OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI MARKAZIY BANKI BOShQARUVI
QARORI
“PAXTA TOLASINI EKSPORT QILISh VA ChET EL INVESTITSIYaSI IShTIROKIDAGI KORXONALARGA SOTISh BOʻYIChA ChET EL VALYUTASIDAGI TUShUMDAN MAJBURIY SOTUVNI AMALGA OShIRISh HAMDA PAXTA TOLASINI EKSPORT QILIShGA OID ShARTNOMALAR BOʻYIChA BANK KAFOLATLARINI BERISh VA ZAXIRA AKKREDITIVLARINI OChISh TARTIBI TOʻGʻRISIDA NIZOMNI TASDIQLASh HAQIDA”GI QARORGA OʻZGARTIRIShLAR KIRITISh TOʻGʻRISIDA
[Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan 2008-yil 2-dekabrda 1512-2-son bilan davlat roʻyxatidan oʻtkazildi]
Mazkur qaror Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2017-yil 25-noyabrdagi 611-4-sonli “Paxta tolasini eksport qilish va paxta tolasiga ishlov beruvchi respublika korxonalariga sotish boʻyicha chet el valyutasidagi tushumdan majburiy sotuvni amalga oshirish hamda paxta tolasini eksport qilishga oid shartnomalar boʻyicha bank kafolatlarini berish va zaxira akkreditivlarini ochish tartibi toʻgʻrisidagi nizomni tasdiqlash haqida”gi qaror, shuningdek unga oʻzgartirish va qoʻshimchalarni oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi qaroriga (roʻyxat raqami 1512-4 06.12.2017-y.) asosan oʻz kuchini yoʻqotgan.
Oʻzbekiston Respublikasining “Oʻzbekiston Respublikasining Markaziy banki toʻgʻrisida” (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1995-yil, 12-son, 247-modda) va “Valyutani tartibga solish toʻgʻrisida”gi (yangi tahrirda) (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2004-yil, 1-2-son, 6-modda) qonunlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2006-yil 29-avgustdagi PQ-456-sonli “Paxta tolasini sotish va uning uchun hisob-kitob qilish mexanizmini tartibga solish toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2006-yil, 36-son, 359-modda), 2007-yil 21-noyabrdagi PQ-733-sonli “Paxta tolasini respublikaning ichki isteʼmolchilariga sotishni takomillashtirish va toʻqimachilik sanoatini rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2007-yil, 46-47-son, 467-modda) hamda 2008-yil 11-martdagi PQ-815-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim qarorlariga oʻzgartishlar kiritish toʻgʻrisida”gi (Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-yil, 10-11-son, 58-modda) qarorlariga muvofiq Markaziy bank Boshqaruvi qaror qiladi:
1. Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki Boshqaruvining 2005-yil 10-sentabrdagi 611-sonli “Paxta tolasini eksport qilish va chet el investitsiyasi ishtirokidagi korxonalarga sotish boʻyicha chet el valyutasidagi tushumdan majburiy sotuvni amalga oshirish hamda paxta tolasini eksport qilishga oid shartnomalar boʻyicha bank kafolatlarini berish va zaxira akkreditivlarini ochish tartibi toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida”gi qaroriga (Roʻyxat raqami 1512, 2005-yil 20-sentabr — Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2005-yil, 37-38-son, 291-modda), ilovaga muvofiq oʻzgartirishlar kiritilsin.
2. Ushbu qaror Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligida davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan kundan boshlab oʻn kun oʻtgandan keyin kuchga kiradi.
Markaziy bank Boshqaruvi raisi F. MULLAJONOV
Toshkent sh.,
2008-yil 8-noyabr,
611-2-son
Markaziy banki Boshqaruvining 2008-yil 8-noyabrdagi 611-2-sonli qaroriga
ILOVA
ILOVA
“Paxta tolasini eksport qilish va chet el investitsiyasi ishtirokidagi korxonalarga sotish boʻyicha chet el valyutasidagi tushumdan majburiy sotuvni amalga oshirish hamda paxta tolasini eksport qilishga oid shartnomalar boʻyicha bank kafolatlarini berish va zaxira akkreditivlarini ochish tartibi toʻgʻrisida nizomni tasdiqlash haqida”gi qarorga kiritilayotgan oʻzgartirishlar
1. Qarorning nomi va 1 bandidagi “chet el investitsiyasi ishtirokidagi korxonalarga” soʻzlari “paxta tolasiga ishlov beruvchi respublika korxonalariga” soʻzlari bilan almashtirilsin.
2. “Paxta tolasini eksport qilish va chet el investitsiyasi ishtirokidagi korxonalarga sotish boʻyicha chet el valyutasidagi tushumdan majburiy sotuvni amalga oshirish hamda paxta tolasini eksport qilishga oid shartnomalar boʻyicha bank kafolatlarini berish va zaxira akkreditivlarini ochish tartibi toʻgʻrisida”gi Nizomda:
a) nomidagi “chet el investitsiyasi ishtirokidagi korxonalarga” soʻzlari “paxta tolasiga ishlov beruvchi respublika korxonalariga” soʻzlari bilan almashtirilsin;
b) muqaddimadagi “chet el investitsiyasi ishtirokidagi korxonalarga” soʻzlari “paxta tolasiga ishlov beruvchi respublika korxonalariga (bundan keyingi oʻrinlarda respublika korxonalari deb yuritiladi)” soʻzlari bilan almashtirilsin;
v) 2-banddagi, 3-bandining ikkinchi xatboshisidagi, 4-bandining birinchi va ikkinchi xatboshisidagi, 6-banddagi, 8-bandining uchinchi xatboshisidagi, 9-banddagi “chet el investitsiyasi ishtirokidagi korxonalarga” soʻzlari “respublika korxonalariga” soʻzlari bilan almashtirilsin.
3. Ushbu oʻzgartirishlar Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi, Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligi bilan kelishilgan.
Moliya vaziri R. AZIMOV
Toshkent sh.,
2008-yil 8-noyabr
Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vaziri E. GʻANIYEV
Toshkent sh.,
2008-yil 8-noyabr
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 49-son, 481-modda)