31.03.2009 yildagi 89-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat 03.07.2018 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“AGROBANK” AKSIYADORLIK TIJORAT BANKI FAOLIYATINI TASHKIL ETISH CHORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Agrobank” aksiyadorlik tijorat bankini tashkil etish toʻgʻrisida” 2009-yil 30-martdagi PQ-1084-son qarorini bajarish yuzasidan va uning samarali faoliyati tashkil etilishini taʼminlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. “Agrobank” aksiyadorlik tijorat banki kengashi tarkibi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar “Agrobank” aksiyadorlik tijorat banki Kengashining asosiy vazifalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xoʻjaligi ishlab chiqaruvchilariga hamda iqtisodiyotning agrosanoat sektori korxonalariga kredit berish va ularni moliyalashtirish boʻyicha koʻrsatiladigan xizmatlar sifatini va qulayligini oshirishga yoʻnaltirilgan uzoq muddatli bank siyosatini shakllantirish, shuningdek aholiga hamda qishloq tadbirkorlariga keng koʻlamli bank va konsalting xizmatlari koʻrsatish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq xoʻjaligi ishlab chiqaruvchilariga, mulkchilikning barcha shakllaridagi korxonalarga, shu jumladan “Oʻzpaxtasanoat” uyushmasi va “Oʻzdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi tizimiga kiradigan, qishloq xoʻjaligi mahsulotlarini qayta ishlash, saqlash, tashish va sotishga ixtisoslashgan korxonalarga yuqori sifatli, jahon bozorida raqobatbardoshli mahsulotlar ishlab chiqarish boʻyicha zamonaviy texnologiyalar va asbob-uskunalarni joriy etishga hamda ichki isteʼmol bozorini yuqori sifatli oziq-ovqat tovarlari bilan toʻldirishga koʻmaklashish maqsadida kredit berish va ularni moliyalashtirish mexanizmlarini izchil takomillashtirib borish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bankda zamonaviy korporativ boshqaruvni shakllantirish va bank ijro etuvchi organining samarali faoliyatini taʼminlash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bankning maqbul darajada kapitallashuvini, likvidliligini unga yuklangan vazifalarning bajarilishi va majburiyatlarining oʻz vaqtida amalga oshirilishi uchun yetarli darajada saqlab turish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
universal tijorat banki sifatida bank tomonidan yuridik va jismoniy shaxslarga kompleks xizmat koʻrsatish uchun shart-sharoitlar yaratish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qishloq joylarda faoliyat koʻrsatayotgan bank-moliya infratuzilmasini faollashtirish va kengaytirish.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. “Agrobank” aksiyadorlik tijorat bankiga markaziy apparati tarkibida kreditlarning qaytariluvchanligi monitoringini olib borish va ulardan maqsadli foydalanilishini nazorat qilish boʻyicha maxsus guruh tashkil etish tavsiya qilinsin, quyidagilar maxsus guruhning asosiy vazifalari etib belgilansin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kredit mablagʻlaridan foydalanish samaradorligini tizimli ravishda chuqur tahlil qilish;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bank filiallarida moliyalashtirish ishlarini muvofiqlashtirish, kredit portfeli holatini, shuningdek kreditlarning taʼminlanganligi va ulardan maqsadli foydalanilishi holatini monitoring qilish va xolisona baholash;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kreditlarning qaytariluvchanligi darajasini oshirish boʻyicha zarur chora-tadbirlar koʻrish.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi huzuridagi Qimmatli qogʻozlar bozori faoliyatini muvofiqlashtirish va nazorat qilish markazi “Paxta-bank” aksiyadorlik tijorat banki chiqargan aksiyalarni “Agrobank” aksiyadorlik tijorat bankiga qayta roʻyxatdan oʻtkazishni va yangidan chiqarilayotgan aksiyalarni roʻyxatdan oʻtkazishni yigʻimlar undirmasdan amalga oshirsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Belgilab qoʻyilsinki, “Agrobank” aksiyadorlik tijorat banki boshqaruvi raisi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarori bilan lavozimga tayinlanadi va lavozimdan ozod qilinadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. “Agrobank” aksiyadorlik tijorat banki Kengashi va boshqaruvi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bir oy muddatda bank ustavini ishlab chiqsin va aksiyadorlarning umumiy yigʻilishida tasdiqlasin, shuningdek bankni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda roʻyxatdan oʻtkazish uchun hujjatlarning zarur paketini tayyorlasin va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy bankiga taqdim etsin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bankka yuklangan vazifalarning samarali bajarilishi zarurligidan kelib chiqqan holda bank hamda uning filiallari tuzilmasini va shtatlar jadvalini oʻn kun muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
bankning markaziy apparati va uning filiallarini banklarning boʻlinmalarida va fermer xoʻjaliklariga, paxta tozalash va donni qayta ishlash sanoatining paxta va don mahsulotlarini qayta ishlash, saqlash, tashish va sotishga ixtisoslashgan korxonalariga kredit berish sohasida ish tajribasiga ega boʻlgan yuqori malakali mutaxassislar bilan taʼminlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Oʻzbekiston banklar uyushmasi va Bank-moliya akademiyasi 2009-yil mobaynida “Agrobank” aksiyadorlik tijorat banki mutaxassislari uchun, oʻqitish haqini undirmagan holda, fermer xoʻjaliklariga, paxta tozalash va donni qayta ishlash sanoatining paxta va don mahsulotlarini qayta ishlash, saqlash, tashish va sotishga ixtisoslashgan korxonalariga kredit berish boʻyicha maxsus kurslar tashkil etilishini taʼminlasinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. “Agrobank” aksiyadorlik tijorat bankiga Milliy teleradiokompaniya, Matbuot va axborot agentligi, Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki va Oʻzbekiston banklar uyushmasi bilan birgalikda bir oy muddatda 2009-2010-yillarda ommaviy axborot vositalarida bank faoliyatini hamda uning tomonidan koʻrsatilayotgan xizmatlarni keng yoritish boʻyicha kompleks tadbirlarni ishlab chiqish va tasdiqlash tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Adliya vazirligi hamda manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda qonun hujjatlariga ushbu qarordan kelib chiqadigan oʻzgartirish va qoʻshimchalar toʻgʻrisida Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S.Azimov va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi F.M.Mullajonov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2009-yil 31-mart,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
89-son
Oldingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 31-martdagi 89-son qaroriga
ILOVA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“Agrobank” aksiyadorlik tijorat banki kengashining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
TARKIBI

1.

Xaydarov A.Ya.

Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining birinchi oʻrinbosari, Kengash raisi

2.

Mirzayev Sh.Sh.

Moliya vazirligi huzuridagi Qishloq xoʻjaligi davlat tomonidan qoʻllab quvvatlash jamgʻarmasini boshqarish departamenti direktori, Kengash raisining oʻrinbosari

3.

Lavozim boʻyicha

Qishloq xoʻjaligi vazirining oʻrinbosari

4.

Obidov A.A.

Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirilgan korxonalarga koʻmaklashish va raqobatni rivojlantirish davlat qoʻmitasi raisining oʻrinbosari

5.

Maksudov A.I.

“Oʻzpaxtasanoat” AJ boshqaruvi raisi

6.

Vafayev Sh.A.

Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasining ijro etuvchi direktori

7.

Saliyev Sh.I.

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Makroiqtisodiy tahlil va prognozlashtirish, moliya
va bank tizimlarini isloh qilish, xususiy tadbirkorlik va kichik biznesni rivojlantirish masalalari yigʻma axborot-tahlil departamenti bosh mutaxassisi

8.

Xaydarov S.O.

“Oʻzdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi boshqaruvi raisi

9.

Norgitov M.D.

Oʻzbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamgʻarmasining yuridik xizmat rahbari

Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Izoh. Kengash aʼzolari boshqa ishga oʻtgan taqdirda uning tarkibiga ushbu lavozimlarga yangidan tayinlangan yoxud zimmasiga tegishli vazifalarni bajarish yuklangan shaxslar Bank kengashi tarkibiga kiritiladi.
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 3-iyuldagi 499-sonli qarori tahririda — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2018-y., 09/18/499/1439-son)
Keyingi tahrirga qarang.
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 14-son, 158-modda; 2017-y., 26-son, 593-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 03.07.2018-y., 09/18/499/1439-son, 14.05.2019-y., 09/19/397/3123-son; 15.04.2020-y., 09/20/217/0426-son)