Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021 01.04.2008 yildagi 58-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 22.02.2021
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“QO‘NG‘IROT KOMPRESSOR STANSIYASIDA GAZNI QURITISh QURILMASINI QURISh” INVESTITSIYa LOYIHASINI AMALGA OShIRIShNI JADALLAShTIRISh ChORA-TADBIRLARI TO‘G‘RISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 87-sonli “O‘zbekiston Respublikasi Hukumatining o‘z ahamiyatini yo‘qotgan ayrim qarorlarini o‘z kuchini yo‘qotgan deb hisoblash to‘g‘risida (O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘z ahamiyatini yo‘qotgan qonunchilik hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish tizimini joriy etish orqali mamlakatda ishbilarmonlik muhitini yaxshilash chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2020-yil 27-sentabrdagi PF-6075-son Farmoni)”gi qaroriga asosan o‘z kuchini yo‘qotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Singapur Respublikasi bilan hamkorlikni yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2007-yil 13-fevraldagi PQ-581-son qarorini bajarish yuzasidan, shuningdek eksportga sotilayotgan tabiiy gazning sifatini xalqaro talablargacha yetkazish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Singapurga 2007-yil yanvar oyidagi Davlat tashrifi davomida erishilgan ahdlashuvlar doirasida “O‘zbekneftgaz” MXK tomonidan Singapurning “CW Singapore” kompaniyasi bilan birgalikda yiliga 13 mlrd. kub metr gazni qayta ishlash quvvatiga ega bo‘lgan, 2008-yilning IV choragida foydalanishga topshiriladigan “Qo‘ng‘irot kompressor stansiyasida gazni quritish qurilmasini qurish” investitsiya loyihasini (keyingi o‘rinlarda obyekt deb ataladi) amalga oshirish boshlanganligi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasining 25 mln. AQSh dollari miqdoridagi mablag‘lari, shuningdek “O‘zbekneftgaz” MXKning o‘z mablag‘lari ko‘rsatib o‘tilgan investitsiya loyihasini moliyalashtirish manbalari etib belgilanganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Quyidagilar:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘ztransgaz” aksiyadorlik kompaniyasi — obyekt qurilishi bo‘yicha buyurtmachi etib;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zneftgazqurilishinvest” aksiyadorlik kompaniyasi — obyekt qurilishi bo‘yicha bosh pudratchi etib;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
“O‘zLITIneftgaz” instituti OAJ — texnologiya asbob-uskunalari yetkazib berish bo‘yicha pudratchi sifatida “CW Singapore” kompaniyasini jalb qilgan hamda loyihaning TIAni “O‘zog‘irneftgazkimyoloyiha” instituti bilan belgilangan tartibda kelishgan holda — loyiha-smeta hujjatlarini ishlab chiqish bo‘yicha bosh loyihalashtiruvchi etib belgilansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Obyektning strategik ahamiyatini, moliyalashtirish manbalari va ishlarni bajaruvchilar mavjudligini hisobga olgan holda “O‘zbekneftgaz” MXKning DTIA ishlab chiqmasdan loyihaning TIAni ishlab chiqish va tasdiqlash uchun kiritish haqidagi taklifiga istisno tariqasida rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi, O‘zbekiston Respublikasi “Davarxitektqurilish” qo‘mitasi, Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki “Qo‘ng‘irot kompressor stansiyasida gazni quritish qurilmasini qurish” investitsiya loyihasining TIAni bir hafta muddatda ko‘rib chiqsinlar va belgilangan tartibda ekspert xulosasi bersinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari E.R.Shaismatov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
O‘zbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2008-yil 1-aprel,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
58-son