OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MONOPOLIYADAN ChIQARISh, RAQOBAT VA TADBIRKORLIKNI QOʻLLAB-QUVVATLASh DAVLAT QOʻMITASINING
Qarori
SANATSIYAGA TORTILGAN QIShLOQ XOʻJALIK KORXONALARINI MONITORING QILISh TARTIBINI OʻZ KUChINI YOʻQOTGAN DEB TOPISh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2009-yil 4-martda 473-1-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
“Bankrotlik toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasining Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining axborotnomasi, 2003-y., № 5, 63-modda) va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2005-yil 2-maydagi PQ-66-sonli qarori (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-yil, 17-18-son, 130-modda) bilan tasdiqlangan Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi toʻgʻrisidagi nizomga muvofiq Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Davlat mulki qoʻmitasi qoshidagi Iqtisodiy nochor korxonalar ishlari qoʻmitasi tomonidan tasdiqlangan “Sanatsiyaga tortilgan qishloq xoʻjalik korxonalarini monitoring qilish tartibi” (1998-yil 14-avgust, roʻyxat raqami 473) oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin.
2. Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi raisi v.b. B. ULAShOV
Toshkent sh.,
2009-yil 16-fevral,
5-son
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2009-yil 16-fevral
Iqtisodiyot vaziri B. XOʻJAYEV
Toshkent sh.,
2009-yil 16-fevral
Davlat mulkini boshqarish davlat qoʻmitasi raisi D. MUSAYEV
Toshkent sh.,
2009-yil 16-fevral
Qishloq va suv xoʻjaligi vaziri S. ISMOILOV
Toshkent sh.,
2009-yil 16-fevral
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 10-11-son, 117-modda)