28.01.2009 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1891
ONLINE TRANSLATE
Oʻzbekiston Respublikasi moliya vazirining buyrugʻi, 28.01.2009 yilda ro‘yxatdan o‘tgan, ro‘yxat raqami 1891
Kuchga kirish sanasi
07.02.2009
Hujjat 07.02.2009 00 sanasi holatiga
Amaldagi versiyaga o‘tish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MOLIYA VAZIRINING
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
buyrugʻi
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
BIZNES SOHASI UCHUN SUGʻURTA XIZMATLARI KOʻRSATISHNING YAGONA TALABLARI VA STANDARTLARI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMNI TASDIQLASH HAQIDA
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2009-yil 28-yanvarda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1891]
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 10-apreldagi PQ-618-sonli “Sugʻurta xizmatlari bozorini yanada isloh qilish va rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qarorining (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 15-son, 158-modda) ijrosini taʼminlash maqsadida buyuraman:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Biznes sohasi uchun sugʻurta xizmatlari koʻrsatishning yagona talablari va standartlari toʻgʻrisidagi nizom ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Ushbu buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtgan kundan boshlab oʻn kundan keyin kuchga kiradi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Moliya vaziri R. AZIMOV
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Toshkent sh.,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2008-yil 26-dekabr,
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
120-son
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Moliya vazirining 2008-yil 26-dekabrdagi 120-sonli buyrugʻi bilan
TASDIQLANGAN
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Biznes sohasi uchun sugʻurta xizmatlari koʻrsatishning yagona talablari va standartlari toʻgʻrisida
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
NIZOM
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Mazkur Nizom Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 10-apreldagi PQ-618-sonli “Sugʻurta xizmatlari bozorini yanada isloh qilish va rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 15-son, 158-modda) muvofiq biznes sohasi uchun sugʻurta xizmatlari koʻrsatishning yagona talablari va standartlarini belgilaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
I. Umumiy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
1. Mazkur Nizom maqsadlarida biznes sohasi uchun sugʻurta xizmatlarini koʻrsatish deganda tadbirkorlik xavflarini sugʻurtalash shartnomalari boʻyicha sugʻurta himoyasini taqdim etish tushuniladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
2. Mazkur Nizom bilan belgilangan yagona talablar biznes sohasi uchun sugʻurta xizmatlarini taqdim etayotgan sugʻurtalovchilar uchun majburiydir.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
3. Biznes sohasi uchun sugʻurta xizmatlari koʻrsatishning standartlari standart tushunchalar va sugʻurta xizmatlari koʻrsatishning standart shartlaridan iboratdir. Sugʻurta xizmatlari koʻrsatishning standartlari, agar qonun hujjatlarida yoki sugʻurta shartnomasida boshqacha qoida nazarda tutilmagan boʻlsa, biznes sohasi uchun sugʻurta xizmatlarini koʻrsatishda qoʻllaniladi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
II. Biznes sohasi uchun sugʻurta xizmatlari koʻrsatishning yagona talablari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
4. Sugʻurta shartnomasi tuzilayotganda sugʻurtalovchi isteʼmolchiga (tadbirkorlik xavfini sugʻurtalash shartnomasini tuzmoqchi boʻlgan yuridik shaxs yoki yakka tartibdagi tadbirkorga) quyidagilar haqida haqqoniy va toʻliq axborotni taqdim etishi shart:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) sugʻurtalovchi haqida (oshkora axborotni);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) sugʻurtalovchi nomidan va topshirigʻiga binoan faoliyat koʻrsatayotgan sugʻurta vositachilari (sugʻurta agentlari) haqida (agar isteʼmolchi tomonidan bunday talab mavjud boʻlgan taqdirda);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) sugʻurta xizmati, yaʼni uning narxi (sugʻurta mukofoti), qoplamasi, shartlari, xizmatning maqsadlari, tavakkalchilik omillari, kafolatlar, maxsus istisnolari va h. k. haqida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
g) sugʻurta xizmatining isteʼmolchi uchun afzalliklari va kamchiliklari haqida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
d) sugʻurtalovchi va sugʻurta qildiruvchining majburiyatlari haqida;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
e) sugʻurta mukofotlari (badallari) va mablagʻlarning kutilayotgan qaytarilishi haqida (qoʻllanilishi mumkin boʻlganda);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
j) sugʻurta daʼvolarini hal etish tartibi va sugʻurta shartnomasining boshqa shartlari haqida.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sugʻurtalovchi taqdim etayotgan axborot barcha muhim shartlar (pozitsiyalar) boʻyicha aniq va ravshan, yanglishtirmaydigan, oson tushuniladigan va yozma shaklda yoki tegishli elektron tashuvchilarda boʻlishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
5. Sugʻurtalovchi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq boʻlgan sugʻurta xizmatlari va taqdim etishi;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sugʻurta xizmatlarini, hatto ular amalga oshirilishining oʻziga xos shartlariga ega boʻlgan holatlarda ham, mazkur Nizomning talablariga muvofiq koʻrsatishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻz xodimlarining barcha ishlarini qonun hujjatlariga muvofiqligini taʼminlashi;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
koʻrsatilayotgan xizmatlar haqida toʻliq maʼlumot, shuningdek sugʻurta shartlaridagi oʻzgarishlar haqida oʻz vaqtida axborot taqdim etishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
isteʼmolchining talablariga aynan mos keluvchi sugʻurta xizmatlarini tanlashga yordam berishi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sugʻurta hodisasi yuz berganda, sugʻurta tovonini oʻz vaqtida toʻlanishini taʼminlashi;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
oʻz ishidagi xatolarni soʻzsiz tuzatishi hamda sugʻurta qildiruvchilarning shikoyatlarini koʻrib chiqishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
6. Sugʻurta shartnomasi tuzilayotganda sugʻurta qildiruvchi va sugʻurtalovchi oʻrtasida Oʻzbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 929-moddasida nazarda tutilgan sugʻurta shartnomasining muhim shartlari boʻyicha kelishuvga erishilishi hamda ular sugʻurta shartnomasida aniq va ravshan bayon etilishi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
7. Sugʻurta shartnomasi yanglishtiruvchi tasvirlovchi harakatlar yoki taʼriflardan holi boʻlishi shart. Sugʻurta shartnomasi tuzilayotganda sugʻurtalovchi qonun hujjatlarida va/yoki umum qabul qilingan amaliyotda nazarda tutilgan sugʻurta qildiruvchi oldidagi qaysidir majburiyatini yoki javobgarligini istisno qilish yoki cheklashga intilib, qaysidir meʼyorni asossiz ravishda dalil qilib koʻrsatishga haqli emas.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
8. Agar sugʻurta shartnomasi sugʻurtalovchining qaysidir savollariga sugʻurta qildiruvchining javoblari boʻlmagan holda tuzilgan boʻlsa, sugʻurtalovchi tegishli holatlar sugʻurta qildiruvchi tomonidan maʼlum qilinmaganligiga asoslanib keyinchalik shartnomani bekor qilishni yoxud uni haqiqiy emas deb topishni talab qila olmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
9. Sugʻurtalovchilar sugʻurta daʼvolarini koʻrib chiqish va hal etish tizimini yaratishlari va qoʻllab-quvvatlashlari shart. Sugʻurtalovchilar sugʻurta daʼvolarini oʻz vaqtida va odilona hal etishlari shart. Sugʻurta daʼvolarini samarali va tez hal etish mumkin boʻlgan sugʻurta daʼvolarini va nizolarni hal etishning sodda va obyektiv jarayoni mavjud boʻlishi lozim. Ushbu jarayon aniq va oson tushuniladigan boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sugʻurtalovchi sugʻurta daʼvolarini koʻrib chiqishning muqobil mexanizmi sifatida oʻzidan mustaqil boʻlgan tashkilotga (masalan, Assistans xizmati yoki adjasterlarga) murojaat qilishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
10. Sugʻurtalovchi sugʻurta shartnomasida koʻrsatilgan voqea sodir boʻlganligi toʻgʻrisida xabarni va ushbu voqeaga aloqador hujjatlarni olgandan keyin uch bank kuni boʻlgan muddatdan kechiktirmay yetkazilgan zararlarning sabablari va miqdorlarini aniqlash uchun ahamiyatga ega boʻlgan qoʻshimcha hujjatlarni soʻrashga haqli.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
11. Agar sugʻurtalovchi voqeani sugʻurta hodisasi deb tan olsa, u sugʻurta hodisasi toʻgʻrisida dalolatnoma tuzishi, unda sugʻurtalovchi tomonidan sugʻurta qildiruvchiga toʻlashi lozim boʻlgan sugʻurta tovonining miqdorini koʻrsatishi va sugʻurta hodisasi toʻgʻrisidagi dalolatnoma tuzilgan kundan boshlab besh bank kuni boʻlgan muddatdan kechiktirmay sugʻurta tovonini toʻlashi shart.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Voqea sugʻurta hodisasi deb tan olinmasa, sugʻurta qildiruvchi zararlarni qoplash talabi bilan murojaat etgan kundan boshlab oʻn besh kun boʻlgan muddatdan kechiktirmay sugʻurtalovchi sugʻurta qildiruvchiga rad etish sabablarining asoslantirilgan dalil-isbotlarini oʻz ichiga olgan xabarnomani yoʻllashi shart.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
III. Biznes sohasi uchun sugʻurta xizmatlari koʻrsatishning standartlari
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
12. Sugʻurta shartnomalari va biznes sohasi uchun sugʻurta xizmatlarini koʻrsatish bilan bogʻliq boshqa hujjat aylanmasida (ish xatlarida, zararlarni hal etish hujjatlarida va sh. k.) foydalaniladigan asosiy atamalar va taʼriflarning turlicha talqin etilishini oldini olish maqsadida, quyidagi standart tushunchalar qoʻllaniladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
aylanma — sugʻurta qildiruvchi tomonidan sotilgan va yetkazib berilgan tovarlar (koʻrsatilgan xizmatlar, bajarilgan ishlar) uchun sugʻurta qildiruvchiga toʻlanilayotgan (siylovlar chegirilgan holda) va toʻlangan pul mablagʻlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
biznesning toʻxtashi — sugʻurta qildiruvchining odatdagi faoliyatini yuritishiga toʻsqinlik qiladigan tashqi va ichki omillar bilan bogʻliq ravishda tadbirkorlik faoliyatining toʻxtashi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
joriy xarajatlar — sugʻurtalangan faoliyatning toʻxtashi davrida sugʻurta qildiruvchining muqarrar ravishda davom etayotgan xarajatlari;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kontragent — sugʻurta qildiruvchi bilan shartnomaviy munosabatlarga kiruvchi yuridik shaxs yoki yakka tartibdagi tadbirkor;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kontrakt — sugʻurta qildiruvchi va kontragent oʻrtasida haq evaziga tuzilgan tovarlarning oldi-sotdi (xizmatlar koʻrsatish, ish bajarish) shartnomasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
kutish davri — kontraktda koʻrsatilgan toʻlov sanasidan boshlab hisoblanadigan, sugʻurta shartnomasida kelishilgan voqea natijasida sodir boʻlgan zararni qoplashgacha oʻtishi lozim boʻlgan ketma-ket kalendar kunlari soni;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sugʻurta shartnomasi — yozma kelishuv boʻlib, unga koʻra sugʻurtalovchi kelishuvda shartlashilgan haq (sugʻurta mukofoti) evaziga kelishuvda nazarda tutilgan voqea (sugʻurta hodisasi) sodir boʻlganda sugʻurta qildiruvchiga sugʻurta tovonini toʻlash majburiyatini oladi;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sugʻurtalangan faoliyat — mahsulot ishlab chiqarish, xizmat koʻrsatish, ish bajarish va (yoki) isteʼmolchilarga tovar sotish boʻyicha sugʻurta shartnomasida koʻrsatilgan sugʻurta qildiruvchining xoʻjalik faoliyati (biznesi);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sugʻurtalovchi javobgarligining limiti — sugʻurta shartnomasida belgilanadigan pul miqdori boʻlib, uning chegarasida har bir alohida yoki barcha sugʻurta hodisalari boʻyicha sugʻurta tovonining miqdori belgilanadi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sugʻurta davri — sugʻurtalovchi sugʻurta shartnomasi amalda boʻlgan davrda sodir boʻlgan sugʻurta hodisalari boʻyicha majburiyatlarni oʻz zimmasiga oladigan davr;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sugʻurtalovchi — umumiy sugʻurta sohasining tegishli klasslari boʻyicha sugʻurtani amalga oshirish uchun litsenziyaga ega boʻlgan va sugʻurta shartnomasiga muvofiq sugʻurta tovoni toʻlovini amalga oshirish majburiyatini oluvchi tijorat tashkiloti boʻlgan yuridik shaxs;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sugʻurta qildiruvchi — sugʻurtalovchi bilan sugʻurta shartnomasini tuzgan, sugʻurta shartnomasida kelishilgan sugʻurta mukofotini (sugʻurta toʻlovini) toʻlovchi va sugʻurtalovchi bilan aniq sugʻurta munosabatlariga kiruvchi har qanday tashkiliy-huquqiy shakldagi yuridik shaxs yoki yakka tartibdagi tadbirkor;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sugʻurta polisi — sugʻurta shartnomasi tuzilganligini tasdiqlovchi va sugʻurta qildiruvchiga u sugʻurta mukofotini yoki uning birinchi qismini toʻlagandan keyin beriladigan hujjat;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sugʻurta summasi — sugʻurta qildiruvchi va sugʻurtalovchining kelishuviga muvofiq belgilanadigan pul mablagʻlari miqdori boʻlib, sugʻurtalovchi sugʻurta shartnomasi boʻyicha sugʻurta tovonini undan oshmagan miqdorda toʻlash majburiyatini oladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sugʻurta hodisasi — sugʻurta shartnomasida koʻrsatilgan va u sodir boʻlishi bilan sugʻurtalovchining sugʻurta qildiruvchiga sugʻurta tovoni toʻlovini amalga oshirish majburiyati kelib chiqadigan yuz bergan voqea;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sugʻurta mukofoti — sugʻurta qildiruvchi sugʻurta shartnomasida belgilangan tartibda va muddatlarda sugʻurtalovchiga toʻlashi shart boʻlgan sugʻurta haqi;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sugʻurta tovoni — sugʻurtalovchi sugʻurta shartnomasida kelishilgan sugʻurta hodisasi sodir boʻlganda sugʻurta qildiruvchi koʻrgan zararlarini sugʻurta summasidan oshmagan miqdorda toʻlaydigan pul mablagʻlari miqdori;
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
standart aylanma — zarar koʻrishdan bevosita avvalgi oʻn ikki oyga teng qoplama toʻlashning eng koʻp davriga toʻgʻri keladigan mablagʻlar aylanmasi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
sugʻurta hududi — sugʻurta amalda boʻladigan hudud. Sugʻurta shartnomasi sugʻurta hududida sodir boʻlgan hodisalarga nisbatan amalda boʻladi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tegishli ravishda tovarlarni joʻnatish (xizmatlar koʻrsatish, ishlar bajarish) — kontraktning shartlari va muddatlariga muvofiq kontragentga tovarlarni joʻnatish (xizmatlar koʻrsatish, ishlar bajarish), bunda:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) joʻnatilgan tovarlar (koʻrsatilgan xizmatlar, bajarilgan ishlar) kontragent tomonidan kontrakt shartlari va muddatlariga muvofiq qabul qilib olingan;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) tovarlar (xizmatlar, ishlar) sugʻurta shartnomasi amalda boʻlgan davrda joʻnatilgan (koʻrsatilgan, bajarilgan);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) tovarlar (xizmatlar, ishlar) kontrakt valyutasiga sotilgan (koʻrsatilgan, bajarilgan);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
tadbirkorlik xavfi — tadbirkorning kontragentlari oʻz majburiyatlarini buzishi yoki tadbirkorga bogʻliq boʻlmagan vaziyatlarga koʻra bu faoliyat shart-sharoitlarining oʻzgarishi tufayli tadbirkorlik faoliyatidan kutilgan daromadlarni ololmaslik xavfi;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
foydaning yoʻqotilishi — sugʻurta qildiruvchi sugʻurtalangan faoliyatidan biznesi toʻxtashi davrida olishi mumkin boʻlgan foyda;
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
franshiza — sugʻurta shartnomasida nazarda tutilgan, sugʻurtalovchi tomonidan qoplanmaydigan sugʻurta qildiruvchi zararlarining bir qismi. Franshiza ham sugʻurta summasidan foizlar koʻrinishida, ham aniq summada oʻrnatilishi, hamda shartli va shartsiz boʻlishi mumkin. Shartli franshiza oʻrnatilganda, sugʻurtalovchi franshiza miqdoridan koʻp boʻlmagan zarar uchun javobgarlikdan ozod boʻladi. Shartsiz franshiza oʻrnatilganda esa, sugʻurtalovchining javobgarligi zarardan franshiza miqdorini chegirib qolgan holda aniqlanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Shuningdek, sugʻurta shartnomalarida vaqt koʻrinishidagi franshiza (vaqt franshizasi), yaʼni zarar sodir boʻlgan paytdan boshlanib, belgilangan vaqt oʻtishi bilan tugaydigan vaqt oraligʻi oʻrnatilishi ham mumkinki, bu vaqt oraligʻi davomida koʻrilgan zararlar qoplanmaydi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
13. Sugʻurta shartnomasi sugʻurta qildiruvchining quyidagi hujjatlar ilova qilingan yozma arizasi asosida tuziladi:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) sugʻurta qildiruvchi faoliyatining qonuniyligini belgilaydigan hujjatlar (ushbu turdagi faoliyat bilan shugʻullanish uchun ruxsatnoma, litsenziya va b.);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) sugʻurta himoyasi soʻralayotgan kontrakt (shartnoma, bitim) nusxasi (zarurat boʻlganda);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
v) sugʻurtalovchiga tavakkalchilik darajasini baholashga imkon beruvchi boshqa hujjatlar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sugʻurtalovchi taqdim etilgan hujjatlar asosida sugʻurta shartnomasini tuzish imkoniyati toʻgʻrisidagi qaror qabul qiladi. Sugʻurtalovchi sugʻurta qildiruvchi tomonidan xabar qilingan, sugʻurta shartnomasiga aloqador maʼlumotlarni tekshirishga haqli. Xususan, sugʻurtalovchi yoki uning vakillari sugʻurta qildiruvchining kontragenti bilan kontrakt munosabatlariga aloqador hujjatlarni yoki ularning nusxalarini tekshirish huquqiga ega.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sugʻurta shartnomasi tuzilgandan soʻng ariza uning ajralmas qismi hisoblanadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
14. Bir yil davomida amalda boʻladigan bir nechta (qator) kontraktlarga nisbatan Bosh sugʻurta shartnomasini tuzishda sugʻurta mukofotlarini tegishli kontraktlar sugʻurtalashga qabul qilinishi bilan toʻlashga yoʻl qoʻyiladi. Bosh sugʻurta shartnomasi quyidagi shartlarga amal qilinganda tuzilishi mumkin:
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
a) kontraktlar bir xil turda boʻlishi lozim (savdo-sotib olish yoki vositachilik yoki sh. k.);
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
b) kontragentlar tarkibi Bosh sugʻurta shartnomasi amalda boʻlgan muddatda doimiy boʻlishi va uni tuzishdan oldin sugʻurtalovchiga maʼlum boʻlishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sugʻurta qildiruvchining talabiga binoan sugʻurtalovchi Bosh sugʻurta shartnomasining taʼsir doirasida boʻladigan alohida kontraktlar boʻyicha sugʻurta polislarini berishi shart. Sugʻurta polisining mazmuni Bosh sugʻurta shartnomasiga nomuvofiq boʻlgan taqdirda, sugʻurta polisi afzal koʻriladi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
15. Tavakkalchilik darajasi oʻzgarganda qoplanayotgan tavakkalchiliklarning tavsifidan kelib chiqib, sugʻurtalovchi maxsus ishlab chiqilgan tariflarni qoʻllashga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
16. Sugʻurtalovchidan sugʻurta tovoni talab etilganda sugʻurta qildiruvchi sugʻurta hodisasi sodir boʻlganligini va zararning miqdorini tasdiqlovchi hujjatlarni yoki ularning nusxalarini, yoki boshqa dalillarni (kontrakt, yuk hujjatlari, hisob-fakturalar, toʻlov hujjatlari, sugʻurta qildiruvchi va debitor oʻrtasidagi yozishmalarni, ushbu zararga tegishli boshqa hujjatlarni) hamda voqeaning sodir boʻlish sabablaridan kelib chiqib boshqa hujjatlarni taqdim etadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
17. Sugʻurta tovonining miqdorini aniqlashda arizada koʻrsatilgan daromadni olish uchun sugʻurta qildiruvchi koʻrgan chora-tadbirlari va shu maqsadda amalga oshirgan tayyorgarliklarini tasdiqlovchi hujjatlar sugʻurtalovchi tomonidan inobatga olinadi va oʻrganib chiqiladi (sugʻurta qildiruvchi tomonidan tovarlar, uskunalar (qarzdordan butlovchi qismlarni olishni hisobga olgan holda) va sh. k. yetkazib berish, ishlarni bajarish, xizmatlar koʻrsatish boʻyicha tuzilgan shartnomalari (kontraktlari), yangi uskunalarni oʻrnatish boʻyicha tayyorgarlik ishlarini olib borilishi va boshqa shu kabi dalillar).
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
18. Agar sugʻurta qildiruvchi tomonidan taqdim etilgan hujjatlar voqeani sugʻurta hodisasi deb tan olish toʻgʻrisida qaror qabul qilish uchun yetarli boʻlmasa, sugʻurtalovchi sugʻurta qildiruvchidan tushuntirishlar va tegishli qoʻshimcha hujjatlarni (buxgalteriya, bank hujjatlarini va b.), shu jumladan dalolatnomalar hamda auditorlik va baholovchi tashkilotlarning xulosalarini soʻrashga, zarur hollarda esa, sodir boʻlgan voqeaning tafsilotlari, sugʻurta qildiruvchining ololmagan daromadlarni (yoʻqotish) sabablari va miqdorini ekspert baholash uchun mutaxassislarni (ekspertlarni) jalb qilishga, shuningdek sodir boʻlgan voqeaning tafsilotlarini va zararning miqdorini aniqlash boʻyicha boshqa harakatlarni amalga oshirishga haqli.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
19. Sugʻurta shartnomasi amalda boʻlgan davrda tegishli ravishda joʻnatilgan tovarlar (koʻrsatilgan xizmatlar, bajarilgan ishlar) uchun sugʻurtalovchi tomonidan zararni qoplash boʻyicha talablar zarar yuz bergan paytdan boshlab uch yil mobaynida qabul qilinadi.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
20. Sugʻurta qildiruvchi zararni keltirib chiqargan voqeaning sodir boʻlganligi haqida xabar qilganda, sugʻurtalovchi sugʻurta daʼvosini koʻrib chiqish va sodir boʻlgan voqeaning turi, sabablari va tafsilotlarini batafsil oʻrganib chiqish uchun oʻz xodimini yoki boshqa shaxsni yuborishga haqli.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
Sugʻurta qildiruvchi sugʻurtalovchining vakiliga sodir boʻlgan voqeaning turi, sabablari va tafsilotlarini oʻrganib chiqish imkoniyatini taʼminlashi yoki zararni keltirib chiqargan voqea sodir boʻlganligini tasdiqlovchi video-, fotomateriallarni va boshqa hujjatlarni taqdim etishi lozim.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
21. Sugʻurta hodisasining sodir boʻlishi munosabati bilan jinoiy ish, fuqarolik sud ishi yoki maʼmuriy jazolar qoʻllash haqida ish qoʻzgʻatilgan boʻlsa, sugʻurtalovchi tegishli summalarni toʻlash toʻgʻrisidagi qarorning qabul qilinishini mutasaddi idoralar tomonidan tegishli qaror qabul qilingunga qadar kechiktirishga haqli.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
22. Sodir boʻlgan voqea, zararlar hajmi va sugʻurta tovoni miqdori boʻyicha tomonlar oʻrtasida kelishmovchiliklar boʻlmasa, sugʻurtalovchi toʻlanishi lozim boʻlgan sugʻurta tovoni miqdori koʻrsatilgan sugʻurta hodisasi toʻgʻrisidagi dalolatnomani (sugʻurta dalolatnomasini) tuzadi.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
IV. Yakuniy qoidalar
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
23. Tomonlar sugʻurta shartnomasi yoki tomonlarning moliyaviy ahvoliga tegishli maʼlumotlarni nashr etish, boshqa usul bilan uchinchi shaxslarga oshkor qilish huquqiga ega emaslar.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
24. Sugʻurta shartnomasini tuzish va ijro etish jarayonida yuzaga keladigan barcha bahs va kelishmovchiliklar muzokaralar yoʻli bilan hal etilishi, kelishuvga erishilmagan taqdirda esa, qonun hujjatlarida belgilangan tartibda hal etilishi lozim.
Keyingi tahrirga qarang.
Hujjatga taklif yuborishAudioni tinglashHujjat elementidan havola olish
25. Mazkur Nizom talablarining buzilishida aybdor boʻlgan shaxslar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgarlikka tortiladilar.
Keyingi tahrirga qarang.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 5-son, 47-modda; 2017-y., 35-son, 938-modda; Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 30.11.2021-y., 10/21/3338/1117-son; 19.03.2026-y., 10/26/1891-2/0258-son)