O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Qarori
KONLARNING KONDIM GURUHINI KOMPLEKS JIHOZLAShNI JADALLAShTIRISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Gazni qayta ishlash zavodi qurilishini jadallashtirish va o‘z vaqtida foydalanishga topshirish hamda konlarning Kondim guruhini kompleks jihozlash maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Quyidagilar:
O‘zbekiston Respublikasi bilan “LUKOYL” neft kompaniyasi” ochiq aksiyadorlik jamiyati va “O‘zbekneftgaz” milliy xolding kompaniyasidan iborat tarkibdagi investorlar konsorsiumi o‘rtasida 2004-yil 16-iyunda tuzilgan konlarning Kondim guruhi uchastkasi, Xauzak va Shodi uchastkalari, shuningdek Qo‘ng‘irot uchastkasiga nisbatan Mahsulot taqsimotiga oid bitimni amalga oshirish doirasida Buxoro viloyatidagi Xauzak uchastkasining gaz koni o‘z vaqtida foydalanishga topshirilganligi va tabiiy gaz qazib olish boshlanganligi;
tabiiy gazni qazib olish va qayta ishlash hajmining o‘rtacha yillik prognoz darajasi 8 mlrd kub m, tozalangan tovar gaz bo‘yicha 6 519,5 ming tonna, stabil kondensat — 213,6 ming tonna, suyultirilgan gaz — 17,5 ming tonna va oltingugurt — 191,1 ming tonna ishlab chiqarish quvvatiga ega bo‘lgan “Gazni qayta ishlash zavodi kompleksini qurish va konlarning Kondim guruhini jihozlash” investitsiya loyihasining dastlabki texnik-iqtisodiy asoslashi vakolatli organlar tomonidan ekspertizadan o‘tkazilganligi va belgilangan tartibda tasdiqlanganligi;
Oldingi tahrirga qarang.
(1-bandning to‘rtinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 16-dekabrdagi PQ-1661-sonli qaroriga asosan chiqarilgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(2-bandning birinchi xatboshisi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 16-dekabrdagi PQ-1661-sonli qaroriga asosan chiqarilgan)
O‘zbekiston Respublikasi Davlat arxitektura va qurilish qo‘mitasi belgilangan tartibda loyiha hujjatlari ekspert jihatdan kuzatib borilishini hamda bajariladigan loyiha va qurilish-montaj ishlarining sifati ustidan nazoratni ta’minlasin.
Oldingi tahrirga qarang.
(3-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 16-dekabrdagi PQ-1661-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan)
Oldingi tahrirga qarang.
(4-band O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011-yil 16-dekabrdagi PQ-1661-sonli qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan)
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Bosh vazir o‘rinbosarlari E.R. Shaismatov va N.M. Xanov zimmasiga yuklansin.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2008-yil 23-may,
108-son