OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOShQARUVINING
Qarori
BANK KASSALARIDAGI NAQD PUL QOLDIQLARIGA LIMITLAR BELGILASh VA ULARGA RIOYA ETILIShINI NAZORAT QILISh TARTIBI TOʻGʻRISIDAGI NIZOMGA OʻZGARTIRIShLAR KIRITISh HAQIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2009-yil 28-yanvarda roʻyxatdan oʻtkazildi, roʻyxat raqami 1598-2]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2018-yil 24-fevraldagi 7/15-sonli “Bank kassalaridagi naqd pul qoldiqlariga limitlar belgilash va ularga rioya etilishini nazorat qilish tartibi toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirishlar va qoʻshimchani oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish haqida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 1598-3, 01.05.2018-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida”gi Qonuniga muvofiq Markaziy bank Boshqaruvi qaror qiladi:
1. Bank kassalaridagi naqd pul qoldiqlariga limitlar belgilash va ularga rioya etilishini nazorat qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga (2006-yil 21-iyul, roʻyxat raqami 1598 — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-yil, 28-29-son, 287-modda) ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatiga olingan kundan oʻn kun oʻtgach kuchga kiradi.
Markaziy bank raisi F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2009-yil 18-yanvar,
1/2-son
Bank kassalaridagi naqd pul qoldiqlariga limitlar belgilash va ularga rioya etilishini nazorat qilish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. 1-bandning ikkinchi xatboshisidagi “meʼyordir” soʻzi “meʼyor” soʻzi bilan almashtirilsin.
2. 8-banddagi “birinchi boshqarma orqali” soʻzlari “Xizmat doirasida foydalanish uchun” ustxati qoʻyilgan holda va ushbu hujjatlar bilan ishlash qoidalariga rioya qilgan holda” soʻzlari bilan almashtirilsin.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2009-y., 5-son, 48-modda)