Oʻzbekiston Respublikasining Qonuni
SAYLOV TOʻGʻRISIDAGI QONUN HUJJATLARI TAKOMILLASHTIRILISHI MUNOSABATI BILAN OʻZBEKISTON RESPUBLIKASINING AYRIM QONUNLARIGA OʻZGARTISH VA QOʻSHIMCHALAR KIRITISH HAQIDA
Qonunchilik palatasi tomonidan 2008-yil 19-noyabrda qabul qilingan
Senat tomonidan 2008-yil 4-dekabrda maʼqullangan
Senat tomonidan 2008-yil 4-dekabrda maʼqullangan
1-modda. Oʻn ikkinchi chaqiriq Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining oʻn birinchi sessiyasida 1992-yil 8-dekabrda qabul qilingan Oʻzbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Kengashining Axborotnomasi, 1993-yil, № 1, 4-modda; 1994-yil, № 1, 5-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003-yil, № 3-4, 27-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 4, 162-modda) 77-moddasining birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi qonunga muvofiq saylanadigan bir yuz ellik deputatdan iborat”.
Oldingi tahrirga qarang.
(2-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 25-iyundagi OʻRQ-544-sonli Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.06.2019-y., 03/19/544/3337-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(3-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 25-iyundagi OʻRQ-544-sonli Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.06.2019-y., 03/19/544/3337-son)
4-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2002-yil 4-aprelda qabul qilingan “Referendum yakunlari hamda davlat hokimiyati tashkil etilishining asosiy prinsiplari toʻgʻrisida”gi 350-II-sonli Konstitutsiyaviy Qonunining (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-yil, № 4-5, 60-modda) 5-moddasiga quyidagi oʻzgartish va qoʻshimchalar kiritilsin:
birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Qonunchilik palatasi bir yuz ellik deputatdan iborat”;
quyidagi mazmundagi ikkinchi va uchinchi qismlar bilan toʻldirilsin:
“Qonunchilik palatasining bir yuz oʻttiz besh deputati hududiy bir mandatli saylov okruglari boʻyicha koʻppartiyaviylik asosida umumiy, teng va toʻgʻridan-toʻgʻri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yoʻli bilan saylanadi.
Qonunchilik palatasining oʻn besh deputati Oʻzbekiston ekologik harakatidan saylanadi”;
ikkinchi va uchinchi qismlari tegishincha toʻrtinchi va beshinchi qismlar deb hisoblansin.
5-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 1996-yil 26-dekabrda qabul qilingan “Siyosiy partiyalar toʻgʻrisida”gi 337-I-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1997-yil, № 2, 36-modda; 1999-yil, № 9, 229-modda; 2004-yil, № 1-2, 18-modda, № 5, 90-modda; 2005-yil, № 1, 18-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 4, 163-modda) 131-moddasining ikkinchi va uchinchi qismlaridagi “saylovchilar tashabbuskor guruhlaridan” degan soʻzlar “Oʻzbekiston ekologik harakatidan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(6-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 25-iyundagi OʻRQ-544-sonli Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.06.2019-y., 03/19/544/3337-son)
7-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2002-yil 12-dekabrda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi toʻgʻrisida”gi 434-II-sonli Konstitutsiyaviy Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2002-yil, № 12, 215-modda; 2003-yil, № 5, 67-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 4, 163-modda, № 7, 326-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
1) 2-moddaning birinchi va ikkinchi qismlari quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Qonunchilik palatasi (quyi palata) bir yuz ellik deputatdan iborat. Qonunchilik palatasining bir yuz oʻttiz besh deputati hududiy bir mandatli saylov okruglari boʻyicha koʻppartiyaviylik asosida umumiy, teng va toʻgʻridan-toʻgʻri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yoʻli bilan saylanadi.
Qonunchilik palatasining oʻn besh deputati Oʻzbekiston ekologik harakatidan saylanadi”;
2) 23-moddaning uchinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston ekologik harakatidan Qonunchilik palatasi tarkibiga saylangan deputatlar deputatlar guruhlarini tuzishga haqli”;
3) 251-moddaning ikkinchi va uchinchi qismlaridagi “saylovchilar tashabbuskor guruhlaridan” degan soʻzlar “Oʻzbekiston ekologik harakatidan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
8-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2003-yil 29-avgustda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining Reglamenti toʻgʻrisida”gi 522-II-sonli Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2003-yil, № 9-10, 136-modda; Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 4, 163-modda, № 7, 326-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
1) 4-moddaning:
toʻrtinchi qismidagi “saylovchilar tashabbuskor guruhlaridan” degan soʻzlar “Oʻzbekiston ekologik harakatidan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
oltinchi qismidagi “siyosiy partiyalar yoki saylovchilar tashabbuskor guruhlaridan saylangan” degan soʻzlar chiqarib tashlansin;
2) 9-moddaning ikkinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Oʻzbekiston ekologik harakatidan Qonunchilik palatasi tarkibiga saylangan deputatlar deputatlar guruhlarini tuzishga haqli”;
3) 91-moddaning ikkinchi va uchinchi qismlaridagi “saylovchilar tashabbuskor guruhlaridan” degan soʻzlar “Oʻzbekiston ekologik harakatdan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
4) 22-moddaning birinchi va toʻrtinchi qismlaridagi “saylovchilar tashabbuskor guruhlaridan” degan soʻzlar “Oʻzbekiston ekologik harakatidan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
9-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2007-yil 11-aprelda qabul qilingan “Davlat boshqaruvini yangilash va yanada demokratlashtirish hamda mamlakatni modernizatsiya qilishda siyosiy partiyalarning rolini kuchaytirish toʻgʻrisida”gi OʻRQ-88-sonli Konstitutsiyaviy Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2007-yil, № 4, 161-modda) quyidagi oʻzgartishlar kiritilsin:
1) 2-moddaning uchinchi va toʻrtinchi qismlaridagi “saylovchilar tashabbuskor guruhlaridan” degan soʻzlar “Oʻzbekiston ekologik harakatidan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin;
2) 4-moddaning birinchi va uchinchi qismlaridagi “saylovchilar tashabbuskor guruhlaridan” degan soʻzlar “Oʻzbekiston ekologik harakatidan” degan soʻzlar bilan almashtirilsin.
Oldingi tahrirga qarang.
(10-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2024-yil 25-oktabrdagi OʻRQ-982-sonli Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonunchilik maʼlumotlari milliy bazasi, 26.10.2024-y., 03/24/982/0854-son)
Oldingi tahrirga qarang.
(11-modda Oʻzbekiston Respublikasining 2019-yil 25-iyundagi OʻRQ-544-sonli Qonuniga asosan oʻz kuchini yoʻqotgan — Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.06.2019-y., 03/19/544/3337-son)
12-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2004-yil 2-dekabrda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputatining va Senati aʼzosining maqomi toʻgʻrisida”gi 704-II-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2005-yil, № 1, 8-modda) 9-moddasining birinchi qismi quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“Deputat oʻz okrugi saylovchilari bilan, uni deputatlikka nomzod qilib koʻrsatgan siyosiy partiya bilan aloqa bogʻlab turadi, Qonunchilik palatasida ularning manfaatlarini ifoda etadi. Oʻzbekiston ekologik harakatidan saylangan deputatlar mazkur harakat bilan aloqa bogʻlab turadi va Qonunchilik palatasida uning manfaatlarini ifoda etadi”.
13-modda. Oʻzbekiston Respublikasining 2004-yil 2-dekabrda qabul qilingan “Xalq deputatlari mahalliy Kengashi deputatini, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi deputatini va Senati aʼzosini chaqirib olish toʻgʻrisida”gi 708-II-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2005-yil, № 1, 12-modda) quyidagi mazmundagi 71-modda bilan toʻldirilsin:
“71-modda. Oʻzbekiston ekologik harakatidan saylangan Qonunchilik palatasi deputatining chaqirib olinishi
Oʻzbekiston ekologik harakatidan saylangan Qonunchilik palatasi deputatini chaqirib olish ushbu Qonunning 1-moddasida nazarda tutilgan asoslar boʻyicha amalga oshiriladi.
Oʻzbekiston ekologik harakatidan saylangan Qonunchilik palatasi deputatini chaqirib olish uning oliy organi tomonidan amalga oshiriladi”.
14-modda. Ushbu Qonun 2009-yil 1-iyuldan eʼtiboran kuchga kiradi.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti I. KARIMOV
Toshkent sh.,
2008-yil 25-dekabr,
OʻRQ-194-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 52-son, 510-modda; Qonun hujjatlari maʼlumotlari milliy bazasi, 26.06.2019-y., 03/19/544/3337-son; 26.10.2024-y., 03/24/982/0854-son)