Hujjat kuchini yo‘qotgan 20.12.2019 16.03.2009 yildagi 70-son
ONLINE TRANSLATE
Hujjat kuchini yo‘qotgan 20.12.2019
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qarori
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IKKILAMChI QOGʻOZ ChIQINDILARINI TOʻPLASh, TAYYORLASh VA QAYTA IShLASh UChUN YETKAZIB BERISh TIZIMINI TARTIBGA SOLISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
 LexUZ sharhi
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 19-dekabrdagi 1015-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi huzuridagi Isteʼmolchilar huquqlarini himoya qilish agentligi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Tarmoqda nazorat, hisobga olish va boshqarishni maqbullashtirish asosida qogʻoz chiqindilarini tayyorlash tizimini rivojlantirish va takomillashtirish, real sektor korxonalarining, kichik va xususiy biznes subyektlarining ikkilamchi qogʻozga boʻlgan ehtiyojlarini yanada toʻliq taʼminlash uchun ikkilamchi xomashyodan sanoat yoʻli bilan foydalanishning samarali mexanizmlarini joriy etish, shuningdek tarmoq korxonalarining, shu jumladan “Sanoatqalinqogʼozsavdo” XI OAJ va “Oʻzbek qogʻozi” OAJning mavjud quvvatlaridan foydalanishni koʻpaytirish maqsadida Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. “Sanoatqalinqogʼozsavdo” XI OAJ va “Oʻzbek qogʻozi” OAJning kelgusida qayta ishlash uchun joylarda toʻplangan ikkilamchi xomashyo — qogʻoz chiqindilarini qabul qilish punktlari tashkil etish toʻgʻrisidagi taklifiga rozilik berilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Qoraqalpogʻiston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi foydalanilmayotgan turar joy boʻlmagan binolarni qogʻoz chiqindilarini qabul qilish punktlari tashkil etish uchun “Sanoatqalinqogʼozsavdo” XI OAJ va “Oʻzbek qogʻozi” OAJga belgilangan tartibda bersin.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-band Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-fevraldagi 161-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.02.2019-y., 09/19/161/2600-son)
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, ularning hududiy boʻlinmalari, mahalliy davlat hokimiyati organlari tasdiqlangan prognoz koʻrsatkichlarga muvofiq qogʻoz chiqindilarini toʻplash va topshirishni belgilangan tartibda amalga oshirsinlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Belgilab qoʻyilsinki, “Sanoatqalinqogʼozsavdo” XI OAJ va “Oʻzbek qogʻozi” OAJ qabul qilish punktlari qogʻoz chiqindilarini tayyorlash va topshirish boʻyicha hisob-kitoblarni erkin narxlarda, shu jumladan ularni jismoniy shaxslardan qabul qilib olishda — naqd pul bilan va yuridik shaxslardan qabul qilib olishda — naqd pulsiz amalga oshiradilar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash qoʻmitasi Iqtisodiyot vazirligi, Moliya vazirligi, Markaziy bank, “Sanoatqalinqogʼozsavdo” XI OAJ “Oʻzbek qogʻozi” OAJ hamda boshqa manfaatdor vazirliklar va idoralar bilan birgalikda Qogʻoz chiqindilarini toʻplash, tayyorlash va qayta ishlash uchun yetkazib berish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni bir oy muddatda ishlab chiqsin va tasdiqlasin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Belgilab qoʻyilsinki:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
qogʻoz chiqindilarini toʻplash va topshirishning tashkil etilishi uchun davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlari rahbarlari javob beradilar;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
budjet tashkilotlari boʻyicha qogʻoz chiqindilarini sotishdan olingan mablagʻlar ularning budjetdan tashqari hisob raqamiga oʻtkaziladi va ulardan tashkilotning moddiy-texnika bazasini mustahkamlashda foydalaniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Respublika tijorat banklariga tarmoq qayta ishlash korxonalariga, shu jumladan texnologik asbob-uskunalarni modernizatsiyalash uchun, kreditlar ajratish tavsiya etilsin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosarlari E.R. Shoismatov va N.M. Xanov zimmasiga yuklansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2009-yil 16-mart,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
70-son
Oldingi tahrirga qarang.
(ilova Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019-yil 23-fevraldagi 161-sonli qaroriga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.02.2019-y., 09/19/161/2600-son)
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 12-son, 131-modda; 2016-y., 52-son, 602-modda; 2017-y., 37-son, 996-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 23.02.2019-y., 09/19/161/2600-son)