Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining
qarori
VAZIRLAR MAHKAMASINING “BANK TIZIMINI YANADA ISLOH QILISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA” 1999 YIL 15 YaNVARDAGI 24-SON QARORIGA OʻZGARTIRIShLAR KIRITISh HAQIDA (OʻZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING “PAXTA-BANK” VA “GʻALLA-BANK” AKSIYADORLIK-TIJORAT BANKLARINING INVESTITSIYa FAOLLIGINI YANADA OShIRISh ChORA-TADBIRLARI TOʻGʻRISIDA” 2008 YIL 8 OKTYABRDAGI PQ-975-SON QARORI)
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Paxta-bank” va “Gʻalla-bank” aksiyadorlik-tijorat banklarining investitsiya faolligini yanada oshirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 2008-yil 8-oktabrdagi PQ-975-son qaroriga muvofiq Vazirlar Mahkamasi qaror qiladi:
1. Vazirlar Mahkamasining “Bank tizimini yanada isloh qilish chora-tadbirlari toʻgʻrisida” 1999-yil 15-yanvardagi 24-son qarorida:
a) 1-band chiqarib tashlansin;
b) 3-bandning ikkinchi xatboshi quyidagi tahrirda bayon qilinsin:
“bitta aksiyadorning yoki oʻzaro bogʻliq aksiyadorlar guruhining bank ustav kapitalidagi ulushi (davlat ulushidan tashqari) ustav kapitali umumiy miqdorining 25 foizidan oshishi mumkin emas. Ushbu norma xususiy banklarga va xorijiy kapital ishtirokidagi banklarga tatbiq etilmaydi”.
2. Mazkur qarorning bajarilishini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining birinchi oʻrinbosari R.S. Azimov va Oʻzbekiston Respublikasi Markaziy banki raisi F.M. Mullajonov zimmasiga yuklansin.
Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri Sh. MIRZIYOYEV
Toshkent sh.,
2008-yil 20-noyabr,
253-son
(Oʻzbekiston Respublikasi qonun hujjatlari toʻplami, 2008-y., 47-son, 464-modda)