1.18.00.00.00 Prokuratura. Advokatura. Notariat. Yuridik xizmat. Adliya organlari. FHDY organlari / 18.02.00.00 Advokatura / 18.02.02.00 Advokatura faoliyatining tashkiliy asoslari]
[TSZ:
1.Odil sudlov. Huquq-tartibotni muhofaza qilish. Adliya / Advokatura]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
buyrugʻi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
ADVOKATLIK GUVOHNOMASI VA ADVOKATLARNING DAVLAT REESTRLARINI YuRITISh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2009-yil 31-martda 1933-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
LexUZ sharhi
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi adliya vazirining 2019-yil 17-oktabrdagi 479-mh-sonli ““Advokatlik guvohnomasi va advokatlarning davlat reyestrlarini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi buyruq, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 1933-2, 17.10.2019-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi “Advokatura toʻgʻrisida”gi Qonunining 17-moddasiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Axborotnomasi, 1997-y., 2-son, 48-modda) muvofiq buyuraman:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Advokatlik guvohnomasi va advokatlarning davlat reyestrlarini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur buyruq davlat roʻyxatidan oʻtkazilsin va bu haqda Oʻzbekiston Respublikasi vazirliklari, davlat qoʻmitalari va idoralari normativ-huquqiy hujjatlarining Davlat reyestriga tegishli yozuv kiritilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Qonun hujjatlarini turkumlash va huquqiy axborot boshqarmasi (A. Inanbabayev) hamda Notariat, FHDY va advokatura boshqarmasi (D. Yakubova) ushbu normativ-huquqiy hujjatni oʻn kun muddat ichida barcha manfaatdor shaxslarga yetkazilishini va “Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami” — “Sobraniye zakonodatelstva Respubliki Uzbekistan”da nashr etilishini taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Ushbu buyruq davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Mazkur buyruq ijrosini nazorat qilish vazir oʻrinbosari E. Kanyazov zimmasiga yuklatilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazir R. MUHITDINOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2009-yil 31-mart,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
85-mh-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining 2009-yil 31-martdagi 85-mh-son buyrugʻiga ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Advokatlik guvohnomasi va advokatlarning davlat reyestrlarini yuritish tartibi toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi “Advokatura toʻgʻrisida”gi Qonunining 17-moddasiga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, 2-son, 48-modda) muvofiq advokatlik guvohnomasining shaklini va uni berish tartibini, shuningdek Advokatlarning yigʻma davlat reyestrini va advokatlarning davlat reyestrlarini yuritish tartibini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Nizomda quyidagi asosiy tushunchalar qoʻllaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
advokatlarning davlat reyestrlari — Oʻzbekiston Respublikasining “Advokatura toʻgʻrisida”gi Qonuniga (bundan keyingi oʻrinlarda Qonun deb yuritiladi) muvofiq advokat maqomiga ega boʻlgan, advokat maqomi toʻxtatib turilgan, tiklangan va tugatilgan shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni, shuningdek advokat maqomi bilan bogʻliq boshqa maʼlumotlarni oʻz ichiga olgan advokatlik guvohnomasini bergan adliya organlarining maʼlumotlar bazasi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Advokatlarning yigʻma davlat reyestri — maʼlumotlarning yagona bazasi boʻlib, u Qonunga muvofiq advokat maqomini olgan, advokat maqomi toʻxtatilgan, tiklangan va tugatilgan shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlarni, shuningdek advokat maqomi bilan bogʻliq boshqa maʼlumotlarni oʻz ichiga oladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Advokat advokatlik faoliyatini amalga oshiradigan advokatlik tuzilmasi davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan (hisobga olingan) joyda Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar adliya boshqarmasi (bundan keyingi oʻrinlarda adliya organlari deb yuritiladi) tomonidan advokatlik guvohnomasi beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Advokatlik guvohnomasi Oʻzbekiston Respublikasining butun hududida amal qiladi va uning amal qilish muddati cheklanmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Advokatlarning davlat reyestrlari advokatlik guvohnomasi berilgan joydagi adliya organlari tomonidan yuritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Advokatlarning yigʻma davlat reyestri Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan yuritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. Advokatlik guvohnomasining shakli va uni berish tartibi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Advokatlik guvohnomasi (bundan keyingi oʻrinlarda guvohnoma deb yuritiladi) Qonunning 31-moddasiga muvofiq advokat maqomiga ega boʻlishga talabgor boʻlgan shaxsga (bundan keyingi oʻrinlarda talabgor deb yuritiladi) advokatlik tuzilmasi roʻyxatdan oʻtkazilgan yoki talabgorning faoliyat koʻrsatayotgan advokatlik tuzilmasiga kirganligini tasdiqlovchi hujjatlar adliya organi tomonidan olingan paytdan eʼtiboran uch ish kuni ichida beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Advokatlik tuzilmalarini davlat roʻyxatidan oʻtkazish (bundan keyingi oʻrinlarda roʻyxatdan oʻtkazish deb yuritiladi) va hisobga olish Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 9-martdagi 60-sonli “Advokatlik faoliyatini litsenziyalash va advokatlik tuzilmalarini tashkil etish tartibini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qaroriga muvofiq amalga oshiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Talabgor unga advokatlik guvohnomasi berilgan kundan eʼtiboran advokat maqomini oladi, bu hol adliya organi rahbarining advokat maqomini va guvohnoma berish toʻgʻrisidagi buyrugʻi bilan rasmiylashtiriladi. Bu haqda adliya organi uch kunlik muddatda berilgan guvohnomaning rekvizitlarini koʻrsatgan holda Oʻzbekiston Respublikasi Advokatlar palatasining tegishli hududiy boshqarmasini (bundan keyingi oʻrinlarda hududiy boshqarma deb yuritiladi) yozma ravishda xabardor qiladi. Shunday xabarnoma olingan paytdan eʼtiboran advokat Oʻzbekiston Respublikasi Advokatlar palatasining aʼzosi boʻladi. Advokatning Oʻzbekiston Respublikasi Advokatlar palatasiga kirish badallarini toʻlash boʻyicha majburiyatlari hududiy boshqarma rahbari tomonidan advokatning Advokatlar palatasiga kirish toʻgʻrisidagi buyruq chiqarilgan kundan eʼtiboran yuzaga keladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Advokat advokatlik tuzilmasini tashkil qilgan yoki boshqa advokatlik tuzilmasiga kirgan holda, ushbu advokatlik tuzilmasi roʻyxatdan oʻtkazilgan (hisobga olingan) joydagi adliya organi tomonidan unga yangi guvohnoma beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Advokatlik byurosi, advokatlik firmasi yoxud advokatlar hayʼatini tashkil qilgan talabgor va (yoki) advokat adliya organi tomonidan koʻrsatilgan advokatlik tuzilmalarining roʻyxatdan oʻtkazilganligi toʻgʻrisida guvohnoma berilgan kunning ertasidan kechiktirmay ana shu adliya organiga soʻnggi 12 oy mobaynida qilingan 3 x 4 sm oʻlchamida rangli fotosuratidan 2 donadan taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Advokatlik firmasi, advokatlar hayʼati, hududiy boshqarma talabgor va (yoki) advokat tegishli advokatlik tuzilmasiga (advokatlik firmasi, advokatlar hayʼati, yuridik maslahatxona) kirgan kunning ertasidan kechiktirmay tashkilotning muhri bilan tasdiqlangan ishga qabul qilish toʻgʻrisidagi buyruqning, advokatlik faoliyati bilan shugʻullanish huquqini beruvchi litsenziyaning nusxasini, soʻnggi 12 oy mobaynida qilingan 3 x 4 sm oʻlchamdagi rangli fotosuratdan 2-donadan, shuningdek malaka komissiyasining talabgor tomonidan advokat qasamyodini qabul qilganligini tasdiqlash toʻgʻrisidagi qarorining nusxasini adliya organiga taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Guvohnomani rasmiylashtirish va berish adliya organi tomonidan ikki kunlik muddatda amalga oshiriladi. Guvohnoma adliya organining rahbari tomonidan imzolanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Guvohnomaning raqami mazkur Nizomning 12-bandida nazarda tutilgan rasmiylashtirilgan guvohnomalar berishni hisobga olish daftaridagi tartib raqamiga mos boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Guvohnomaning ichki tomoni kompyuter texnikasi yordamida toʻldiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Lozim tarzda rasmiylashtirilmagan, dogʻ tushirilgan va yozuvlari oʻchirilgan guvohnomalar haqiqiy emas deb hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Guvohnomalar blankalari va rasmiylashtirilgan guvohnomalar berishning hisobi 2, 3-ilovalarga muvofiq shakllarda hisobga olish daftarlarida qayd etiladi. Bunda rasmiylashtirilgan advokatlik guvohnomalarini berishni hisobga olish daftaridagi tegishli buyruqlarning rekvizitlarida buyruqning sanasi va raqami koʻrsatilishi kerak. Hisobga olish daftarlari tikilgan, ularning varaqlari raqamlangan, adliya organining rahbari imzosi va muhri bilan tasdiqlangan boʻlishi hamda yonmaydigan yoki maxsus jihozlangan shkaflarda saqlanishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Guvohnoma talabgor yoki advokatga u tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi pasportini koʻrsatilganidan keyin shaxsan oʻziga beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Agar advokatga boshqa advokatlik tuzilmasi tuzganligi yoki advokatlik tuzilmasiga kirganligi munosabati bilan yangi guvohnoma berilayotgan boʻlsa, u oʻziga yangi guvohnoma berilgan paytdan eʼtiboran amal qilishi tugatilgan deb hisoblanadigan avval unga berilgan guvohnomani adliya organiga qaytarishi kerak. Agar advokat qaytargan guvohnoma avval boshqa adliya organi tomonidan berilgan boʻlsa, adliya organi bu guvohnomani yangi guvohnomaning rekvizitlarini koʻrsatgan holda tegishli adliya organiga yuboradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Guvohnoma berilayotganda guvohnomaning qay darajada toʻgʻri toʻldirilganligi talabgor yoki advokatning Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi pasportidagi maʼlumotlar bilan solishtiriladi. Talabgor yoki advokat guvohnoma olganligi toʻgʻrisida rasmiylashtirilgan guvohnomalar berishni hisobga olish daftariga imzo qoʻyadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Advokatlik faoliyati bilan shugʻullanish huquqini beruvchi litsenziya (bundan keyingi oʻrinlarda litsenziya deb yuritiladi) qayta rasmiylashtirilgan va dublikati berilgan holda advokat qayta rasmiylashtirilgan litsenziyani (litsenziya dublikatini) olgan kundan eʼtiboran uch kunlik muddat ichida guvohnoma bergan adliya organiga qayta rasmiylashtirilgan litsenziyaning (litsenziya dublikatining) nusxasini va soʻnggi 12 oy mobaynida tushgan 3 x 4 sm oʻlchamdagi rangli fotosuratidan 2 donasini ilova qilgan holda yangi guvohnoma berish toʻgʻrisida ariza taqdim etishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yangi guvohnomani berish adliya organi tomonidan ikki kunlik muddat ichida amalga oshiriladi. Bunda advokat yangi guvohnomani olgan paytidan eʼtiboran amal qilishi tugatilgan deb hisoblangan avvalgi guvohnomani qaytarishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yangi guvohnoma berilgunga qadar, advokat advokatlik faoliyatini avval berilgan guvohnoma asosida amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Advokatlik faoliyatini mazkur bandning birinchi xatboshisi talablarini buzgan holda amalga oshirish qonun hujjatlariga muvofiq advokatning javobgarligiga sabab boʻladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Advokatning arizasiga binoan yoʻqotilgan yoki yaroqsiz holga kelgan guvohnoma oʻrniga yangi guvohnoma berilishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yoʻqotilgan yoki yaroqsiz holga kelgan guvohnoma oʻrniga yangi guvohnoma olish uchun advokat guvohnoma bergan adliya organiga guvohnomaning yoʻqotilganligi yoki yaroqsiz holga kelganligi holatlarini koʻrsatgan holda yangi guvohnoma berish toʻgʻrisida ariza taqdim etadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Guvohnoma yoʻqotilganligi munosabati bilan yangi guvohnoma berish toʻgʻrisidagi arizaga matbuotda guvohnoma yoʻqotilganligi va u haqiqiy emas deb topilishi haqida xabar eʼlon qilinganligini tasdiqlovchi hujjat ilova qilinadi. Guvohnoma yaroqsiz holga kelganligi tufayli yangi guvohnoma berish toʻgʻrisidagi arizaga yaroqsiz holga kelgan guvohnoma ilova qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yoʻqotilgan guvohnoma advokat tomonidan matbuotda xabar eʼlon qilingan kundan eʼtiboran haqiqiy emas deb topiladi. Bu haqda adliya organi sud-tergov organlariga maʼlum qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Adliya organi guvohnoma yoʻqotilganligi yoki yaroqsiz holga kelganligi fakti boʻyicha zarur boʻlganda, tegishli hududiy boshqarmani jalb qilib, tekshiruv oʻtkazadi, uning natijalari boʻyicha advokat intizomiy javobgarlikka tortilishi mumkin. Koʻrsatilgan tekshiruv natijalariga qarab, advokat maqomini toʻxtatib turish va tugatish uchun asoslar mavjud boʻlmagan taqdirda, yangi guvohnoma beriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Yangi guvohnoma berilgan kundan eʼtiboran yaroqsiz holga kelgan guvohnomaning amal qilishi tugatilgan deb hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Mazkur Nizomda nazarda tutilgan hollarda yangi guvohnoma berish adliya organi rahbarining buyrugʻi bilan rasmiylashtiriladi. Adliya organi yangi guvohnoma berilganligi toʻgʻrisida uch kunlik muddat ichida berilgan guvohnomaning rekvizitlarini koʻrsatgan holda tegishli hududiy boshqarmani yozma shaklda xabardor qiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Advokat advokatlik tuzilmasidan chiqqanida (advokat bilan mehnat shartnomasi (kontrakt) bekor qilinganda) tegishli advokatlik byurosi, advokatlik firmasi, advokatlar hayʼati va hududiy boshqarma bu haqda kunning ertasidan kechiktirmay guvohnoma bergan adliya organiga maʼlum qilishi kerak. Agar advokatlik tuzilmasidan chiqish advokatlik faoliyatini davom ettirish uchun advokatlik tuzilmasi tashkil etish yoki boshqa advokatlik tuzilmasiga kirish bilan bogʻliq boʻlmasa, advokat chiqayotgan tegishli advokatlik tuzilmasi yoki hududiy boshqarmaning rahbari adliya organining koʻrsatmasiga binoan advokatdan guvohnomani olib qoʻyishi va guvohnoma olib qoʻyilgan kunning ertasidan kechiktirmay uni adliya organiga qaytarishi, ayni bir vaqtda mehnat shartnomasi (kontrakt) bekor qilinganligi toʻgʻrisidagi buyruqdan nusxa taqdim etishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Advokat maqomini toʻxtatib turish va tugatish Qonunda nazarda tutilgan hollarda guvohnoma bergan adliya organining qarori bilan amalga oshiriladi. Ushbu qaror adliya organi rahbarining advokat maqomini toʻxtatib turish va tugatish toʻgʻrisidagi buyrugʻi bilan rasmiylashtiriladi, bu esa, tegishincha guvohnomaning amal qilishini toʻxtatib turishga va tugatishga olib keladi. Agar advokat maqomini toʻxtatib turish litsenziya amal qilishini toʻxtatib turish oqibati boʻlsa, buyruqda bir vaqtning oʻzida litsenziyaning amal qilishini va advokat maqomini toʻxtatib turish koʻrsatiladi. Advokat maqomi tegishli buyruq chiqarilgan kundan eʼtiboran toʻxtatib turiladi va tugatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Adliya organi uch kunlik muddat ichida advokatning guvohnomasini olib qoʻyadi, bundan advokat bedarak yoʻqolgan deb topilgan hol mustasno va tegishli hududiy boshqarmasiga advokat maqomi toʻxtatilganligi va tugatilganligi haqida xabar beradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Qonunning 131-moddasiga muvofiq advokat maqomi toʻxtatib turilgan shaxs advokat maqomini toʻxtatib turish uchun asos boʻlgan hollar tugatilganidan keyin uch oy ichida advokatlik faoliyatiga kirishishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Advokat maqomi toʻxtatib turilgan shaxs mazkur bandning birinchi xatboshisida koʻrsatilgan muddat oʻtishiga kamida oʻn kun qolganida tegishli adliya organiga advokat maqomini tiklash toʻgʻrisidagi ariza bilan murojaat qiladi. Arizaga advokat maqomini toʻxtatib turish uchun asos boʻlgan hollar tugatilganligini tasdiqlovchi tegishli hujjatlar ilova qilinadi. Adliya organi koʻrsatilgan muddatda arizani koʻrib chiqadi va tegishli qaror qabul qiladi. Advokat maqomini tiklash adliya organi rahbarining advokatning maqomini tiklash va unga advokat maqomi toʻxtatib turilganda olib qoʻyilgan guvohnomani qaytarish toʻgʻrisidagi buyrugʻi bilan rasmiylashtiriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Adliya organi tegishli buyruqni chiqargan sana guvohnoma berilgan, uning amal qilishi toʻxtatib turilgan va tugatilgan sana hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Amal qilishi tugatilgan guvohnomalar, shuningdek, mazkur Nizomda nazarda tutilgan hollarda oʻrniga yangi guvohnomalar berilgan guvohnomalar yoʻq qilinishi va bu haqda akt tuzilishi kerak. Adliya organlari tomonidan berilgan yoʻq qilinishi kerak boʻlgan guvohnomalar ularning oʻzlari tomonidan yoʻq qilinishi amalga oshiriladi. Mazkur Nizomning 11-bandida nazarda tutilgan guvohnomalar ham shunday tartibda yoʻq qilinishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Adliya organlari advokat maqomi toʻxtatib turilganligi, tiklanganligi va tugatilganligi toʻgʻrisidagi xabarni ommaviy axborot vositalarida eʼlon qiladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 84-moddasiga muvofiq advokatga guvohnoma bergan adliya organlari guvohnoma berilgan faktlar haqida tegishli davlat soliq xizmati organlariga, shuningdek, mazkur guvohnomaning amal qilishi toʻxtatib turilganligi yoki tugatilganligi toʻgʻrisida maʼlumot berishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Advokat maqomi bilan bogʻliq maʼlumotlar adliya organlari tomonidan advokatlarning davlat reyestrlariga kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. Advokatlarning davlat reyestrlarini yuritish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Advokatlarning davlat reyestrlariga (bundan keyingi oʻrinlarda reyestr deb yuritiladi) tegishli adliya organi tomonidan davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan (hisobga olingan) advokatlik tuzilmalarida ishlovchi advokatlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Reyestrlar mazkur Nizomning 4-ilovasiga muvofiq shaklda yuritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
26. Reyestrlar qogʻoz va elektron shakllarda yuritiladi. Reyestrning qogʻoz shakli yagona nusxada jurnal tarzida yuritilib, temir yoki maxsus jihozlangan shkafda saqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jurnal tikiladi, raqamlanadi va uning orqa tomonida betlar soni, jurnalni yuritish boshlangan sana koʻrsatiladi, jurnalning varaqlari adliya organining rahbari imzosi va muhri bilan tasdiqlangan boʻlishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
27. Adliya organining rahbari buyruq bilan rasmiylashtirgan holda reyestr yuritilishi uchun masʼul boʻlgan shaxsni belgilaydi. Reyestr yuritilishida dogʻ tushirilishi, yozuvlar oʻchirilishi va izoh berilmagan tuzatishlar kiritilishiga yoʻl qoʻyilmaydi. Reyestrga kiritilgan har bir tuzatish reyestr yuritilishi uchun masʼul boʻlgan shaxsning imzosi bilan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
advokat ishlayotgan advokatlik tuzilmasining nomi va joylashgan yeri (pochta manzili);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
advokat maqomi berilganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
advokat maqomi toʻxtatib turilganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
advokat maqomi tiklanganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
advokat maqomi tugatilganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
reyestrdan chiqarilganligi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Reyestr advokat maqomi bilan bogʻliq qoʻshimcha maʼlumotlarni oʻz ichiga olishi mumkin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
29. Advokat maqomi berilganligi, toʻxtatib turilganligi, tiklanganligi va tugatilganligi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar reyestrda adliya organi rahbarining tegishli buyrugʻi rekvizitlarini koʻrsatish yoʻli bilan aks ettiriladi. Rekvizitlar buyruq sanasi va raqamini oʻz ichiga olishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
30. Talabgorga advokat maqomi berilganligi munosabati bilan guvohnoma berilganda, reyestrning 1–5-ustunlariga tegishli belgilar kiritiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
31. Reyestrning 2–4-ustunlarida koʻrsatilgan maʼlumotlar oʻzgarishi munosabati bilan yangi guvohnoma berilganda, ana shu oʻzgarishlar reyestrda navbatdagi reyestr raqami ostidagi yangi qatorga oʻzgartirilgan tegishli maʼlumotlarni kiritish yoʻli bilan aks ettiriladi. Bunda birlamchi qatorning (yaʼni xuddi ana shu advokat toʻgʻrisidagi maʼlumotlar koʻrsatilgan qatorning) 10-ustuniga yangi qatorning reyestr raqamiga havola qilingan holda tegishli maʼlumotlardagi oʻzgarishlar toʻgʻrisida belgilar kiritiladi, yangi qatorning 10-ustunida esa, birlamchi qatorning reyestr raqamiga havola qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Misol. Reyestrning 3-reyestr raqami ostiga (1–5-ustunlarga) “HUQUQ” advokatlar hayʼatida ishlovchi advokat B.S.Normatov toʻgʻrisidagi maʼlumotlar kiritilgan. U boshqa advokatlik tuzilmasi – “FEMIDA” advokatlik firmasiga kirgan. Bu vaqtga kelib, reyestr raqamining oxirgisi 76 boʻlgan. Koʻrsatilgan oʻzgarishlar reyestrda quyidagicha qayd etiladi. 77-reyestr raqami ostidagi qatorda 1–4-ustunlar toʻldiriladi, bunda 4-ustunda yangi advokatlik tuzilmasi toʻgʻrisidagi maʼlumotlar koʻrsatiladi. Xuddi shu qatorning 10-ustunida quyidagilar yozib qoʻyiladi “3-reyestr raqamiga qarang”. 3-reyestr raqamining 10-ustuniga quyidagilar yozib qoʻyiladi “FEMIDA” advokatlik firmasiga kirgan, 77-reyestr raqamiga qarang”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
32. Avval boshqa adliya organi tomonidan guvohnoma berilgan, yaʼni boshqa hudud boʻyicha reyestrda turgan advokatga yangi guvohnoma berilganda yangi guvohnomani berayotgan adliya organi reyestrning 1–4 va 10-ustunlariga tegishli belgilar kiritadi. Bunda 10-ustunda boshqa adliya organi tomonidan advokat maqomi berilganligi va uning berilgan sanasi koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Bunday holda adliya organi oʻzi avval bergan guvohnomani olgach (mazkur Nizom 13-bandining ikkinchi xatboshisi), reyestrning 11-ustunida asos sifatida advokat tegishli hudud boʻyicha reyestrga kiritilganligini va kiritish sanasini koʻrsatgan holda advokatning reyestrdan chiqarilganligi toʻgʻrisida belgi qoʻyadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Misol. Buxoro viloyati adliya boshqarmasi tomonidan fuqaro T.K.Ibrohimovga advokat maqomi berilganligi munosabati bilan unga 2009-yil 29-mayda guvohnoma berilgan va u tegishli reyestrga kiritilgan. Keyinchalik esa, T.K.Ibrohimov Samarqand viloyatida roʻyxatdan oʻtkazilgan advokatlik tuzilmasiga kirgan va unga 2009-yil 11-sentabrda yangi guvohnoma berilgan. Shu munosabat bilan Samarqand viloyati adliya boshqarmasi avval Buxoro viloyati adliya boshqarmasi tomonidan advokat T.K.Ibrohimovga berilgan guvohnomani Buxoro viloyati adliya boshqarmasiga yuborgan. Mazkur oʻzgarishlar Samarqand va Buxoro viloyatlarining reyestrlarida quyidagi tarzda aks ettiriladi. Samarqand viloyati adliya boshqarmasi reyestrning 1–4-ustunlarini toʻldiradi, 10-ustunga esa, quyidagilarni yozib qoʻyadi: “Advokat maqomi 2009-yil 29-mayda Buxoro viloyati adliya boshqarmasi tomonidan berilgan”. Buxoro viloyati adliya boshqarmasi reyestrning 11-ustuniga quyidagilarni yozib qoʻyadi: “2009-yil 11-sentabrda Samarqand viloyati boʻyicha reyestrga kiritilganligi munosabati bilan reyestrdan chiqarilgan”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
33. Advokat ishlaydigan advokatlik tuzilmasining pochta manzili mazkur hudud doirasining oʻzida oʻzgarganida reyestrning 10-ustuniga yangi pochta manzili koʻrsatilgan holda tegishli belgi kiritiladi. Masalan, “Pochta manzili quyidagicha oʻzgartirilgan: Bulungʻur tumani, Oʻzbekiston koʻchasi, 43-uy” yoki “Pochta manzili quyidagicha oʻzgartirilgan: Doʻstlik koʻchasi, 53-uy”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
34. Advokat maqomi tugatilganida mazkur Nizomning 29-bandida koʻrsatilgan maʼlumotlarga qoʻshimcha ravishda reyestrning 11-ustuniga 9-ustunga havola qilgan holda advokat reyestrdan chiqarilganligi toʻgʻrisida belgi qoʻyiladi. Masalan, “Advokat maqomi tugatilganligi munosabati bilan reyestrdan chiqarildi, 9-ustunga qarang”.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
37. Yigʻma reyestr reyestrga oʻxshash shaklda, qogʻoz va elektron shakllarda yuritiladi. Yigʻma reyestrning qogʻoz shakli har bir hudud uchun bittadan nusxada, alohida jurnallar tarzida yuritiladi, ular temir yoki maxsus jihozlangan shkaflarda saqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Jurnallar tikiladi, raqamlanadi va ularning orqa tomonlarida betlar soni, jurnallarni yuritish boshlangan sana koʻrsatiladi, jurnallarning varaqlari Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirining tegishli oʻrinbosari imzosi va Adliya vazirligining muhri bilan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
38. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vaziri buyruq bilan rasmiylashtirgan holda Yigʻma reyestrni yuritish uchun masʼul shaxsni belgilaydi. Yigʻma reyestrni yuritishda dogʻ tushirilishi, yozuvlar oʻchirilishi va izoh berilmagan tuzatishlar kiritilishiga yoʻl qoʻyilmaydi. Yigʻma reyestrga kiritilgan har bir tuzatish reyestrni yuritish uchun masʼul shaxsning imzosi bilan tasdiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
39. Adliya organlari har haftaning juma kunidan kechiktirmay payshanba holati boʻyicha ham kiritilgan reyestrlar nusxalarini Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligiga qogʻoz va elektron shakllarda taqdim etadi. Bunda reyestrning qogʻoz shaklida faqatgina tegishli haftaga doir maʼlumotlar (davr boshlangan va tugagan sanalar qayd etilgan holda) koʻrsatiladi, u adliya organining rahbari imzosi va muhri bilan tasdiqlanadi, elektron shakllar esa, reyestrni yuritish boshlangandan buyon oʻsib boruvchi yakunlarda taqdim etiladi va reyestrning nusxasi qaysi sanadagi holat boʻyicha taqdim etilayotgan boʻlsa, oʻsha sana koʻrsatiladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
40. Reyestrdan chiqarilgan shaxslar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar ular chiqarilgan kundan eʼtiboran uch yil oʻtganidan keyin Yigʻma reyestrning elektron shaklidan olib tashlanishi kerak.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
41. Yigʻma reyestr hammaning foydalanishi uchun ochiqdir. Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi uni vazirlikning rasmiy saytida eʼlon qilishni amalga oshiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
V. Yakunlovchi qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
42. Advokat guvohnoma saqlanishi uchun shaxsan javobgardir. Guvohnomani boshqa shaxslarga berish taqiqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
43. Mazkur Nizom talablarini buzganlikda aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlariga muvofiq javobgarlikka tortiladilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
44. Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Advokatlar palatasi bilan kelishilgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Advokatlar palatasining raisi T.Sayidov
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2009-yil 30-mart,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Advokatlik guvohnomasi va advokatlarning davlat reyestrlarini yuritish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga 1-ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 14-son, 169-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 08.12.2018-y., 10/18/1933-1/2284-son)