hokimligining Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining Toshkent viloyati Qibray tumanida joylashgan “Turkiston” davlat unitar korxonasini (keyingi oʻrinlarda “Turkiston” DUK deb ataladi) tugatish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. “Turkiston” DUKni tugatish komissiyasining tarkibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Tugatish komissiyasi (Musayev D.O.):
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Turkiston” DUKni tugatish boʻyicha kompleks chora-tadbirlarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oshirsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kreditorlarni aniqlasin va tugatish paytida hosil boʻlgan kreditorlik qarzlar qaytarilishini taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
debitorlik qarzlar undirilishini taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilariga sotiladigan va mahalliy davlat hokimiyati organlariga beriladigan mol-mulk roʻyxatini aniqlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mol-mulk ustun darajada tugatilayotgan unitar korxona hududida tashkil etilayotgan fermer xoʻjaliklariga sotilishini nazarda tutsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ixtisoslashtirilgan chorvachilik fermalarini mulkiy kompleks sifatida sotishni nazarda tutsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tugatish davrida “Turkiston” DUK mol-mulki saqlanishini taʼminlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oraliq tugatish balansi va tugatish balansini tasdiqlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Belgilansinki, tugatilayotgan “Turkiston” DUK mol-mulki tugatish komissiyasining qarori boʻyicha tender asosida sotiladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Belgilab qoʻyilsinki, tugatilayotgan “Turkiston” DUK mol-mulkini sotishdan tushadigan mablagʻlar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tugatish ishlari boʻyicha xarajatlarni qoplashga va qonun hujjatlarida belgilangan izchillik bilan korxonaning kreditorlik qarzini qaytarishga;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
barcha majburiyatlar qoplangandan keyin — respublika budjetiga yoʻnaltiriladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligi, “Yergeodezkadastr” davlat qoʻmitasi bir oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tugatilayotgan “Turkiston” DUKning yer maydonlarini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tugatish komissiyasining qarori asosida — ijtimoiy infratuzilma va ishlab chiqarish infratuzilmasi obyektlarini (bolalar bogʻchasi, maktab, avtomobil yoʻli, elektr uzatish liniyalari va transformator qurilmalari va boshqalarni) belgilangan tartibda Toshkent viloyati hokimligiga bersin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Toshkent viloyati hokimligi tugatilayotgan “Turkiston” DUK hududida fermer xoʻjaliklari tashkil etish uchun talabgorlar orasida ochiq va oshkora tanlovlar oʻtkazsin, gʻoliblarni aniqlashda ijtimoiy adolat, xolislik va ochiq-oshkoralik tamoyillariga qatʼiy rioya qilinishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarorning ushbu bandi bajarilishi toʻgʻrisida 2009-yil 1-iyulda Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga axborot berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Toshkent viloyati hokimligi, Oʻzbekiston Respublikasi Qishloq va suv xoʻjaligi vazirligi, Fermer xoʻjaliklari uyushmasi, “Oʻzneftmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi, “Oʻzkimyosanoat” davlat-aksiyadorlik kompaniyasi hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar tugatish komissiyasi bilan birgalikda tugatilayotgan “Turkiston” DUK mol-mulkidan samarali foydalanishni hamda uning binolari va inshootlari bazasida qishloq xoʻjaligi tovar ishlab chiqaruvchilariga xizmat koʻrsatadigan ishlab chiqarish va bozor infratuzilmasi obyektlari tashkil etilishini taʼminlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi Toshkent viloyati hokimligi bilan birgalikda “Turkiston” DUKning boʻshab qolayotgan xodimlarini ishga joylashtirishda amaliy yordam koʻrsatsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2009-yil 6-aprel,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
99-son

Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 6-apreldagi 99-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligining “Turkiston” davlat unitar korxonasini tugatish komissiyasi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TARKIBI

Musayev D.O. ‎ —‎ Davlat mulki qoʻmitasi raisi, komissiya raisi‎
Salomov F.I.‎ —‎‎ Mudofaa vazirining oʻrinbosari — moliya-iqtisodiyot boshqarmasi boshligʻi, komissiya raisining oʻrinbosari‎
Abdullayev S.S.‎ —‎‎ Toshkent viloyati hokimining oʻrinbosari, komissiya raisining oʻrinbosari‎

‎Komissiya aʼzolari:

Nabixanov S.X.‎ —‎‎ Davlat mulki qoʻmitasining Toshkent viloyati boshqarmasi boshligʻi vazifasini bajaruvchi‎
Nazarov A.A.‎ —‎‎ Toshkent viloyati qishloq va suv xoʻjaligi boshqarmasi boshligʻi vazifasini bajaruvchi‎
Musashayxov L.T.‎ —‎‎ Toshkent viloyati adliya boshqarmasi boshligʻi‎
Umarxanov B.X.‎ —‎‎ Toshkent viloyati moliya boshqarmasi boshligʻi‎
Boʻribekov Sh.‎ —‎‎ Toshkent viloyati yer resurslari va davlat kadastri boshqarmasi boshligʻi vazifasini bajaruvchi‎
Maxamadjanov Sh.Y.‎ —‎‎ Toshkent viloyati Davlat soliq boshqarmasi boshligʻining oʻrinbosari‎
Gazizov R.N.‎ —‎‎ Mudofaa vazirligi boshqarmasi boshligʻining oʻrinbosari‎
Muratov D.Sh.‎ —‎‎ Mudofaa vazirligi xizmati boshligʻi‎
Karimberdiyeva V.U.‎ —‎‎ “Savdogarbank”ning Qibray filiali boshqaruvchisi‎
Kamalov M.R.‎ —‎‎ “Turkiston” DUK direktori vazifasini bajaruvchi‎
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 15-son, 184-modda)