OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MEHNAT VA AHOLINI IJTIMOIY MUHOFAZA QILISh VAZIRiNING
BUYRUGʻI
IJTIMOIY TAʼMINOT IDORALARI TOMONIDAN YuRIDIK ShAXSLAR HAMDA ALOHIDA FUQAROLARGA NISBATAN QAYTA TALAB QILISh (REGRESS) TALABNOMALARI ASOSIDA ISh OLIB BORISh TARTIBI HAQIDAGI YOʻRIQNOMAGA OʻZGARTIRIShLAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2008-yil 13-dekabrda 330-1-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2010-yil 6-dekabrdagi 200-B-sonli “Ijtimoiy taʼminot boʻlimlari tomonidan yuridik shaxslar hamda alohida fuqarolarga nisbatan qayta talab qilish (regress) talabnomalari asosida ish olib borish tartibi haqidagi yoʻriqnoma va unga kiritilgan oʻzgartirishlarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi buyrugʻiga (roʻyxat raqami 330-2, 10.12.2010-y.) muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasining “Ishlab chiqarishdagi baxtsiz hodisalar va kasb kasalliklaridan majburiy davlat ijtimoiy sugʻurtasi toʻgʻrisida”gi Qonuniga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 37-38-son, 361-modda) hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2007-yil 6-apreldagi PQ-616-sonli “Aholi bandligini oshirish hamda mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlari faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi qaroriga (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 15-son, 156-modda) muvofiq buyuraman:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Ijtimoiy taʼminot vazirining 1997-yil 6-fevraldagi 23-sonli buyrugʻi bilan tasdiqlangan “Ijtimoiy taʼminot idoralari tomonidan yuridik shaxslar hamda alohida fuqarolarga nisbatan qayta talab qilish (regress) talabnomalari asosida ish olib borish tartibi haqidagi yoʻriqnoma”ga (1997-yil 17-aprel, roʻyxat raqami 330) ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Mazkur buyruq Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatiga olingan kundan boshlab oʻn kun oʻtgach kuchga kiradi.
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vaziri v.b. A. XAITOV
Toshkent sh.,
2008-yil 25-noyabr,
73-son
Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirining 2008-yil 25-noyabrdagi 73-son buyrugʻiga
ILOVA
ILOVA
Ijtimoiy taʼminot idoralari tomonidan yuridik shaxslar hamda alohida fuqarolarga nisbatan qayta talab qilish (regress) talabnomalari asosida ish olib borish tartibi haqidagi yoʻriqnomaga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
2. 14-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“14. Agar aybini boʻyniga olib yozilgan javobda koʻrsatilgan summa toʻlanganligi haqidagi xabar boʻlmasa, ijtimoiy taʼminot boʻlimi javob olgandan soʻng 20 kun oʻtgandan keyin bank muassasasiga javobgar tan olgan summani tegishli Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzuridagi budjetdan tashqari Pensiya jamgʻarmasiga (bundan keyingi oʻrinlarda Pensiya jamgʻarmasi deb yuritiladi)” oʻtkazish haqidagi farmoyishni taqdim etadi. Farmoyishga javobgarning javob xati ilova qilinadi”.
3. 17-band quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“17. Oʻzbekiston Respublikasi Soliq kodeksining (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-y., 52 (I)-son) 329 va 330-moddalariga muvofiq, tuman (shahar) ijtimoiy taʼminot boʻlimlari umumiy yurisdiksiya va xoʻjalik sudlarida zarar yetkazuvchidan regress daʼvolar boʻyicha jabrlanuvchiga yoki uning oila aʼzolariga toʻlangan pensiyalar va nafaqalar summasini undirib olishda davlat boji toʻlashdan ozod etiladilar”.
4. 26-banddagi “jamgʻarmasi tuman (shahar) boʻlimining tegishli bank muassasasidagi hisob-kitob raqamiga” soʻzlari “Pensiya jamgʻarmasiga” soʻzlari bilan almashtirilsin.
5. 28-bandning uchinchi xatboshisidagi “Jamgʻarmaning tuman (shahar) boʻlimlar hisob-kitobiga” soʻzlari “Pensiya jamgʻarmasiga” soʻzlari bilan almashtirilsin.
6. 29-bandda:
“Ijtimoiy taʼminot boʻlimlarining regress talabnomalari (daʼvolar) asosida ishlarini olib borish boʻyicha faoliyatlari Pensiya jamgʻarmasi tomonidan moliyalashtiriladi.
Mehnatda mayib boʻlganligi yoki kasb kasalligidan nogironlik boʻyicha undiriladigan regressiv talabnomalari (daʼvolar) asosida undirilgan mablagʻ qiymatining 15 foizi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish organlari xodimlarining mehnatini ragʻbatlantirish hamda moddiy-texnika bazasini mustahkamlash jamgʻarmasiga oʻtkaziladi”;
uchinchi xatboshidagi “idoralari” soʻzi “boʻlimlari” soʻzi bilan almashtirilsin;
beshinchi xatboshidagi “hududiy ijtimoiy taʼminot boshqarmalari (Qoraqalpogʻiston Respublikasi ijtimoiy taʼminot vazirligi)” soʻzlari “Qoraqalpogʻiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish bosh boshqarmalari” soʻzlari bilan almashtirilsin.
7. 31 va 32-bandlar quyidagi tahrirda bayon etilsin:
“31. Tuman (shahar) ijtimoiy taʼminot boʻlimlari yilning har choragida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish bosh boshqarmalariga yilning birinchi choragida, yarim yillikda, 9 oyda hamda yil davomida regress talabnoma (daʼvo)lari asosida olib borgan ishlari boʻyicha tushgan mablagʻ qiymati haqidagi hisobotlarini topshiradilar.
32. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligi, viloyatlar va Toshkent shahar mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish bosh boshqarmalari yilning har choragida regress talabnoma (daʼvo)lari boʻyicha amalga oshirilgan ishlar haqida yilning birinchi choragida, yarim yillikda, 9 oyda hamda yil davomida umumlashtirilgan hisobotlarini Oʻzbekiston Respublikasi Mehnat va aholini ijtimoiy muhofaza qilish vazirligiga topshiradilar”.
8. 3, 4 va 6-ilovalardagi “idorasining”, “idoralarining” soʻzlari tegishlicha “boʻlimining”, “boʻlimlarining” soʻzlari bilan almashtirilsin.
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 51-son, 504-modda)