01.04.2009 yildagi PQ-1088-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 09.01.2017 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻZBEKISTON MILLIY TELERADIOKOMPANIYASI TIZIMIDA YUQORI TEXNOLOGIYALI TELERADIOUSKUNALARDAN FOYDALANISh SAMARADORLIGINI YANADA OShIRISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi tashkilotlari tomonidan yuqori texnologiyali uskunalar va maxsus teleradiotexnikadan samarali foydalanilishini taʼminlash, ularni zamonaviy mediatexnologiyalar asosida qoʻllash orqali keng turdagi sifatli teleradiomahsulotlar yaratish, shuningdek televideniye muhandislik-texnika kadrlarini tayyorlash va qayta tayyorlash tizimini tubdan yaxshilash maqsadida:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi rahbariyatining zamonaviy yuqori texnologiyali tele- va radiouskunalardan oqilona va samarali foydalanish, shuningdek ushbu uskunalarda ishlay oladigan televideniye muhandislik-texnika xodimlarining kadrlar tarkibini shakllantirish boʻyicha ishlari qoniqarsiz deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi markaziy apparati tuzilmasiga Teleradiokompaniya raisining birinchi oʻrinbosari lavozimi kiritilsin, rais oʻrinbosari lavozimi tugatilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning ikkinchi xatboshisi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2016-yil 31-dekabrdagi PF-4909-sonli Farmoniga asosan chiqarilgan — OʻR QHT, 2017-y., 1-son, 8-modda)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi bilan birgalikda ikki oy muddatda egallab turgan lavozimi, funksional vazifalari doirasi, tegishli uskunalarda ishlash koʻnikmalari va tajribasiga egaligiga bogʻliq holda, shuningdek teleradiodasturlar ishlab chiqarish texnologiyalari talablaridan kelib chiqib, aniq mezonlarni belgilash orqali teleradiokompaniyaning televideniye muhandislik-texnika xodimlariga qoʻyiladigan asosiy malaka talablarini ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi tizimining televideniye muhandislik-texnika xodimlarini attestatsiyadan oʻtkazish boʻyicha doimiy faoliyat yurituvchi komissiya 2-ilovaga muvofiq tarkibda tuzilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Quyidagilar Attestatsiya komissiyasining asosiy vazifalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
teleradiokompaniyaning televideniye muhandislik texnika xodimlarini ularning professional tayyorgarligi va malaka darajasi boʻyicha egallab turgan lavozimiga loyiqligi baholanishini hisobga olgan holda muntazam ravishda attestatsiyadan oʻtkazish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi tizimi va uning hududiy teleradiokompaniyalari kadrlari tarkibini tegishli yoʻnalishlar boʻyicha yuqori malakali mutaxassislar bilan toʻldirishni mustahkamlash chora-tadbirlarini koʻrish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
teleradiokompaniya xodimlarining, shu jumladan xorijiy mediatexnologiyalar oʻquv markazlarida tajriba orttirishni oʻtashi hisobiga doimiy ravishda malakasi oshirilishi va professional darajasi oʻsishi yuzasidan monitoring oʻtkazish hamda nazorat qilish tizimini joriy etish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi bir oy muddatda Attestatsiyadan oʻtkazish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni, shuningdek Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi tizimidagi attestatsiyadan oʻtkaziladigan televideniye muhandislik-texnika xodimlarining lavozim roʻyxatini tasdiqlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi hamda Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligining 2009/2010 oʻquv yilidan boshlab:
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent axborot texnologiyalari universitetida quyidagi mutaxassislar — teleoperator, maxsus yoritish muhandisi, muhandis-videomontajchi, kompyuter grafikasi muhandisi va ovoz yozish muhandislari tayyorlaydigan “Televideniye texnologiyalari” fakultetini;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent shahar Bektemir tumanida qurilayotgan kollej negizida quyidagi ixtisosliklar — teleoperator yordamchisi, ovoz yozish muhandisi yordamchisi, maxsus yoritish boʻyicha texnik, videomontajchi yordamchisi, teleradiouskunalarni taʼmirlash va ularga xizmat koʻrsatish boʻyicha texnik mutaxassislar tayyorlaydigan Respublika televideniye va radio kasb-hunar kollejini tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifi qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligi Oʻrta maxsus, kasb-hunar taʼlimi markazi, Iqtisodiyot vazirligi, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi hamda Oʻzbekiston aloqa va axborotlashtirish agentligi bilan birgalikda oʻn kun muddatda Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi hamda uning hududiy boʻlinmalarining yuqorida koʻrsatib oʻtilgan yoʻnalishlar boʻyicha yuqori malakali mutaxassislarga boʻlgan ehtiyojini qondirishni hisobga olgan holda yangidan tashkil etiladigan “Televideniye texnologiyalari” fakultetiga hamda Respublika televideniye va radio kasb-hunar kollejiga qabul qilish rejasini belgilasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Toshkent shahrining markaziy qismida eng zamonaviy texnik asosda milliy televizion filmlar va seriallar yaratish, shuningdek televideniye uchun konsert va boshqa dasturlarni uyushtirish hamda yozib olishni taʼminlashga imkon beradigan Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasining zamonaviy mediamarkazini tashkil etish maqsadga muvofiq deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent shahar hokimligi bir hafta muddatda Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasining mediamarkazi qurilishini tashkil etish uchun tegishli yer uchastkasini belgilangan tartibda ajratsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Davlat arxitektura va qurilish qoʻmitasi, Toshkent shahar hokimligi Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi bilan birgalikda uch oy muddatda teleradiokompaniyaning zamonaviy mediamarkazini qurish boʻyicha loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasining mediamarkazini 2009-yilning II choragidan boshlab, uni eng zamonaviy multimedia texnik uskunalari bilan jihozlashni nazarda tutgan holda teleradiokompaniyaning oʻz mablagʻlari va markazlashtirilgan davlat kapital qoʻyilmalari hisobiga qurish taʼminlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi Oʻzbekiston Respublikasi Madaniyat va sport ishlari vazirligi bilan birgalikda muntazam ravishda oʻzbek xalq mumtoz sanʼati, anʼanaviy qoʻshiqchilik sanʼati, simfoniya musiqasi maktablari yutuqlariga, shuningdek aholining taʼlim va madaniy saviyasini oshirishga, milliy anʼanalarni saqlab qolishga, yoshlarni vatanparvarlik, xalqimizning boy maʼnaviy merosini hurmat qilish ruhida tarbiyalashga yoʻnaltirilgan zamonaviy estrada sanʼatining eng yaxshi namunalariga bagʻishlangan badiiy jihatdan yuksak darajadagi tele-va radio dasturlar turkumi tayyorlanilishini taʼminlasin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Madaniyat va sport ishlari vazirligi bir oy muddatda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbek xalq mumtoz sanʼati, anʼanaviy qoʻshiqchilik va estrada sanʼati, simfoniya musiqasi maktablari erishgan yutuqlar toʻgʻrisidagi tele- va radio dasturlarni tayyorlash, namoyish qilish va eshittirish hamda moliyalashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni ishlab chiqsinlar va tasdiqlasinlar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
mazkur tele-va radio dasturlarni tayyorlash hamda namoyish qilish va eshittirishni moliyalashtirishning aniq manbalarini belgilansinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, “Oʻzbekiston”, “Sport” va “Toshkent” teleradiokanallarining 2009-yilning ikkinchi yarim yilligidan boshlab budjetdan tashqari manbalarning teleradiokanallar umumiy xarajatlarini moliyalashtirishdagi ulushini 2015-yilga borib 50 foizgacha yetkazgan holda bosqichma-bosqich koʻpaytirib borish toʻgʻrisidagi Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi bilan kelishilgan taklifi qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadigan roʻyxatlar boʻyicha Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi, uning tarkibiga kiruvchi korxonalar va tashkilotlar tomonidan import qilinadigan uskunalar, materiallar va ehtiyot qismlar foyda soligʻi, shuningdek bojxona toʻlovlari (bojxona rasmiylashtiruvi yigʻimlaridan tashqari) toʻlashdan 2015-yilning 1-yanvarigacha ozod etilsin, boʻshaydigan mablagʻlar ularning moddiy-texnik bazasini mustahkamlashga maqsadli yoʻnaltirilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Belgilansinki, Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi tarkibiga kiruvchi tashkilotlar balansiga bepul beriladigan, teleradiokompaniya tomonidan xarid qilingan uskunalar, butlovchi buyumlar va ehtiyot qismlar ularning daromadlari hisoblanmaydi hamda soliqqa tortish bazasidan chiqarib tashlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 27-dekabrdagi PQ-245-son qaroriga 6-ilova oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi hamda boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirishlar toʻgʻrisida Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Ushbu qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh.M.Mirziyoyev zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti I. KARIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2009-yil 1-aprel
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
PQ-1088-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2009-yil 1-apreldagi PQ-1088-son qaroriga
2-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi xodimlarini attestatsiyadan oʻtkazish boʻyicha komissiya
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TARKIBI
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish

A.N. Aripov

Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vaziri oʻrinbosari, komissiya raisi

X.M. Sultonov

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining davlat maslahatchisi, komissiya raisi oʻrinbosari

A.D. Xadjayev

Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisi, komissiya raisi oʻrinbosari

X.A. Muxitdinov

Oʻzbekiston Aloqa va axborotlashtirish agentligi bosh direktori oʻrinbosari

X.�. Mirzaxidov

Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisining birinchi oʻrinbosari

M.M. Xodjimatov

madaniyat vazirining birinchi oʻrinbosari

Sh.M. Atamuxamedov

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Axborot tizimlari va telekommunikatsiyalar masalalari boʻyicha axborot-tahlil shoʻbasi mudiri

B.B. Alimuxamedov

mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri oʻrinbosari

Sh.A. Rasulov

Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi boʻlim boshligʻi

Lavozim boʻyicha

Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi Kadrlar bilan ishlash boshqarmasi boshligʻi

M. Nazarova

Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi kasaba uyushmasi raisi

(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 14-son, 156-modda; 2017-y., 1-son, 8-modda, 20-son, 354-modda)