11.09.1998 yildagi 23-son
Oldingi tahrirga qarang.
 LexUZ sharhi
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 63-moddasiga ko‘ra oila jamiyatning asosiy bo‘g‘ini hisoblanadi hamda jamiyat va davlat muhofazasida bo‘lish huquqiga ega. Respublika fuqarolarining shaxsiy va ijtimoiy manfaatlari uzviy muvofiqlashgan oilani himoya qilish davlat ahamiyatiga molik bo‘lgan vazifalardan biridir.
Oldingi tahrirga qarang.
1998-yil 1-sentabrdan amalga kiritilgan O‘zbekiston Respublikasining Oila kodeksi oilani mustahkamlash, voyaga yetmagan bolalar va oilaning mehnatga layoqatsiz a’zolarining manfaatlarini qo‘riqlashning ustunligini nazarda tutadi.
Oldingi tahrirga qarang.
O‘zbekiston Respublikasining Oila kodeksi qabul qilinishi munosabati bilan, oila qonunchiligini to‘g‘ri va bir xilda qo‘llanilishini ta’minlash va oilaviy nizolarni ko‘rish jarayonida sudlarda kelib chiqayotgan savollarni tushuntirish maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi qaror qiladi:
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
3. Sud boshqa-boshqa turadigan ota-onalar o‘rtasida bo‘lgan ularning qaysi biri bilan qaysi bolasi yashash uchun qolishi to‘g‘risidagi nizolarni hal etishda O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 71-moddasida belgilangan ota va onaning huquq va majburiyatlarining tengligiga asoslangan holda, voyaga yetmagan bolalarning manfaatlariga va xohishlariga mos keladigan hal qiluv qarori qabul qilishi lozim. Bunda sud ota-onadan birining moddiy-maishiy ahvoli ustunligining o‘zi bolani unga olib berish uchun asos bo‘la oladigan shart hisoblanmasligini nazarga olgan holda, bolaning ota-onadan, aka-uka, opa-singillaridan qaysi biriga bog‘lanib qolganligini, ota-onadan qaysi biri bolalariga nisbatan ko‘proq g‘amxo‘rlik va e’tibor ko‘rsatayotganligini, bolalarning yoshini va ota-onadan qaysi biriga ko‘ngil qo‘yganligini, ota-onaning axloqiy va boshqa shaxsiy fazilatlarini, ota-onaning har biri bilan bola o‘rtasidagi munosabatlarni, bolani tarbiyalash va uning kamoloti uchun shart-sharoitlar (ota-onasining ma’lumot turi, ish tartibi, moddiy hamda oilaviy ahvoli va boshqalar) yaratish imkoniyatini e’tiborga oladi.
5. Oila kodeksining 73-moddasiga muvofiq ota-onalar boshqa shaxslar oldida bolalarini shaxsan tarbiya qilishda ustun huquqqa egadirlar va bolalarini qonunga asoslanmagan holda ushlab turgan har qanday shaxsdan qaytarilishini talab qilishga haqlidirlar.
Oldingi tahrirga qarang.
7. Oila kodeksining 76-moddasiga binoan bolasidan alohida turadigan ota yoki ona bolasi bilan ko‘rishish, uning tarbiyasida ishtirok etish va ta’lim olish masalasini hal etishda qatnashish huquqiga ega.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Istisno hollarda, boladan alohida yashayotgan ota-onaning bola bilan ko‘rishishi unga zarar yetkazishi mumkin bo‘lsa, sud O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 75-moddasi 2-qismiga muvofiq, ota-onaning huquqini amalga oshirishda ota-ona bolalarning jismoniy va ruhiy sog‘lig‘iga, axloqiy kamolotiga zarar yetkazishga haqli emasligidan kelib chiqib, sud ota-onaning bola bilan ko‘rishish tartibini belgilash haqidagi da’vosini, qabul qilingan qarorda asoslantirgan holda rad qilishga haqli.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
9. Oila kodeksining 80-moddasiga muvofiq ota-onalik huquqidan mahrum qilish sud tartibida amalga oshiriladi. Ota-onalik huquqidan mahrum qilish to‘g‘risidagi ishlar ota (ona)ning (ularning o‘rnini bosuvchi shaxslarning), prokurorning, shuningdek voyaga yetmagan bolalarning huquqlarini himoya qilish majburiyati yuklatilgan organ yoki muassasalarning (vasiylik va homiylik organi, voyaga yetmaganlar ishlari bilan shug‘ullanuvchi komissiyalar, yetim bolalar va ota-ona qaramog‘idan mahrum bo‘lgan bolalar muassasalari hamda boshqa muassasalarning) da’vosiga binoan ko‘riladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Yuridik shaxs huquqlaridan foydalanuvchi davlat yoki jamoat tashkilotlari O‘zbekiston Respublikasi FPKning 48-moddasiga muvofiq, ularga amaldagi qonunlarga ko‘ra voyaga yetmaganlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish majburiyati yuklatilgan bo‘lsa, bunday ishlar bo‘yicha da’vogar bo‘lishlari mumkin (vasiylik va homiylik organlari, chaqaloqlar uyi, bolalar uyi, maktab-internatlar, kasaba uyushmalarining qo‘mitalari va h.k.).
Oldingi tahrirga qarang.
Davlat boshqaruvi organlari va tashkilotlar O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik protsessual kodeksining (bundan buyon matnda FPK deb yuritiladi) 52-moddasiga muvofiq, agar ularga amaldagi qonun hujjatlari bilan voyaga yetmaganlarning huquq va manfaatlarini himoya qilish majburiyati yuklatilgan bo‘lsa, bunday ishlar bo‘yicha da’vogar bo‘lishlari mumkin (vasiylik va homiylik organlari, chaqaloqlar uylari, bolalar uylari va h.k.)
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
14. Sud O‘zbekiston Respublikasi FPK 197-moddasiga muvofiq, voyaga yetmaganning manfaatlarini nazarga olib, manfaatdor shaxslarning javobgarning jamiyatda yashash qoidalarini muttasil ravishda buzib kelayotganligi va u bilan birgalikda yashash imkoniyati yo‘qligi sababli turar joyidan ko‘chirish to‘g‘risidagi da’vosini ota-onalik huquqidan mahrum qilish to‘g‘risidagi da’vo bilan birgalikda ko‘rishga haqli (O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 81-moddasi).
15. Ota-ona (ulardan biri) Oila kodeksining 79-moddasiga binoan ota-onalik huquqidan o‘zlarining aybli xulq-atvoriga ko‘ra, agar ular ota-onalik majburiyatlarini bajarishdan bosh tortsa, shu jumladan aliment to‘lashdan bo‘yin tovlasa, uzrsiz sabablarga ko‘ra o‘z bolasini tug‘uruqxona yoki boshqa davolash muassasasidan, o‘quv-tarbiya, aholini ijtimoiy himoyalash muassasasi va shunga o‘xshash muassasalardan olishdan bosh tortsa, ota-onalik huquqini suiiste’mol qilsa, bolalarga nisbatan shafqatsiz muomalada bo‘lsa, jumladan jismoniy kuch ishlatsa yoki ruhiy ta’sir ko‘rsatsa, muttasil ichkilikbozlik yoki giyohvandlikka mubtalo bo‘lgan bo‘lsa, o‘z bolalarining hayoti yoki sog‘lig‘iga yoxud eri (xotini)ning hayoti yoki sog‘lig‘iga qarshi qasddan jinoyat sodir qilgan bo‘lsa, ota-onalik huquqidan mahrum qilinishi mumkinligi sudlarga tushuntirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
18. O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 81-moddasiga muvofiq, ota-onalik huquqidan mahrum qilinishi ota-onani bolalarini ta’minlash majburiyatidan ozod qilmaydi. Shu sababli sud javobgarni ota-onalik huquqidan mahrum qilishda, FPK 251 va 254-moddalarining qoidalariga asoslanib, undan aliment undirish to‘g‘risidagi masalani, bunday da’vo qo‘zg‘atilgan-qo‘zg‘atilmaganligidan qat’i nazar, birgalikda hal etishi shart.
Oldingi tahrirga qarang.
20. O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 82-moddasiga muvofiq sudlar ota-onalik huquqini tiklash to‘g‘risidagi da’volarni ko‘rishda ota-onalarning xulq-atvori va turmush tarzi o‘zgargan-o‘zgarmaganligini, ularning bolalarini tarbiya qila olish-olmasliklarini sinchiklab tekshirishlari lozim. Ota-onalik huquqini tiklashga agar bu bolalarning manfaatlariga mos kelsa, yo‘l qo‘yiladi.
22. Bir qator obyektiv sabablarga ota-onaning (ulardan birining) ruhiyati buzilishi yoki boshqa surunkali kasalligi, og‘ir sharoitning vujudga kelishi, og‘ir holatlarni boshdan kechirish va boshqalarga ko‘ra bolalarni ota-onasining ixtiyorida qoldirish xavfli deb topilsa, sud O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 83-moddasiga muvofiq, shu moddada ko‘rsatilgan shaxs va organlarning da’vosiga binoan, ota-onalik huquqidan mahrum qilmasdan turib ota-onadan (ulardan biridan) bolani olish to‘g‘risida hal qiluv qarori chiqarishi (ota-onalik huquqini cheklash) va vasiylik va homiylik organining qaramog‘iga topshirishi mumkin.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Farzandlikka oluvchi majburiyatlarini bajarishdan bosh tortgan yoki o‘zining huquqlarini suiiste’mol qilgan holatda, unga nisbatan ota-onalik huquqidan mahrum qilish to‘g‘risida emas, balki O‘zbekiston Respublikasi Oila kodeksining 169-moddasiga muvofiq farzandlikka olishni bekor qilish to‘g‘risida da’vo qo‘zg‘atilishi mumkin, chunki farzandlikka oluvchilarda ota-onalik huquqi va majburiyatlari nasl-nasabi tufayli emas, balki farzandlikka olganliklari munosabati bilan vujudga keladi.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
Oldingi tahrirga qarang.
FPK 267-moddasiga muvofiq sud, zarur hollarda, bolalarni ota-onasidan va boshqa shaxslardan olish to‘g‘risidagi hal qiluv qarorining darhol ijro etilishiga ham yo‘l qo‘yadi.
Oldingi tahrirga qarang.
32. O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 1993-yil 16-apreldagi 5-12-93-sonli qarori va unga 1997-yil 2-mayda o‘zgartirishlar kiritilgan “Bolalar tarbiyasi bilan bog‘liq bo‘lgan nizolarni hal qilishda sudlar tomonidan qonunlarni qo‘llash amaliyoti to‘g‘risida”gi qarori o‘z kuchini yo‘qotgan deb topilsin.